Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari.
Inflyatsiya yuzaga chiqish shakllari
Mahsulotlar va
xizmatlarga narxni
o`sishi natijasida
pulning qadrsizlanishi
Milliy pul birligining
xorijiy valyutaga
nisbatan kursini
tushishi
Oltin va xorijiy
valyutaning milliy
valyutadagi narxini
ko`tarilishi
Milliy pul
birligining xarid
qilish qobiliyatini
pasayishi
Aholi va xo`jalik
sub`ektlarida xorijiy
valyutaning
jamg`arilishi
Mamlakat aholisida
oltinning to`planishi
(tezavratsiya)
Buning natijasida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va mamlakat aholisi erkin
muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSh dollari, evro, shveytsariya franki va
9
boshqalarni) jamg`ara boshlaydi. Uchinchi yo`nalishda oltinga bo`lgan milliy pul
birligida ifodalangan narx ko`tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi
o`rtasida oltinning to`planib qolishi, ya`ni tezavratsiya amalga oshadi
Inflyatsiyaning shakllari va turlari
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o`sishi, ya`ni pullarning
miqdori o`sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:
1.
Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan
ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 3% dan
10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib
turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.
2.
Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy
rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar,
bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga
o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin.
Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng
xarid
qilish
qobiliyati
tushadi.
Mamlakat
aholisi
o`rtasida
pulning
moddiylashtirish, ya`ni milliy pul birligini jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas
mulk holatida jamg`arishi jarayoni kuchayadi.
3.
Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida
mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-
navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu
holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab
chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko`rsataditi, narx-navo va ish haqi
o`rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo`lidagi qog`oz pullarga tovarlar sotib
oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan
ta`minlanmagn ortiqcha qog`oz pullarni to`lib-toshishiga olib keladi.
Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir
emas, balki bir nechta bo`lib o`zaro mahkam bog`langan bo`ladi va narx-navoning
ko`tarilib borishi bilangina namoyon bo`lib qolmaydi, balki narx-navoni
10
boshqarilishiga ham bog`liq bo`ladi. Ushbu jixatdan quyidagi inflyatsiya shakllari
ajratiladi:
1. Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik
doimiy ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo`lsa,
bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor
mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba`zi bozorlarda ko`tarilishi bilan bir vaqtda
boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan
iboratki, bozor mexanizmlari o`z ta`sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga
baholar to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari
surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag`batlntirib boradi.
2. Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko`rinishda
bo`ladiki, bunday holatda ba`zi bir iste`mol mahsulotlariga narx-navo ma`muriy
tarzda davlat tomonidan o`rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy
maqsad, davlat tomonidan ba`zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past»
darajada belgilaydi. Yashirin inflyatsiya sharoitida narx-navoning keskin o`sishi
kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar
aholi pul mablag`lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo`lmasligi holatlari
paydo bo`ladi.
Iqtisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning narx-
navosi hamda aholini daromadlarini o`sishi vaqtincha to`xtatiladi. Yashirin
inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan
ma`muriy
nazorat
o`rnatishdir.
Buning
natijasida
bozor
mexanizmi
deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va o`zgarganligi darajasi va davomiyligi
davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shakliga
bevosita bog`liq bo`ladi. Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki,
inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.
Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy
iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga
chiqishining quyidagi o`rtta omillari mavjud:
11
- qog`oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq
monopoliyasi;
- hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini ortishi;
- kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining ish
haqlarini oshirish bo`yicha faoliyati;
- iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish
sohasida ayrim xo`jalik sub`ektlarining monopoliya (oligopoliya) holatining
mavjudligi.
Biz yuqorida ta`kidlab o`tgan omillar nafaqat o`zaro bog`liq, balki ular talab
va takliflarning o`sishi yoki pasayishiga turlicha ta`sir ko`rsatadi.
Xorijiy amaliyotda inflyatsiyaning yuzaga chiqishini usullariga asosan
quyidagi turlarga ajraniladi: taklif inflyatsiyasi, talab inflyatsiyasi, xarajatlar
inflyatsiyasi, kredit inflyatsiyasi, import bilan bog`liq inflyatsiyasi, kutilayotgan
inflyatsiyasi.
Taklif inflyatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi natijasida
mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-
navoning o`sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflyatsiya turida monopol holatdagi
korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalarni modernizatsiya qilish
bilan bir vaqtda ulardan to`liq foydalanmaslik natijasida xarajatlar ortadi. Buning
natijasida barcha ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan kam chiqarilgan
maxsulotlarning narx-navosini o`sishi amalga oshiriladi.
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi mamlakat aholisi va xo`jalik
sub`ektlarning daromadlari haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan
ishlar hamda ko`rsatilgan xizmatlar miqdoridan tez o`sadi. Odatda, talab
inflyatsiya aholining to`liq ish bilan ta`minlangan holatda yuzaga chiqadi.
Aholining daromadlarinig tez sur`atda o`sishi natijasida mahsulotlarga, bajarilgan
ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlari bo`lgan narx-navo oshadi. Bunday holatda
talabnig har qanday o`sishi narx-navoning o`sishiga olib keladi.
Xarajatlar inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi xom-ashyo va energetik
resurslarga bo`lgan xarajatlarning o`sishi tufayli ishlab chiqariladigan mahsulotlar
12
va bajariladigan ishlarning narx-navosini o`sishi natijasida yuzaga chiqadi. Xom-
ashyo va energetik resurslarga bo`lgan dunyo narxlarini ko`tarilishi hamda xorijiy
valyutaga nisbatan milliy valyuta kursini pasayishi xarajatlar inflyatsiyasining
yuzaga chiqishini asosiy sabablari hisoblanadi. Xarajatlar inflyatsiyasida ma`lum
bir mahsulotning narx-navosini o`sishi avtomat ravishda boshqa mahsulotlar narx-
navoni o`sishiga olib keladi. Masalan, neft` mahsulotlariga bo`lgan dune bahosinig
o`sishi natijasida unga bevosita bog`liq mahsulotlar, bajariladigan ishlar va
ko`rsatiladigan xizmatlar narx-navosi o`sib ketadi. Xarajatlar inflyatsiyasi taklif
inflyatsiyasiga o`xshash, lekin bu inflyatsiyada ba`zi xarajatlarning o`sishi aniq
olingan mamlakat iqtisodiyotiga bevosita bog`liq bo`lmagan holatlarda yuzaga
chiqishi mumkin.
Kredit inflyatsiyasi. Ushbu inflyatsiya turi mamakat markaziy, ba`zi
mamlakatlarda milliy banklari tomonidan olib boriladigan kredit ekspansiyasi
natijasida yuzaga chiqadi. Markaziy bank tijorat binklari uchun. Yuqori darajadagi
qayta moliyalashtirish stavkasining o`rnatilishi natijasida xo`jalik sub`ektlariga
beriladigan kredit qimmatlashadi. Xo`jalik sub`ektlari olingan kredit va u bo`yicha
foizlarni o`zlari ishlab chiqaradigan mahsulot tannarxiga kiritadi hamda ushbu
holat mahsulotlar narx-navosini ko`tarilishiga sabab bo`ladi.
Import bilan bog`liq inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi aniq olingan
mamlakatga tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda import
qilinadigan mahsulotlarga bo`lgan narx-navoning ko`tarilishi natijasida ba`zi
mahsulotlarga bo`lgan narx-navolar zanjir tarzida ko`tarilishi mumkin.
Kutilayotgan inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turida davlat tomonidan olib
borilayotgan pul-kredit va byudjet siyosati natijasida joriy yil uchun
inflyatsiyaning tahliliy darajasi belgilanadi va u daraja tartibga solib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |