Determinizm tamoyili. Bu tamoyil psixik holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni o'rganishni nazarda tutadi. Determinizm narsa va hodisalarning sababiy bog'lanishlari haqidagi ta’limot. Real hayotda yuzaga kelgan sabablardan keyin oqibatlar darhoi yuzaga kelmadi, balki m a’lum vaqt o'tganidan keyin namoyon bo'ladi. Ma’lum bir holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablar natijasida, m a’lum hodisa va omillar ta’sirida aniq oqibatlar, asoratlar kelib chiqadi. Masalan, asfiksiya bilan tug'ilgan bolada nutq kech rivojlanadi, ya’ni asfiksiyaning oqibati nutqning o'z vaqtida rivojlanmaganida m a’lum bo'ladi.
Birgina sabab, m a’lum bir sharoitda bir xil oqibat-natijalarga olib kelsa, boshqa sharoitda umuman boshqacha natijalar keltirib chiqarishi mumkin. Patologik rivojlanishni ta’riflovchi barcha holatlarning sababiy bog'lanishi turli patologik omillar bilan bog'liq. Ushbu omillarni aniqlash bolaning rivojlanishi va ta’lim-tarbiya jarayo nidagi qiyinchiliklarni tashxis qilishning asosiy vazifalaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |