0‘qituvchi
O'tiladigan dars mavzusi:
|
«Iqtisodiy resurslar va jamiyat ehtiyojlari»
|
Seminar
rejasi:
|
1. Ehtiyojlarning mazmuni. Ehtiyojlarning tarkibi. Individual, guruhiy va umumjamiyat ehtiyojlari.
2.0'zbekistonda ehtiyojlarning xususiyatlari.
Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuk- salishi qonuni.
Resurslarning cheklanganligi. Ishlab chiqarish imkoniyati.
Tanlov va muqobil qiymat.
Muqobil tanlov va qaror qabul qilish.
Iqtisodiyotning bosh muammosi.
Ehtiyojlarni qondirilish darajasi.
|
Asosiy
tushuncha va
|
Ehtiyoj, ehtiyojlarning yuksalib borishi iqtisodiy qonuni, iqtisodiy resurslar, tanlovning muqobil
|
terminlar
|
qiymati, ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi, resurslar cheklanganligi, iqtisodiyotning bosh muammosi
|
Darsning
maqsadi:
|
Ehtiyojlar mazmuni va ularning tarkibiga turli jihatdan yondashish va nima sababdan turli guruhlarga bo'lishni tushunish;
Ehtiyojlarning shakllanishida axborotning rolini anglash.
Ehtiyojlarning yuksalib borishi, resurslarning esa cheklanganligi mazmunini anglash.
Resurslarni cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish muammosi iqtisodiyotning bosh muammosi ekanligini tushunib yetish.
Tanlov va qaror qabul qilish muammosi, qaror qabul qilishning muqobil variantlari va me- zonlarini ishlab chiqishni o'rganish.
Qaror qabul qilish uchun axborotning ahami- yati naqadar katta ekanligini anglash.
Ehtiyojlarni qondirilishini ifodalaydigan iqtisodiy ko'rsatkichlarni bilish.
Mavzu bo'yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish.
|
O'qituvchi
ning
vazifalari:
|
Motivatsion vazifasi: mazkur mavzu bo'yicha chuqur ma’noga ega savollarni qo'yib, talabalarni fanning keyingi mavzularini va boshqa iqtisodiy fanlarni ham o'rganishga qiziqtirish. O'rgatuvchilik vazifasi: mavzuning asosiy tushunchalari mazmuni bilan tanishtirish, ularning o'zaro bog'liqligini ochib berish. Rivojlantiruvchi vazifasi: mantiqiy, tahliliy fikrlashni shakllantirish.
|
O'quv
faoliyatining
natijasi
|
Talaba: 1. Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar va uning tarkibiga turli jihatdan yondashib, mazmunini tushuntirib berishi; 2.Ehtiyojlarning cheksizligi sabablarini aniqlab, ehtiyojlar yuksalishi qonuni mazmunini aytib be rishi;3. Ishlab chiqarish imkoniyati transformatsiyasi egri chizig'i, tanlovning muqobil qiymati mazmunini bilishi kerak. 4. Ehtiyojlarning shakllanishi va qaror qabul qilishda axborotning roli naqadar katta
|
|
ekanligini ko'rsata olishi zarur. 5. Iqtisodiyotning bosh muammosi va nima sababdan uni bosh muammo deb atalishini bilishi zarur. 6. Ehtiyojlarning qondirilishi qanday ko'rsatkichlar orqali aniqlanishini tushuntirib bera olishi kerak.
|
O'qitishning metodi va o'rganish texnikasi
|
Ko'rgazmali qurollardan, tarqatma materiallar- dan foydalanish, modellashtiruvchi o'yin, kichik guruhlarga bo'linib, hamkorlikda ishlash, savol- javob, testlar, masala-mashqlar yechish.
|
0‘qitish
vositalari
|
Doska, kodoskop, slaydlar, daftar, kitob, gazeta, jurnallar, yozuv qog'ozlari, ruchka, qalam.
|
O'qitish
sharoiti
|
Tipik auditoriya
|
Mazkur darsni o'tgungacha talabalar bilishi lozim bo'lgan bilim va malakalar
|
Iqtisodiy qarashlarning vujudga kelishi tushun- chasi, «Iqtisodiyot nazariyasi» fani nimani, qanday metodlar yordamida o'rganishi, iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar, ehtiyojlar mazmuni.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |