Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda


 / PARPIУEVNING JIYANI 32 /



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

31 / PARPIУEVNING JIYANI


32 / PARPIУEVNING JIYANI
— Vaalaykum. Yaxshimisiz? — u shunday deb, oʻtirish-
ga ishora qildi.
Nimaga kelganim ham esimdan chiqib ketdi. Oʻzimni 
yoʻqotib qoʻydim. Kimsan vazir men — oddiy bir talaba 
bilan soʻrashish uchun oʻrnidan turdi-ya! Bu odamni oʻsha 
kundan hurmat qila boshladim. Haligacha koʻnglimda ana 
shu minnatdorlik hissi bor.
Botir Rahmatovich materialni koʻrib, juda mamnun 
boʻldi. Ishim unga yoqdi. 
— Yashang! Endi qogʻoz-qalam olib, yozing. Mana bu 
joyida galstuk sal qiyshayib qopti, bunisida furajkani
toʻgʻrilash kerak. Manavi yerga bunaqa kirib borilmaydi, 
bu tomondan emas, narigi tarafdan…
Vazirning gaplarini yoza turib, kayfiyatim tusha bosh-
ladi. Video gazeta uchun yozilgan reportajmas-ku, besh 
daqiqada oʻzgartirib tashlasam. Qiyshaygan boʻyinbogʻ-
ni toʻgʻrilash uchun oʻsha lavhani boshqatdan tasvirga 
olish kerak. U paytlari MTRKda hech kim oʻzicha kame-
ra ololmas, texnika jurnalistlarga jadval boʻyicha, navba-
ti bilan berilardi. Olasan, qoʻl qoʻyasan, joyiga borib, tas-
virga tushirib kelasan, xullas, oʻziga yarasha tartib-qoidasi 
bor. Keyin hamma materialni montajda yigʻib, render qi-
lish kerak. 
— Yozib oldingmi? Senga ertagacha muhlat. 


33 / PARPIУEVNING JIYANI
Qanday ulgurganimni bilmayman-u, lekin epladim. 
Kechasi bilan uxlamadim. Ertalab tayyor qilib bordim. 
— Barakalla! Faqat kecha manavi joyi esdan chiqib-
di-da, shuniyam qoʻshib qoʻy, kechqurun koʻrsatasan.
Vaqt kechagidan ham kam. Oʻshanda hayotimda birin-
chi marta umuman iloji boʻlmagan ishni qilib, kechgacha 
topshiriqni bajardim.
— Ana endi hammasi joyida, — dedi vazir. — Efirga
beraver! 
Kulib yuboray dedim.
— Botir Rahmatovich, men televideniyeda kichkina 
odamman. MTRK raisi u yoqda tursin, muharrir ham 
gaplashib oʻtirmaydi men bilan. Uni hatto koʻrmayman 
ham. Lavha efirda ketishi uchun uning imzosi kerak. 
— Yoʻgʻ-e? — astoydil hayron boʻldi vazir. — Mayli, shu-
yam muammomi?..
U telefonda Koʻchimovning10 raqamini terdi..
— Abdusaid aka, bizni qoʻllab turganingiz uchun rah-
mat, yigitlaringiz zoʻr ekan, juda yaxshi koʻrsatuv tayyor-
lashibdi… 


34 / PARPIУEVNING JIYANI
Ishxonada Furqat Zokirov meni qilich yalangʻochlab 
kutib turgan ekan. Bu safar u butun Toshkentni boshi-
ga koʻtarib baqirdi. Men uni bir tiyinga olmay, ruxsatsiz, 
navbatsiz kamera olib chiqib ketibman. «Tirrancha, dum-
bul, ahmoq, eshshak... Menga yuqoridan bosim oʻtkaza-
man, deb oʻylama!»
Oʻsha kundan boshlab ikki oʻt orasida qoldim. FVV-
dagilar aytsa, lavha tayyorlab beraman, keyin direktor 
menga zahrini sochadi: har safar vazirlikdan qoʻngʻiroq 
qildirib, texnika jadvalini buzarmishman.
Ish koʻp, MTRKdan yarim kechasi qaytardim. «Navo-
iy» metro bekatidan oxirgi poyezd tungi 12:03 da joʻnar, 
nima qilib boʻlsayam, ulgurishim kerak edi. Bunaqa payt- 
da metroda deyarli odam boʻlmaydi, faqat farrosh xola 
kattakon shvabrasini perronning u boshidan bu boshi-
ga sudrab yuradi, yana ikki militsioner mudrab oʻtiradi. 
Bekat boʻm-boʻsh, nimqorongʻi, ovozlar aks-sado beradi, 
oʻziga xos hidi bor… Metroning hidini shunaqa yaxshi koʻ-
rardim-ki... Bu uyga qaytish hidi edi. Tonneldan keladi-
gan shamol va yaqinlashayotgan poyezd chiroqlarini ayt-
maysizmi! U meni yana bir ogʻir ish kunidan ozod qilib, 
erkinlikka olib chiqadigandek tuyulardi. Hammasidan 
koʻra shu yoqimli edi. 
Mening bekatim — eng oxirgisi. Shuning uchun baʼzan 
yoʻlda uxlab qolsam ham, kerakli bekatdan oʻtib ketmas-
dim. «Beruniy11 — oxirgi bekat. Vagondan chiqayotganda 


35 / PARPIУEVNING JIYANI
buyumlaringizni unutmang». Shu soʻzlarni eshitib, uygʻo-
nib ketardim. 
Beruniyda soat tungi oʻn ikkidan keyin jamoat 
transporti qatnamas, Qoraqamishga12 yetib olish uchun 
taksichilar turgan «pitak»ka kelardim. Oxirgi manzil — 
Tansiqboyev koʻchasi, toʻrt yoʻlovchi yigʻilmaguncha, ma- 
shina yurmaydi. Men oldingi oʻrindiqqa joylashib, sovuq 
kunlari pechkani yoqishni soʻrardim va ryukzagimni qu-
choqlagancha boshqalarni kutib, uxlab qolardim. Taksi 
birpasda toʻlardi.
Koʻpincha oxirida men qolardim. Haydovchilar har 
safar: «Tansiqboyevgacha deganding-ku, tush endi!» deb 
men bilan tortishar, men esa yana ikki yuz metr yurishim 
kerak edi. Qattiq charchaganimdan «Sal nariroqqa tash-
lab qoʻying, aka» — deb yalinardim.
Uxlashdan ham koʻra tezroq ovqatlansam, derdim. Oʻn 
ikki yoʻlakli uyimiz uzoqdan koʻzimga kattakon boʻlka 
non boʻlib koʻrinardi. Xayolan ustiga ikki parrak Yusupov 
pamildoridan qoʻyib, tuz separdim. 
Ishdan ertaroq chiqsam, trolleybusda ketib, keyin yana 
ikki bekat piyoda yurardim. Maktabning yonidan shosh- 
masdan oʻtardim, lekin panjara tugab, qabriston devo-
ri boshlanganda yugurishga tushardim — atrof vahimali, 
qop-qorongʻi, salgina shitirlagan tovushdan yuragim yori-
lay deydi. Yugurganim yaxshi.


36 / PARPIУEVNING JIYANI
Oyim qornimni toʻydirish uchun ishdan kelishimni 
albatta poylab oʻtirardilar. Ikki xonali uyda olti kishi — 
adam, oyim, buvim, ikki singlim va men yashardik. 
Biz — bolalar buvim bilan bitta xonada, yerga
koʻrpacha toʻshab uxlar edik. Buvim menga duo qilishni 
oʻrgatganlar. Har kuni uxlashdan oldin qiladigan duola-
ri xotiramga qattiq oʻrnashib qolgan. Maʼnosini tushun-
masdim-u, baribir qandaydir xotirjam boʻlib qolardim. 
Keyin esa oʻz bilganimcha, derazaga, yulduzlarga qarab 
duo qilardim. Xudo eng yorugʻ yulduz tomonda, u meni 
aniq koʻrib turibdi, menga yordam beryapti, yaqin-
da boy, mashhur va baxtli boʻlib ketaman, deb qattiq
ishonardim...
Lekin hozircha har kuni ertalab MTRK eshigida sargʻa-
yib, kimdir meni oʻzi bilan olib kirib ketishini poylardim. 
Menga hatto ichkariga kirish uchun ruxsatnoma ham be-
rilmagan, shuning uchun doim kimningdir etagiga osilib 
olardim. Sabrim chidamay, ichkariga qoʻngʻiroq qilsam, 
«Davr»ning masʼul kotibi Dilshod aka menga bobillab be-
rardi: «Qoʻngʻiroq qilaverma! Hammaning joniga tegib 
ketding! Oʻshatta kutib oʻtir!» Mayli, umri uzoq boʻlsin. 
Lekin shu gaplarni oʻqisin, bir paytlar meni hatto rux-
satnomagayam loyiq koʻrmagan edi. Haligacha alam qi-
ladi. Undanam yomoni, maosh beriladigan kuni «Davr»- 
ning hamma xodimlari yetmish ming, yuz ming soʻm-
lab olib, choʻntagini toʻldirib ketishar, menga esa bir ya-
rim-ikki ming soʻm tegardi. Direktorimiz, agar iloji boʻl-


37 / PARPIУEVNING JIYANI
ganida, telestudiyaning tabarruk polini oyoqosti qilganim 
uchun yonimdan toʻlattirarmidi, deb oʻylab qolaman.
Keyin meni FVV matbuot xizmatiga ishga chaqirish-
di. Bu hayotimdagi birinchi haqiqiy omad edi. FVV bino-
si shaharning qoq markazida, hozirgi Senatning oʻrnida 
joylashgandi. Bu vazirlikka kirish ham xuddi MTRK bi-
nosiga kirishdek qiyin boʻlgan. Ochigʻi, men «Davr»dan 
hecham ikkilanmay, jon deb ketdim. FVVdan guvohno-
ma, forma berishdi, bosh mutaxassis lavozimiga tayinlash- 
di. Qanchalik omadim kelganini xayolga ham keltirish 
qiyin — men oʻsha paytda oʻzboshimchalik bilan «zachyot- 
ka»ga baho qoʻyganim uchun institutdan haydalgandim.

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish