Aerozollar
Aerozollar (chang, tutun), poroshklar Suyuq G /S Aerozoli: ishlab chiqarish bulutlari, tumanlar. Gaz G / G Kolloid sistemalar kirmaydi. Liofob kolloidlarda dispers faza bilan dispersion muxit o‘rtasida kuchli bog’lanish bo‘lmaydi, ularning zarrachalari aloxida molekulalardan iborat bo‘lmay, balki bir qancha molekulalar agregatini tashkil qiladi. Liofob kolloidlarga oltin, platina, kumush, oltingugurt zollari, metall sul’fidlarining gidrozollari va shu kabilar kiradi. Liofil’ kolloidlarda dispers faza zarrachalari bilan dispersion muxit zarrachalari orasida kuchli bog’lanish bo‘ladi ularga: oqsil, jelatina, pepsin va molekulyar massalari juda katta bo‘lgan yuqori molekulyar moddalarning eritmalari kiradi. Dispers faza zarrachalarining katta-kichikligi oddiy mikroskopda ko‘rinadigan dispers sistemalar mikrogeterogen sistemalar deyiladi. Mikrogeterogen sistemalar tabiatda, qishloq xo‘jaligida, oziq-ovqat sanoatida va boshqa sohalarda keng tarqalgan. Emul’siyalar bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlikdan tashkil topgan mikrogeterogen sistemalardir. emul’siya hosil bo‘lishi uchun suyuqliklar bir-birida juda oz erishi kerak. Masalan emul’siya hosil qiluvchi suyuqliklardan biri sifatida suv olinsa, oz eriydigan suyuqlik shartli ravishda “moy” deb ataladi. Suyuqliklarning qaysi biri dispers faza bo‘lishiga qarab, ular ikki turga bo‘linadi. Birinchi tur emul’siyalarga, agar “moy” tomchilari suv ichida tarqalgan bo‘lsa, moyning suvdagi (M/S) emul’siyasi deyiladi, ikkinchi tur emul’siyalarga, agar suv tomchilari “moy” ichida tarqalgan bo‘lsa, suvning moydagi (S/M) emul’siyasi deyiladi. Agar emul’siyada dispers fazaning miqdori 0,1% ni tashkil etsa, ularni suyultirilgan emul’siyalar deyiladi. Dispers faza miqdori 74% gacha bo‘lsa, 17 kontsentrlangan, 74% dan ortiq bo‘lsa, o‘ta kontsentrlangan emul’siyalarga bo‘linadi. Vaqt o‘tishi bilan dispers faza tomchilari bir-biri bilan birlashib, ikki qavtga ajralishi koalestsentsiya deyiladi. Barqaror emul’siyalar hosil qilish uchun sistemaga suyuqliklarning sirt tarangligini kamaytiruvchi, suyuqliklar sirtida mustahkam parda hosil qilib dispers faza zarrachalrini bir-biri bilan yopishib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan uchinchi modda-emul’gatorlar qo‘shish kerak. emul’gator sifatida ishlatiladigan sirt-aktiv moddaning tarkibida gidrofil’ va gidrofob gruppalar bo‘lishi kerak. Kuchli gidrofil’ xususiyatga ega emul’gator M/S tipidagi emul’siyalar olish uchun xizmat qiladi. Girofob xossaga ega bo‘lgan emul’gatorlar S/M tipidagi emul’siyalar olishda ishlatiladi. Bir tipdagi emul’siyaning ikkinchi tipdagi emul’siyaga o‘tish hodisasi emul’siya fazalaring almashinuvi deyiladi. Qattiq dispers faza va suyuq dispersion muxitdan iborat dag’al dispers sistemalar suspenziyalar deyiladi. Suspenziya va emul’siyalar kolloid eritmalardan quyidagi xossalari bilan farq qiladi; a) suspenziya bilan emul’siya optik jihatdan bir jinsli emas, sedimentatsion beqaror; b) suspenziya bilan emul’siya ikki va uch qavatga bo‘linishi va ularning tarkibiy qismlari bir-biridan ajralishi mumkin. Dispers sistemalarning bu xossalaridan foydalanib texnologiyada bir modda boshqa moddalardan ajratib olinadi. Emul’siyalar ma`lum qovushqoklikka ega, ularning qovushqoqligi dispers faza kontsentratsiyasiga, dispresion muhit tabiatiga va boshqa omillarga bog’liq ravishda o‘zgaradi. Tabiatda va sanoatda ko‘p uchraydigan dispers sistemalarga kukunlar kiradi. Ular jumlasiga chang xoliga qadar maydalangan ko‘mir (chang xolatidagi yoqilg’i), qurum, turli qurilish materiallarini kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |