Dab durustan ketib qolsam hayotingdan
Shirin so’zlar sog’intirib qo’ymaydimi
Yoz chillasi bo’lsa hamki huddi kuzday
Osmonlaring qosh qovog’in qo’ymaydimi
Xira tortib ketmaydimi ox tonglaring
Tunlaringni yulduzlari jilo qilmay
Huddi rostek qabul bo’lmay yolg’onlaring
Qo’ymasmilar seni jondan shirin bilmay
Seni hatto o’zdan ham qizg’onar kim
Kim gadodek tilanadi har so’zingga
Ketib qolsam bu dunyoda aniq hech kim
Ming oshiqni alishmaydi bir o’zingga
Dab durustan ketib qolsam hayotingdan
Pushaymonlar seni chaynab yutmaydimi
Duolarim panoh bo’lgan bu dunyoning
Azoblari jon-jonigdan o’tmaydimi
Mexr qaxat zamonidan mexr istab
Ko’zlaringda buloq ko’zin ochmaydimi
Qay chamanga boray desang meni izlab
Atrgullar tikanlarin sanchmaydimi
Ismim aytib uyg’onasan tushlaringdan
Qaydasan deb nolishlaring sochmaysanmi
Ming axtarib izimni ham topa olmay
Song chorasiz ishqqa aza ochmaysanmi
Dab durustan ketib qolsam hayotingdan
Xira tortib ketmaydimi ox tonglaring