Sen ul kunki nazaring mendin olma,
Bilib o`zingni bilmaslikka solma.
Meni o‘tta solib, turma yiroqni,
Tomosha qilma yot eltek qiroqtin
Oshiq o‘z nomasini ”Yuzingni bergay xud oxir oshnolik” deb umidbaxsh ruh bilan tugatadi. Amiriy noma oxirida ma’shuqa shaniga maqtovlar bilan to‘la g‘azal bitadi va uni bir fard bilan tugallaydi. Sabo orqali oshiqning nomasini olgan ma’shuqa oshiqona mazmunidan jahli chiqadi, g‘azablanadi. U oshiqni muhabbatdan lof uruvchi, o‘zini zo‘rma-zo‘raki oshiq qilib ko`rsatuvchi parishon fikrli devonalardan biri deb hisoblaydi. U istirob va itob bilan oshiq yigitga noma yozadi. Ma’shuqa o‘z javob nomasida yigitni bu nomaqbul fikrdan qaytarishga da’vat etadi. Yigitga visol onlarining nasib etmasligini, shuning uchun bu xom xayolni boshidan chiqarib yuborishni kerakligini uqtiradi. Bu yerda shoir ”ishq boshqa havas boshqa” naqliga amal qilib, ma’shuqa tilidan sevgi murakkab olam ekanligini uqtirmoqchi bo‘ladi. Ma’shuqa ishq yo‘lidagi qiyinchilik, iztirob va mashaqqatlarni birma-bir sanab, oshiqni bu yo`ldan qaytarmoqchi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |