Dars ishlanmasi



Download 4,78 Mb.
bet3/4
Sana27.01.2017
Hajmi4,78 Mb.
#1207
1   2   3   4

Fan: " Iqtisodiy bilim asoslari"

8-sinf ( 27 – dars).



Mavzu: O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sari.

Dars maqsadi: O’quvchilarga O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili va bozor islohatlari mazmunini mohiyatini va hozirgi kundagi ahamiyatini tushuntirish.

Vazifalari:

O’zbekistonda olib borilayotgan bozor islohotlarini bilish va baholay olish;

o’quvchilarda mustaqil mamlakatimiz qo’lga kiritayotgan ulkan yutuqlarga ishonch, mehnatsevarlik xususiyatlari ni shakllantirish.

Dars jarayonida egallashlari lozim bo`lgan asosiy atamalar:

Bozor iqtisodiyoti, o’zbek modelining besh tamoili, bozor islohatlari.



Darsga tayorgarlik va darsga kerakli bo’lgan vosutalar;

Vositalar; darslik, Prezident I.A.Karimov ishlab chiqqan bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili aks etgan slaydlar.(1-ilova).

Sinf tayorgarligi: Dars jarayoniga guruxni shakllantirish, sinf partalarini joylashtirish va stol ustiga bank, plastic kartochka, tadbirkor, fabrika,bozor rasmlari aks etgan kartochkalar qo’yiladi.

Darsning turi: yangi mavzuni bayon etish;

Darsda qollanilgan metodlar; Guruhlar bilan ishlash, Tushuncha tahlili ko’rsatish, suhbat; aqliy hujum

Ragbat kartochkalari

Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni mustahkamlash;

5 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish:

a) guruhda ishlash - 6 daqiqa

b) taqdimot - 15 daqiqa

c) umumlashtirish - 4 daqiqa

25 daqiqa


4

Yangi mavzuni mustahkamlash

6 daqiqa

5

Darsga yakun yasash va baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism;

O’quvchilar sinfga kirishadi ularning har biriga stol ustidagi rasmlar aks etgan kartochkalar olish tavsiya etiladi va rasmlar bo’yicha stolga o’tirish kerakligi aytiladi



II. O’tilgan mavzu haqida suhbatlashish.

1. Bozor iqtisodiyoti deb nimaga aytiladi?

Javobi; (Bozor iqtisodiyoti sharoitida “Nima ishlab chiqarish kerak?”, “Qanday ishlab chiqarish kerak?”,”Kim uchun ishlab chiqarish kerak?”-degan savollarga, asosan, bozor javob beradi. Shu bois, bu tizimni bozor iqtisodiyoti deb ataladi.)

2.Bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari nechta turga bo’linadi? Javobi; (1.Erkin iqtisodiy faoliyat. 2. Xususiy mulkchilik. 3. Erkin narxlar. 4. Iqtisodiy manfaatdorlik va foyda olishga bo’lgan intilish.5. Monopoliyani rad etish.

6. Raqobat).

3.Raqobat deganda nimani tushunasiz. Javobi; (bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Shunga ko’ra, bozor iqtisodiyoti monopoliyani rad etadi. Chunki monopoliya bor joyda erkin iqtisodiy faoliyat va raqobat bo’lmaydi.)

4. Aralash iqtisodiyot deganda nimani tushunasiz. Javob: (Aralash iiqtisodiyot jamiyat a’zolarining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoya qilishga, ommaviy farovonlikni ta’minlashga yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda kechayotgan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni deganda, biz xuddi shu sifatlarga ega bo’lgan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga, ya’ni aralash iqtisodiyotga o’tishni tushunamiz.)

. Sizlar bilan bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari, bozor iqtisodiyotining noqobilligi haqida bilimlarimizni eslab oldek.

III. Yangi mavzu: O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sari

Mavzuning bayon qilish rejasi:

1).O`zbek modulining asosiy tamoillari

2). Bozor islohatlari

3)Mamlakatimizda amalga oshirilgan o`zgarishlar

4).Mamlakatimiz iqtisodoyotida kichik biznesning roli.

5).Bozor munosabatlarining asosi bo’lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining ahamiyati.

Yangi mavzuni o`rganish guruxlardagi o’quvchilar tomonidan mavzuni mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi.

Guruxlarga: 1).O`zbek modulining asosiy tamoillari

2). Bozor islohatlari

3).Mamlakatimizda amalga oshirilgan o`zgarishlar

4).Mamlakatimiz iqtisodoyotida kichik biznesning roli.

5).Bozor munosabatlarining asosi bo’lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining ahamiyati.

Mavzular yozilgan kartochkalar har bir guruxlarga tarqatiladi. Taqdimot tinglanadi yakun yasaladi

Guruxlarga quyidagi topshiriqlar beriladi ya’ni 2010 yil 13 noyabrda chop etilgan “Ma’rifat” gazetasi tarqatiladi: Gazetada O’zbekiston Respublikasi Prezindenti I.Karimovning ”Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.

1.Ma’ruzani o’qib chiqing.

2.Ma’ruzani bir- biringizga so’zlab bering.

3. Ma’ruzadagi tayanch so’zlarni ajrating.

4. Sinfda taqdimot qilish tayorgarligi, gurux ishi uchun (6 daqiqa) vaqt ajratiladi.

Curuxlarning ishlash jarayonini o’quvchilarning ishtiroki kuzatib boriladi va kerak bo’lgan joylarga ko’rsatmalar beriladi.

. Curuxlarning taqdimoti. (5 daqiqa).

Curuxlarning taqdimot qilish jarayonida o’quvchilar tinglaydilar va savol berishi aytiladi.

O’qituvchi tomonidan mavzular umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilinadi.



IV. Mustahkamlash.Otilgan yangi mavzu bo`yicha bilimlarni mustahkamlash:

  • Bozor iqtisodiyotiga o`tishning nechta tamoili bor?

  • “Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi ‘ tamoil ma’nosini tushuntirib bering

  • Ddavlat bosh islohatchi deganda nimani tushunasiz?

  • Qonunlarning ustuvorligi tamoili mazmunini tushuntirig.

  • Kuchli ijtimoiy siyosat deganda nimani tushunasiz?

  • Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish tamoilini tushuntirib bering.

Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar


Bozor iqtisodiyotiga o`tish tamoillari
Jadvallarni to`ldiring.


















O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha qo’yidagi jadvalni to’ldirish topshiriladi.


Bilardim

Bilib oldim

Ya’na bilishni istayman.










V. O’quvchilar bilimini baholash.

Topshiriqlarning to’g’ri javoblari doskaga ilib qo’yilib, o’quvchilar nechta topshiriqni to’g’ri bajarganlarini so’rash va ularning dars jarayonidagi faoliyatini hisobga olgan holda baho e’lon qilinadi.

. VI. Uyga vazifa:

Bilimingizni sinab ko`ring bandidagi savollarga javob toppish

O`zbekistonning 2014 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari to`g`risida ma’ruza tayyorlash.

Foydalanish uchun matnlar..

Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki bosqichida, ya’ni 1991 yilda 2000 yilgacha bo’lgan davrda ulkan o’zgarishlarni amalga oshirishda asosiy e’tiborimiz markazlashtirilgan ma’muriy – buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotining asoslarini, avvalambor, qonunchilik bazasini shakllantirish uchun sharoit yaratishga qaratildi.

Shu borada qabul qilingan o’ta muhim qonun va normativ hujjatlar qatorida Fuqarolik, Yer, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g’risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”, “Chet el investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risidagi”gi qonunlarni qayd etish mumkin.

Islohotlarimizning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati erkinliginining kafolatlari to’g’risida”, “Xususiy korxona to’g’risida”, “Valyutani tartibga solish to’g’risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirildi.



O’ZBEKISTON BOZOR IQTISODIYOTI SARI

O’zbek modelining asoslari

1991-yil respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritib, sobiq ittifoq istibdodidan xalos bo’ldi. Endi xalqimiz oldida mustqillik poydevorini mustahkamlash , hur ve erkin fuqarolik jamiyatini qurishdek o’ta ma’sulyatli vazifa turar edi. Bu vazifani bajarishning birdan bir yo’li bu bozor iqtisodiyotiga o’tish edi. Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekistonning milliy , o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor iqtisodiyotiga o’tishning beshta tamoyili asos qilib olindi.

Bu tamoyillarning asosiy mohiyati Prazidentimiz I.A.Karimovning “ O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida “ kitobida ochib berilgan:

1.Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.Bu tamoyiliga ko’ra ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlar mafkuradan xoli qilinadi. Qoloq iqtisodiyotning siyosiy mustaqillikka tayanch bo’la olmasligidan kelib, chiqib, iqtisodiyot siyosatdan ustun qo’yiladi.

2. Davlat- bosh islohotchi.Bu tamoyilga ko’ra davlat butun xalq manfaatlaridan kelib chiqib, islohot jarayonlarining tashabbuskori bo’ladi va ularni amalga oshirishga rahbarlik qiladi.

3. Qonunlar va ularga rioya qilishning ustuvorligi.Bu tamoyilga ko’ra islohot jarayonalri tartibli, sinalgan va amaliy kuchga ega bo’lgan qonunlar asosida ularga so’zsiz rioya qilish bilan amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyotining qonunchilikka tayanishi demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konsitutsiya va qonunlar oldida barchaning baravarligi, qonunlarga rioya etish hamma uchun ham qarz, ham farz ekanligini bildiradi.

4.Faol ijtimoiy siyosat yuritish.Bu tamoyilga ko’ra bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida jamiyatda ijtimoiy- siyosiya barqarorlik ta’minlanadi. Aholining turmush darajasidan kelib chiqib, ijtimoiy himoya chora-tadbirlari ko’riladi.

5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish.Bu tamoyilga ko’ ra bozor iqtisodiyotiga o’tish islohotlari shoshilmasdan, har tomonlama puxta o’ylangan holda , bosqichma- bosqich iqtisodiy , siyosiy larzalarsiz amalgam oshiriladi.

4

Bozor islohotlari

Ushbu tamoyillardan kelib chiqib, respublikamizda shu o’tgan qisqa vaqt ichida olamshumul o’zgarishlar amalgam oshirildi. Respublikamizda bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot asoslari yaratildi. Bunga misol qilib mulkchilik, qishloq xo’jaligi, moliya-kredit, tashqi iqtisodiy aloqalar va ijtimoiy sohadagi amalga oshirilgan islohotlarni keltirish mumkin.



Mulkchilikni isloh qillishi sohasida davlat mulki hisoblanmish zavod va fabrikalar , maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari , uy-joylar va boshqa davlat mulklari xususiylashtirilib, jamoa yoki xususiy mulkka aylantirildi..

Qishloq xojaligidagi islohotlar odamlarga yerdan bepul foydalanish huquqining berilishi, shaxsiy tomorqalar uchun yer maydonlarining kengaytirilishi , fermer va dehqon xo’jalilarining tuzilishi bilan amalga oshirilmoqda.

Moliya-kredit sohasidagi islohotlar respublikamiz o’z valyutasini muomalaga kiritishi , qator tijorat banklarining ochilishi , qimmatbaho qog’ozlar bozorining tashkil qilinishi , yangicha soliq tizimining yaratilishi kabi qator bozor talabiga javob beruvchi moliya tizimini yaratish yordamida amalga oshirilmoqda.

Tashqi iqtisodiy aloqalardagi islohotlar respublikamizning tashqi iqtisodiy aloqalari erkinlashtirishga qaratilgan . Ko’plab xorijiy davlatlar bila qo’shma korxonalar tashkil qilinmoqda . Respublikamizning boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq qilish imkoniyatlari kengaymoqda.

Ijtimoiy sohadagi islohotlar o’tish davrida vujudga keladigan turli noxush holatlardan aholini himoya qilishga qaratilgan Narx-navoning oshishiga mos ravishda maosh, stipendiya, pensiya va turli xil nafaqa pullari miqdori oshirib borilmoqda.

Iqtisodiy bilim asoslari “Tadbirkorliki” mavzusi buyicha dars ishlanmasi

ning texnologik xaritasi.

1-Mavzu

Tadbirkorlik. 9-sinf


Maqsad, vazifalar

Maqsad:

  1. ta’limiy: tadbirkorlik va uning xususiyatlari, tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli, tadbirkorlik faoliyati turlari to’g’risiida tuhuncha berish;

b) tarbiyaviy: o’quvchilarni mehnatga qiziqishlarini orttirib borish, iqtisod fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur eta olish malakasini o’stirish, hunarga mehr ko’zi bilan qarashga o’rgatish, xalq og’zaki ijodidan foydalanish orqali ta’lim –tarbiya berish.

c) rivojlantiruvchi: Dars jarayonida o’quvchilarning faolligini oshirish, og’zaki va yozma fikrlashni rivojlantirish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar guruh holida o’zlashtirib olishlari va suhbat- munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.



O’quv jarayonining mazmuni

Dars jarayonida faollahtiruvchi savol va tophiriqlardan foydalaniladi, tadbirkorlik va uning xususiyatlari, tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli, tadbirkorlik faoliyati turlari, mavzuga doir masalalar yoritiladi.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars turi: Yangi materialni o’rganuvchi dars.

Metod: guruhda o’qitish, tushunchalar tahlili

Vosita: tarqatma materiallar: matn va rasmlar, doska, test kartochkalari

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish

Baholash: rag’batlantirish, 5 balli tizimda baholash


Kutiladigan natijalar

Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishiladi. O’quvchi faolligi oshadi, darsga nisbatan qiziqishi uyg’onadi, barcha o’quvchilar baholanadi, o’quvchi tomonidan yozma axborotni mustaqil o’rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va javob berishga o’rganadi

Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar)

O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O’quvchi: Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qila oladi, shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini oshiradi.



Mavzu: Tadbirkorlik

1.Dars maqsadi :

  • tadbirkorlik haqida tushunchaga ega bo’lish va uning xususiyatlarini sanay olish ;

  • tadbirkorlikning bozor iqtisodiyotidagi rolini anglash ;

  • biznes rejaning tadbirkorlik faoliyatidagi ahamiyatini tushunib yetish.

  • Tadbirkorlik faoliyati turlarina ayta olish

  • Iqtisodiy faoliyatning tadbirkorlikka xos turlarini bilish ;

  • har bir tadbirkorlik faoliyati turining afzallik va kamchiliklarini sanash;

II.Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy atama va tushunchalar:

  • tadbirkorlik

  • biznes reja

  • ishlab chiqarish

  • tijorat;

  • moliyaviy tadbirkorlik;

  • vositachilik;

  • sug’urta;

III.Dars uchun zarur jihozlar va ma’lumot manbalari :Ko`rsatmalar, topshiriqli varaqlar 9- sinf darsligi

IV.Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti:

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2.

Yangi mavzuni boshlashga xozirlik

5 daqiqa

3.

Yangi mavzuni yoritish:

a) bahs-munozara

b) mustaqil ishlash;

d) tahlil qilish;

e) xulosa

2-daqiqa


8- daqiqa

5- daqiqa

5- daqiqa


4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

5-daqiqa

5.

Darsga yakun yasash va baholash

3 daqiqa

6.

Uyga vazifa

3 daqiqa

V. Darsning tafsilotlari:

1.Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashib davomat tekshiriladi.



II.Yangi mavzuni boshlashga xozirlik.

Dars tadbirkorlikka ta’rif berish bilan boshlanadi:

Tadbirkorlik deganda,kishilarning foyda olish maqsadida,tavakkalchilik asosida,o’z mablag’I,mulki,bilimi va imkoniyatlarini ishga solib tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyati tushuniladi.

III. Yangi mavzuni yoritish.

Tadbirkorlikni ishbilarmonlik yoki biznes,deb ham atashadi.Bunday faoliyat bilan shug’ullanuvchilarni ishbilarmonlar,tadbirkorlar yoki biznesmenlar ham deb atashadi.So’ng o’quvchilar e’tibori darslikdagi rasmga qaratiladi.Rasmda berilgan tadbirkorlikka xos fazilatlar bilan tanishtiriladi va o’quvchilarga quyidagi savol beriladi:



Rasmdagi bo’sh kataklarga tadbirkorlikka xos yana qanday fazilatlarni yozgan bo’lar edingiz?Nega?

O’quvchilarga o’ylash va bo’sh kataklarni to’ldirish uchun vaqt ajratiladi,so’ng fikrlari tinglanadi.



Javob: Bo’sh kataklarga tadbirkorlikka xos quyidagi qo’shimcha fazilatlar yozilishi mumkin:

  • Tashabbuskorlik

  • Barcha iqtisodiy mas’uliyatni zimmaga olib tavakkal qilish;

  • Halol ish yuritish va qonunlarga rioya qilish;

  • Halol raqobatda qatnashish.

  • Tadbirkor yuqoridagi tashabbuskorlikva barcha iqtisodiy mas’uliyatni zimmaga olib tavakkal qilish fazilatlariga ega bo’lmasa tadbirkor bo’la olmaydi.Tadbirkor halol ish yuritish va qonunlarga rioya qilish;halol raqobatda qatnashish kabi qo’shimcha fazilatlarga ega bo’lish,unga rioya qilish bilan davlat ,sheriklari hamda mijozlari oldidagi majburiyatlarini o’z vaqtida bajaradi,ular oldida hurmati,nufuzi oshadi.

  • Yuqorida keltirilgan tadbirkorlikka xos fazilatlarni muhimlik darajasiga qarab ketma-ket yozib chiqing va o]z yechimingizni sharhlang.

O’quvchilarga tayyorgarlik uchun 2 daqiqa vaqt beriladi.Tayyorlanib bo’lisggach doskaga 2 ta o’quvchi chiqib o’z yechimlarini yozadi.Bildirilgan fikrlar sinfdagi o’quvchilar bilan hamkorlikda tahlil qilinadi.

Tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli qanday?

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik omili tabiiy,capital va mehnat omillari bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy omiliga aylanadi.

Tadbirkorlik jamiyat uchun kerak,chunki shu faoliyat tufayli yangi,qo’shimcha ish o’rinlari yaratiladi.Turli-tuman tovar va xizmatlar ishlab chiqarish ko’payadi.Natijada iste’molchi ehtiyojlari yanada to’laroq qondiriladi.Tadbirkorlik iste’molchi uchungina emas,davlat uchun ham foydali faoliyat bo’lib hisoblanadi.Davlat tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish bilan,aholini ish bilan ta’minlash.keng iste’mol tovarlari va xizmatlar ishlab chiqarish kabi vazifalarni ma’lum ma’noda o’zidan soqit qiladi.Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan soliqlar hisobidan davlat xazinasi boyiydi.

Tadbirkorlikni nimadan boshlash kerak?

O’quvchilarga savol beriladi va javoblar eshitiladi.

Tadbirkorlik biznes g’oyadan boshlanadi.Biznes g’oya qanchalik to’g’ri tanlansa,muvaffaqiyatga erishish imkoniyati shuncha ko’p bo’ladi.Biznes g’oyani amalga oshirish uchun aniq hisob-kitoblarga asoslangan,puxta o’ylangan reja tuzilishi lizim.

Tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqib,u quyidagi turlarga bo’linadi:



1. Ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish faoliyatiga asoslangan tadbirkorlikda,tadbirkor kapital,mehnat,tabiiy omillarni birgalikda harakatga keltiradi yoki ishlab chiqarish vositalari-yer,bino va inshoatlar,asbob-uskunalar,xom ashyo sotib oladi,ishchi xodimlarni ishga oladi,har xil tovarlar ishlab chiqaradi hamda sotadi.

2. Tijorat,savdo-sotiq Tadbirkorlikning bunday turi bilan shug’ullanuvchilar tovarlarni sotib olishadi va iste’molchi topib sotishadi.Albatta ,bu holatda tovarning sotish narxi,xarid narxidan yuqori bo’ladi.Natijada tadbirkor foyda ko’radi.Biznesning bu turi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar qayerda qaysi tovarlar arzon va sifatli ishlab chiqarilishini,bu holatda talabning ko’pligi,narxi balandligini yaxshi bilishlari shart.

3.Moliyaviy tadbirkorlik Tadbirkorlikning bu turi ham tijoratga o’xshaydi,ammo bunda tovarlar o’rniga pul va qimmatbaho qog’ozlar oldi-sotdisi bilan shug’ullanishadi.Pul mablag’lari qarzga beriladi,chet el valyutalari,aksiya,veksel va boshqa qimmatli qog’ozlar sotib olinadi.va sotiladi.

4. Vositachilik.Vositachilik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar sotuvchi va xaridor o’rtasida vositachilik qilib,oldi-sotdi jarayonini tezlashtiradi,tovar egasini iste’molchi bilan uchrashtirish evaziga haq oladi.Vositachilar qayerda,qanday tovar,qanday narxda ishlab chiqarilishi va sotilishi,kimda shu tovarga zarurat borligini bilishi va bu ma’lumotni sharoitga qarab pullashi bilan boshqalardan ajralib turadi.

5.Sug’urta.Tadbirkorlikning bunday turi bilan shug’ullanuvchilar,turli xil kutilmagan voqealar natijasida ko’rilgan zararni qoplashga ma’lum badal evaziga kafolat beradi va bunday holatlar yuz berganda zararni qoplash bilan shug’ullanadi.Hozirgi vaqtda mulk sug’urtasi,hayot sug’urtasi,tibbiyot sug’urtasi kabi sug’urta shakllari bor.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Sinf 4 guruhga ajratiladi.Guruhlarga darslikdagi topshiriqlar beriladi.

Agar siz tadbirkor bo’lganingizda qanday Tovar ishlab chiqargan yoki qanday xizmat ko’rsatgan bo’lar edingiz?O’z biznes g’oyangizni asoslang va uni amalga oshirish bo’yicha bo’yicha biznes loyiha tuzing.

Guruhlarda ishlash uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.Taqdimot uchun esa 2 daqiqa vaqt ajratiladi.



Tadbirkorlik faoliyati turlarining qanday o’ziga xos xususiyatlari bor?

Guruhlarga 2 daqiqa vaqt beriladi va fikrlar tinglanadi.

Qisqa javobli test topshiriqlarini otkazish orqali mavzu bo`yicha egallangan bilimlar nazorat qilinadi.

1. Tadbirkorlik nimadan boshlanadi? ( biznes g’oyadan)

2.Vositachilik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar sotuvchi va xaridor o’rtasida vositachilik qilib,oldi-sotdi jarayonini tezlashtiradi,tovar egasini iste’molchi bilan uchrashtirish evaziga haq oladi (Vositachilik)

3. Turli xil kutilmagan voqealar natijasida ko’rilgan zararni qoplashga ma’lum badal evaziga kafolat beradi va bunday holatlar yuz berganda zararni qoplash bilan shug’ullanadigan tadbirkorlar qanday nomlanadi? (Sug’urta)

4. Kishilarning foyda olish maqsadida,tavakkalchilik asosida,o’z mablag’i,mulki,bilimi va imkoniyatlarini ishga solib tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyati nima deb ataladi.

(Tadbirkorlik)

5.Biznes g`oyani amalga oshirish maqsadida bajarish zarur bo`lgan, o`zaro muvofiqlashtirilgan hatti harakatlar dasturidan iborat hujjat qanday nomlanadi ? (biznes reja)

V. Dars mavzusini yakunlash va baholash.

Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi va jurnalga qayd etiladi



VI. Uyga vazifa.

1.Mavzuning”Bilimingizni sinab ko’ring” bandidagi savollarga javob topish .


Korxonaning qisqacha tavsifi

Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish tamoillari

Xarajatlar,tushum, foyda

Tovar va xizmat bozori tahlili

Yakuniy xulosalar

Ishlab chiqaradigan Tovar yoki xizmat tavsifi

BIZNES REJA

Biznes reja



272242281241240

Iqtisodiy bilim asoslari “Aksiyadorlik jamiyati” mavzusi buyicha dars ishlanmasi

Darsning texnologik xaritasi.

3-Mavzu

Aksiyadorlik jamiyatlari 9- sinf

Maqsad, vazifalar

Maqsad:

  1. ta’limiy: Aksiya, dividend, oddiy va imtiyozli aksiya, oltin aksiya, ochiq va yopiq AJlarning atamalarining mohiyatini o’rgatish;

b) tarbiyaviy: o’quvchilarning firmalarni ochishga qiziqishlarini orttirib borish, iqtisod fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur eta olish malakasini o’stirish, hunarga mehr ko’zi bilan qarashga o’rgatish, xalq og’zaki ijodidan foydalanish orqali ta’lim –tarbiya berish.

c) rivojlantiruvchi: Dars jarayonida o’quvchilarning faolligini oshirish, og’zaki va yozma fikrlashni rivojlantirish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar guruh holida o’zlashtirib olishlari va suhbat- munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.



O’quv jarayonining mazmuni

Dars jarayonida aksiyadorlik jamiyatlari ta’sischilar tomonidan tuzilishi, ularning nizom jamg’armasi, yilda bir marta aksiyadan dividend olinishi, aksiyadorlik jamiyatlarida davlatning ”oltin aksiya”lari, ochiq va yopiq turdasi aksiyadorlik jamiyatlari, aksiyadorlik jamioyatini tugatish va mavzuga doir masalalar yoritiladi.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub:Guruhlarda ishlash, Aqliy hujum uslubidan, og’zaki bayon qilish, ”Bumerang” texnologoyasi

Shakl: suhbat- munozara, amaliy mashg’ulot, kichik guruh va jamoada ishlash.

Vosita: tarqatma materiallar: matn va rasmlar, doska

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish

Baholash: rag’batlantirish, 5 balli tizimda baholash


Kutiladigan natijalar

Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishiladi. O’quvchi faolligi oshadi, darsga nisbatan qiziqishi uyg’onadi, barcha o’quvchilar baholanadi, o’quvchi tomonidan yozma axborotni mustaqil o’rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va javob berishga o’rgnadi

Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar)

O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O’quvchi: Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qila oladi, shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini oshiradi.



Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti


1. Tashkiliy qism

2 daqiqa

2. Uy vazifasini so’rash

5 daqiqa

3.Guruhlarda ishlash, savol javob o’tkazish

10 daqiqa

4. Yangi mavzu bayoni

7 daqiqa

5. Yangi mavzuni mustahkamlash. Savollarga javob topish uchun

10 daqiqa

6. Iqtisodiy diktant

7 daqiqa

7. Guruhlarni baholash

2 daqiqa

8. Uyga vazifa berish

2 daqiqa


I. Tashkiliy qism. O’quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

Navbatchi hisoboti orqali sana va davomatni aniqlanadi.


Dars quyidagi reja asosida olib boriladi
Dars shiori: Buyuk kelajak sari.

O’qituvchi: Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,

Shunda bilursanki ilm bepoyon!

O’quvchilar: Dam olamiz , o’ylaymiz,

Fikrlaymiz, topamiz!

1-o’quvchi: Bizning quvnoq davraga,

Xush kelibsiz , marhabo!

Iqtisod fani biz bilan

Hamroh bo’lsin doimo.

2-o’quvchi: Bu fan bizning do’stimiz,

Mo’jizalar makoni.

Inoq bo’lib o’ssa kim,

Ortar ilmi, imkoni.

O’qituvchi: Biz bugun ”Iqtisodiy bilim asoslari” fanidan “Kim g’olib?” musobaqa darsini o’tkazamiz. Sinf o’quvchilarini 3 guruhga bo’lamiz va ularga nom beramiz.

1-guruh: “ Bilimdon”

2-guruh: “ Tadbirkor ”

3-guruh: “ Intellekt ”

Guruhlar amal qilishi kerak bo’lgan “Oltin qoidalar” :

Intizom, faollik , vaqtga rioya qilish , “Ong qo’l” qoidasi.



II. O’tilgan darsni mustahkamlash.

”Aksiyadorlik jamiyatlari” mavzusi mustaqil o’qish uchun vazifa sifatida berilgan. Uyga vazifani auksion uslubida tekshiramiz. Buning uchun ishtrokchilarni aniqlashimiz kerak. 15ta bolaga auksionda ishtrok etish uchun ularning hisob raqamlari yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Auksion ishtrokchisi savollarga javob berib, ball yig’ish uchun faqat bir marta kartochkani ko’tarish imkoni bor. Beriladigan savollar 1, 2, 3, 4, 5 ball bilan baholanadi.



  1. guruh savollari. a. Aksiya nima va uni qanday turlarini bilasiz? b.”Oltin aksiya” nima? Davlat aksiyadorlik jamiyatlarining ta’sischilaridan biri bo’lishi kerakmi? c. Mas’uliyati cheklangan jamiyat va mas’uliyati cheklanmagan jamiyatning farqli tomoni.

  2. guruh savollari. a. Oddiy va imtiyozli aksiyalarning egalari aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida qanday tartibda ishtrok etadi? b. Aksiyadorlik jamiyatining nizomi nima? c. Jamiyatning ta’sischilari deganda kimlarni tushunasiz?

To’g’ri javob uchun rag’bat kartochkalari beriladi.

Uyga berilgan topshiriq ”Firma va uning turlari” mavzusiga doir darslikdagi 1-7 savollarga javoblar hamda slayd namoyishi. Slaydlar o’quvchilar tomonidan namoyish etiladi. O’quvchilar darslikdagi mavzu va Internet ma’lumotlari va boshqa manbalardan foydalangan bo’lishlari mumkin.

III. Yangi mavzuni tushuntiriladi.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarni huquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi qonunnining 5- moddasiga asosan aksiyadorlik jamiyatlari ochiq yoki yopiq turda bo’lishi mumkin. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining ta’sischilari cheklanmagan, yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ta’sischilari 3 kishidan iborat bo’lishi kerak. Ta’sischilarning har biri aksiyador bo’lishi shart.


Ochiq aksiyadorlik jamiyatlari

(26.12.1997 y. N 549-I O’z. R. qonunchiligiga asosan) O’ziga tegishli asksiyalarni boshqa aksiyadorlar roziligisiz sotishi mumkin bo’lgan jamiyat ochiq turdagi aksyadorlik jamiyati deyiladi. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari chiqarilayotgan aksiyalarini qonun doirasida sotuvga chiqarish huquqiga ega. Agar jamiyatning nizomida ko’rsatilgan bo’lsa, aksiya sotuvlarini yopiq turda o’tkazishi mumkin.

Ochiq turdagi jamiyatda aksiyadorlarning soni cheklanmagan bo’ladi (O’z. R. Qonuni 26.12.1997y. N 549-I) 6- modda.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari 7- modda

(26.12.1997 y. N 549-I O’z. R. qonunchiligiga asosan) Aksiyalari faqat ta’sischilari yoki oldindan belgilangan shaxslar guruhiga tegishli bo’lgan jamiyat, yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati deyiladi. Bunday jamiyatning ochiq holda aksiyalarini sotishi yoki taklif qilishi mumkin emas. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksidorlarining soni elliktadan oshmasligi kerak. Agar belgilangan sondan aksiyadorlar oshib ketsa, ular ro’yxatga olingan kundan boshlab olti oy davomida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi shart.

Jamiyat ta’sis etish yo’li bilan yangitdan tuzilishi yoki faoliyat ko’rsatayotgan yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo’shilish, bo’linish, ajralib chiqish) orqali tuzilishi mumkin.

Jamiyatni ta’sis etish. Ta’sis etish to’g’risidagi qaror ta’sischilar yig’ilishida hal etiladi. Agar jamiyat bir kishi tomonidan tuzilayotgan bo’lsa, ta’sis etish to’g’risidagi qarorni o’zi hal qiladi. Jamiyat ta’sischilari o’rtasida aksiyadorlik jamiyatini tuzish, birgalikda olib boriladigan faoliyatning tartibi, ustav fondining miqdori, aksiyaning turi, ta’sischilar o’rtasida taqsimlanishi, to’lov tartibi va miqdori, ta’sischilarni jamiyatni tashkil etishdagi huquq va majburiyatlari to’g’risida shartnoma tuziladi. (26.09.2008y. N 3PУ-183) 11- modda
IV. Aqliy hujum uslubidan foydalanib, yangi mavzu mustahkamlanadi.
O’qituvchi: 1-shartimizga ko’ra mustaqil ish beriladi. Bu diqqatimizni jamlash uchun yordam beradi.

1. Quyidagi jumlalardan tushirib qoldirilgan so’zlarning to’g’risini topib o’rniga qo’ying.

a. Davlat va xususiy mulkka asoslangan ......................turdagi korxonalar bo’lishi mumkin.

b. Ikki va undan ortiq shaxslarning mablag’lari asosida tashkil qilingan firma bu.............firmasi

c. Yakka tartibdagi firma................... mulki asosida tashkil qilinadigan firma.

d. Aksiyadorlik jamiyati – nizom jamg’armasi...................sotishdan shakllanadigan mas’uliyati cheklangan firma.

e. Aksiyalari istalgan shaxsga sotiladigan jamiyat ............... turdagi aksiyadorlik jamiyati deyiladi.

2-shart Quyidagi savollarga javob topishga urinib ko’ring.

a. Fermer xo’jaligi 10 gektar yerda dehqonchilik qildi va 5 mln so’m foyda ko’rdi.Yer egasi fermerdan 1,5 mln so’m ijara haqi oldi. Bu yerda kim tadbirkorlik qildi?

b. Siz aksiyadorlik jamiyatiga qiziqib qoldingiz, uni o’rganish uchun tanishingizdan jamiyatning yillik hisobotini – kirim- chiqim, foyda- zarar qanday bo’lishini bilish uchun berib turishini so’radingiz, lekin u rad javobini berdi. Nega u shunday qildi?

c. Siz bo’sh vaqtingizda uyingiz oldidagi magazinda ishlab pul topasiz. Sizning akangiz doimo ulgurji bozordan tovar olib, shu magazinda chakanaga sotib yuradi.. Bu yerda kim tadbirkorlik qiladi, kim yollanib ishlaydi?

Savollar javobini guruhlar taqdim etishadi.



V. Rag’batlantirish.Guruhlar javobi tinglanib , o’quvchilarga ball e’lon qilinadi va g’olib guruh aniqlanadi.

VI. Uyga vazifa : O’quv darsligidagi BSK 1- 9, 17- bet. SWOT- analizni (Aksiyadorlik jamiyatining kuchli va kuchsiz tomonlari, imkoniyatlari va tahdid soluvchi omillari) to’ldirish.


Aksiyadorlik jamiyati turlari

Ochiq aksiyadorlik jamiyati

Yopiq aksiyadorlik jamiyati



Iqtisodiy bilim asoslari “Firma ochish” mavzusi buyicha dars ishlanmasi

xnologikxaritasi.

4-Mavzu

Firma ochish. 9-sinf

Maqsad, vazifalar

Maqsad:

  1. ta’limiy: firma ochish, firma nizomi, ta’sis shartnomasi

  2. taniqliik belgilari atamalarining mohiyatini o’rgatish;

b) tarbiyaviy: o’quvchilarning firmalarni ochishga qiziqishlarini orttirib borish, iqtisod fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur eta olish malakasini o’stirish, hunarga mehr ko’zi bilan qarashga o’rgatish, xalq og’zaki ijodidan foydalanish orqali ta’lim –tarbiya berish.

c) rivojlantiruvchi: Dars jarayonida o’quvchilarning faolligini oshirish, og’zaki va yozma fikrlashni rivojlantirish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar guruh holida o’zlashtirib olishlari va suhbat- munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.



O’quv jarayonining mazmuni

Dars jarayonida firmani tuzilishi, uning nizom jamg’armasi va unga kim qancha ulush qo’shishi, ta’sis shartnomasi, kim boshqarishi, foyda qanday taqsimlanishi, kim nima bilan shug’ullanishi va mavzuga doir masalalar yoritiladi.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars turi: Yangi materialni o’rganuvchi dars.

Metod: guruhlarda ishlash;

Vosita: tarqatma materiallar: matn va rasmlar, doska, test kartochkalari

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish

Baholash: rag’batlantirish, 5 balli tizimda baholash


Kutiladigan natijalar

Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishiladi. O’quvchi faolligi oshadi, darsga nisbatan qiziqishi uyg’onadi, barcha o’quvchilar baholanadi, o’quvchi tomonidan yozma axborotni mustaqil o’rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va javob berishga o’rgnadi

Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar)

O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O’quvchi: Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qila oladi, shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini oshiradi.



Mavzu Firmani ochish tartibi

1.Dars maqsadi :

- firmaning asosiy hujjatlari haqida malimotga ega bo’lish.

- firmani ochish bilan bog’liq amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish

II.Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy atama va tushunchalar:


  • firmaning nizomi ;

  • firmaning tasis shartnomasi

III.Dars uchun zarur jihozlar va ma’lumot manbalari :ko`rsatmalar, topshiriqli tarqatmalar

9- sinf darsligi



IV.Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti:


1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2.

Uyga berilgan vazifani tekshirish

5 daqiqa

3.

Yangi mavzuni yoritish:

a) maruza

b) guruhlarda ishlash;

d) xulosa


10-daqiqa

12- daqiqa

3- daqiqa



4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

8-daqiqa

5.

Darsga yakun yasash va baholash

3 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

V. Darsning tafsilotlari:

1.Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashib davomat tekshiriladi.

O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimlarini mustahkamlash

2.Yangi mavzuni yoritish

Firmaning nizomi- firmaning ichki va tashqi faoliyatini tartibga solib turuvchi xuquqiy kuchga ega meyoriy xujat. Firmaning nizomida firma nomi, manzili, kimlar tomonidan tasis qilinayotganligi, firmani tashkil qilishdan maqsad, shakli, firma faoliyatini yuritish uchun qancha boshlang’ich mablag’- nizom jamg’armasi safarbar qilinishi, firma tasischilarining qo’shgan hissasi, firma mol mulkining tarkibi, uni hosil qilsh tartibi, mehnatga haq to’lash va dam olish, firmaning tugatilish tartibi haqidagi ma’lumotlar bo’ladi.

Firmaning nizomida ko’zda tutilgan har bir bank tadbirkorlik faoliyati to’g’risidagi qonunga zid bo’lmasligi kerak.

Tasis shartnomasi-firma ta’sischilari o’rtasida tuziladigan o’zaro faoliyat yuritish bo’yicha kelishuv hujjati.Tasis shartnomasi firmani tashkil qilish, faoliyat yuritish, boshqarish tamoyillari va mexanzmi, nizom jamg’armasining tarkibi va unga qo’shiladigon tasischilar ulushlari, foydani tasischilar o’rtasida qanday taqsimlash qoidalari, firmaning ichki boshqaruv tizimlari firma maqomini o’zgartirish va tugatish bilan bog’liq yo’l-yo’riqlar va kelishuvlar o’z aksini topgan bo’ladi.

Firma nizomi va ta’sis shartnomasi tayyorlangandan so’ng ta’sischilar o’rtasida nizom va ta’sis shartnomasi ko’rib chiqiladi hamda imzolanadi. Firmaning tashkil qilish bo’yicha qaror qabul qilinib, bu qarorda tuman hokimligidan firmani ro’yxatdan o’tkzish so’raladi. Bu hujjatlar

ni tuman (shahar) hokimligi firmani ro’yhatdan o’ykazish so’raladi. Bu hujjatlarni tuman (shaxar) hokimligi belgilangan ma’lum vaqt davomida ko’rib chiqadi va qonunga zid bo’lgan holatlar bo’lmasa firma ro’yhatga olingaligi to’g’risida qaror qabul qilinadi, maxsus guvohnoma beriladi . Bu qaror firmaning ochilganligidan va faoliyat yuritishi mumkinligidan dalolat beradi. Bu qaror ostida 30 kun ichida biror bankda hisob raqami ochiladi, nizom jamg’armasida ko’zda tutilgan mablag’ ushbu hisob raqamiga qo’yiladi, va firmaning iqtisodiy faoliyati boshlanadi.

Bundan tashqari firmaning nomi tushirilgan dumaloq va uchburchak muhrlar tayorlanadi, soliq inspeksiyasi, boshqa tashkilotlarda tuman (shaxar) statistika bolimlari, tuman tadbirkorlar palatasidan ham ro’yxatdan o’tiladi.

Yuqorida keltirilgan asosiy nazariy material tushuntirilgandan so’ng, faollashtiruvchi savol va topshiriqlarga o’tiladi. Sinf 4 guruhga ajratiladi. 10 daqiqa davomida har bir guruhga o’z firmasini ochish, unga nom qo’yish, uning nizomi, ta’sis shartnomasini tuzish, firma belgisini chizish topshiriladi. So’ng guruhlar javobi baholanadi.

5. Yangi mavzuni mustahkamlash.

<< Bilimingizni sinab ko’ring>> bandidagi 2-,4-,6-,7 savollar tahlil qilinadi.

Mavzu bo`yicha qisqa javobli test o`tkaziladi:

1. Firmaning ichki va tashqi faoliyatini tartibga solib turuvchi xuquqiy kuchga ega meyoriy xujjat nomi qanday ataladi? (Firma nizomi)

2. Firma ta’sischilari o’rtasida tuziladigan o’zaro faoliyat yuritish bo’yicha kelishuv hujjati (Tasis shartnomasi)

3. Firma qayerda ro`yxatdan o`tkaziladi? (Tuman hokimiyatidan)

4. Firmaning o`z nomi, muhri va belgilari bo`lib, ular davlat ro`yxatidan o`tkaziladi va firmaga iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ……………..shaxs maqomi beriladi (yuridik)

5. Firmaning pul bilan bog`liq barcha ishlari ………. Orqali amalga oshiriladi. (bank)
6. Dars mavzusini yakunlash va baholash.

Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi, va jurnalga rasmiylashtiriladi.



7. Uyga vazifa.

1.”Bilimingizni sinab ko’ring” dagi savollarga javob.



2. 20 sahifada berilgan topshiriqni bajarish







N

Atamalar mazmuni

Atamalar nomi

1

Kishilarning foyda olish maqsadida, tavakkalchilik asosida, o’z mablag’i, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish faoliyati.




2

Foyda olish maqsadida ishlab chiqarish resurslaridantovar va xizmatlar yaratish uchun tavakkalchilikni zimmasiga oladigan kishilar..




3

Biznes g’oyani amalga oshirish maqsadida qilinishi lozim bo’lgan, o’zaro xatti – harakatlar dasturi.




4

Tovarni sotib olib, so’ng boshqaga sotishdan iborat tadbirkorlik faoliyati.




5

pul va qimmatli qog’ozlar oldi- sotdisi bilan bog’liq faoliyat.




6

Xaridor va sotuvchini o’zaro uchrashtirib, tovar oldi- sotdi jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan faoliyat.




7

Turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan moliyaviy muammolardan muhofaza qilish.




8

Ehtiyojlarning cheksizligi va resurslarning cheklanganligi





Iqtisodiy bilim asoslari “Ishlab chiqarish va ekologiya” mavzusi buyicha dars ishlanmasi

Mavzu

10- Mavzu: Ishlab chiqarish va ekologiya. (9- sinf)

Maqsad, vazifalar

Maqsad:

  1. ta’limiy: Ekologiya tushunchasi, ekologik muammolar, atrof –muhitni muhofaza qilish, Orol muammosi to’g’risida tuhuncha berish;

b) tarbiyaviy: o’quvchilarning iqtisod fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur eta olish malakasini o’stirish, hunarga mehr ko’zi bilan qarashga o’rgatish, xalq og’zaki ijodidan foydalanish orqali ta’lim –tarbiya berish.

c) rivojlantiruvchi: Dars jarayonida o’quvchilarning faolligini oshirish, og’zaki va yozma fikrlashni rivojlantirish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar guruh holida o’zlashtirib olishlari va suhbat- munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.



O’quv jarayonining mazmuni

Dars jarayonida faollahtiruvchi savol va tophiriqlardan foydalaniladi, Ekologiya tushunchasi, ekologik muammolar, atrof –muhitni muhofaza qilish, Orol muammosi tushunchalari yoritiladi.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Darsturi: Yangimaterialnio’rganuvchidars.

Metod: Aqliy hujum

Vosita: Tarqatma materiallar: matn va rasmlar, doska.

Nazorat: og’zakinazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zininazoratqilish

Baholash: rag’batlantirish, 5 ballitizimdabaholash


Kutiladiga nnatijalar

Mavzuniqisqavaqtichidabarchao’quvchilartomonidano’zlashtirilishigaerishiladi. O’quvchifaolligioshadi, darsganisbatanqiziqishiuyg’onadi, barchao’quvchilarbaholanadi, o’quvchitomonidanyozmaaxborotnimustaqilo’rganish, unixotiradasaqlash, boshqalargayetkazish, savolberishvajavobberishgao’rganadi

Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar)

O’qituvchi: Yangipedagogiktexnologiyalarnio’zlashtirishvadarsdatadbiqetish, takomillashtirish. O’zustidaishlash. Mavzunihayotiyvoqealarbilanbog’lash. Pedagogikmahoratnioshirish.

O’quvchi: Matnbilanmustaqilishlashnio’rganadi. O’zfikriniravonbayonqilaoladi, shumavzuasosidaqo’shimchamateriallartopadi, ularnio’rganadi. O’zfikrivaguruhfikrinitahlilqilib, biryechimgakelishmalakasinioshiradi.



Darsning texnologik xaritasi. I. Tashkiliy qism. O’quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

Navbatchihisobotiorqalisanavadavomatnianiqlanadi.

Dars quyidagi reja asosida olib boriladi


  1. Ekologiya tushunchasi

  2. Ekologik muammolar.

  3. Atrof –muhitni muhofaza qilish

  4. Orol muammosi

  5. .

Dars shiori: Ilmu ma’rifat insonlarni ko’kka ko’taradi.И. Каримов

“Oltin qoidalar”:Intizom, faollik , vaqtga rioya qilish , “Ong qo’l” qoidasi.

II. Uy vazifasini tekshirish

”Marketing” mavzusi uy vazifasi sifatida berilgan. Uyga vazifani aqliy hujum uslubida tekshiramiz. O’quvchilar darslikdagi mavzu va Internet ma’lumotlari va boshqa manbalardan foydalangan bo’lishlari mumkin O’quvchilar savollarga javob berib, ball yig’ish imkonlari bor.



III. Yangi mavzuni tushuntiriladi.



Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar beriladi



ISHLAB CHIQARISH VA EKOLOGIYA

EKOLOGIYA

Ekologiya insoniyatning uni o’rab turgan tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlari haqidagi fandir. U tabiatdagi resurslardan tejab-tergab oqilona foydalanish, ularni avaylab asrash, qayta tiklash muammolarini o’rganadi. Ma’lumki, insoniyatning ehtiyojlari cheksiz bo’lib, odamlar ularni qondirish jarayonida tabiiy resurslardan foydalanadilar. Dastlab, odamlarni tabiatning o’zi boqqan bo’lsa, keyinchalik ahtiyojlarning ko’payishi natijasida odamlar tabiat in’omalri bilan kifoyalanmasdan, kerakli narsalarni tabiatdan o’zlari olishga, tabiiiy resurslardan turli xil mahsulotlarni o’zlari ishlab chiqarishga o’tdilar. Bu bilan tabiatdagi muvozanatga sezilarli ta’sir ko’rsata boshladilar. Shu tariqa ekologik muammolar paydo bo’la boshladi.



256

EKOLOGIK MUAMMOLAR

Dastlabki paytlarda odamlarning bunday faoliyati natijasida tabiatdagi muvozanatning buzilishi, unga yetkazilgan ziyonni tabiat qoplashga , o’rnini qaytadan tiklashga asosan muvaffaq bo’lgan.

Keyingi yuz yilliklarga kelib, insoniyatning tabiatdagi jarayonlarga aralashuvi , tabiiiy resurslardan foydalanish miqyosi mislsiz darajaga borib yetdi va tabiat o’zini o’zi tiklay olmay qoldi. Bugungi kunda odamzod tabiatni himoya qilish, resurslardan tejab- tergab foydalanish va ularni qayta tilash kabi quyidagi dolzarb ekologik muammolarga duch kelib qoldi:


  • havoning zaharlanishi;

  • daryo va suv havzalarining ofloslanishi;

  • tuproq tarkibining o’zgarihsi va yerlarning sho’rlanib borishi;

  • ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari miqdorining kamayib borishi;

  • atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishi;

  • inson salomatligiga zarar yetkazadigan shovqinli texnika moslamalarining ko’plab ishlatilishi.

ATROF –MUHITNING IFLOSLANISHI

Atrof muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy pol o‘ynaydi.Tabiiy omillar asosida atrof- muhitning ifloslanishi, avvalo tabiiy yo‘l bilan-chaqmoq chaqishi, o‘t o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi,shamol harakati biosferada uzluksiz boradigan chirish ( o‘simlik va hayvonot qoldiqlari ) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi.Ular yiliga millionlab tonna chang-to‘zonlarni havoga chiqarib yuboradi.

Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishiga sun’iy omillar ( antropogen jarayon) eng ko‘p qatnashmoqda.Atmosferaga chiqarilayotgan iflosliklarning 2/3 qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi.

Atrof muhitning ifloslanishi natijasida yer yuzasining o‘simlik va hayvonot dunyosi ko‘p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshoatlar birdek zarar ko‘rmoqda Xalqimiz orasida “Suv yetti yumalab toza bo‘ladi” degan tushunchalar bor. Darhaqiqat, tabiat me’yorida bo‘lsa, turli oqava , chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarayotgan is( SO) gazi fotosintez jarayoni orqali osimliklar tomonidan uzliksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarilib tashlanayotgan chiqindilar so‘nggi davrlarda shu darajada me’yoridan oshib ketayapdiki, oqibatda tabiat o`z-o`zini tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bo‘lib bormoqda.



255

Atrof muhitning ifloslanishi barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlikning ( Litosfera) ifloslanishi yer osti boyliklarini o‘zlashtirish, ayniqsa, sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda.Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar turli metallar va ularning birikmalari, mineral o‘gitlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv maddalardir.Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bo‘lgan axlat uyumlari gigiena- sanitariya holatining yomonlashuviga olib kelmoqda.



17

Kosmik kuzatishlar natijasida hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3 qismi naft pardasi bilan qoplanganligini ko‘rsatadi. Bu jahondagi eng katta ekologik muammolardan biri demakdir. Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo, kabi sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirich yoki turli xil yong‘inlar tufayli ifloslanmoqda.

Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldida yana bir murakkab muammoni qo‘ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning toboro ko‘p chiqarib yuborilishi natijasida yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining toboro yupqalashib borishi kuzatilmoqda.”Ozon tuynugi” deb nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, so‘nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshladi.

Bunday muammolarning kelib chiqishining asosiy sababi jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning buzila borishi, atrof- muhitning ifloslanib borishi bilan bog‘liq.

Atrof muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yo‘llarini izlash va bu murakkab muammolarni hal qilishga undaydi.

Atrof –muhitni himoya qilishning qator samarali yo‘llari ishlab chiqilgan.Ulardan birinchisi atrof- muhitni ifloslaydigan korxonalarda shunga yo‘l bermaslik choralarini ko‘rishdir.Buning uchun turli chiqindilarni tozalovchi tizimlarni barpo etish, iflos yoqilg‘ilarni ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, ishdan chiqqan yerlarni rekultivatsiya qilish kabi yo‘llaridan foydalanish lozim.



248

291

ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

Tabiatni muhofaza qilish ishlari bilan asosan davlat nazorat organlari shug’ullanadi. Har bir davlatda atrof- muhitni muhofaza qilish yuzasidan turli xil chora- tadbirlar ko’riladi, qonunlar qabul qilinadi. Masalan, zavod va fabrika mo’rilariga turli xil zaxarli moddalarni ushlab qoladigan , havoni tozalaydigan moslamalar o’rnatish, oqova suvlarni daryolarga oqizishni taqiqlash kabi chora tadbirlar amalga oshiriladi. Davlat tahskilotlari bilan bir qatorda , nodavlat, jamoat tashkilotlari ham borki, ular nafaqat bir mamlakat hududida , balki butun dunyoda atrof- muhit muhofazasi muammolari bilan shug’ullanadi. Masalan, “Green peace” xalqaro jamiyati, “ Ekosan” xalqaro ekologiya va salomatlik jamg’armasi shular jumlasidandir. “ Ekosan” jamg’armasi respublikamiz va umuman butun Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik holatni sog’lomlashtirishga , atrof-muhitni muhofaza qilishga, aholining salomatligini himoya qilishga qaratilgan qator amaliy ishlarni bajarib kelmoqda.

Shu bilan birgalikda, atrof- muhitni muhofazasi- har bir fuqaroning burchi hisoblanadi. Buning uchun har birimiz kundalik turmushimizda orasta yurish, o’zimiz yashayotgan atrofni ozoda tutish kabi oddiy qoidalarga rioya qilishimiz zarur.

Iqtisodiy bilim asoslari “Inflatsiya va uning turlarii” mavzusi buyicha dars ishlanmasi

Darsning texnologik xaritasi.

Mavzu

“Inflatsiya va uning turlarii”

Maqsad vazifalari

  • O’quvchilar Inflatsiyaning mohoyatiga tushunib yetish;

  • Inflatsiya turlarini bir – biridan farqlash;

  • Inflatsiyaning kelib chiqish sabablarini bilish.




O’quv jarayoning

mazmuni

Har bir davlat haqidagi ma’lum miqdordagi pul moumalarda bo’lib, oldi – sotdi jarayonlari uning vositasida amalga oshiriladi.Shu sabab, muomaladagi pullar qo’ldan qo’lga o’tib, to’xtovsiz aylanib turadi. Pulning biror oldi –sotdi jarayoniga qatnashib, qo’ldan qo’lga o’tishi, uning bir marta aylanganligini bildiradi.Muomaladagi pul miqdorining bir yil davomida necha marta oldi – sotdi jarayonlarida qatnashganiga qarab, uning aylanish tezligi aniqlanadi.



O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.

Darsturi: Yangi materialni o’rganuvchidars.

Metod: Aqliy hujum, Suhbat, “ Tushuncha tahlili”

Vosita: Tarqatma materiallar: matn va rasmlar, doska.

Nazorat: Og’zakinazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.

Baholash. Rag’batlantirish 5 balli tizim asosida baholash.



Kutiladigan

natijalar


- O’quchilarning qisqa vaqt ichida mavzu bo’yicha ma’lumotlarni o’zlashtirib, olish faolligini oshirish.

- O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqishini uyg’otish.

- Mustaqil o’z fikrini bayon qila oladi.

- O’zini –o’zi nazorat qila oladi.



Kelgusi rejalar

(tahlili.o’zgarishlar)

O’qituvchi:

- O’z bilimini oshirish maqsadida ko’proq gazeta va jurnallardan tizimli foydalanishi lozim.

- O’qituvchi o’z bilimini mustahkamlash maqsadida “Ko’rik tanlovlarda” ishtirok etishi.

- Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

- Pedagogik mahoratini yanada oshirish.

O’quvchi:



  • Mustaqil ishlashni o’rganadi.

  • Mustaqil Internetdan materiallar oladi.


Fan: " Iqtisodiy bilim asoslari"

9-sinf. ( 24 – dars).



Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish