“Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot” shaklida daromadlarni aks ettiruvchi dastlabki ko`rsatkich - bu mahsulot (yoki tovarlar) sotishdan (xizmatlar ko`rsatish, ishlar bajarishdan) yalpi tushumlardir. Hisobotning bo` ko`rsatkichi mahsulot sotishdan yalpi tushumdan tovarlarning qaytarilishi vaxaridorlarga berilgan chegirmalarni ayirib yuborish orqali aniqlanadi. Daromadlar tushun-chasining ta`rifiga mos ravishda bu satr orqali asosiy faoliyat natijasida olingan tushum aks ettiriladi.

“Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot” shaklida xarajatlarni aks ettiruvchi dastlabki ko`rsatkich - bu sotilgan mahsulotlar (tovarlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) tannarxi bo`lib,bu ko`rsatkich sotilgan mahsulotlar (tovarlar yoki ko`rsatilgan hizmatlar, bajarilgan ishlar) uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan qilingan xarajatlarni anglatadi.
Daromadlar va xarajatlarni tan olish jarayoni va uning mezonlari.
Daromadlar va xarajatlarni tan olish jarayoni va uning mezonlari.
Хo`jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar va xarajatlarni hisobga olishdagi asosiy masala ularni tan olish paytini aniqlash hisoblanadi. Daromad va xarajatlarni tan olish ularni modda sifatida moliyaviy hisobotlarga kiri-tilish jarayonidir. Buxgalter daromad va xarajatlarni moliyaviy hisobot moddasi sifatida tan olishi uchun quyidagi muolajalarni amalga oshirishini biz hisob tsikli jarayonini o`rganish orqali ko`rib chiqqan edik:
sotish yoki boshqa turdagi daromad yoki xarajatni yuzaga keltiruvchi xo`-jalik muomalasi tahlil qilinib, u amalga oshirilgan sana o`rnatiladi;
xo`jalik muomalasi natijasida yuzaga kelgan daromad yoki xarajat qiy-mati aniqlanadi;
xo`jalik muomalasiga nom berish orqali moliyaviy hisobotning u yoki bu moddasiga taalluqli ekanligi belgilanadi, ya`ni turkumlanadi. Masa-lan: mahsulot sotishdan tushum yoki daromad, ijara daromadi, foiz ko`ri-nishidagi daromadlar va hokazo. Тurkumlash odatda jurnallarga ikki yoqlama yozuvlarni yozish orqali amalga oshiriladi. Ikki yoqlama yozuv-larni amalga oshirish uchun esa tegishli hisobvaraqlardan foyda-laniladi.
Harajatlarni tan olish jarayoni, ya`ni ularni modda sifatida moliyaviy hisobotlarga kiritilish jarayoni ana shunday amalga oshiriladi. Bunda ular amalga oshirilgan sana muhim ahamiyatga egadir:
agar xarajatlar sotish uchun mo`ljallangan mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan bo`lsa, ular ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi;
agar xarajatlar yangi turdagi mahsulotni tajriba-sinov maqsadlarida ishlab chiqarish uchun, yoki kelgusidagi operatsion faoliyat uchun amalga oshirilgan bo`lsa, ular kelgusi davr xarajatlari deb tan olinadi;
agar mahsulotlar sotilsa, ularga tegishli xarajatlar alohida hisobga olinib, moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotlarga kiritiladi, chunki ular ana shu hisobot davrida ishlab topilgan daromadlarga tegish-lidir deb hisoblanadi. Bu tan olish paytida muvofiqlik tamoyilining namoyon bo`lishidir.