Stipendiya ham daromad turi bo’lib, uni talabalar oladi, amalda bu yordam puli bo’lib, ularning kelajakda jamiyatga naf keltirishi e’tiborga olib beriladi. Stipendiyani davlat yoki firmalar to’laydi.
Foyda tadbirkorlarning pul sarflab tavakkaliga ish qilib, xavf-xatarni zimmasiga olgani uchun ularga tegadigan pul daromadi hisoblanadi. Tadbirkorning foydaga ega bo’lishi yoki uni boy berishi boshlagan ishining natijasiga bog’liq. Ish yurishib ketsa, yaxshi foyda ko’riladi, agar ish o’ngidan kelmasa, foyda o’rniga zarar ko’rish mumkin. Tabiatan foyda kafolatlanmagan daromad bo’lib, tez-tez o’zgarib turadi. Aholi daromadlari tarkibida foydaning hissasi katta bo’lmaydi, chunki tadbirkorlik bilan g’oyat ozchilik shug’ullanadi. Masalan, AQShda foydaning aholi daromadlaridagi hissasi taxminan 15-18 foizni tashkil etadi.
Divident foydaning aktsiyadorlarga ulush sifatida tegadigan qismi. Divident aktsiya chiqargan korxonaning rentabel ishlashiga bog’liq. Shu sababdan, turli firmalarning aktsiyasiga har xil divident beriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan sari dividentning daromaddagi hissasi ortib boradi, chunki aholining tobora ko’proq qismi aktsiyadorlarga aylanadi.
Foiz-pul egasi o’z pulini o’zgalarga qarzga bergani uchun oladigan daromadi. Foiz darajasi kreditga (qarzga) bo’lgan talabga va uning taklifiga bog’liq bo’ladi. Talab oshsa, foiz qarzga berilgan pul summasiga nisbatan ulush darajasida belgilanadi. Masalan, foiz qarz puliga nisbatan yuzdan o’n hissa (10%) bo’lsa, uning egasi har bir so’m puli uchun 10 tiyin oladi, agar yuzdan o’n besh hissa (15%) bo’lsa, 15 tiyin bo’ladi. Ko’pgina mamlakatlarda banklar aholidan pulni qarzga oladilar va foiz to’laydilar. Foizning daromadlardagi hissasi ortib boradi, chunki aholi pulining bir qismi xarajatlardan ortib qolib, daromad ko’rish uchun banka qo’yiladi.
Renta ko’chmas mulk egalarining o’z mulkini muqobil ishlatishdan olgan daromadi. Yer, imorat, kvartira, uy va boshqalar ijaraga berilib, undan daromad ko’riladi. Masalan, uyni ijaraga berib, har oyda 1000 so’m daromad ko’riladi. Uyga talabgorlar ko’payganda, uni yangidan 1200 so’mga ijaraga beriladi. Oldingi va keyingi pul tushumi orasidagi farq 200 so’m ( ) renta hisoblanadi. Renta shaklidagi ortiqcha daromad avtomashina, stanok, kema kabilarni muqobil ishlatishdan olinib, ularning egasiga tegadi.
Aholining natural daromadlari qishloq xo’jaligi mahsulotlarining barcha tushumlari: dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik mahsulotlari, bog’-qo’rg’on, sabzavot-poliz ekinlari uchastkasi, shaxsiy tomarqa, tabiat in’omlaridan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlar kabi tushumlardan iborat.
Bulardan tashqarii, daromadning quyidagi turlari ham mavjud:
-shaxsiy daromad;
-firma daromadi;
-davlat daromadi.
Daromadning o’zini ikki guruhga bo’lish mumkin: birinchisi- mehnat bilan olingan daromad (ish haqi, menejer daromadi, biznida bevosita qatnashgan tadbirkor daromadi); ikkinchisi esa mulkdan kelgan daromad (foyda, renta, divident, foiz)
Bozor iqtisodiyotiga daromadning tengsizligi, ularning farqlanishi xosdir. Daromadlardagi tengsizlik kishilar ishlab topgan pul miqdorida katta farqlar bo’lishini bildiradi. Tengsizlikni, asosan, to’rt omil paydo qiladi:
1.Kishilarning ish qobiliyatlari bir xil emas, shu tufayli ular iqtisodiy faoliyatda turlicha natijaga erishganidan har xil daromad ko’radilar. Masalan, AQSHda Gollividning kino yulduzi bir yilda 20 million dollar topsa, malakali shifokor 80 ming dollar, o’qituvchi 40 ming dollar, qishloqdagi mavsumiy va kelgindi ishchi esa 15 ming dollar daromad topadi.
2.ishlab turgan kishi bilan ishsizning, garchi qobiliyatlari bir xil bo’lsa-da, daromadi turlicha bo’ladi. Masalan, AQShda ishlaydigan ishchi bir oyda o’rtacha 2.500 dollar ish haqi olsa, ishsizga 600 dollar ishsizlik nafaqasi beriladi.
3.Tengsizlikni oila tarkibining har xil bo’lishi ham yuzaga keltiradi. Aga roila tarkibida pultoparlar ko’p bo’lib, boqimandalar oz bo’lsa, uning jami daromadi ko’p bo’ladi, aksincha bo’lsa,daromad oz bo’ladi.
Bozorda kutilmaganda narx oshib ketsa, ya’ni tadbirkorlarga omad kulib boqsa, katta daromad keladi. Bordi-yu, narxtasodifan pasayib ketsa, kutilgan daromad ham olinmaydi. Demak, daromadlardagi farqni bozor holati o’zgarishlari ham yuzaga keltiradi.
Daromadlarga qarab, aholi tabaqalashganda uning har xil qatlamlari paydo bo’ladi. Bu qatlamlar o’z daromadlariga ko’ra, ijtimoiy ierarxilni yoki piramidani tashkil etadi (1-jadval).
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida daromad ko’p bo’lganidan davlat boylar daromadi hisobidan kambag’allar daromadini oshirib boradi. Natijada, aholi o’ta boy va o’ta kambag’allarga ajralib qolmaydi.
Iqtisodiyotda shunday qoida borki, unga ko’ra, daromadlar past bo’lganda iste’molga moyillik kuchayadi va topilgan daromad sarflanib ketadi, daromadlar yuqori bo’lganda jamg’arishga moyillik kuchayadi va daromad ko’proq yig’ilib, jamg’arma hosil etadi.
Daromadni jamg’arish yoki uni sarflab yuborishga moyillik kishilar ning yoshiga ham bog’liq. Daromadlar bir xil bo’lgan sharoitda yoshlarda kelajakni ko’zlab jamg’arishga ishtiyoq, keksalarda esa umri oxirlab qolganidan daromadni sarflashga intilish kuchliroq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |