DAMLI CHOLG’ULAR. NAY - Nay — puflab chalinadigan musiqa asbobi. Sharq mamlakatlarida, xususan Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Nayning ikki xili bor: boʻylamasiga ushlab chalinadigan nay (choʻpon nay) va yonlamasiga ushlab chalinadigan nay. Yonlamasiga ushlab chalinadigan naylar turi yetakchi hisoblanadi. Nayning eng qadimiy turi choʻpon naydir.
- Nay yogʻochdan, misdan yasaladi. Nayning uzunligi 45-52 sm, diametri 20-30 mm boʻladi.
- teshikning pastrogʻida qoʻl bilan berkitib-ochiladigan 6 ta teshik boʻladi. Shu teshiklarni barmoqlar bilan chala yoki toʻla bosib va puflash kuchini oʻzgartirib 2,5 oktava diapazondagi tovushqator hosil qilish mumkin. Barmoq bilan berkitiladigan teshiklarning qarama-qarshi tomonida tovushlar muvozanatini saqlashga yordam beradigan 2 yoki 3 ta teshik ham boʻladi.
KARNAY - Karnay - puflama cholgʻu asbobi. Karnay jezdan yasaladi. Oʻzbekiston va Tojikistonda karnay surnay, nogʻora, va doira bilan anʼanaviy maxsus ansambllarda keng qoʻllaniladi. Toʻgʻri va tirsakli turlari mavjud.
- Karnayning ogʻzi konus shaklida boʻlib, asbobning uzunligi 2-3 metr atrofidadir. Olib yurishga qulay boʻlishi uchun karnay ulanadigan uch boʻlakdan iborat boʻladi. Karnayning parda va klapanlari yoʻq. Asbobning ovozi juda baland va yoʻgʻon. Diapazoni bir oktavani tashkil etadi.
SURNAY - SURNAY - puflab chalinadigan cholgʻu asbobi. Oʻzbek, tojik, turk, Kavkaz, Eron xalqlari orasida keng tarqalgan. Shakli naynikiga oʻxshaydi. Surnayning yuqori tomoni ingichka, pastki tomoni esa konussimondir. Oʻzbekistonda tarqalgan surnaylarning uzunligi 45-55 sm dir. Oʻzbekiston va Tojikistonda surnay karnay, nogʻora va doira bilan anʼanaviy maxsus ansambllarda keng qoʻllaniladi.
- Nayning diapazoni birinchi oktava „re“ dan ikkinchi oktava „si“ gacha va undan ham yuqori boʻladi.
QO’SHNAY Qo'shnay - damli - tilchali, qamishdan yasalgan cholg'udir. U O'zbekistonning Farg'ona vodiysida va Xorazm vohasida keng ommalashgan. Bu o'ziga xos ovoz tarovatiga ega bo'lgan, kuychan lirik asarlarni ijro etuvchi cholg'u bo'lib, o'rta registrni qamrab oladi. Qo'shnay silindr shaklidagi naylardan iborat bo'lib, ular bir - biriga shoyi iplar bilan birlashtirilgan. Qo'shnayning yuza qismida ijro etish uchun ettita teshiklar mavjud bo'lib, ularning uzunligi 6 mm, eni 3 mm. Naychalarning berk tomoniga yaqin joyda tovush chiqarish uchun maxsus tilchalar kesilgan. Naychalarning o'lchovi va tuzilishi bir xil bo'lganligi sababli ularda bir vaqtda ijro etiladi. BULAMON - Damli - tilchali cholg'ular-dan biri bulamondir. U yog'och (o'rik) nay va nisbatan yo'g'on yasama karnaydan iborat. Uning muhim xarakterli xususiyat-laridan biri karnayida dia-metri 5 mm bo'lgan silindrik kanal o'z qirqimini saqlab qolganligidadir.
- Cholg'u tanasining yuza qismida yettita chalish uchun diametri 4 mm.ga teng bo'lgan teshik-chalar mavjud. Bulamonda ijro etish uchun chap qo'lning to'rtta: ko'rsatgich, o'rta, nomsiz barmoqlari birinchi, ikkinchi va uchinchi teshiklarni, bosh barmog'i esa ostki qismidagi teshikni berkitishga, o'ng qo'lning to'rtta barmoqlari: ko'rsatgich, o'rta, nomsiz va jimjalog'i esa to'rtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi teshiklarni berkitish uchun qo'llaniladi.
CHANGQO’BIZ - CHANGQOʻBIZ, changqovuz — tilchali cholgʻu asbobi. Plastinkasimon va yoysimon turlari bor. Suyak, yogʻoch, qamish, gʻarov, metalldan yasaladi.
- folklor qatlamiga mansub cholgʻudir. Changqoʻbiz tishlarga yaqin ushlab yoki bosib turib, tilchasi (turiga qarab) unga bogʻlangan ip yordamida tortib yoki qoʻl barmoklari (odatda, koʻrsatgich barmoq) bilan tirnab chalinadi.
- Oʻzbekistonda, asosan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, shuningdek, Samarkand va Buxoro viloyatlarida temir Changqoʻbiz tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |