Esse ( O`.Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”asari)
Ma`lumki,badiiy asar kitobxonning dunyoqarashini kengaytirib,ma`naviy dunyosini boyitadi.Buyuk insonlarimizdan biri shunday degan edi:”Qayerdaki badiiy adabiyot mavjud ekan,demak,u yerda chin inson tarbiyasi yuksak darajada bo`lishiga ishonch bor”.Darhaqiqat,o`zini ma`naviyatli hisoblagan ,yurt taqdiriga hissa qo`shish istagida bo`lgan har bir shaxs bugun kitobxon bo`lmog`I,o`zini muttasil rivojlantirib bormog`I lozim.
Badiiy adabiyot xususida gap ketar ekan,men O`.Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar “asari haqidagi mulohazalarimni yozmoqchi edim.Bu asar bilan tanishar ekanman,yozuvchining hayot,insonlar,dunyoqarashlar haqidagi mulohazalari muni mushohada qilishga undadi.
Yozuvchining bu asari har bir soha vakili uchun, katta-yu kichik uchun birdek muhimdir.Adib hayot haqida falsafiy mushohada yuritar ekan,eng avvalo,ma`naviyat tushunchasiga ta`rif beradi.
“Odamzod nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi?Undan ko`ra sholg`om eksa,qozoniga tushadi-ku.
Odamzod nima uchun kitob o`qiyotib,suyukli qahramoni o`lib qolsa yig`laydi?Uni yozuvchi “ichidan to`qib chiqargani”ni biladi-ku.
Odamzod nima uchun o`zga yurtlarga borib behisob mol-dunyo orttirsa-yu,ittifoqo bolaligi kechgan kulbasi tushiga kirib qolsa,tuni bilan yig`lab chiqadi?Axir u shohona qasrda yashaydi-ku.
Odamzod nima uchun nevarasini yetaklab necha zamon avval o`lib ketgan bobosining qabrini ziyorat qiladi?Marhum ularni ko`rmaydi-ku!
Gap shundaki,Odamzodni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor.Bu chegaraning nomi Ma`naviyat deb ataladi!”
Bu fikrlarni o`qir ekanman,bizning ajdodlarimiz naqadar boy ma`naviy qadriyatlarga ega ekani haqida o`ylab ketdim.Millatimning bu qadar yuksalishida,dunyoga tanilishida qon-qonimizga singib ketgan bu qadriyatlarning o`rni beqiyosdir.
Ayniqsa, asar Vatanimizning ertasi bo`lgan yosh avlodga tarbiya berayotgan biz pedagoglar uchun alohida qimmatga egadir. Yozuvchining “Dehqon va muallim “haqidagi mushohadasi meni chuqur o`yga toldirdi.
“Dehqon yerga nobop urug` eksa, achchiq “hosili”ni bir o`zi “o`rib oladi”.O`sha yili…
O`qituvchi bolaning qalbiga nobop urug` eksa,achchiq” hosili”ni butun jamiyat o`rib oladi.Yigirma yidan keyin…”
Bu satrlarni o`qib,beixtiyor chuqur o`yga tolasiz.Naqadar zalvorli achchiq haqiqat!Shu o`rinda bot-bot aytiladiganshifokorlar haqidagi fikrlarni esladim:”Shifokor xato qilishga haqqi yo`q ,chunki u inson hayotiga javobgar”.Xo`sh,o`qituvchi-chi?O`sha shifokor ham ta`lim va tarbiyani o`qituvchidan oladi-ku!
Men bir o`quv dargohining rahbari sifatida yuqoridagi mushohada haqida uzoq o`yladim.Zimmamdagi mas`uliyat nechog`lik katta ekaniga yana bir bor amin bo`ldim.Hodimlarimning har biri uchun javobgar ekanimni,ular yetishtirayotgan “hosil achchiq bo`lmasligi” uchun mas`ul ekanimni his qildim.
Asarni o`qib tugatgach,katta hayotiy tajribaga ega bo`lganimga amin bo`ldim.Garchi ulug` yoshda,katta tajribaga ega bo`lsam-da,yozuvchining fikrlarini o`qib, o`z dunyoqarashimni taftishdan o`tkazdim.Hadislarimizda aytilgan :”Beshikdan to qabrgacha ilm izla”,-degan hikmatning nechog`lik haqligiga guvoh bo`ldim.Asarni o`qib ,insoniyat paydo bo`lganidan to bugungi kungacha naqadar uzoq yo`lni bosib o`tganini,inson tafakkuri nihoyatda yuksalganini ko`rdim.
So`zimning nihoyasida yozuvchining quyidagi fikrini keltirib o`tmoqchiman:”Badiiy asar shunday daraxtki,uning shohida umumbashariy mevalar yetiladi,ildizi esa milliy zaminda yotadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |