Dedim: — Qoshinga elning mayli ortar,
Dedi: — Yodur,ko’ngul ul yoni tortar.
Dedim: — Xoling erur ofat nishoni,
Dedi: — kelturmagil yuzumga oni.
Dedim: — Jonimda shavqung g’ulg’uli bor,
Dedi: — Har qanda guldur,bulbuli bor.
Dedim: — Olg’il meni sen bir qo’lungg’a,
Dedi: — Ko’p so’zlama,borg’il yo’lungg’a.
Dedim: — Yo’ldur yovuq,kel,bilsa bilmas,
Dedi: — Munda yovuqluq qilsa bo’lmas.
Dedim: — Turg’il! Ravone surdi otin,
Ko’zum ko’rdi boradurg’ach hayotin.
Yugurdim ev sori men zoru giryon,
Qilib parvonatek o’zumni biryon.
Aning qabri Badaxshon sari Arhang Saroydadur”.
Amiriy to‘g‘risida Davlatshoh Samarqandiy “Tazkirat ush-shuaro” asarida eslaydi: “Mavlono Yusuf Amiriy sulton Shohruh mirzo zamonida katta shuhratga erishgan shoirlardan biridir. U oddiy hayot kechirgan, aytishlaricha, amirlar va mashhur amaldorlar unga g’amxo‘rlik ko‘rsatganlar. Buyuk xoqon Shohruh sulton va uning ulug‘ avlodlari, amaldorlari sharafiga Amiriy ko‘p qasidalar bitgan. Sulton Boysung‘ur mirzo sharafiga bitilgan quyidagi qasida ham unikidir:
Do'stlaringiz bilan baham: |