Dars ishlanma Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarida iqtisodiy savodxonlikni shakllantirishning tamoyillari va xususiyatlari Darsning maqsadi



Download 131,5 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi131,5 Kb.
#656192
Bog'liq
Dars ishlanma Go\'zal
49ChgGD5IorOit0TdOQ3cEQtxPzZGQPh72z43v65-1, Nasimjon Parpiboyev.Yoshlar fiziologiyasi ganidan.slayd, Презентация Microsoft PowerPoint, Матлуба Гозибекова 8 синф биология, KURS ISHI. Ikrombekova Maftuna, 4-sinf Ona tili II-chorak, Tasodifiy miqdorlarning sonli xarakteristikalari

Dars ishlanma
Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarida iqtisodiy savodxonlikni shakllantirishning tamoyillari va xususiyatlari
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Maktabda o’quvchilarga iqtisodiy ta’lim va tarbiya berish ta’lim jarayonining muhim tomoni ekanligini tushuntirish.
FK 1: ularni ongli, ifodali o’qiy olish
Tarbiyaviy: o’quvchilarni hayoti davomida tejamkorlikka o’rgatish.
TK 4: Tabiat bergan ne’matlardan unumli munosabatda bo’lish.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning bog`l anishli nutqini o’stirish, lug’at ustida ishlash, erkin va mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o’qilgan mavzu mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dasr turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantirish.
Dars metodlari: savol-javob, “Fikrni davom ettir”, “Maqol aytish mashqi”, “Qanday?”organayzeri, Xotira mashqi.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma material, kaptok, rag’bat kartochkalari, multimedia ilovalari, sinf jihozlari.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. o’quvchilarni darsga hozirlash, guruhlarga bo’linish.

  2. Uy vazifasini so’rash va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa -Boshlang`ich sinf o`quvchilarida iqtisodiy savodxonlikni shakllantirishning nazariy asoslari mavzusini “Fikrni davom ettir” metodi orqali tushuntirib beradi, savollar bilan mustahkamlanadi.
Jismoniy daqiqa : “Maqol aytish mashqi” guruhlar aro o’tkaziladi.Mavzuga oid maqollar (tejamkorlikka,ehtiyotkorlikka oid) aytiladi. O’qituvchi har bir guruhdan bir o’quvchiga kaptok uzatadi va o’quvchi maqol aytish bilan kaptokni qaytaradi.
III.Yangi mavzu bayoni: Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish muammosi ko’pdan buyon pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo’lib kelmoqda. Bozor iqtisodi sharoitida yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir. Mamlakatimizda bozor iqtisodi o’ziga xos va o’ziga mos yo’l bilan bosqichma-bosqich shakllanmoqda. Shu bois hozirgi davrda xalqimizning iqtisodiy madaniyatini ko’tarish va jumladan yosh avlodning iqtisodiy savodxonlik darajasini oshirish alohida ahamiyat kasb etadi. «Iqtisod» tushunchasiga, mashhur o’zbek muayamini Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi: «Iqtisod deb pul va mol kabi na’matlarning qadrini bilmakka aytilur.Mol qadrini biluvchi kishilar o’rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o’rni kelganda, so’mni ayamas. Sahovatning ziddi bahillik o’ldig’i kabi iqtisodning ziddi isrovdur. Alloh. Taolo isrof qiluvchilarni suymas».

Lug’at ishi:
Iqtisodiy tarbiya- jamiyatning shaxsga mustaqil faoliyatida samarali ko’rsatkichlarni ta’minlovchi aniq iqtisodiy tushunchalar iqtisodga bog’langan. Siyosat, qonunlar, qonuniyat asoslari va va ularning amalda foydalanishi yo’l- yo’riqlarning yig’indisini o’zlashtirishga imkon beruvchi izchil maqsadga muvofiq ta’siridir.
Bozor iqtisodiyotibu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Qanday?” organayzeri metodidan foydalaniladi.
Bunda har bir guruhga tarmoqlangan usuldagi oq qog’ozlar tarqatiladi va o’quvchilar unga tejashning qanday usullari borligini tarmoqlash usuli orqali ko`rsatadi . Eng ko’p va to`liq yozgan guruh g’olib bo’ladi.
Xotira mashqi: har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib iqtisodiy savodxonlikka oid so`zlar aytadi. Keyingi o’quvchi aytilgan nomini aytib yana so`z aytadi. Masalan: iqtisod
Iqtisod,pul
Iqtisod,pul,ehtiyoj….kabi
shu tarzda davom etadi va kim ko’p eslab qolgan bo’lsa, g’olib bo’ladi.
V.Darsga yakun yasash va baholash.
Darsda o’tilgan hikoya yuzasidan savol-javob o’tkaziladi:

  1. Iqtisodiy tarbiya tushunchasiga ta`rif bering.

  2. «Iqtisod» tushunchasiga, mashhur o’zbek muallimi Abdulla Avloniy qanday ta’rif bergan?

  3. Iqtisodiy tarbiyaning maqsadi, vazifalari

Dars yakunlanib rag’bat kartochkalari hisoblanadi va g’olib guruh aniqlanadi. Darsda faol o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: mavzuni to`liq o`rganib quyidagi testlarni yechish.
O`IBDO`:______________________________


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI



TA’LIM TARBIYA NAZARYASI VA METODIKASI YO’NALISHI 7-21 M GURUH MAGISTRLARI G.KARIMOVA D.KURBONOVA, D.MAMADALIYEVA, M.MAMARAIMOVALARNING BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IQTISODIY SOVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI FANIDAN BIR SOATLIK
DARS ISHLANMASI
Download 131,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
haqida umumiy
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti