Gvangxevon, Bejexakdan, Ixvaxakdan kabi shaxsiy ta’lim muassasalari ham vujudga kela boshladi va keyinchalik universitetlar uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
1894-yili shaxsiy bilim maskanlari birlashtirilib, mamlakat ta’lim tizimini boshqaruvchi institut tashkil etildi. Shu bilan birga 1895-yildan boshlang‘ich maktablar va maktab uchun kadrlar tayyorlaydigan pedagogika maktablari tuzildi. Bundan tashqari bir qancha xususiy maktablar ochilib, 1900-yilda ular faoliyatini tartibga solib turadigan «Xususiy maktablar to‘g‘risidagi qonun» qabul qilindi. 1910-yili Koreya va Yaponiya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Koreya Yaponiyaning rasman mustamlakasiga aylantirildi. Natijada bu mamlakat ta’lim tizimiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Yapon mustamlakachilari Koreyaning ta’lim tizimini keskin o‘zgartirish yo‘lidan bordi va xususiy maktablar faoliyati cheklab qo‘yildi. Bu davrda 1911-yil 23-avgsutda qabul qilingan «1-Choson ta’lim buyrug‘i» amal qildi.
Unga ko‘ra, koreys va yapon fuqarolarining farqli ta’lim siyosati olib borildi. Ya’ni, mahalliy xalq faqat 4 yil mobaynida boshlang‘ich ta’lim olar, o‘rta va oliy ta’lim berilmas edi. Bu yapon mustamlakachiligining uzoq o‘ylangan rejalari qatoriga kirardi. Ammo 1919-yili boshlangan norozilik harakatlari oqibatida Yaponiya hukumati biroz yon berishga majbur bo‘ldi va buyruqqa o‘zgartirish kiritib, boshlang‘ich ta’lim 4 yildan 6 yilga uzaytirildi. 1922-yil 4-fervralda «3-Choson ta’lim buyrug‘i» qabul qilindi. Bu buyruqqa ko‘ra, ta’lim muddatlari uzaytirildi. Ya’ni, oddiy maktablarda ta’lim 6 yil, ayollar maktablarida esa 5 yil etib belgilandi. Shuningdek, asta-sekinlik bilan universitetlar ham paydo bo‘la boshladi. Jumladan, 1924-yili Kyongson Davlat Universiteti ochildi.
Oddiy maktablar va boshlang‘ich maktablar, yuqori va o‘rta maktablar birlashtirildi. Koreys tili fanlari kamaytirilib, imperiya xalq demokratiyasi fani kiritildi. 1943-yil 3-avgustda «4-Choson ta’lim buyrug‘i»imzolandi va yapon mustamlakachiligining ta’lim sohasidagi zo‘ravonligi kuchadi. Jumladan, o‘rta va yuqori maktablarda ta’lim 4 yilgacha kamaytirilib, koreys tili fani dasturdan olib tashlandi. Uning o‘rniga yapon tili darslari kiritildi. Koreyani yoppasiga savodsizga aylantirish siyosati natijasi o‘laroq, 1944yilgi Koreya Umumiy Arxiv qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda o‘sha paytda Koreyaning savodxonlik darajasi bor-yo‘g‘i 13,8%ni tashkil etgan. 1945-yili Ikkinchi Jahon urushi bilan birga Koreyadgi Yaponiya mustamlakachiligi ham tugadi. Endilikda Koreyada tabiiyki boshqa sohalar qatori ta’lim tizimini o‘zgartirish vazifasi turardi. Eng avvalo «Ta’limni rivojlantirish qo‘mitasi» tashkil etildi va qo‘mita oldiga darsliklar yaratish majburiyati qo‘yildi. Ta’lim tizimi tadqiq etilishi davom ettirilib, axloq, etika, texnikaga oid fanlar kiritildi. 1963-yillardan boshlab esa ta’lim tizimida tabiiy va ijtimoiy fanlarga e’tibor kuchaydi. 1981-yili Prezident Chon Du Xvan mamlakatda shaxsiy ta’lim berish va xususiy ta’lim maskanlari faoliyatini qonunan ta’qiqlab qo‘ydi. Lekin maktabda mustaqil shug‘ullanish uchun imkoniyatlar yaratib berdi. 1992-yilga kelib esa boshlang‘ich maktablar faoliyati yanada rivojlanishi uchun hukumat tomonidan bir qancha imtiyozlar yaratildi.
Zamonaviy Koreya ta’lim tizimida boshlang‘ich maktablarning roli muhim. Koreyada boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quv yilida 1-martga qadar 6 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o‘qishga kirishga huquqli bo‘lib, buning uchun maktab ma’sul shaxsining ruxsatnomasini olishi lozim bo‘ladi. O‘quv yili esa 1-mart Koreya respublikasida davlat bayrami munosabati bilan 2-martdan boshlanadi. 6 yil davom etadigan boshlang‘ich ta’lim majburiy etib belgilangan. Boshlang‘ich ta’limda 1 yil ikki semestrga bo‘lingan holda olib boriladi. Boshlang‘ich ta’limdan keyingi «zinapoya» vazifasini o‘rta ta’lim bajaradi. O‘rta ta’lim Koreya respublikasida 3 yil davom etadi. O‘rta ta’lim ham majburiy bo‘lib, bir o‘quv yili 1-martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi. Darslar 45 daqiqadan etib belgilangan bo‘lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. O‘rta ta’lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, san’at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o‘qitiladi. Shuningdek, o‘rta maktabda o‘quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga axborot, chet tili (ko‘pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari) kabilarni kiritish mumkin. O‘rta maktab tugatilgach yuqori maktablarda ta’lim davom ettiriladi. Yuqori maktablar bir necha turlarga bo‘linadi: davlat yuqori maktablari (Koreya Ta’lim va Texnika fanlari vazirligi, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va sayyohlik vazirligi boshqaradi), Umumiy yuqori maktablar (Har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi), xususiy yuqori maktablar. Shuningdek, yuqori maktablar o‘qitish fanlariga ko‘ra ham bir qancha turlarga bo‘linadi: umumiy maktablar, ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xo‘jaligi, sanoat, dengiz xo‘jaligi, axborot), maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab), texnika maktablari, chet tili maktabi, jismoniy tarbiya maktabi, san’at maktablari. Koreya Respublikasida Ta’lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo‘ladi.
Janubiy Koreya taraqqiyotidagi ikkinchi “mo‘jiza”
Umumiy o‘rta ta’lim 11 / 10 / 2019
Janubiy Koreya taraqqiyotidagi ikkinchi “mo‘jiza”
Koreys mo‘jizasining omillaridan biri mehnatsevar aholisi bo‘lsa, yana bir jihati Janubiy Koreyadagi o‘ziga xos ta’lim tizimidir. Ushbu mamlakatning ta’lim tizimi besh bosqichli: o‘qish — boshlang‘ich maktabda 6 yil, ikkinchi bosqich maktabida 3 yil, yuqori maktabda 3 yil, kollejda 2 yil, universitetda esa 4 yildan iborat. Faqat boshlang‘ich va ikkinchi bosqich maktabida ta’lim olish majburiy hisoblanadi. Maktablarda ko‘pincha matematika, koreys va ingliz tillari, aniq va ijtimoiy fanlarga ko‘proq ahamiyat beriladi. Jismoniy tarbiya asosiy o‘quv predmeti hisoblanmagani bois, ko‘plab koreys maktablarida zaruriy sport jihozlari mavjud emas. E’tiborlisi, barcha ta’lim muassasalarida yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyati mavjud.
O‘quv yili ikki semestrga bo‘lingan bo‘lib, birinchisi mart oyida boshlanadi va iyulning o‘rtalarida tugaydi. Ikkinchi yarim yillik o‘qish davri avgust oyining oxirida boshlanib, fevralning o‘rtalarida nihoyasiga yetadi. Yozgi ta’til iyul oyining oxiridan avgustning oxirigacha, qishkisi esa dekabr oxiridan fevralning boshlarigacha davom etadi. Bundan tashqari, fevralning o‘rtasidan to oy oxirigacha davom etadigan qisqa dam olish kunlari ham mavjud.
Mamlakatda o‘quv dasturi qat’iy emas. Bir ta’lim dargohidagi o‘quv dasturi boshqasidan farq qilishi mumkin. Janubiy Koreyada o‘qitish jarayonini ta’lim vazirligi boshqaradi. Koreya Respublikasining 1998–2003-yillardagi prezidenti Kim De Chjun ma’muriyati 2001-yili fuqarolarning sifatli ta’lim olishiga birinchi darajali masala sifatida e’tibor qaratdi. Natijada ta’lim vazirligi vakolatlari kengaytirilib, uning rahbariga bosh vazir o‘rinbosari maqomi berildi.
Boshqa barcha vazirlar singari ta’lim vaziri ham prezident tomonidan ilgari muayyan darajada ta’lim sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan nomzodlar orasidan qisqa muddatga (taxminan bir yilga) tayinlanadi.
Bog‘chani tamomlaganga diplom
Koreys bolalar bog‘chasi umumiy ta’lim dasturining bir qismi hisoblanmaydi. Shuning uchun ota-onalar o‘z farzandlarini xususiy muassasalarga beradi. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qish koreys tilida olib boriladi. Ko‘pida ingliz tili sinflari ham mavjud. Ba’zilarida esa ingliz tili asosiy ta’lim tili hisoblanadi. U yerga uch yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar boradi. Bolalar ota-onalar ixtiyoriga qarab maktabgacha ta’lim olmasliklari ham mumkin. Shunday bo‘lsa-da, ular ham boshqa bolalar bilan bog‘chaga qatnaydi. Guruhdagi bolalar o‘rtasidagi yosh farqi uch yoshgacha bo‘lishi mumkin. Odatda olti yoshda ular boshlang‘ich maktabga boradi.
Janubiy Koreyada o‘tgan asrning 80-yillari maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul darajasida ko‘tarilish kuzatildi: 1980-yili 901 ta bog‘chaga 66 ming 434 bola qabul qilingan bo‘lsa, 1987-yilga kelib 7 ming 792 ta muassasaga 397 ming 20 nafar bola qamrab olindi. Xuddi shu davrda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachi va o‘qituvchilari soni 3 ming 339 nafardan 11 ming 920 nafargacha oshdi, ularning 92 foizi — ayollar. Ta’lim vazirligining qo‘llab-quvvatlashi va yordam ko‘rsatishi, mehnat bozoriga kirib kelayotgan ayollar sonining ko‘payishi, oilada yoshi kattalar yo‘qligi sababli bolalarga qaray olmaydigan nuklear oilalar sonining oshishi, bolalar bog‘chalarining keyingi ta’limni osonlashtirishi bunga sabab bo‘lishi mumkin.
Ota-onalarda muayyan darajada o‘z bolasi bilan g‘ururlanish tuyg‘usini uyg‘otadigan bitiruv marosimlari, shuningdek, bolalar bog‘chasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom va faxriy yorliqlar ham bunga muhim omil bo‘ldi.
Keyingi bosqichga o‘tish imtihonga bog‘liq emas
Koreyslar “chxodin xakkyo” deb ataydigan boshlang‘ich maktabga 7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lganlar qatnaydi. Bu yerda 6 yoshdan o‘qishi boshlanganlar ham topiladi. O‘qish muddati — 6 yil. Koreys tili, matematika, aniq fanlar, ijtimoiy fanlar, chet tillar, tasviriy san’at va musiqa o‘rganiladigan fanlarga kiradi. Odatda ushbu fanlarning barchasi bir nafar sinf rahbari tomonidan o‘qitiladi. Biroq ba’zi ixtisoslashtirilgan fanlarni boshqa o‘qituvchi o‘tishi mumkin.
Ta’lim tizimining boshlang‘ich maktabdan o‘rta maktabga o‘tish bosqichi turli imtihonlar natijasi asosida emas, balki faqat o‘quvchining yoshiga qarab belgilanadi.
XX asrning 80-yillari oxirigacha ingliz tili odatda ikkinchi bosqich maktabidan o‘qitila boshlangan, biroq hozir u boshlang‘ich maktabning 3-sinfidan o‘tiladi. Koreys tili grammatik nuqtayi nazardan ingliz tilidan ancha farq qiladi. Shuning uchun ingliz tilini o‘rganish katta qiyinchilik bilan kechadi.
Ko‘pgina ota-onalar farzandini qo‘shimcha “xagvonam” deb nomlanadigan xususiy maktablarda o‘qitadi.
Janubiy Koreyada davlatga qarashli boshlang‘ich maktablardan tashqari qator xususiy maktablar ham mavjud. Ularning o‘quv dasturlari davlat muassasalarinikiga ozmi-ko‘pmi mos keladi, ammo u ancha yuqori darajada amalga tatbiq etiladi: kam sonli o‘quvchilarga ko‘p o‘qituvchilar dars beradi, qo‘shimcha fanlar o‘qitiladi va umuman, ta’limning yuqori standartlari joriy etiladi. Biroq ularda o‘qish narxi ancha yuqori.
Sinf rahbarining obro‘si baland
Koreys tilida ikkinchi bosqich maktabi “chunxakkyo” deb nomlanadi. So‘zma-so‘z tarjima qilinganda “o‘rta maktab” degan ma’noni anglatadi. Koreys ikkinchi bosqich maktabi 3 sinfdan iborat. Aksariyat o‘quvchilar unda o‘qishni 12 yoshda boshlab, 15 yoshda tugatadi.
Ikkinchi bosqich maktabi o‘z o‘quvchilariga boshlang‘ich maktabga qaraganda ancha yuqori talablar qo‘yadi. Deyarli har doim o‘quvchilar hayotining boshqa jihatlari kabi kiyim va soch turmagi qat’iy tartibga olinadi.
Boshlang‘ich maktabda bo‘lgani kabi o‘quvchilar kunning asosiy qismini sinfdoshlari bilan bir sinfda o‘tkazadilar, ammo har bir fan o‘z o‘qituvchisi tomonidan o‘qitiladi. O‘qituvchilar sinfdan sinfga yurib dars beradi. “Maxsus” fandan saboq beriladigan ba’zi xonalarga o‘quvchi o‘zi boradi.
Sinf rahbarlari (koreyscha “tamim sonsennim”) o‘quvchilar hayotida muhim rol o‘ynaydi va boshqa yurtlardagi hamkasblariga qaraganda katta obro‘ga ega.
Ikkinchi bosqich maktabi o‘quvchilariga kuniga oltita dars o‘tiladi. Ularga odatda har kuni ertalab darsdan oldin bo‘ladigan bitta maxsus vaqt bloki hamda har bir mutaxassislik uchun alohida yettinchi dars ham qo‘shiladi.
Universitetdan farqli o‘laroq, bir maktabdagi o‘quv dasturi boshqasidan farq qilmaydi. O‘quv dasturining asosini quyidagilar tashkil etadi: matematika, koreys va ingliz tillari, shuningdek, bir qator aniq fanlar.
Qo‘shimcha fanlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: san’at turlari, jismoniy madaniyat, tarix, xancha (xitoy iyeroglifikasi), etika, oila iqtisodiyotini yuritish, kompyuter savodxonligi. O‘qiladigan fanlar va ularning soni har yili o‘zgarib turadi.
Baholar universitetga kirishga ta’sir qiladi
Dars davomiyligi — 45 daqiqa. Birinchi dars boshlanishidan oldin o‘quvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra mustaqil o‘qish, maxsus ta’lim kanali (Education Broadcast System, EBS) tomonidan efirga uzatiladigan dasturlarni tomosha qilish yoki shaxsiy yumushlar, shuningdek, sinf ishlarini bajarish uchun sarflashlari mumkin bo‘lgan 30 daqiqa beriladi.
O‘quvchilar dushanbadan jumagacha to‘liq kunlik darslarga, har oyning birinchi, uchinchi va beshinchi shanbasida yarim kunlik mashg‘ulotlarga qatnaydi. Shanba kuni o‘quvchilar biror to‘garakda qo‘shimcha mashg‘ulotlar bilan band bo‘ladi.
Boshlang‘ich maktabda bo‘lganidek, o‘quvchilar o‘zlashtirish darajasidan qat’i nazar, sinfdan sinfga o‘tadilar. Natijada bitta fanni bir sinfda o‘quv tayyorgarligi mutlaqo farqli bo‘lgan o‘quvchilar o‘rganishi mumkin.
Texnik kasbda emas, balki ilmiy sohada ishlamoqchi bo‘lganlar uchun ta’limning so‘nggi yilida baholar juda muhim rol o‘ynay boshlaydi. Chunki ular o‘quvchining muayyan universitetga kirish imkoniyatiga ta’sir qiladi.
Ba’zi fanlar bo‘yicha imtihonlarning bir nechta standart shakli mavjud. Ilmiy fanlar o‘qituvchilari tavsiya etilgan o‘quv qo‘llanmalariga amal qilishi shart. Odatda ikkinchi bosqich maktabi o‘qituvchilari kurs dasturi va o‘qitish uslubi borasida universitet o‘qituvchilariga nisbatan ko‘proq vakolatga ega.
Ikkinchi bosqich maktabining ko‘plab o‘quvchilari darsdan so‘ng qo‘shimcha kurslarga (“xagvon”) qatnaydi yoki xususiy repetitorlardan ta’lim oladi.
Ingliz tili va matematikaga alohida e’tibor qaratiladi. Ba’zi “xagvon”lar faqat bitta fanga, boshqalari esa barcha asosiy fanlarga ixtisoslashgan. Shuning uchun ham ko‘pincha o‘quvchiga yanada ko‘proq yuk tushadi. Bundan tashqari, ba’zi o‘quvchilar jang san’ati to‘garaklariga yoki musiqa maktablariga qatnaydi, uyga kechqurun qaytadi.
Yuqori maktab oliy ta’limga tayyorlaydi
Koreys yuqori maktabi “kodinxakkyo” deb nomlanadi. Janubiy Koreyadagi bunday maktablarda 15 — 17 yoshli o‘quvchilar uch yil o‘qishadi.
Maktablar o‘quvchining manfaatlariga mos keladigan va uning karyerasiga mutanosib ixtisoslashgan bo‘limlarga bo‘linishi mumkin. Masalan, “ilmiy” o‘rta maktablar (Science high school), chet tillarni o‘qitish va san’at maktablari shular jumlasidan. Ularning barchasi kirish uchun murakkab imtihonlar topshirishni talab etadi.
Yuqori maktablarni ham davlat maktablari va xususiylarga ajratish mumkin. Bunday maktablar hech qanday mutaxassislik o‘rgatmaydi, balki o‘z o‘quvchilarini universitetga kirishga tayyorlaydi. Biror sababga ko‘ra universitetda ta’lim olishni istamaydigan o‘quvchilar uchun texnika, qishloq xo‘jaligi yoki moliya sohalariga ixtisoslashgan kasbiy bilim yurtlari mavjud.
Asosiy fanlar koreys va ingliz tillari, matematika, shuningdek, turli ijtimoiy va tabiiy fanlarni o‘z ichiga oladi. Muayyan fanlar va ularni o‘qitish darajasi bunday o‘quv yurtlarining ixtisosligiga qarab bir-biridan farq qilishi mumkin. Yuqori maktab o‘quvchilari uchun “o‘z-o‘zini o‘qitish” intensiv mashg‘ulotlaridan uyga yarim tunda qaytish odatiy hol.
Boshlang‘ich va ikkinchi bosqich maktablaridan farqli o‘laroq, yuqori maktabda o‘qish majburiy emas. Biroq, hisob-kitoblarga ko‘ra, 2005-yili yosh koreyslarning 97 foizi yuqori maktabni ham tugatgan.
Janubiy Koreyada ta’lim tizimi
Janubiy Koreyada talim haqidagi Qonun 1948 -yili qabul qilingan. Talim tizimiga asos
qilib an'anaviy g'arb modeli olingan: 6 yil - quyi maktab, 3 yil -o‘rta, yana 3 yil - oliy maktab;
so'ngra to‘rt yillik kollej va bakalavr unvoni beriladi; tanlangan fan yana 2 yil chuqur
o'rganilgandan so ng magistr unvonini olish mumkin. Fan doktori bolish uchun yana 3 yil vaqt
sarflash lozim.
Mamlakatda oliy o'quv yurtlarining ishlari yaxshi yolga qo‘yilgan. Koreyada 104 ta oliy
o'quv yurti bo'lib, ularning 80 foizi xususiydir. Har yili bitiruvchilarning 40 foizi o'qishga kiradi.
Talabalar soni bo'yicha Koreya dunyoda birinchi o'rinda turadi.
Lekin maktabgacha talim muassasalari ehtiyojni qondira olmayapti. Shuning uchun 1982
-yili maktabgacha tarbiya haqida qonun qabul qilingan. Bu yerda tarbiyaga bolalar bog'chasida
asos solinishini yaxshi tushunishadi. Shu tufayli bu tarmoq keyingi yillarda 60 foizga kengaydi.
Bunda diniy tashkilotlarning hissasi katta.
Boshlang'ich maktab masalasiga kelganda (bu maktabga olti yoshli-lar kelishadi)
sinflarning tig'izligini kuzatish mumkin. Har sinfda 50 nafargacha bola o'qiydi. Dars
nagruzkalari ham ko'proq. o.'yinlar dam olish o'quv dasturiga kiritilgan. Shuning uchun dam
olishga imkoniyat bor.
Boshlang'ich maktabda dars 40 minut o'rta maktabda esa 45 minut. Oliy maktabda
darsning davomiyligi 50 minutga teng. Bu yerda ikki muhim jihatga to'xtalib o'tish zarur. Oliy
maktabga, albatta, kirish imtihonlari topshiriladi va o'qishlar pullik.
Boshlang'ich maktabda 9 ta fan o'qitiladi. Koreys tilini o'rganishga alohida e'tibor berilib
arifmetika hamda ijtimoiy fanlar o'qitiladi. O'rta maktabda fanlar yana 4 taga ko'paytirilgan. 7-
sinfdan boshlab chet tillar o'rgatiladi. Mamlakatda ingliz tiliga e'tibor kuchli. Ko‘pchilik bu tilda
bemalol gaplasha oladi. Chet tillarni o'qitishga haftasiga 4—5 soat ajratilgan. Koreyslar yana bir
tilni — klassik xitoy tilini majburiy ravishda o'rganadilar. 8-sinfdan boshlab Xitoy tarixi
o'rganiladi.
Hunar maktablari Koreyada 600 tani tashkil etadi. Bu maktablar-ning 45 foizi bolajak
mulkdorlarni tayyorlaydi, 23 foizida texnik kasb egalari etishib
chiqadi. Qolgan maktablarda dengizchilik, qishloq xo‘jalik ixtisoslari o'zlashtiriladi. Shunisi
diqqatga sazovorki, bu maktablarga korxonalar otaliq qiladilar. Ta'lim haqidagi qonun
talablaridan biri shudir.
Koreyada ham alohida iqtidorli bolalarga e'tibor kuchli. So‘nggi yillarda 5 ta sport, 6 ta
ilmiy maktab ochilgan. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga Seul olimpiadasi katta ta'sir
ko'rsatgan.
Koreyada nogironlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikni har qadamda kuzatish mumkin.
Aytaylik, bu erda aravachalar yordamida harakatla-nuvchilar uchun er osti liftlari mavjud,
maxsus jihozlangan past qilib qurilgan telefon-avtomatlardan nogironlar bemalol foydalanadilar,
rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun maxsus maktablar mavjud. Bu maktablarning
aksariyati xususiy yoki diniy tashkilotlarning xayriya mablaglari hisobiga qurilgan. Davlat
maktablarida din o'qitilmaydi. Lekin 3-sinfdan boshlab «0dobnoma» kabi maxsus fan joriy
etiladi. Bu fan 12-sinfgacha haftasiga 2 soatdan o'qitiladi.
Maktablar uchun o'qituvchi kadrlar tayyorlashga ham e'tibor katta. Koreyadagi barcha
talabalaming 6,5 foizi bo'lajak pedagoglardir. Mamlakatda 11 ta o'qituvchilar kolleji mavjud. Har
bir provinsiya o'z kollejiga ega. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'lish uchun 2 yil o'qish talab
qilinadi. Fan o'qituvchisi birmuncha ko'proq o'qiydi.
Janubiy Koreyada talimning obro'si naqadar kattaligini quyidagi misoldan ham ko'rsak
boladi:
Soliqlar tizimida. ta'limiy soliq joriy qilingan: ishlab chiqaruvchilar foydaning ma'lum
foizini maorifga yuboradilar. Davlat byudjetining 24 foizi talimga sarflanadi.
Fransiyada ta'lim tizimi
Fransiya ta'lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta'lim
haqida»gi Qonun dastlab 1955-yili qabul qilinib, 1975-yili unga qator o'zgartirishlar kiritilgan.
Fransiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan «Ta'lim haqida»gi Qonuni 1989-
yil 10 iyulda qabul qilingan bo'lib, uning o'zgartirilishiga ta'lim strategiyasida ro'y bergan
o'zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi islohatlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar,
chet el pedagogikasidagi ilg'or tajribalarning mamlakat ta'lim tizimlariga kirib kelishi, o'quv
predmetiarining integrasiyalari va boshqalar sabab bo'ldi.
Fransiyada ta'limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini
ta'minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o'quvchilarni
tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o'rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega
qilishdan iboratdir. Bu erda:
1. Davlat maktablari,
2. Xususiy maktablar,
3. Oraliq maktablari mavjud.
o'qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o'qish va -yozuv alohida
ahamiyatga molik. Ular uchun dars vaqtining 30% ajratiladi. o'rtacha haftalik soatlar 26 soatdan
iborat, darsning davamiyligi 60 minut. o'quv yili 5 chorakka bolinadi. Fransuz maktablari
boshlang'ich sinflarida o'qish ertalab va tushdan keyingi qismlarga bo'linadi. Ertalab o'quvchilar
ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Matematika,
ona tili va adabiyoti baza predmeti, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya predmetlari esa
rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Fransiya talimida bolalarni go'daklik chog'idanoq maktabda o'qitish uchun tayyor holda
olib k.elish g'oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyaianuvchilar quyidagicha
tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o'rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh).
Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo'lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar
qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
Fransiyada boshlang'ich talim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar jalb
qilinadilar. Boshlang'ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o'qish, yozish, hisoblash
malakasini berishdir. o'quv mashg'ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16
gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda.
Boshlang'ich sinflarda o'qish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Tayyorlov bosqichi;
2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);
3. Chuqurlashtirilgan bosqich.
Dasturlarda o'quv predmetlarning barchasiga uch bosqich bo'yicha aniq, alohida-alohida
talablar qo'yiladi.
1990 -yildagi hukumat qarorida bolalarni bilimiga, qobiliyatiga qarab dars jadvalini
tabaqalashtirgan holda tuzish huquqi berildi.
O‘quvchilar 11 yoshda boshlang'ich maktabni tugallab o'rta maktabga o'tadilar. o'rta
talim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O'rta talim ikki bosqichda beriladi. Birinchi
bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo‘lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5-4-o'rta sinf, 3-sinf esa
katta sinf hisoblanadi. Demak sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 6-5
sinflar umumiy o'rta talim, 4-3 sinflar esa o'quvchilarning moyilligiga qarab beriladi. Bu birinchi
bosqichni tugatgach, o'quvchilar kasbiy yo'nalishlari bo'yicha guvohnoma oladilar. So‘ngra
ikkinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqichda 15-18 yoshgacha bo'lgan bolalar ta'lim oladilar. Ular
uch yil o'qib bakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunda diplom olgan
o'quvchilargina oliy o'quv yurtlarga qabul qilinish huquqiga ega bo'ladilar. Fransiyada talabalar
pedagogika, politexnika instituti, oliy ma'muriy maktablarga kirish uchungina imtihon
topsbiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko'riladi. Boshqa
oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo'lgan yoshlar imtihonsiz qabul
qilinaveradi.
Oliy talim universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi:
Birinchi turkum: umumiy bolib, o'qish muddati ikki yil davom etadi;
Ikkinchi turkum: o'qish bir yil davom etadi. Talabalar magistr darajasi bilan yakunlaydi;
Uchinchi turkum: o‘qish 1-2 yil davom etadi. Bu siklda:
-bironbir predmetni chuqurlashtirib o'rganilganligi haqida diplom 1 yil;
- ixtisoslashtirilgan oliy ma'lumot to'g'risida diplom 1 yil;
- uchinchi turkum doktorlik dissertasiyasi 1-2 yil;
- davlat doktorlik dissertasiyasi biron-bir sohani mukammal o'rganib dissertasiya yozish
kabi hujjatlar olish mumkin.
Fransiyada oliy malumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq.
Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko'rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan.
O'qish muddati 2 yil bolib, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko'zda tutadi.
Sirtqi talim shoxobchalari juda keng bo'lib, u 500 turdagi o'rta, oliy professional
ma'lumot berishni tavsiya eta oladi.
Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta'limga rahbarlik qilishdan
saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab
iqtisodiyotini boshqarish, ta'limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash,
madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi
jihatlarni o'rganadi. o'qishni yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o'tadilar. Direktor dars
bermaydi. Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. Shu ikki yil
davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, etuk rahbar sifatida faoliyat ko'rsata olmasa, u bu
lavozimidan olib tashlanadi. Maktab o'qituvchdlariga qo'yilgan talab Fransiyada o'ta yuqori.
Ayniqsa, boshlang'ich maktablarda o'qituvchi o'z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san'atkor,
musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo'lmog'i lozim. O‘qituvchilar o'z
nazariy—uslubiy malakalarini oshirishga ahamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o'tish
uchun aniq muddat belgilab qo'yilmagan. o'qituvchilar o'z ixtiyorlari bilan test markazlarida
imtihon topshiradilar. Shu imtihonlar davrida o'qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib,
malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o'z vaqti va mablag'lari hisobiga malaka oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |