Nomi
|
Xususiyatlari
|
A. Virus
B. Baktеriyafag
|
1. Pinatsitoz vakuolalar orqali hujayra sirtidagi oqsil- rеtsеptor bilan bog‘lanish hosil qiladi.
2. Gеnomi tsitoplazmaga tushadi.
3. Bog‘lanish virus yuzasidagi oqsillar orqali amalga oshadi.
4. DNK yoki RNK itarib kiritiladi.
5. Kapsid tayoqchada qoladi.
6. Ular rеtsеptorni “tanib olish” xususiyatiga ega.
|
Topshiriqning javobi
A -1, 3, 6 B-2, 4, 5
Mavzuni mustahkamlash . tеst topshiriqlariga javob bеring.
1. Kim tamakida uchraydigan tamaki mozaikasi kasalligini qo’zg’atuvchilarni bakteriali filtrdan o’ta olish xususiyatini aniqlagan
A.1892-yil Ivanovskiy B.1892-yil Leffler
C. 1917-yil de Erell D.1893-yil Mechnikov
2. Qaysi olimlar uy hayvonlarida uchraydigan oqsil kasaligini qo’zg’atuvchilari bakteriali filtrdan o’ta olishini aniqlagan
A.1892-yil Ivanovskiy B. Leffler va Frosh
C. 1917-yil de Erell D.1893-yil Mechnikov
3. Bakteriofag virusni kim kashf etgan
A.1892-yil Ivanovskiy B.1892-yil Leffler
C. 1917-yil de Erell D.1893-yil Mechnikov
4. Bakteriyalarni zararlovchi virus –
A.bakteriofag B.tamaki mozaikasi C.gripp virusi D.gerpess virusi
5. Viruslarni o’rganuvchi fan –
A.mikrobiologiya B.parazitologiya C.virusologiya D.algologiya
6. Viruslar qaysi kasalliklarni keltirib chiqaradi?
A. qizilcha, ensefalit, quturish, gripp, sariq
B. ensefalit, quturish, gripp,sil
C. qizilcha,ensefalit,quturish,gripp,tuberkulyoz
D. gripp, sil, gijja
7. Viruslarni aniqlang
A. tamaki mozaikasi, gripp, kox B. tamaki mozaikasi, gripp, gerpes
C. kokk, gripp, sil D. basilla, vibrion, spirilla
8. Ular faqat hujayrada yashaydi,hujayra ichi parazitlari bo’lib,hujayradan tashqarida erkin va faol holatda uchramaydi,ko’payish xususiyatiga ham ega emas
A.virus B.bakteriya C.zamburug’ D.basilla
9. Viruslar qanday guruhlarga ajratiladi
A.oddiy va murakkab B.bir va ko’p hujayrali
C.RNK va DNK saqlovchi D.tuban va yuksak
10. Tamaki mozaikasi virusining tarkibini aniqlang-
A.oqsil qobig’I, DNK
B.oqsil qobig’I, RNK va DNK
C.oqsil qobig’I, RNK
D.sitoplazma,mag’iz,vakuol
11. virus hujayraga kirishi qanday amalga oshadi – A.hujayra oralig’I muhitda hosil bo’lgan pinositoz vakuola orqali
B.hujayra sirtidagi maxsus oqsil reseptor bilan bog’anish orqali
C.hujayra oralig’I muhitda hosil bo’lgan fagositoz vakuola orqali
D.A va B
12. Virusning hujayraga kirib borishi …..xususiyatini keltirib chiqaradi
A.kasallik B.yuqumlilik
C.halok bo’ladi D.portlash
13. Virusning hujayraga kirish ketma-ketligini ko’rsating
1) Sitoplazmatik membranadan tashkil topgan vakuola qobig’i boshqa vakuola yoki yadro bilan qo’shiladi 2) virus bilan bog’langan hujayraning qismi sitoplazmaga birlashib vakuolaga aylanadi 3) hujayra sirtidagi sezgir reseptorlarni tanish xusuiyatiga ega 4) bu bog’lanish virus yuzasidagi oqsillar orqali amalga oshadi
5) hujayra sirtidagi maxsus oqsil reseptor bilan bog’lanish sodir bo’ladi
A.5.4.3.2.1 B.5,4,2,3,1
C.1,2,3,4,5 D.5,3,4,1,2
14. Sariq kasaligini qaysi viruslar qo’zg’atadi.
A.Ava B virusi B.adenovirus
C.kox basillasi D.hammasi to’g’ri
15. Virusning hujayradan chiqishi qanday amalga oshadi
A.portlash B.kurtaklanish
C.kurtaklanish va pinositoz
D.A va B
16. Virus qanday ko’paysa hujayra nobud bo’ladi- A.portlash B.kurtaklanish
C.ekzositoz D.A va B
17. Virus qanday ko’paysa hujayra hayotchanligini ma’lum vaqtgacha saqlab qoladi
A.portlash B.kurtaklanish
C.endositoz D.A va B
18. bakteriyalarning hujayra qobig’I hayvonlarnikidan qanday farq qiladi
A.qalin bo’ladi va oqsil reseptorli
B.yupqa va reseptorli
C.yupqa va oqsil reseptorsiz
D.to’g’ri ajvob yo’q
19. Bakteriofag nima
A bakteriya virusi B.bakteriya kasalligi
C.zamburug’da parazitlik qiladigan bakteriya
D.odamda parazitlik qiladigan viruslar
20. Bakteriofaglarning hujayraga kirishi qanday ketma ketlikda kechadi
1) bakteriofag hujayrasiga ichi kovak tayoqcha yordamida uning boshchasida joylashgan DNK(RNK) itarib kiritiladi 2) bakteriofag genomi sitoplazmaga tushadi 3) kapsid tashqarida qoladi 4) bakteriya hujayra sitoplazmasida bakteriofag genomi reduplikasiyalanadi 5) oqsil sintezlanib uning kapsidi shakllanadi 6) oradan vaqt o’tgach bakteriya hujayrasi nobud bo’ladi 7) yetilgan fag zarralari tashqariga chiqariladi
A.1,3,5,6,4,7 B.1,2,3,5,6
C.1,2,3,4,5,6,7 D.3,4,5,1,6,7
Do'stlaringiz bilan baham: |