Darhaqiqat, milliy qadriyatlarni umum insoniy qadriyatlar bilan uyg'unlashtirish



Download 30,8 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi30,8 Kb.
#697441
Bog'liq
Документ


Darhaqiqat, milliy qadriyatlarni umum insoniy qadriyatlar bilan uyg'unlashtirish
lozim. Chunki har bir millat ma’naviyatida o'ziga xos tomonlar bo'lsa ham, umum
insoniy qadriyatlarning bir qismidir. Shu bilan birga, unutmasligiiz kerakki, biz
qurayotgan yangi jamiyat binosi uchun birinchi galda milliy qadriyatlar ustun bo‘lmog‘i
lozim. Biz, eng avvalo, milliy o‘zligimizni anglamog‘imiz, o‘z tafakkurimizni kashf
etmog ‘imiz lozim. 0‘tmishimizda unutilgan shunday ulkan sarchashmalar borki, ularni
puxta, atroflicha o‘rganmoq birinchi galdagi vazifadir.VII—XII asrlar davomida
Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlandi. Ayniqsa, aniq fanlarga
qiziqish keskin orta boshladi. XV - XVI asrlarga kelib qadimiy Turkiston jahonga
Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek, Ali Qushchi, Haydar Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy,
Navoiy, Bobur, Abulg‘oziy Bahodirxon singari allomalarni voyaga etkazildi. Bu davrda
Markaziy Osiyo shaharlarida yirik madaniy va ilmiy markazlar vujudga keldi.
Tarixdan ma’lumki, dastlab Amudaryoning asosiy tarmog'i O'zboy Kaspiy
dengiziga quyilgan. Uning o'ng qirg'og'i Turon, chap qirg'og'i Eron deb yuritilgan.
Eramizdan oldin ahmoniylar soq va masog'ut qabilalariga ketma-ket hujum qilib turgan.
Ana shu tarixiy voqealar soq va massagetla tomonidan yaratilgan eposlarda o'z ifodasini
topgan. Polienning «Harbiy hiylalar» asarida keltirilgan rivoyatlarda Shiroq obrazi
vatanparvarlik va qahramonlik timsoli sifatida hali-hanuz yoshlamni tarbiyalab keladi.
Yoki Gerodotning «Tarix» kitobida keltirilgan massagetlar hukmdori To'marisga
uylanish bahonasida Eron shohi Kirning Turon o'lkasiga uyushtirgan hujumi haqidagi
ma’lumotlar ham muhim ahamiyatga egadir.Qadimgi ajdodlarimiz insonga xos jasurlik,
adolat, sadoqat va insoniylik kabi xislatlarni qadrlaganlar. Bu xislatlar insonda o'zo'zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyat hayotida ro'y bergan o'zgarishlar. ibtidoiy
urug'chilik davrida qaror topgan turmush tarzi shunday xislatlarning shakllan taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi farqinsonda yuqorida
qayd etilgan xislatlarning bevosita tarqalishiga turtki bolgan.Eng qadimgi qo'shiq va
lirik she’rlarda jasurlik, adolat, sadoqat va insoniylik kabi xislatlar tarannum etilgan.
Bunday qo'shiq va lirik she’rlarXI asrda yashagan ulug’ olim Mahmud Koshg'ariy
tomonidan yaratilgan «Devonu lug'atit-turk» asari orqali bizgacha etib kelgan.
«Devonu lug'atit-turk» asarida qadimgi turkiy so'zlarning arabcha izohli tarjimasi
ham berilgan. Ushbu asarni qadimiy turkiy tilning izoh lug'ati deyish mumkin. «Devon»
she’rlarida ilm olishning qadri, bilimli va donishmand kishilarni hurmat qilish,
mehmondo'stlik, xushxulqlik, mardlik, jasurlikni targ'ib etuvchi, o'z manfaatini
ko'zlagan molparast, baxil, ochko'z, do'sti va xalqiga xiyonat kabi xislatlarni
qoralaydigan she’rlar ko'p. Bunday she’rlar turkiy xalqlar qadim-qadimdan inson
shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligidan darak beradi.
Muhammad al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga etishi va insoniy
munosabatlarni yo'lga qo'yishda ilm-fanning muhim aham iyati to'g'risidagi g'oyani
ilgari surgan. Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda
pedagog-uslubiyotchi ohm sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o'z davrigacha bo'lgan
qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlar - Bobil, Yunoniston, Hindiston,
Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o'rgandi va o'zi ulardan
farq etuvchi yangi kashfiyotlar yaratdi.Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan
bilish nazariyasiga o'zining ulkan hissasini qo'shdi. «Al-kitob al-muxtasar fi-hisob aljabr va1 muqobala» asarida («aljabr va muqobala hisobi haqida qisqacha kitob») sonli
kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni echish yo'llarini bayon etadi. Bu asar uch
qismdan iboratdir. Birinchisi algebraik qism. Uning oxirida savdo muomalasiga oid
kichik bir bo'lim kiritiladi; ikkinchsi, geometrik qism - algebraik usul qo'llab o'lchashlar
haqida; uchinchi qism vasiyatlar haqida bo'lib, muallif uni «Vasiyatlar kitobi» deb
ataydi.
Induksiya yo'li bilan umumiy echish usullarini hal etadi, deduksiya yo'li bilan
umumiy usullar yordamida xususiy masalalarni echadi. «Aljabr va-1 muqobala» asari
bilan ham matematika fanini rivojlantirib, o'zidan avvalgi bilimlarni o'rgandi va ularni
sintezlashtirdi hamda amalda qo'llash usullarini bayon etdi.
Muhammad al-Xorazmiy o'sha paytlari amalda uchraydigan barcha chiziqli va
kvadrat tenglamalarni jamlab, hozirgi matematik simvol orqali beriladigan quyidagi olti
tipga keltirdi:
а х2 + Ь. х а х2 + с. Ьх2 + с (1). х 2 - Ьх + с. с + Ьх . х* + Ьх – с. Mutafakkir
ushbu tenglamalarni echish uchun al-jabp va «al-muqobala» («tiklash» va «qiyoslash»)
amallarini kiritdi. Bu amallarninng mohiyati tenglama hadlarining ishorasini
o'zgartirgan holda ularni bir tomondan ikkinchi tomonga o'tkazish va yig'ishdan iboratdir. «Al-jabp> keyinchalik matematika fanining alohida bo'limiga aylandi va
«algebra» deb ataladigan boldi. Mazkur amallar yordamida har qanday tenglamani
qonunlik shakliga, ya’ni asosiy tiplardan biriga keltirib, keyin echiladi. Bu usul fan
olamida muhim ahamiyatga ega edi. Shu asar tufayli «Al Xorazmiy» nomi lotincha
transkripsiyada «Algoritmi» shaklini oldi, keyin «Algoritmus» va, nihoyat, hozirgi
zamon hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi «algoritm» («algorifm») ga
aylandi. U matematikaning nazariy rivojlanishi bilan birga, undan turmushda
foydalanish yo'llarini ham berdi. Meros taqsim qilish, vasiyatnomalarni tuzish hamda
mol taqsim etish uchun zarur bo'lgan hisoblarni ta’lif etdi.
Muhammad al-Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bolgan qo'shish, ayirish,
bo'lish hamda ko'paytirish qoidalarini yaratgan; turli «jins»dagi sonlarni ko'paytirish
algoritmini ham bergan. Masalan, minut va sekundlarni bir-biriga ko'paytirish uchun,
avvalo, bir xil shaklga keltirish, ya’ni sekund yoki minutga aylantirish maqsadga
muvofiq ekanligini ko'rsatgan.
827 -yilda Xorazmiy rahbarligida er kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida er
meridianining bir gradusi o'lchab chiqildi. Bag'dodda yozilgan trigonometriyaga oid
dastlabki asar ham Xorazmiyga tegishli. Unda sinus, tangenslarning o'zgarish
qonuniyati ko'rsatiladi. Muhammad al-Xorazmiyning tarix va musiqaga oid, quyosh
soatlari to'g'risida ham asarlari bo'hb, «Tarix kitobi» («Kitob at-tarix») xalifalik tarixiga
oid va xalifalikning birinchi tarixchilaridan sanaladi. Masalan, «Al-kitob al-muxtasar fi
hisob al-jabr va-1 muqobala» asarida olimlarni uch guruhga boiib shunday yozadi:
«Ulardan biri o'zidan awalgilar qilgan ishlami amalga oshirishda boshqalardan o'zib
ketadi va uni o'zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi.
Allomaning arifmetikaga oid risolalari tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni
izchil bayon etishga e’tibor berganligini ko'rsatadi. «Men arifmetikaning oddiy va
murakkab masalalarini o'z ichiga oluvchi «Aljabr va-l-muqobala hisobi haqida qisqacha
kitob»ni ta’lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol
taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda, yer o'lchashda,
kanallar o'tkazishda, geometriyada va boshqa shunga o'xshash turhcha ishlarda kishilar
uchun zarurdir
Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 362- yil 3-
zulhijjada (milodiy 973-yil 4-sentabr) Xorazmning Qiyot (Kot) shahrida dunyoga keldi.
Boshlang'ich ta’limni olgach, o'sha davrda fanmadaniyat taraqqiy etgan Xorazmning
peshqadam olimlaridan saboq oladi.Beruniy Xorazm tili bilan birga, arab, sug'd, fors,
suryoniy, yunon ibroniy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o'rgangan. U
yunon klassik ilmi, astronom iya, falsafa, geografiya, botanika, matematika, geologiya,
tarix, etnografiya, filologiyadan ham chuqur bilim oladi Beruniy bir necha yil kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida tajribalar olib
boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Mineralogiya» asarini
yaratadi.1017-1018-yillari yana taxt va hokimiyat uchun kurash boshlanib,
Movarounnahrda Qoraxoniylar davlati barpo etiladi. Xurosonda Mahmud G‘aznaviy
(998-1030) hukmronhgi ornatilib, qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq
Xorazm Mahmud G'aznaviy davlatiga tobe bo'ladi. Ma’mun akademiyasidagi ko'plab
olimlar qatori Beruniy ham G'aznaga olib ketiladi va u yerda ijodini davom ettiradi.
Beruniy bu yerda «Xorazmning mashhur kishilari», «Turar joylar orasidagi masofani
tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash» asarini yaratdi. Bu asarda
geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda paleontologik kuzatishlar natijalari
ham bayon qilingan. Beruniyning yana bir muhim asari «Munajjimlik san’atidan
boshlang'ich tushunchalar»dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki
tushunchalar, ma’lumotlar bergan.Mahmud G'aznaviyning Hindistonga yurishlarining
birida Beruniy ham hamroh bo'hb boradi. U sanskritni bilganligi uchun hind xalqi
madaniyati, adabiyoti va san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladi va bu
mehnatlari natijasida 1030-yih o'zining Sharq va G'arbda keng e’tirof qilingan mashhur
«Hindiston» asarini yaratadi.
Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr
pedagogikasi ham e’tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir.Muayyan bir davrda olimlar
inson kamolotiga irsiyat, muhitning ta’sirini inkor etib, faqat tarbiyani tan oldilar. Lekin
Beruniy o'z zamondoshlari - buyuk mutafakkirlar Forobiy, ibn Sino kabi inson
kamolotida har uchalasini ham muhim deb hisoblaydi. Ya’ni u insonning kamolotga
etishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot asosiy o'rin tutadi, nasl-nasab, ijtimoiy muhit
va ijtimoiy turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega bo'ladi, deydi.
Abu Rayhon Beruniy nazarida, inson kamolga etishining eng muhim omillari ilmma’rifatli bo'hsh va yuksak axloqlilikdir. Beruniy ilmiy bilishga oid, ta’lim metodlari
haqidagi qarashlari bilan ta’lim nazariyasida o'ziga xos maktab yaratdi.Yoshlarni
tarbiyalashda esa axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning
shaxsiy gigienasi, xalqlar o'rtasidagi do'stlik, hamkorlik haqidagi tushunchalar katta
aham iyatga egadir. Olim axloqlilikning b elg ilari sifatid a yaxshilik, to'g 'rilik , adolat,
kamtarlik,saxovat, ohjanobhk, do'stlik va hamkorlik, mehnat va hunar egallash, poklik,
go'zallikka intilish kabilarni ilgari surgan. Bularning barchasini u yaratgan asarlaridagi
ijtimoiy-falsafiy fikrlarga bog'lab tushuntirgan.Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki,
Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid fikrlari faqat o'z zamonasi uchun emas,
hozirgi davr ta’hm-tarbiya ishlarini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega. Zero,
uning o'zi ham haqiqiy komil insonga xos xislatlarga ega ekanhgini, hayoti va ijodiy
faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma’naviy me’ros qoldirdi.Beruniy Sharq Renessansi davri qomusiy olimlaridan bin sifatida nom
qozondi.Mashhur sharqshunos ohm J.Sarton jahon fani tarixida XI asrning birinchi
yarmini Beruniy davri deb atadi. Uni o'z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb
baholadi.
Eng muhimi, mutafakkir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida
muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo'ladi.
Og'ir mehnat sifatida binokor,ko'mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini
keltiradi. Ayniqsa ilm ahli - olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish, hayrixoh bo'lishga
chaqiradi, ularni ma’rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo'shuvchilar deb,
biladi: shu bilan birga, og'ir mehnat qiluvchi konchilar, er ostida gavhar izlovchilar,
dehqonlar haqida gapirib, ulaming mehnatini rag'batlantirib turish kerak, deydi.
Ayniqsa, podshoxlar bunday mehnat ahliga g'amho'r bo'lishi kerakligini alohida
eslatadi. Chunki ana shu mehnat ahli ular hukmronhgining tayanchi, deb ta’kidlaydi.
Olim bolalami mehnatga o'rgatish metodlari, yo'llari haqida ham fikr yuritadi. Masalan,
bolalami eng kichik yoshidan mehnatga o'rgatish kerak, deydi. Mehnat tarbiyasida o'sha
davr tarbiya an’anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi. Buni E.To'raqulov va
S.Rahimov «Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta’lim-tarbiya haqida» nomli risolalarida
juda yaxshi bayon etganlar. Beruniyning «Mineralogiya» asarida faqat qimmatbaho
metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni,
ustalarning hunar o'rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan.
Bunda hozirgi pedagogika fani tili bilan aytganda, shaxsiy namuna metodidan
foydalangani, ish jarayoni bevosita ham nazariy, ham am amaliy jihatdan ustaxonaning
o'zida bajarilgani shogirdlaming malakali usta bo'hb etishishida katta ahamiyatga ega
bo'lgan.

O`tmishdagi buyuk mutafakkirlarning dono fikrlari, o`gitlari, tafakkur


mevalari, ijodiy yutuqlarini o`rganish xalqimizning ma’naviy dunyosini
kengaytirish bilan bir qatorda, yosh avlodning barkamol inson bo`lib yetishishida
muhim vositalardan biri sanaladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Sharq
murafakkirlaridan biri, o`zbek adabiyotining zabardast siymosi, komil inson
kuylovchisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini o`rganish, undan ta’limtarbiya jarayonida foydalanish har bir pedagogning vazifasi hisoblanadi. Alisher
Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni
tashkil etadigan buyuk shaxs , milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi,
millatimizning g`ururi ,sha`n –u sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z
sa`natkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa , olamda turkey va forsiy tilde so`zlovchi biron bir
inson yo`qki , u Navoiy sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa , “Agar bu ulug` zotni
avliyo desak , mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultoni ”,
I.A .Karimov
Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir
butun asar yaratmagan bo`lsa ham, o`zining bu haqidagi fikrlarini deyarli barcha
ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’limtarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g`oyalari bosh o`rinda turadi.
Uning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher
Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina
hisoblanadi. U o`z asarlarida har bir so`zdan unumli va o`rinli foydalana olgan.
Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi
yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama
namuna bo`ladi. Ulug` shoir o`zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan
barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo`shdi, umuminsoniy fazilatlar
to`g`risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir. Har bir o`qituvchi-pedagog faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim-tarbiyasining yanada samarali
bo`lishi uchun o`z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o`stirishi,
o`quvchilar bilan bo`ladigan munosabatlarni puxta o`ylab, ularning ko`ngliga ozor
yetkazmasdan ish olib borishi lozim. Muomala madaniyati, o`zini tuta bilishini
nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning muomalasida
namoyon bo`ladi. Muomalaning asosiy vositasi – tildir. Xalqimizda shunday naql
bor “Bola – shirin so`zning gadosi”. Shunday ekan, tarbiyachi muomala
jarayonida juda ehtiyotkor bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Alisher Navoiy
muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: “Shirin so`z
ko`ngillar uchun bamisoli asaldir”. Shuning uchun ham o`qituvchi har on nutq
madaniyatiga qattiq e’tibor berishi, o`zining psixologik, estetik, jismoniy,
axloqiy jihatlarini namuna holatda namoyon etishi muhim. O`qituvchi o`zining
pedagogik faoliyatida to`g`riso`z bo`lishi, ishlarni adolat bilan olib borishi kerak.
Bu xislat tarbiyachi bilan o`quvchi o`rtasida yaqinlikni oshiradi, chunki adolat
insonlar xulqini baholovchi muhim mezondir.Hazrat Alisher Navoiy aytganidek:
“Loaqal bir harf o`rgatgan ustozning haqqini yuz ming ganj-u xazina bilan ham
uzib bo`lmaydi”. Biz ulardan umrbod qarzdormiz.Alisher Navoiy yoshlarga
chuqur bilim berish uchun muallimlar, mudarrislar va ustoz-murabbiylarning
o`zlari ham bilimli va tarbiyali bo`lishi zarurligini uqtiradi. U nodon mutassib
johil domlalarni tanqid etadi va o`qituvchi ma’lumotli, o`qitish yo`llarini
biladigan muallim bo`lishi zarur, deydi. Masalan, “Mahbub ul-qulub”
asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularni o`ta qattiqqo`l, jo-hil va
ta’magirliklarini qoralaydi. Darhaqiqat, johil muallimlar gunohsiz yosh bolalarga
jafo qiluvchidir. U yosh bolalarni azoblashga, kaltaklashga o`rgangan, g`azabli,
qoshi chimirilgan,gunohsizlar bilan achchiqlanishga odatlangan. Ularning
ko`pchiligida ko`ngil qattiqligi va ta’b xastaligi oshkor. Buning ustiga ular
aql kamligiga ham giriftor. Ular qiynash yo`li bilan bolalar ko`nglini
o`zlariga rom qilmoqchi va kichkintoylarning beqaror tabiatini do`q-po`pisa
bilan tartibga solmoqchi bo`ladilar. Ulardagi ko`rinib turgan qo`pollik, yosh
bolalardagi kelishmagan xattiharakatni silliqlashga yirik egovdir. Ular ishi odam
qo`lidan kelmas, odam emas, balki dev qila olmas.Bir kuchli kishi bir yosh bolani
saqlashga ojizlik qiladi. Lekin ustoz bolaga ilm va odob o`rgatadi. Darhaqiqat,
mu-allim bu kabi hollarda yuzlab mashaqqat chekadi. Shu jihatdan olganda
bolalarda uning haqi ko`p, agar shogird ulg`aygach podshohlik martabasiga erishsa
ham o`z muallimiga qulluq qilsa arziydi. Ayni o`rinda o`qituvchi mehnatining
mashaqqatli ekanligini ta’kidlab o`tadi: “Uning ishi odam qo`lidan kelmas,
odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani
saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to`da bolaga ilm va adab o`rgatadi, ko`rkim
bunga nima yetsin. Shunisi ham borki, u to`dada fahm-farosati ozlarbo`ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo`ladi. Har qanday
bo`lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko`pdir. Alisher Navoiy inson tafakkuri,
aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak qadrlagan. U “Bilimva donishmandlik
insonning bezagidir”, deb yozadi. Alisher Navoiy farzand tarbiyasiga va uni shaxs
sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, tarbiyalanuvchini “hayot chirog‘i”
deb ta’riflaydi. Farzand oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. Uning fikricha,
shaxsga kichik yoshligidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berishlikni ko‘rsatib,
o‘g‘il-qizlarni 6 yoshdan tarbiyachiga, muallimga berish lozim, deb hisoblaydi.
Shuningdek, Navoiy hayotda o‘zilmiga amal qilish, o‘rganganlarini hayotga tadbiq
etish masalasiga alohida e’tibor beradi. Masalan, u “Mahbub ul-qulub” asarida ilm
o‘qib uni ishlatmagan kishi, shudgor qilib dehqonchilik qilmagan yoki urug‘
sochib hosildan bahra olmaganga o‘xshaydi, deydi.
Ilm o‘qib qilmagan amal maqbul,
Dona sochib ko‘tarmadi mahsul.
Olim bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. Bunda u olim-u
fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi.Alisher
Navoiyning fikricha, bilimlarni tinmay uzluksiz o‘rganish zarur, bunda har qanday
qiyinchiliklarni yengib o‘tish muhimligini, qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan
harakat qilish, izchillik bilan kurash, uni oxirigacha yetkazish, chidam va sabot
bilan o‘rganishni ta’kidlaydi. Demak, buyuk alloma ilm olish tamoyillarini o‘z
davrida to‘g‘ri ifodalab, hatto ta’lim tizimini belgilab beradi: ya’ni Alisher Navoiy
ta’lim tizimini o‘z davrida o‘quv muassasasi, madrasalarda o‘qish, olim,
hunarmand, san’atkorlarga shogird tushib yoki mustaqil holda ilm olish
imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi. Alloma yoshlarga chuqur bilim
berishda muallimning, mudarrislar hamda ustoz murabbiylarning o‘zlari ham
bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. Bunday muallimlar
shogirdlarni yonida yuzlari yorug‘ bo‘lib, doimo izzatda, hurmatda bo‘ladilar, deb
ta’kidlaydi. Shunday qilib, biz Alisher Navoiyni pedagog-mudarris deb atashimiz
mumkin. Chunki ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berib, tarbiya
jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko‘rsatib o‘tadi. U ta’limda ilmiylik,
asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib olgan buyuk pedagogdir.Chunki
boqiy hayotga intilgan Navoiy fikricha, dono inson o`zining kuchquvvatiga aql-u zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning
ahamiyatini yoritib berar ekan, ilmni qorong`ulikni yoritadigan chiroq, hayot
yo`lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko`rsa-tadigan
olim sifatida ta’riflaydi. Bu fikrni “Nazm ul-javohir” asarida:
Kim olim esa nuqtada barhak de oni,
Gap bazm tuzar bihishti mutlah de oni,
Har kimsaki yo`q ilmga anga ahmoq de oni,
Majlisdaki ilm bo`lsa uchmas de oni.
Yoki ilmli, aqlli odam o`z maqsadiga erishish uchun har qanday
qiyinchilikka ham chidaydi, kim ilmni o`ziga tayanch qilib olsa, u hech qachon
qoqilmaydi, xor bo`lmaydi va ilmning vazifasi inson baxt-saodatiga xizmat
qilishdir, deb ta’kidlaydi.Demak, Alisher Navoiy o`zining badiiy asarlari bilan bir
qatorda ta’limiy–axloqiy asarlarida o`zi orzu etgan komil insonga xos axloqiy
fazilatlari deb qanoat, adolat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to`g`rilik,
rostgo`ylik va boshqalarni tushungan, ana shu xislatlar tarkib topgan insonga
yomonlik razillik bo`lmasligi, bunday inson yashagan jamiyat ham ravnaq
topishi, barcha xalq baxt-saodatga erishish mumkin, deb hisoblagan.Alisher
Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo`lishga da`vat etadi hamda hamda axloqni
bunday ta`riflaydi . “Ahloq shaxsning og`ir baqolig` libosidir va libos jismning
sangin debosi . Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir ” Alisher
Navoiyhikmatlaridan olam –olam ma`no mujassamdir . Uning hikmatlarida ilm –
ma`rifat , mehr – oqibat , insoniylik kabi masalalar markaziy o`rinni egallaydi .
Birov kim qilsa olimlarga ta`zim ,
Qilur go`yoki payg`ambarga ta`zim .
Shoir olim ahlini qadrlaydi , ulug`laydi . Olimlarga ta`zim qilish – payg`ambarga
ta`zim qilish bilan barobar ekanligini ta`kidlaydi .
Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiyning komil insonni shakllantirishga
oid fikrlari, uning ta’limiy-axloqiy qarashlari pedagogik fikr taraqqiyotida
muhim ahamiyat kasb etadi.Allomaning pedagogik qarashlari o`zidan oldin o`tgan
olimlarning bu boradagi ilg`or ta’limotiga, shuningdek, komil insonni
tarbiyalashga oid an’anaviy Sharq xalqlari ta’lim-tarbiya yo`riqlariga
asoslanadi.Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berar
ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko`rsatadi. U ta’limda
ilmiylikka asoslanganlik tarixiylik kabi talablarni asos qilib oladi. O`z

Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnixatga doir dastlabki


qo’llanma sifatida ishlatilgan. Munis o’z davrining yetuk murabiy shoiri sifatda
bolalarning savodxonligini va husnixatni yaxshilash yo’lida ko’p izlanadi va yoshlarga
husnixatdan talim berib, “bilgancha surib qalamni har yon, talim ishin aylar erdi oson”
deydi.
“Bilimning eshigi alifbe” deganlaridek, Munis ham talimdagi
muvaffaqiyatlarning garovi savod ekanligini tushungan va shuning uchun “umumiy
arqom” yozuv ilmini yaratishga bel bog’lagan.
Munisning “Savodi talim” asari ana shu tarzda 1804 yil 6 dekabrda vujudga
keladi. Mazkur risola nazariy malumotlar va mashqlarni o’z ichiga olgan. Risola
ikki qismdan tarkib topgandir. U “Savodi talim”ning nazariy qismida o’zigacha mavjud
bo’lgan bolalarga xat-savod o’rgatuvchi risolalarning barcha nuqson va kamchiliklarni
ochib tashlaydi va eski risola bilan o’zi yaratayotgan risolani bir- biri bilan taqqoslab,
eski risolaning o’sha kungi talablarga javob bera olmasligini ilmiy-nazariy jihatdan
asoslab beradi. Risolaning ikkinchi qismida arab alifbosidagi har bir harfning yozilish
uslubini marifiy-didaktk nuqtai nazardan sodda qilib tushuntrishga harakat qiladi.
Munis o'zining “Savodi ta’lim” asarida ilm-fan, maktab, o'quv-tarbiyaga doir fikrmulohazalarini batafsil yoritgan. Bu asarning birinchi qismida harf mashq qilishga
tayyorgarlik masalalarini, ikkinchi qismida esa xat mashqi va uning usuli haqida amaliy
ishlarni bayon qiladi.
Munis taijimon sifatida XV asrda yashab ijod etgan tarixchi Mirxondning “Ravzat
us-safo” asarining birinchi va ikkinchi jildini o‘zbek tiliga taijima qilgan. Munis
ma’rifatparvar shoir sifatida o'z zamonasining eng ilg'or ma’rifatparvari edi. Shoir o'z
she’rlarida tarbiya masalalarining zarurligini uqtirdi. U insonga xos yuksak fazilatlami
ilm orqali tarbiyalash lozimligini ko'rsatib bergan. Munis og'ir kasallik tufayli 1829-
yilda vafot etdi. U qoldiigan o'lmas adabiy va ma’rifiy meros yosh avlod tarbiyasi
uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Munis kishilarni rostgo'ylik, mardlik, xalqchillik, do'stlik, vatanparvarlik va vafo
ruhida tarbiyalash eng avvalo, ilm orqali amalga oshirilishini ta’kidlagan. U bilimning
qudratli kuch ekanligini ko'rsatadi. Munis ilmning afzalligi to'g'risida maktab va
madrasalarda o'qitiladigan fanlarning mohiyatini she’riy misralarda shunday bayon
etgan edi:
Goho talabalar birla gulxan aro
Surub dardkashlikka yuz mojaro.
Gohi rindlar bazmiga yo topib
Hamon kim aqsudg‘a qo‘l topib,
Gohi maktab ichra kirib shodkom ,
Madrasa sari aylab xirom .
Qay u yerda ahbob bazm aylasa,
Tarab irtiqobiga azm aylasa,
O'zimni alar ichra solur erdim ,
Ko'ngut qong'uncha bahra olur erdim .
Munis “Savodi ta’lim” asarida donishmandning ilmga bo'lgan e’tiqodi uning o'z
xatida aks etishini alohida ta’kidlaydi. Shuningdek, xatni chiroyli, husndor va xatosiz
yozilishining tarbiyaviy ahamiyatini quyidagicha ochib beradi.
Xatidin o‘lub xujasta ta’lim,
Ta’lim fani xatiga taslim ,
Sharmanda xati sabzxatlar,
Xolofati xatida nuqtalar.
Ta’lim berur nabir raqamdin,
Xat yozmoq ishi yeti qalamdin.
Shoir insonlarni bir-biriga mehr-oqibatli bo'lishini, do'stlik rishtalarini bog'lovchi
nomalar yozish haqidagi g'oyasini, maqsadi va vazifalarini alohida bayon etadi:
Ko'p muddat erdi guruhi mushtoq,
Ta’lim sumak bag'rig'a ushshoq,
Mashq etmak ishida xat bitarga,
Ta’lim vuqufiga yetirga...
Bilgancha surub qalamni har yon
Ta’lim ishin aylar erdim oson.
Munis ijodiyotida odob-axloq masalalari alohida o'rin egallaydi. Uning
ijodiyotidagi asosiy yo'nalishlar: nohaqlik va zulmga qarshi adolat, saxiylik, xalqqa
cheksiz muhabbat, ilm - ma’rifat, jaholatga qarshi kurashuvchi insoniy fazilatlar. Munis
o'z zamonasidagi o'zaro urushlar, hirsu dunyo odamlami bir-biriga nisbatan mehrsiz
bo'lishga asos bo'ldi deydi:
Ne natija berur adab, hunaring
Na nazarga kirar nasab guharing.
Bas erur bu zamonda bisoting
Aro qara siymu zaring.
Munis o'z asarlarida mehr-oqibat hamda do'stlik tuyg'ularini teran satrlarda
shunday ifodalagan edi:
Ey do‘st, tani zarim aro jonim eding,
Iqlimi muhabbat uzra sultonim eding,
Xush keldingu jonimda nishiman qilding
Xush borki, base aziz mehmonim eding.
Munis o'z asarlari bilan tarbiya masalalariga katta e’tibor berdi. Uning didaktikasi
insonni yuksak olijanoblik, rostgo'ylik, halol, ilmga chanqoq, mehru oqibatli bo'lishga
qaratilgan. Munisning adabiy va pedagogik g'oyalari maktablarda to'g'ri, chiroyli yozuv
tartib-qoidalarini o'rgatish uslubi sifatida xizmat qilgan va qilmoqda. Munisning boy
merosi kelajak avlod tarbiyasida ham muhim o'rin tutadi.
XV asrning yirik olimlaridan biri Xusayn Voiz Koshifiy bo’lib, u ahlok, nujum
mantiq, adabiyotshunoslik, riyoziyot, hisob, islom tarixi, ilohiyot, tarix, -
musiqashunoslikda tasviriy san’at, tabobat ilmiga oid 200 dan ortiq asar qoldirib Sharq
ma’naviy madaniyatini rivojlantirishda muayyan o’rinni egallaydi. Uning mashhur asari
“Ahloqi Muxsiniy” uzoq vaqt yillar madrasalarda darslik sifatida o’qitilgan, mazkur
asar 40 bobdan iborat bo’lib, asosan ahloqiy tarbiyaga bag’ishlangan.
Komil inson (etuk ahloqli inson) haqidagi fikrlarni an’anaga ko’ra buyuk
donishmandlar-xaqimlar, sarkardalar, shoxlar tilida bayon etadi va ularni adolatli, dono,
oqil va kamtar inson sifatida ta’riflab, o’zining komil inson haqidagi konsepsiyasini
ilgari suradi.
Koshifiy faqat podsholarnigina emas, balki har bir oddiy insonda ham eng olijanob
hislatlar tarkib topishini istaydi. U o’zining ijtimoiy-ahloqiy idealini yuzaga chiqarishda
asosiy vosita deb ilm-ma’rifat va ahloqiy tarbiyani tushunadi. Koshifiy odobli insonni
ahloqli deb tushunadi. Inson odobli, saxovatli, to’g’ri, xalol, pok bo’lgandagina haqiqiy
inson bo’lishi mumkin deydi. Voiz Koshifiy insonparvarlik va halollikni eng yuksak
insoniy fazilatlarlardan deb biladi. Koshifiy insonning eng yuksak xulq-atvor egasi
Buyuk slavyan pedagogi Yan Amon Komenskiy 1592 yilda Chex diniy
jamoasida tegirmonchi oilasida tug‘ildi, jamoadagi maktabda o‘qidi. Komenskiy otaonasidan erta judo bo‘ladi, jamoa a’zolari yordamida universitetga kirib, o‘qishni
tamomlagandan keyin, Fulkenns shahridagi qardoshlik maktabida o‘qituvchi bo‘lib
xizmat qildi. So‘ngra mahalliy jamoada rahbarlik vazifasida ishlaydi, ilmiy ishlar bilan
shug‘ullanib, chex tilining xususiyatlarini, xalq og‘zaki ijodini o‘rganadi, qardoshlik
maktablaridagi o‘qitish mazmuni va usullarini takomillashtirish ustida ish olib boradi.
1628 yilda chex xalqi bilan birga Pol’shaning Leshno shahriga ko‘chib keladi, bu
shaharda ham qardoshlik maktabini ochib, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, o‘ziga
olamshumul shuhrat keltirgan “Buyuk didaktika “ va “Onalar maktabi “ asarlarini nashr
qildiradi. Shvetsiya va Vengriyada bo‘lganda ham maktablarni isloh qilish bilan
shug‘ullanadi, “Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari “ darsligini,
“Insoniy ishlarni tuzatish haqida umumiy maslahatlar “ asarlarini yozadi.
Komenskiy bola tarbiyasi, insonning tabiat bilan uyg‘unligi haqida.
Komenskiy o‘rta asrdan farqli o‘laroq tug‘ilganidan boshlab bola egallagan
qobiliyatini xudoning tuhfasi hisobladi va ayni paytda, bu qobiliyat faqat tarbiya
jarayonida rivojlanishini o‘qtirdi. Komenskiy insonning rivojlanishida tarbiyaning o‘rni
benihoya ekanligiga ishonadi va tarbiya tufayligina har qanday bolani yuksak axloqli
ma’lumotli qilib yetishtirish mumkin degan fikrni bildirdi, bolani yoshlik chog‘idan
jismonan sog‘lom, ma’naviyatli qilib tarbiyalashni talab qildi.
Komenskiy o‘z pedagogik qarashlarida insonni tabiatni bir qismi deb hisobladi
va tabiatdagi barcha mavjudodni yagona bir qonunga bo‘ysunadi, degan g‘oyani olg‘a
suradi. Uning fikricha, ta’limni, bolalarni narsa va mavjudodlar bilan tanishtirishdan,
ularni idrok qildirishdan boshlash, undan keyin ularga xos xususiyatlarni o‘rganishga
o‘tish zarur. Komenskiyning fikricha, bolaning yosh xususiyatlarni hisobga olish asosiga
qurilgan ta’limgina uyg‘un bo‘ladi.
Komenskiy barcha bolalarni bilimlarni idrok qilishga qodir deb hisoblab,
“barchani hamma narsaga o‘rgatish” zarurligini, ta’limning umumiy bo‘lishini talab
qiladi.
Komenskiy maktab bolalariga har tomonlama bilim berishi, ularning aqlidroki, axloqi, his-tuyg‘ulari va irodasini rivojlantirishi lozimligini ta’kidlaydi.
Komenskiy inson rivojlantirishini to‘rt bosqichga: go‘daklik, bolalik, o‘smirlik,
yetuklik davrlarga bo‘ladi.Komenskiy tug‘ilganidan boshlab 6yoshgacha bo‘lgan
bolalar uchun alohida onalar maktabini ochishni, ularga onalar rahbarligida ta’lim va
tarbiya berishni tavsiya etadi. Uning tavsiyasi bo‘yicha, 6 yoshdan 12yoshgacha bo‘lgan
bolalar o‘qish ona tilida olib boriladigan maktabda ta’lim oladilar. Ilm olishga moyilliga
sezilgan 12-18 yoshli yigit qizlar shaharda tashkil etiladigan lotin maktabi yoki
gimnaziyaga borishlari lozim. Komenskiy olim bo‘lishni xohlagan 18yoshdan
24yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun har bir davlatda akademiyalar tashkil etishni taklif
qiladi.
Komenskiy barcha bosqichlar uchun (akademiyadan tashqari) ta’limning
mazmunini ishlab chiqadi. U har bir fanning o‘qitilishini “eng oddiy elimentlardan
“boshlab, bolalar bilimi rivojini hisobga olgan holda takomillashtirib borishni tavsiya
etadi.
Konstantin Dmitriy Ushinskiy
Hayoti va pedagogik faoliyati
K. D. Ushinskiy 1824-yilda Tula shahrida tug‘ildi. U Novgorod -Severskdagi
gimnaziyada o‘rta ma’lumot olgach, 1840-yilda Moskva universitetining adliya
(yuridik) fakultetida o‘qidi, mustaqil ravishda rus, nemis, fransuz tillarini o‘rgandi.
Universitetni tamom qilgandan keyin Yaroslavldagi adliya litseyida qomus
(ensiklopediya), qonunshunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasiga professor
lavozimini bajaruvchi qilib tayinlandi.
Ushinskiy bu davrda talabalarda ilm-fanga havas uyg‘otishga, xalqqa muhabbat
tuyg‘usini shakllantirishga e’tibor berdi.
Ushinskiy Smol’niy institutida ishlash bilan birga, “Jurnal Ministerstva
prosvesheniya”ga muharrarlik qildi, uni nazariy-metodika jurnaliga aylantirdi, butun
diqqatini pedagogika, didaktika va psixologiya masalalariga qaratdi.
Ushinskiy pedagogikada xalqchillik tarbiyasi g‘oyasi haqida
Ushinskiy pedagogika tizimiga xalqchillik prinsipini asos qilib oldi, xalq
manfaatlariga muvofiq tuzilgan tarbiya tizimi bolalarda vatanparvarlik va milliy iftixor,
mehnatga muhabbat, axloqiy sifatlarni rivojlantirish va mustahkamlashni isbotladi.
Ushinskiy tarbiyaning maqsadi va vazifalari haqida
Ushinskiyning fikricha, tarbiyaning muhim xususiyati barcha vositalar va
usullar yordami bilan bolaga uning kamol topishiga, iroda va xulq atvorning
mustahkamlanishiga ta’sir etishidir.
Ushinskiy tavsiya etgan tarbiya vazifalari bolaning erkin ijodiy faoliyat bilan
shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yib berish, shu faoliyatning o‘sib borishi uchun zarur bo‘lgan
tabiiy va ijtimoiy muhitni boshqarib borish, bolaning faoliyatiga shaxsan tarbiyachi
rahbarlik qilib turishini, ammo bunda bolaning erkini bo‘g‘ib qo‘ymaslik, bolada
foydali odat va axloq masalalarini to‘planib borishiga imkon yaratishdan iborat bo‘ldi.
Ushinskiy bola faoliyatida mehnat va uning tarbiyaviy ahamiyati haqida
Ushinskiyning fikricha, mehnat kishining aqliy va jismoniy jihatdan kamol
topishi uchun zamin yaratadi. Tarbiya ta’lim bilan bog‘langan taqdirdagina, o‘zining
ulug‘ vazifasini bajara oladi; yosh avlodni eng qisqa bir muddat davomida insoniyat
erishgan darajaga o‘stirib bora oladi. Shuning uchun ham, Ushinskiy ta’limning
umumpedagogik asoslaridan biri-ta’limning tarbiyaviy mohiyatga ega ekanini
ta’kidladi.
Ushinskiy ta’limni tarbiya bilan bog‘lab borish zarurligini, avvalo, bolalarda bir
butun dunyoqarash va mustahkam e’tiqodni tarbiyalash zarurligini uqtirdi.
Ushinskiy didaktika o‘qitish nazariyasining psixologik asoslarini o‘sha vaqtdagi
ilmiy muvaffaqiyatlarga muvofiq ravishda bayon qilib berdi. Uning ta’limotida diqqat,
iroda, xotira va xisyutrlarni tarbiyalash to‘g‘risida va bu psixik hodisalar
qonug‘iyatlarini ta’limga tadbiq etish to‘g‘risida qimmatli ko‘rsatmalar borligini
ko‘ramiz. Ghunonchi, u har qanday ta’lim jarayonida shakllar yo‘li bilan bolalarning
faol diqqatini rivojlantirish, qanday qilib ongli xotirani tarbiyalash, takrorlash yo‘li bilan
o‘quv materiallarini o‘quvchilar ongida mustahkamlashni tavsiya qildi.
Ushinskiy iroda va uning ahamiyati izohlab, ta’limni iroda bilan bog‘langan,
ixtiyoriy bir jarayon deb ta’riflaydi. Bu jarayonning asosini maqsadga intilish, o‘qishga
bo‘lgan ehtiyojini qondirishga intilish tashkil etadi.
Ushinskiy dars va o‘qitish usullari haqida
Ushinskiy ta’lim -tarbiya ishida o‘quvchilarning faolligiga va
tashabbuskorligiga tayanish kerakligini uqtirar ekan, ta’lim bolalarga mukammal bilim
bermog‘i va malakalar hosil qilishi uchun aniq-ravshan, shu bilan birga, tartibli va izchil
bo‘lmog‘i lozim, deb ta’kidlaydi.
Ushinskiy ta’lim jarayonidagi ko‘rgazmalilik bola bevosita idrok etadigan aniq
obrazlar asosiga bo‘linishini ta’kidladi.
Download 30,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish