TUPROQ kesmasini olish uchun bajariladigan ishlar - Tuproq chuqurining tekshiriladigan old devori tik tushgan bo‘lishi va yaxshi yoritilib turilgan bulishi zarur. Chuqurda ishlash qulay bulishi uchun tik devorga qarama-qarshi tomonda zinapoyalar qilinadi Chuqurdan kavlab olinayotgan tuproq fakat yon tomonlariga chiqarib tashlanadi. Yon tomonlardan biriga chirindili yuqori qatlam, boshqasiga esa chuqurroq qatlamlardan olingan tuproq tashlanadi. Chuqur, tuproqni avvalgi joyi va holatiga ko‘ra to‘kilib qayta ko‘miladi Tuproq chuqurini tariflashda (viloyat, tuman, aholi punkti, shirkat, fermer xo‘jalik, bo‘lim, brigada, dala) ni ko‘rsatishdan boshlanadi. Shundan so‘ng relyefga ta’rif berishga o‘tiladi (makrorelyef, mezorelyef, mikrorelyef).
Do'stlaringiz bilan baham: |