Ong va faoliyat birligi tamoyili. Bu tamoyilga ko'ra, ong inson xulq-atvori va xatti-harakatining boshqaruvchisidir. Ma’lumki, biologik nasldan naslga o'tuvchi xususiyatlar psixik funksiyalar shakllanishining shartlaridan birinigina tashkil etadi. Insonga insoniyat tomonidan yaratilgan predmetlar dunyosi va hodisalarni egallashga bo'lgan intilishlar xos. Faoliyat esa inson ongining shakllanish omilini yuzaga keltiruvchi shartlaridan biri sanaladi, Faoliyat doimo organizm bilan muhitning ifodasidir. Inson o'zining faoliyatini ilk yoshidanoq butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga yo'naltirib boradi. Inson faoliyatiga xos bo'lgan xususiyatlardan yana biri shundaki, uning bilish jarayonlari iroda bilan bog'liq bo'ladi, ularga tayanadi, ya’ni faoliyat bilish va iroda jarayonlarisiz yuz berishi mumkin emas. Nuqsonli bolalarni o'rganishda ushbu tamoyil nuqsonli bolalar faoliyati ana shu bolalarning rivojlanish darajasini aniqlovchi asosiy parametr ekanligini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |