Pedagogik nazorat. Pedagogik nazoratni tashkil qilish muayyan maqsad asosida amalga oshiriladi. Jumladan, pedagogik jarayonlarning vazifasi, ish rejasi, nazorat jarayoni aniq va to‘liq qamrab olinadi. Kuzatish maqsadi tajriba to‘plash va ilmiy-pedagogik tahlildir. Kuzatuvchi darsda o ‘quvchilaming darsdagi mavzuni qay darajada qabul qilishini, darsdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlarini kuzatib tahlil qilib boradi. Kuzatishda o ‘quv tarbiyaviy ishlarning natijasi aniqlanadi. Bu natija salbiy yoki ijobiy bo’lishi mumkin. Kuzatuv jarayonida zamonaviy texnik vositalardan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |