Dars jarayonida yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish



Download 25,83 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2022
Hajmi25,83 Kb.
#562176
  1   2
Bog'liq
Биология мақола 10


Dars jarayonida yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish.
Termiz davlat universitetining Pedagogika
instituti asistenti Haqberdiyeva Shoira Tursunaliyevna


Annotatsiya.Ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvning mohiyati - o‘quvchilarda turmushda vujudga keladigan muammolarni avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikmalari va tajribalari asosida hal qilish layoqatlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, kompetensiyalar davlat va jamiyatning ta’lim tizimi oldiga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi hisoblanadi. Demak, kompetensiyaviy yondashuv ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masaladir.
Kalit so‘zlar: Kompetensiya, fan tushunchalari, kreativlik, texnologiya, kommunikativ, samaradorlik, an’anviy, mantiq, bilim, ko‘nikma malaka va h.k.
Kirish: Biologiya o‘quv fanining mazmuni dialektik-materialistik nuqtai nazardan yoritilishi, o‘quvchilar tоmоnidan оrganik оlam va unda sоdir bo‘ladigan o‘zgarishlarni tushunibgina qоlmasdan, balki tirik оrganizmlarda bоradigan hayotiy jarayonlarning mоhiyati, mazkur jarayonlarga ta‘sir ko‘rsatadigan оmillar, tirik оrganizmlarning yashash muhitiga mоslashishi va xilma-xilligining sabablarini anglaydilar. O‘qitishning bu shaklda tashkil etilishi o‘quvchilarning faktlar, hоdisalarning o‘zarо bоg‘liqligi ustida mulоhaza yuritishiga yordam beradi. Hozirgi paytda jamiyatning maktab oldiga qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarga to’g’ri yondashgan holda ularni amalda bajarish o’qituvchining vazifasidir.
Asosiy qism: Biologiyani o‘qitishda, o‘quvchilarning barkamоlligini ta‘minlash, tabiat va ijtimоiy muhitga nisbatan оngli munоsabatini namоyon etishi, falsafiy, ilmiy, siyosiy, iqtisоdiy, xuquqiy, axlоqiy, estetik ideallar va e‘tiqоdlar yig‘indisi, shuningdek, mоddiy bоrliq haqidagi qarashlariga muayyan o‘zgartirishlar kiritish va ularning tutgan o‘rni biоlоgik bilimlarni o‘zlashtirishning ahamiyati bilan tanishtirish nazarda tutiladi va shu оrqali ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivоjlantirish, insоnning tabiat va jamiyatga оngli munоsabatini tarkib tоptirish, shuningdek kelgusidagi kasbiy faоliyati bilan uzviy bоg‘langan xоlda ta‘lim tarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi.
Kreativlik tushunchasi (lot., ing. ”create”-yaratish, ”creative”yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilinganda ijod ma’nosini anglatadi. Kreativlikni ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o’ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkun. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug’atlariga asoslanib o’qituvchining kreativligi deb uning fikirlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash mumkun. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. “Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans to’rtta kreativlik konikmasini aniqlagan. Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ ko’nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkun:

  • Ravonlik. Ko’plab g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi ko’p degan so’zga asoslanadi.

  • Moslashuvchanlik. Turli g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi o’zgartirish degan so’zga asoslanadi.

  • O’ziga xoslik. Boshqalarga o’xshamagan, ajralib turuvchi g’oyani o’ylab topish ko'nikmasi noyob degan so'zga asoslanadi.

  • Yaratuvchanlik. G’oyalarni kengaytirish ko’nikmasi qo’shish degan so’zga asoslanadi.

O’quvchilarga qiziqarli, murakkab vazifalar, aniq maqsad va vaqt bilan ta’minlash kreativlik , muvozanatsizlik xissini yuzaga keltirishini anglatish, bezovtalik va qo’rquv hissidan xalos bo’lishga yordam berish, kreativ fikirlash ko’nikmalarini boshqa ko’nikmalar bilan rivojlantirishga yordam berish, “qutqarib” qolish emas, balki yo’l yo’riq ko’rsatish suhbatlar orqali rag’batlantirish, konstruktiv sharhlar bilan ta’minlash, yangi ko’rsatmalar bilan tanishtirib borish o’zlarida kreativlikning boshqa turlarini ham rivojlantira olishlariga,
guruhda ishlay olishlariga, hissiy jihatdan erkin va ijobiy fikirlarga ega bo’lishlari uchun poydevor bo’ladigan muhitni yaratish kerak. Qariyib hozirgacha ta’lim tizimida ko’plab yondashuv va metodlar ijodiy fikirlash emas berilgan ma’lumotni tushunib, to’g’ri yetkazishga ko’pi bilan bir necha axborotni umumiylashtirib, xulosa chiqara olishga yo’naltirilgan.
Kerakli amaliy ishlar olib borilayotganiga qaramay, ko’pchilik o’qituvchilar hali hanuz shaxs o’zlarida hamda o’quvchilarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o’zlashtira olmayaptilar.
Bunga sabab darslarni avvaldan o’ylab, rejalashtirib o’tilishi o’quvchilar uchun qiziq bo’lmayotgandir,balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi o’quvchilar uchun hech qanday turtki bermayotgandir, rag’bat bildirmayotgandir. Ta’limda hususan biologiya fanini o’qitishda ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, virtual labaratoriyalardan foydalanish har bir mavzuni ochiq tabiyat qo’ynida olib borish, o’quvchilarni mavzuga nazariy jihatdan emas real tarzda qarashga o’rgatib borish kerak. Bu esa o’quvchini fanga nisbatan qiziqishni yanada ortirib yangi fikrlarga yangi dunyoqarash, yangi olamshumul kashfiyotlarga sabab bo’lsa yangilishmagan bo’lamiz. Biologiya darslarida kompyuter texnologiyalaridan yangi mavzuni tushuntirish, egallangan ko’nikma va malakalarni qayta ishlash, o’zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish hamda eng asosiysi biologiya fanidan amaliy mahg’ulotlarni o’tkazishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. 7- sinf zoologiya fanida dars jarayonini bevosita tabiat qo’ynida olib borish, o’quvchilar tassavurini kengaytirish hamda amaliy ko’nikmalarni o’zlashtrishga va bu fanga qiziqishni yanada ortishiga sabab bo’ladi. Masalan , yomg’ir chuvalchanglarni o’rganish jarayonida ularni yerdan o’quvchilarni o’zlari topsa bu ularga o’zgacha zavq bag’ishlaydi, o’quvchilar bu hodisani nazariy jihatdan emas balkim amaliy jihatdan o’rganib hayotda qo’llay oladi. Ayniqsa, 8 sinf Biologiya fanini o'qtishda labaratoriya jihozlarini yetishmasligi hamda odam a'zolarni real ko'rishning iloji yo'qligini inobatga olib bu fanda Vertual labaratoriyalardan foydalanib yangicha yo'nalishda ta'lim sohasida ish olib borish maqsadga muofiq boladi. Bunda o'quvchilarni diqqatini jamlash ularni fangga qiziqishini yanada ortishi fanga o'zgacha mehr va ruxda kirib kelishi uchun turtki bo'lsa ajab emas.
9 sinf biologiya fanidan (sitologiya va genetika asoslari) kursining o’zlashtirilishi qiyin hisoblangan hujayra mikrodunyosi, oqsil biosintezi jarayonlari, o’simliklardagi fotosintez reaksiyalari, hujayralarning bo’linishi: mitoz va meyoz bosqichlari kabi mavzularni o’quvchilarga tushuntirishda videoroliklardan foydalanilganda ushbu mavzularni o’zlashtirish oson kechadi. Chunki o’quvchilar maktab sharoitida yaqindan tanishish imkonini bermaydigan mavzularni ularning videoraliklardagi modeli orqali o’rganishi qulay. Harakatlanadigan animatsion modellar esa tasavvur qilish oson bo’lmagan mavzularni o’zlashtirishning yagona yechimidir. Shuningdek, biologiya darslarida muammoli vaziyatlarni shaklantirishda ham kompyuter texnikasidan foydalanish mumkin. Masalan: Videorolik taqdimoti jarayonida uning ovozi o’chiriladi va o’quvchilardan bu jarayonlarni sharhlash so’raladi (Nuklein kislotalarning tuzilishi, hujayrada oqsil biosintezi, fotosintez kabi mavzularda); Videorolik taqdimotini vaqtinchalik to’xtatib o’quvchidan keyingi jarayonlarning ketmaketligini so’rash mumkin: Sodir bo’layotgan jarayonni videoda ko’rsatib o’quvchilardan jarayonning nega aynan shunday kechayotganligini so’rash mumkin. Biologiyadan laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishda, shuningdek o’quvchilarning bilimini nazorat qilishda ham foydalaniladi. Masalan, kompyuter dasturlaridan Ispring, MyTest dasturlari yordamida o’quvchilarning bilimini nostandart test topshiriqlari orqali baholash mumkin.
Bunda bir qancha muhim vazifalarning yechimiga erishiladi. Ta’lim vositalari oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirish hamda fanga oid kompetentsiyalarni egallanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, biologik ta’lim jarayonida zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida o’quvchilarda kreativlikni rivojlantirish jarayonida samarali natijaga erishishni oldindan reja asosida olib borish kerak.
Xulosa qilib,demak umumiy o‘rta ta’lim maktablari zimmasiga ta’lim-tarbiya jarayoni orqali o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalar, jumladan, kommunikativ, axborot bilan ishlay olish, shaxs sifatidi o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiyalar, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalarini tarkib toptirish vazifasi yuklatilgan.


Download 25,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish