Dangasalalikni yengish yo`llari



Download 52,21 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi52,21 Kb.
#534754
Bog'liq
Text


Dangasalalikni yengish yo`llari
Dangasalikni yengish uslublarini o`rganishingizdan avvalo o`zingizning sog`ligingiz bilan muommolaringiz bor yoki yo`qligini aniqlashtirib olganingiz afzal. Sababi insonda turli garmonlar yetishmovchiligi tufayli holsizlik, charchoq kuzatilib asosiy ishlarni orqa surish jarayoni yuz beradi. Shu bois bir marta shifokor ko`rigidan o`tishni tavsiya qilaman. Demak hozir man sizga maqsadlarga erishish yo`lida dangasalikni yengishning bir nechta yo`llarini beraman. Siz amalda sinab ko`rish orqali o`zingizga maqul bo`lganlaridan foydalanasiz.
Dangasalik bizning hayotimizda eng ko`p maqsadlarimiz tomiriga bolta uradi. Maqsadlari mavjud inson o`z maqsadi yo`lida tinimsiz shug`ullanishi kerak, ammo dangasalik tufayli u shug`ullanish jarayonida katta qiyinchiliklarga uchraydi. Ko`pchiligingiz maqsadlar ro`yxatini tuzish muhimligi haqidagi Garvard universitetida o`tkazilgan tadqiqot borasida ko`p eshitgansilar. Ammo bu tadqiqot o`tkazilgani borasida aniq dalillar mavjud emas. Shunga qaramasdan o`z tajribamdan kelib chiqgan holda ayta olamanki maqsadlaringiz ro`yxatini yozib olganingiz maqul.
Hozir siz bilan kichik bir mashq bajaramiz. Buning uchun sizga bitta varaq va ruchka kerak bo`ladi yozishingiz uchun. Yoki telefoningiz yozib olishingiz ham mumkin. Olgan varaqingizga maksimal bir yilgacha bo`lgan 7-9 ta maqsadingizni yozib olasiz. 7-9 ta maqsad bu o`rtacha son, sizda shu bir yil uchun nechta maqsad bo`lsa barchasini yozib oling. Endi yozib olgan maqsadlaringiz qanchalik reallikka yaqin shunga e`tibor qarating. Agarda siz yigirma yosh atrofidagi inson bo`lsangiz sizni qo`lingizda tasavvuringizda qo`lingizdan hamma ish keladigandek tuyiladi, ammo tushunishingiz kerakki hozirning o`zida emas! Sizni qo`lingizda juda ko`p ish kelishi mumkin ammo barchasini hozirni o`zida qila olmaysiz. Agar “hamma narsa qo`limdan keladi” degan tushuncha miyyangizga o`rnashib qolgan bo`lsa, katta ehtimol bilan siz ko`p pand yeysiz. Misol uchun ingliz tilidan sertifikat olish uchun o`quv markazlarga endi brogan va bir yildan beri borayotgan o`quvchilarga nazar solsangiz, ularning fikrlashlarida farq bo`ladi. Endi brogan o`quvchilar bir yil ichida IELTS dan 8,5-9 ball olishni maqsad qiladi, bir yildan beri tayyorlanayotgan o`quvchilar esa 7-7,5 ball olishga harakat qilib turadi. Yana misol qilib aytsak siz hozir oldingizga bir million dollar pul topishni maqsad qilgansiz. Shuncha pulni topishingiz mumkin, ammo shu darajaga chiqguncha siz undan oldinda turgan kichikroq bo`lgan zinalar bosib o`tishingiz zarur bo`ladi. Shu bois shu yo`ldagi qadamlarni maqsad qilib qo`ygan maqul bo`ladi.
Har qanday insonda Orzu bo`lishi tabiiy jarayon. Orzu bu bizning tuyg`ularimiz bilan bog`liq bo`lgan mavhum tushunchalarimiz. Hamma orzu qiladi, ammo hamma ham barcha orzu istaklariga erisha olmaydi. Sababi ko`pincha bizning orzularimiz o`zimizning hozirgi holatimizga to`g`ri kelmaydi va u orzuga yetguncha biz bosib o`tishimiz kerak bo`lgan bir qancha darajalar bo`ladi. Siz bir qancha o`z orzusiga yetishgan insonlarni misol qilib keltirishingiz mumkin, ammo siz e`tiborga olmagan taraf ham mavjud. Yani o` orzusiga erishgan insonlardanda erisha olmagan insonlar juda ko`p, shunchaki biz ular haqida eshitmaganmiz xolos.
Maqsadlarga keladigan bo`lsak, bu orzuga nisbatan real tushuncha. Maqsad ko`pincha erishsa bo`ladigan bo`ladi. Maqsad belgilashda siz o`ziz muddat qo`yasiz, yetarli shart-sharoitga ega bo`lasiz, yani to`g`ri qo`yilgan maqsad o`zingizni hozirgi holatingizdan kelib chiqgan holda, erishsa bo`ladigan bo`ladi. Biz orzularimizni tartiblash orqali uni maqsadlarga aylantiramiz. Maqsadlarni qadamlarga bo`lib harakatni boshlasak u Loyihaga aylanadi. Loyihalar bilan ishlash siz qo`ygan maqsadingiz olib boruvchi eng yaxshi yo`l hisoblanadi.
Ko`pincha insonlar orzusiga erishish yo`lida dangasalikka duch kelishlarining sabablaridan biri bu “nima qilishni bilmaslik” da. Sizda katta orzular bor ammo ularga qanday erishish kerakligi borasiga kelganda siz toxtab qolasiz. Maqsadlarga erishish borasida bir qiziqarli kichik hikoya mavjud. “ Bir davlat qirol bo`lgan ekan va barcha o`g`rilarga jazo sifatida ularning ustiga juda yirik toshni bir necha metr balandlikdan tashlatarkan. Kunlardan bir kuning qirolning kenja o`g`li o`g`rilik qilib qo`yibdi. Xalq qirolning kenja o`g`lini boshqa o`g`rilarni jazolashgandek jazolanishini talab qilibdi. Shunda qirol katta toshni og`lining ustiga tashlashga rozi bo`libdi, ammo o`zi o`g`lini o`ldirishni xohlamasdi. Shunda u bir xiyla ishlatibdi. Xizmatkorlarga katta toshni mayda bo`laklarga parchalashni buyuribdi, so`ngra shu parchalangan tosh bo`laklarini birma bir og`lining ustiga tashlatibdi. Bu u ham qonunni buzmabdi va o`g`lini ham omon saqlab qolibdi”. Bu hikoyadan mazmun shundayki, siz yirik maqsadizni birdaniga bajara olmaysiz, avvalo siz uni bir qancha bo`laklarga bo`lib chiqishingiz va birma-bir ularni bajarishingiz kerak bo`ladi. Siz shu ishni Loyihalarga ajratish orqali amalga oshirasiz.
Loyihani amalga oshirishning 3 etapi mavjud:

  1. Loyihalarni yozib olish

  2. Loyihalarni loyihachalarga bo`lish

  3. Birinchi qadamni aniqlash

Siz blaknotingizga yoki oddiy bir karton qog`ozga bir nechta maqsadi (loyiha)ngizni yozib olasiz. Shundan bittasini olasiz va uni loyihachalarga ajratib olasiz. So`ngra birinchi qilishingiz kerak bo`lgan ishni aniqlaysiz. Misol qilib quyidagi loyihani olib tushuntiraman.
Loyiha “O`quv markazi ochish”
Bu loyihani loyihachalarga ajratamiz:

  • Joy qidirish

  • O`qtuvchilarni topish

  • MCHJ ochish

  • Guvohnoma olish

Siz yuqoridagi loyihani bajarishingiz uchun shu 4 ta qadamni bosib o`tishingiz kerak bo`ladi. Hozir siz yuqorida yozib olgan maqsadlarizdan birini oling va uni loyihalarga ajrating. Keyingi qiladigan ishingiz shu ajratgan loyihalaringizdan birini olib uning birinchi qadamini topish bo`ladi. Hozir sizlarga yuqorida ajratgan loyihlarimdan birini misol qilib ko`rsatib beraman. Ko`pchilik aynan shu nuqtaga kelganda qiynalishadi. Agar yaxshi tushuna olsangiz siz bilan dangasalida muammo yuzaga kelmaydi. Yuqorida aytganimdek bo`laklarga ajratgan maqsadlarizdn bittasini oling va hozirning o`zida shu maqsadingizni almalga oshirish uchun nima qila olishingizni aniqlang. O`zingizga “ayni daqiqada shu maqsadimni amalga oshirish uchun nima ish qila olaman?” degan savolni bering.
“Guvohnoma olish” maqsadini olib uni birinchi qadamini aniqlasak.

  • Internetga kirib O`zbekistonda o`quv markazi ochish uchun nimalar talab qilinishini qidirish.

Demak man hozirni o`zida shu kichkina maqsadimni qo`yaman va shu zohitiyoq buni bajarishga kirishaman. Loyihani qo`yish jarayonining o`zida uni bajarib ketmoqdaman. Sababi birinchi qadam juda kichik bo`lgani uchun har qanday odam ham dangasalik qilmasdan buni bajara olishga qodir bo`ladi. Internetdan ma`lumotlarni olish jarayonida keyingi qadamning o`zi ma`lum bo`ladi. Bildimki hujjatlarni olishim uchun Davlat xizmatlari markaziga borishim kerak ekan. Agarda avval Davlat xizmatlari maraziga ishim tushmagan bo`lsa uning qayerda joylashganini bilmasligim mumkin. Shu bois uning joylashgan manzilini deylik akam orqali bilib olishim mumkin bo`ladi.

  • Akamga telefon qilib, Davlat xizmatlari markazi qayerda joylashganini so`rash.

  • Yandex taksini chaqirib Davlat xizmatalari markaziga borish.

Mana shunday ketma ketlikda har bir topshiriqni yakunlashingiz bilan, keyingi topshiriqning birinchi qadamini aniqlab bajarishni boshlaysiz. Birinchi qadamni aniqlashingiz bilan stikerga yozasiz va blaknotga yopishtirib bajarib ketasiz. Shunda kun oxiriga borib sizni ko`zizga katta bo`lib ko`ringan ish bir nechta stikerdagi topshiriqlar bilan bitganini guvohi bo`lasiz.
Topshiriqlarni blaknotga yozish borasiga kelsak. Siz har kuni kechqurun uxlashdan oldin ertangi kunda bajaradigan topshiriqlaringizni har bittasini bitta stikerga yozib olasiz va har ikkita sitikerni blaknotingizni bitta betiga yopishtirasiz. Stikerlarni blaknotning ikkinchi betidan yopishtirib borishingiz kerak bo`ladi. Sababi blaknotning birinchi beti siz uchun topshiriqlarning “Bajarilish joyi” bo`ladi. Bu yerga bajarmoqchi bo`lgan topshirig`ingizni bajarishdan oldin olib yopishtirasiz va bajarishga kirishasiz. Bu qismga yopishtirilgan topshiriq albatta bajarilishi kerak bo`ladi. Buni o`zingiz uchun qonun qilib olganingiz yaxshi. Undan tashqari agarda sizda topshiriqlarni yozish jarayoningizda ertaga emas bir necha kundan keyin qilishingiz mumkin bo`lgan ishlariz chiqib qolsa, ularni ham stikerga yozib blaknot markaziga yopishtirishingiz kerak bo`ladi. Blaknot markaziga yozilgan topshiriqlarni bajarish vaqti kelganida ularni birinchi betlarga olib qo`yasiz. Topshiriqni bajarib bo`lishingiz bilan stikerni olib tashlaysiz va keyingi topshiriq yozilgan stikerni birinchi betga yopishtirib bajarishda davom etasiz. Bironta topshiriqni bajarib bo`lganingizdan keyin uni blaknotning orqa tarafiga yopishtirib qo`yib, kechqurun ularni sarhisob qilishingiz, nechta topshiriq bajarganigizni belgilab olishingiz mumkin. Avval aytganimzidek biz bu yerda “Energiya”ni markaziylashtirib olyabmiz. Shu bois siz topshiriqlarizga vaqt belgilshingiz yoki ketma-ketlikda yozishingiz shart bo`lmaydi. O`zingizning fiziolagik holatingizdan kelib chiqqan holda topshirqilardan birontasini tanlab, bajarishni boshlaysiz. Biz topshiriqlarimizni blaknotga yozib borashimiz kerak ammo maqsadlarni qayerga yozish kerak? Degan savolga javob bersak. Blaknotingiz varag`idek kattalikdagi bitta karton qog`oz olasiz va unga katta qilib asosiy maqsadlarizni yozasiz. So`ngra uni shu blaknotingizning birinchi betiga qo`yib qo`yasiz. Istasangiz yopishtirib qo`yishingiz ham mumkin. Sababi siz maqsadingizni har kuni bir necha marta ko`rib turishingiz kerak. Ko`z bilan ko`rib turiladigan narsalar xotiradan tez chiqib ketmaydi. Shuningdek bu sizga psixolgik bosim bergan holda oldinga tezroq harakatlanishingizga undaydi. “Loyihalar ro`yxatini ko`rib chiqish” degan topshiriqni cheklistingizni “Amaliyotlar” bo`limiga yozib qo`yasiz. Time management sistemalarida barcha narsani oldindan rejalashtirish o`rgatiladi. Ammo bunday qilish mutlaqo xato bo`ladi. Sababi biz insonmiz va ertaga nima bo`lishini bilmaymiz. Kutilmagan hodisalar biz avvaldan rejalashtirgan tuzilmalarni butunlay buzib yuborishi mumkin. Shu bois biz qiladigan ishimiz, birinchi asosiy Maqsad (Loyiha)ni aniqlash, ikkinchi uni loyhachalarga bo`lib chiqish va uchinchi kun davomida har bir loyihachaning birinchi qadamini aniqlab, vazyatga qaragan holda uni amalga oshirib borish talab qilinadi.
Ko`pincha turli biznes trenerlar br necha yilga maqsad qo`yishni va ularni barchasini yozib olishni taklif qiladi ammo bu ko`pincha ish bermaydi.Asosan ikki turdagi maqsadlar qo`yish samarali bo`ladi. Birinchisi bu “Qisqa mudatli”- maqsadlar bo`lib, uch, besh, olti oydan to bir yilgacha bo`lgan muddatni o`z ichiga olishi kerak. Bir yildan ortiq muddatli maqsad qo`ymaslik kerakligining sababi shundaki, insonga ta`sir qiluvchi atrof muhit omillari, o`qish, izlanishlar tufayli insonning fikrlashi o`zgaradi. Bir yil avvalgi “siz” hozirgi “siz” bo`lay qolishingiz mumkin. Shunda hozir xohlayotgan maqsadingizni bir yildan keyin xohlamay qo`yishingiz mumkin. Agarda bir yildan keyin sizni fikrlarizda o`zgarish bo`lmasa siz shunchaki aqliy jihatdan o`smagan xisoblanasiz xolos. Ikkinchisi esa “Missiya” xisoblanadi. Missiya degani bu maqsaddan ham, xatto sizning hayotingizdan ham ustunroq bo`lgan narsa xisoblanadi. Missiyalar asosan erishish juda ham amrimahol bo`lgan maqsad. Missiya sizni butun umringiz davomida harakatda bo`lishingizni ta`minlaydi.
“Qisqa muddatli” maqsadlarga imkon qadar bitta maqsad qo`yish juda muhim hisoblanadi. Fokusni bir joyga qaratish orqali siz maqsadizga erishishiz osonlashadi. Deylik sizda bitta maqsadingiz bor va uni amalga oshish ehtimolligi 90% bo`lsin, chunki 100% amalga oshadi deb ayta olmaymiz. Agar siz bitta maqsadingizning yoniga yana bitta maqsad qo`shsangiz yuqoridagi ehtimollik ikkiga bo`linadi va u maqsadlarning amalga oshish ehtimolliklari 45% ga tushib qoladi. Siz maqsadlaringiz sonini qancha ko`paytirishda davom etaversangiz ularing amalga oshish ehtimolligi shuncha kamayishda davom etadi.
Dunyo biz o`ylagandan ancha murakkabligini quyidagi ko`rinishda tushunib olishimiz ancha oson.

Hayotda shunday kutilmagan vazyatlar juda ko`p bo`lganligi sababli maqsaadlaringizni mayda bo`laklarga bo`lib uni birma bir bajarib borishingiz sizga yaxshi natijalarni olib keladi
Download 52,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish