Qabul qildi Topshirdi
Ruxsat berdi: Direktor Bosh hisobchi Hisobclii
Buxgalteriya hisobini ko'rib o'tgan xususiyatlariga ko'ra bu fanda ko'rgazmali materiallardan hamda axborot va topshiriq tarzi- dagi tarqatma materiallardan keng ravishda foydalanish talab etiladi. Ayniqsa, hujjatlashtirishni ularsiz og'zaki tushuntirish yaxshi natija bermaydi. Har bir darsda qanday hujjat, qay tarzda to'ldiriladi, albatta, talabalar bilan ko'rib chiqish zarur.
Shunday qilib, boshqa hech bir fanni o'rganish namoyish qi- linuvchi ko'rgazmali material va tarqatma materiallarga buxgalteriya hisobi kabi muhtoj emas. Namoyish qilinuvchi ko'rgazmali material va tarqatma materiallarda akr etgan hujjatlar, hisob-kitob shakllari va ularni shaxsan har bir o‘quvchi-taIaba o'zi to'ldirmay, o'zi sinab ko'rmav, «Buxgalteriya hisobi» fanini o'rganib bo'lmaydi!
Demak, har bir dars uchun zarur ko'rgazmali va tarqatma material tayyorlash kerak.
Buxgalteriya hisobi fani amaliyot bilan bevosita bog'liqdir.
Nazariya bilan amaliyot birligi boshqa hech bir iqtisodiy fanlarda bunchalik bir butun tarzda ifodalanmaydi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va milliy hisob tizimini jahon tajribalari asosida isloh qilish bilan birgalikda, mamlakatimizga hisob siyosati tushunchasi kirib keldi. Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yuritish metodlari, ya’ni xo'jalik faoliyati uchun tanlangan alohida usullar majmuidir. O'zbekiston RespubHkasining Buxgalteriya hisobi milliy standard - №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisob»da hisob siyosatiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan qo'llaniladigan buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzish bo'yicha qoida va usullar yig'indisi tushuniladi».
Hisob siyosati qamrovi jihatidan: a) umumdavlat miqyosida;
b) xo'jalik yurituvchi subyektlar miqyosida olib boriladi.
Umumdavlat hisob siyosati xo'jalik subyektlari tomonidan ba- jarilishi majbur bo'lgan me’yoriy hujjatlar majmuini ishlab chiqish va o'rnatishni ko'zda tutadi. Bu qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat orqali davlatga tegishli qonun va boshqa normativ hujjat- larda ko'zda tutilgan yagona buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishning metodologik asoslari, hisobotni oshkor etish qoidalari va buxgalteriya axborotining haqqoniyligini tasdiqlovchi faoliyatni amalga oshirilishini bildiradi. Bundan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki) buxgalteriya hisobida xo'jalik operatsiyalari va jarayonlari, aktiv va majburiyatlarini baholash asoslari, hisob apparatining hu- quq va majburiyatlarini yoritishga yagona yondashishni tartibga so- ladi.
Hisob siyosati — bu qabul qilingan huquqiy normalar asosida qo'yilgan maqsadlarga erishishning shakl va usullarini aks ettiiuvchi hujjatlar majmuasi va ularga amal qilishdir.
Turli mulkka asoslangan korxonalarning hisob siyosati:
mulk shakli va korxona turi;
koixona faoliyati yo'nalishi;
xo'jalik yurituvchi subyektning boshqarish tizimi;
hisob yuritishning tashkiliy shakli;
hisob yuritish texnologiyasi va boshqalarda ifodalanadi.
Xo'jalik faoliyati yuritayotgan xo'jalik subyekti uchun hisob si-
yosatini ishlab chiqishda ushbu subyektning maqsadi va oldiga qo'ygan vazifalariga e’tibor berilishi kerak.
Masalan, qo‘shma korxonalar chet el investitsiyalaridan samarali foydalanib, bozorni zarur mahsulotlar bilan to'ldirishi, kichik va o'rta biznes esa aholini ish o'rinlari bilan iloji boricha ko'proq ta’minlash, mavjud moddiy, moliyaviy resurslardan foydalanib, tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va uni amalga oshirish vazifalaridan kelib chiqqan holda hisobotni davlat tomonidan o'rnatilgan buxgalteriya hisobi qoidalari asosida o‘zlari ishlab chiqadilar va yuritadilar. Demak, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob siyosati davlatning -buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy hujjatlardan kelib chiqib shakllantiriladi, huquqiy tartibga solinadi.
Ichki hisob siyosati ichki me’yoriy tartibga solish hujjati sifatida korxona faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlari va davlat tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar talablari o'rtasidagi bog‘liq!ikni ta’min etadi.
Korxonaning «Hisob siyosati to‘g‘risida»gi buyruqda tahlil jihatlari o‘z aksini topishi lozim:
buxgalteriya hisobi tahlili;
hisob axborotlarini qayta ishlash texnologiyasi va hujjat ay- lanmasini tashkil etish tartibi;
buxgalteriya hisobi schyotlarining ishchi rejasi;
majburiyatlar va mulkni inventarizatsiya qilishni tashkil etish va o'tkazish.
Xo'jalik subyekti tomonidan qabul qilinadigan hisob siyosati- ning bosh maqsadi va vazifasi — o'z faoliyatining maqsadidan kelib chiqib, barcha faoliyat bo'yicha obyektiv va haqqoniy axborotni shakllantirish, shu axborot asosida o‘z faoliyatini samarali tartibga solib turishdir. Korxonada hisob jarayoni belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobi hamma korxonalar uchun umumiy bo'lgan me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ammo har bir xo'jalik subyektlari faqat o‘ziga xos bo'lgan, faoliyat shartlari, maqsad va vazifalarini inobatga olib, hisob siyosatini shakllantirishi mumkin. Bitta korxonaga ma’qul va foydali bo'lgan tavsiyalar, boshqa korxonalar uchun aksincha bo'lishi mumkin.
Umumiy qoida va prinsiplar har bir korxonaning faoliyati shartlari, umumiy model bilan solishtirganda uning o'ziga xosligi, xodimlar malakasi, ularning masalalarni tushunish, boshqarish jarayonida qoilashi mavjud texnika bazasidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.
0‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'risi- da»gi qonunida kichik tadbirkorlik subyektlarida ham barcha yuridik shaxslar kabi ikki yoqlama yozuvga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritishning majburiyligi ko'rsatilgan. Ammo tadbirkor- larga hisob va hisobotlarni yuritishda yengilliklar yaratish maqsadida ushbu qonunga asosan, «Kichik tadbirkorlik subyektlarida soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisoboti» deb nomlangan 20 - Buxgalteriya hisobining milliy standarti ishlab chiqildi. Ushbu standartni ishlab chiqilishi va amaliyotda qo‘llashga ruxsat etilishi kichtk tadbirkorlik subyektlarida buxgalteriya hisobini yuritishni soddalashtirish orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga yengilliklar yaratishga qaratilgan.
Korxona, tashkilot o'z buxgalteriya bo‘limiga egami yoki bux- galter chetdan jalb etilib, xizmatidan foydalaniladimi, qat’i nazar, buxgalteriya hisobini tashkil qilish uchun rahbar javob beradi. Rah- bar zimmasiga buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritish uchun zarur shart-sharoitni yaratish, hisob bilan bog'liq barcha bo'limlarda bosh buxgalterning hisob yuritishi, rasmiylashtirishga doir barcha talab- larini bajarish kiritiladi.
Bosh buxgalter yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs buxgalteriya hisobini umumiy metodologik prinsiplarini saqlash bo'yicha javobgar bo'ladi.
Rahbar quyidagilarni ta’minlashi shart:
ichki hisob va hisobot tizimini yaratish;
xo'jalik operaatsiyalarini olib borishni nazorat qilish tartibi;
to'la va ishonchli buxgalteriya hisobini olib borish;
hisob hujjatlarini saqlashni ta’minlash;
tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlash;
soliq va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlash;
hisob - kitobni o'z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash.
Qonunga muvofiq ravishda kvartal va yillik moliyaviy hisobot
tayyorlanadi. ■
Hisobot topshirish uchun tayyorlanadigan hisobot shakllari ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri baholash va kalkulatsiyani amalga oshirishdir. Baholash va kalkulatsi- yadan xo'jalik ko'rsatkichlarini pulda ifodalashda foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi obyektlarini pulda o'lchafch, mahsulot ishlab
chiqarish xarajatlarini uni sotishdan olingan tushum bilan solishti- rish imkonini beradi.
Xo'jalik yurituvchi subyektlaming aktiv va majburiyatlarini baholash tartibi, usullari tegishli buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan belgilanadi. Aktivlar va majburiyatlarni baholashda ularning sotib olingan narxi yoki ishlab chiqarish xarajatlari baholash uchun asos bo'lib hisoblanadi.
Xo'jalik yurituvchi subyektning olib borgan barcha faoliyati uning balansida aks etadi. Korxona faoliyati va uning hoiati bilan tanishmoqchi bo'lganlar bunday axborotni balansdan olishlari mumkin. Balans korxonadagi vaziyatni aks ettiruvchi oyna. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobi yuritishni o'rganishni balansni o'rganishdan boshlanadi. Bunda buxgalteriya hisobini o'rganish de- duksiyadan induktivlikka borish asosida tashkil qilinadi.
Buxgalteriya balansi xo'jalik mablag'lari va ularning turlari, tashkil topish manbalari bo'yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirilib aks ettirish va iqtisodiy guruhlaiga ajratish usulidir.
Mablag'lar turlari va ularni manbalarini ajratib ko'rsatish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 7-fevralda 31-sonli buyrug'i bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo'lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning chap to- monida mablag'lar turlari va ularni joylanishi keltiriladi. U aktiv qism deb nomlanadi.
O'ng tomonida mablag'lar manbalari va ulami qanday maqsadlarga atalgani ko'rsatiladi. U passiv qism deb nomlanadi.
Buxgalteriya balansining aktivida:
bo'lim. Uzoq muddatli aktivlar.
bo'lim. Joriy aktivlar.
Passivda:
bo'lim. O'z mablag'lari.
bo'lim. Majburiyatlar aks etadi.
Balanslar turli-tuman bo'lib, uni ma’lum bir mezonlar asosida grulaiga ajratiladi. Tuzish vaqtiga ko'ra: kirish balansi, joriy balans, tugatish balansi, ajratish balansi, sanatsiya balansi; Tuzilish manbalariga ko'ra: Inventar balanslari. Ular qisqartirilgan variantda, faqat inventar (ro'yxati) vositalari asosida tuziladi hisoblanadi. Daromadlar balansi, inventarizatsiya o'tkazoish yo'li bilan oldindan tekshirilmasdan faqat daftarlardagi yozuvlar asosida tuziladi, Bosh balans — hisob va inventarizatsiya ma’lumotlari asosida tuziladi.
Axborot aks etish turiga ko‘ra: yakka, bir martalik balans faqat bir korxona axborotini aks ettiradi. Yig‘ma balans — barcha korxonalar malag‘larini aks ettiruvchi summalarini qo'yish yo'li bilan tuziladi.Bundan tashqari bu guruhga konsolidallashgan yig‘ma balans kiradi.
Faoliyat xarakteriga ko‘ra: asosiy balans va asosiy bo‘lmagan balans;
Mulk shakliga ko'ra: davlat korxonalari balansi, aksioner jami- yatlari balansi, munitsipal (shahar boshqarmasiga qarashli) balans, qo'shma korxonalar, kichik va xususiy-korxonalar balansi kabilar;
Aks ettirish obyektiga ko'ra: huquqiy shaxs bo'lgan xo'jalik subyektining mustaqil balansi, filiallar, sex, bo'linmalar balansi;
Tozalanish usuli bo'yicha: brutto balansi va netto balansiga bo'linadi.
Korxona balansi muayyan vaqt davomida buxgalteriya hisobi schyoti bo'yicha o'tkazilgan xo'jalik muomalalariga doir yig'ma ma’lumotlarni aks ettiradi.
Kundalik, joriy faoliyatda yig'ma raqamlar olish uchun xo'jalik yurituvchi subyektlaming faoliyatidagi muomalalarni, xo'jalik vositalari harakati va holati to'g'risida batafsil axborot aks etadigan, jamul jamlikda buxgalteriya schyotlari tizimidan foydalaniladi.
Korxonada buxgalteriya hisobini tegishlicha tashqil etish uchun korxona moliyaviy - xo'jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi hamda har bir schyot tavsiflangan va uiarga doir schyotlaming namunaviy korrespondensiyasi berilgan rejani qo'llash bo'yicha yo'riqnomadan foydalaniladi.
«Xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy - xo'jalik faoliyatining buxgalteriya schyotlari rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riq- noma» 21-sonli BHMS O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonunining 5-moddasiga binoan ishlab chiqilgan. U Moliya vazirligining 2002-yil 9-sentabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 23-oktabrda ro'yxatdan o'tkazilib, 2002-yil 2-noyabrdan kuchga kirgan.
Buxgalteriya hisobi schyotlarida hisob ikki yoqlama yozuv usu- lida yuritiladi. Ikki yoqlama yozuv har bir xo'jalik muomalasining o'zaro bog'liq bo'lgan schyotlarida qayd etish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bu bilan olib borilgan faoliyat, muomalalar ta’sir etadigan hisob obyektlari o'rtasida o'zaro aloqa o'matiladi va bu o'z navbatida korxona xo'jalik faoliyati ustidan nazorat qilish va sodir bo'layotgan jarayonlarni o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Har qanday xo'jalik muomalasini ikki yoqlama yozuv bilan aks ettirish
buxgalteriya balansi umumiy summasi tengligini ta’minlaydi.
Ikki yoqlama yozuv orqali schyotlar hisobvaraqlar yig'masidagi o‘zaro bog‘lanishni belgilash schyot(hisobvaraq)lar korrespondensiyasi deyiladi.
Yuz bergan muomalani bir schyotning kirimli - debetida, ikkinchi schyotning chiqimli - kreditida aks ettirilishi buxgalteriya provodkasi deb ataladi.
Buxgalteriya provodkasi oddiy va murakkab boiishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi fanining amaliyot bilan bevosita bog'liqligini ifodalovchi yana bir qirrasi, o‘ziga xos tomoni sintetik va analitik hisob olib borishdir. Sintetik schyotlar xo'jalik mablag'lari va muomalalari haqida umumlashtirilgan ko'rsatkichlami beradi. Ular faqat pul o'lchovida yuritiladi. Analitik schyotlar buxgalteriya hisobi obyektlariga batafsil tavsif berish uchun xizmat qiladi. Ular yordamida sintetik schyotlardagi ma’lumotlar batafsil yoritiladi va nazorat qilinadi. Ularda faqat pul emas, natura va mehnat ko'rsatkichlari ham aks etadi.
Xo'jalik mablag'lari va faoliyat yuritish jarayonlarini (sintetik schyotlarda) umumlashtirilgan ko'rsatkichlarda aks ettirish sintetik hisob, deb ataladi. Ularni (analitik schyotlarda) batafsil ko'rsatkichlarda aks ettirish - tahliliy-analitik hisob deb yuritildi.
Buxgalteriya hisobi fanining o'ziga xos xususiyatini ko'rsatuvchi yana bir qirrasi hisob registrlari asosida va qabul qilingan shakllarda olib borilishidir. Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoli- yatida sodir bo'ladigan va amalga oshiriladigan operatsiyalar buxgalteriya hisobining boshlang'ich hujjatlarida aks etiriladi. So'ngra ular yig'iladi va yig'ma qaydnomalar tuziladi. Ularning ma’lumotlari tegishli registrla^ga yozib chiqiladi, iqtisodiy mazmuniga ko'ra guruhlanadi.
Buxgalteriya hisobining registrlari deb, boshlang'ich va yig'ma hujjatlarda aks ettirilgan xo'jalik mablag'lari, ularning tashkil topish manbalari iqtisodiy mazmuniga ko'ra guruhlash hamda xo'jalik muomalalarini tarkibi va harakatini hisobga olishda qo'llaniladigan maxsus shakldagi jadvallarga aytiladi. Yozuv turlariga ko'ra re- gistrlaming xronologik, sistematik, kombinatsiyalashgan turlari mavjud.
Tashqi ko'rinishiga qarab hisob registrlari buxgalteriya daftar- lari, kartochkalar va vedomostlarga bo'linadi.
Buxgalteriya hisobi yozuvlarini ma’lum qoida texnika vosita- laridan foydalanib, tashkil qilish buxgalteriya hisobi shakli deb ataladi. Bunda korxona hisob ishlarida sodir bo'lgan har bir xo'jalik
muomalasini o'z vaq-tida to'g'ri va izchillik bilan hisob re- gistrlarining aniq bir tizimida jamlanishi amalga oshiriladi.
Amaliyotda buxgalteriya hisobining turli shakllari mavjud. Ulardan keng tarqalgani: memorial-order, jurnal-order, bosh jur- nal, informatsion texnologiyalarga asoslangan shakllaridir.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida sodir bo'ladigan va amalga oshiriladigan operatsiyalar buxgalteriya hisobining boshlang'ich hujjatlarida aks ettiriladi. So'ngra ular yig'iladi va yig'ma qaydnomalar tuziladi. Ularning ma’lumotlari tegishli registrlarga yozib chiqiladi, iqtisodiy mazmuniga ko'ra guruhlanadi.
Buxgalteriya hisobining registrlari deb, boshlang'ich va yig'ma hujjatlarda aks ettirilgan xo'jalik mablag'lari, ularning tashkil topish manbalari iqtisodiy mazmuniga ko'ra guruhlash hamda xo'jalik muomalalarini tarkibi va harakatini hisobga olishda qo'llaniladigan maxsus shakldagi jadvallarga aytiladi. Yozuv turlariga ko'ra re- gistrlarning xronologik, sistematik, kombinatsiyalashgan turlari mavjud.
Tashqi ko'rinishiga qarab hisob registrlari buxgalteriya daftar- lari, kartochkalar va vedomostlarga bo'linadi.
Buxgalteriya hisobi yozuvlarini ma’lum qoida texnika vosita- laridan foydalanib, tashkil qilish buxgalteriya hisobi shakli deb ataladi. Bunda korxona hisob ishlarida sodir bo'lgan har bir xo'jalik muomalasini o'z vaqtida to'g'ri va izchillik bilan hisob registrlari- ning aniq bir tizimida jamlanishi amalga oshiriladi.
Amaliyotda buxgalteriya hisobining turli shakllari mavjud. Ulardan keng tarqalgani: memorial-order, jurnal-order, bosh jur- nal, informatsion texnologiyalarga asoslangan shakllaridir.
Buxgalteriya hisobi fanini amaliyot bilan chambarchas bog'liqligini ko'rsatadigan yana bir jihati xo'jalik yurituvchi subyektlarning ma’lum bir davr, kvartal, yarim yillik, yillik hisobot tuzishlaridir.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar o'z faoliyati ustidan kundalik na- zoratni hujjatlar va hisobot registrlari asosida olib boradilar. Lekin ular ma’lum vaqt davomida xo'jalik yakunini bilish uchun yetarli emas. Ularni umumlashtirish, bir tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot tuzish orqali erishiladi.
Hisobot tuzish qoidalari, tartibi, shakllari, hisobot topshiriladi- gan organlar ro'yxati, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonun asosida amalga oshiriladi.
«Buxgalteriya hisobi» fani biz ko'rib o'tgan qator xususiyatlari, o'ziga xos jihatlari bilan boshqa iqtisodiy fanlardan ajralib turar
ekan, demak, fanni o'rganish uchun metodlar tanlashda aynan ana shularga e’tibor berish lozim.
Bozor iqtisodiyoti zamonaviy buxgalterdan xo'jalik yurituvchi subyektlaming moliyaviy muammolarini kompleks hal etishni talab qiladi. Ayniqsa, kichik va o'rta biznes subyektlari uchun bu o'ta muhimdir. Chunki, ularda buxgalter buxgalteriya hisobi va uni yuritish, iqtisodiy rejalashtirish, soliqlar to'lash va boshqalarda bevosita qatnashadi.
Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlashdan kelib chiqib, buxgalteriya hisobi quyidagi bilimlar majmuini o'z ichiga oladi:
ish yuritish va hujjatlar aylanishini tashkil etish;
moliyaviy hisob;
boshqaruv hisobi;
tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari;
xo'jalik va soliq qonunchiligi;
xo'jalik jarayonlarini foydaliligini baholash;
soliqlarni rejalashtirish;
moliyaviy natijalami taxmin va tahlil qilish.
Buxgalteriya hisobi boshqaruv va moliyaviy hisobga ajratib o'rganiladi.
Boshqaruv hisobi korxonaning o'zida boshqaruv uchun zarur bo'lgan ma’lumot, axborotlar bilan ish yuritadi. Boshqaruv hisobi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tannarxi, kalkulatsiya qilish, shu bilan birga, mavjud vaziyatni tahlil qilish, baholash, qaror qabul qilish, kompyuter, texnologik dasturlardan foydalanish, o'rtacha xarajatlar (tannarx)ni shakllantirishni boshqarish, xarajatlarni me’yoridan ortib ketishini tahlil qilish va boshqalarni qamrab oladi, har bir xo'jalik yurituvchi subyekt uchun uning holati, u yoki bu vaziyatning kelib chiqish sabablarini ko'rsatadi, unga qarab ish tutish uchun zarur ma’lumotlarni beradi.
Moliyaviy hisob esa nafaqat korxona faoliyatini boshqarish, balki tashqi foydalanuvchilar uchun ham ma’lumot to'playdi, ax- borotlami umumlashtiradi, ma’lum qiladi. Boshqaruv hisobi bilan moliyaviy hisob qator jihatlari bilan farqlanadi. Ular:
hisob yuritishning majburiyligi;
hisob yuritishdan maqsad;
axborotdan foydalanuvchilar;
hisob yuritishning asosiy qoidalari;
axborot, ma’lumot shakllari va boshqalar.
Demak, o'quvchi-talabalarda ana shu boshqaruv hisobi bilan moliyaviy hisobni farqli xususiyatlarini anglaslilari, mavzular bo'yicha o'rganish jarayonida hisobga olish ko'nikmalarini shakllantirish zarur.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar bir tomondan, mulkchilik shakllari turli-tuman bo'lib, ichki hisob siyosatiga ko'ra ham hisob- kitob yuritish farqlanadi. Ikkinchi tomondan, turli tarmoqlar, so- halarning o'ziga xos xususiyatlari ham buxgalteriya hisobida aks etadi.
Shuning uchun ana shu hisob-kitoblar qanday amalga oshiri- lishini dars jarayonida o'rganishning tajribada sinalgan va eng maqbul metodi bu masala va mashqlardan foydalanishdir.
Demak, har bir dars uchun zarur masala va mashqlar tayyorlash zarur. Uni biror firma, korxona misolida tayyorlash kerakki, u, barcha hisob-kitoblarni qamrab olsin. Natijada talabada butun jarayon haqida aniq tasawur hosil bo'lishi, o'zi amalda hisob- kitoblarni olib borgani uchun ish jarayonida bemalol qiynalmay, hisob ishlarini olib borishi mumkin bo'lsin.
Fanni o'rgatishda amaliy, imitatsion, rolli o'yinlardan ham keng foydalansa bo'ladi. O'yinlarni bir necha mavzuni qamrab olgan holda tuzgan ma’qul. Fanni o'rganish uchun bu metodni qo'llashning imkoni katta. Buxgalteriya fanini o'rganishda samarali metodlardan biri kichik guruhlarga bo'lib darsni tashkil qilishdir.
Darsni tanlovlar tarzida o'tkazish mumkin. Ularni qanday qilib tashkil qilish mumkinligini avvalgi boblarda o'rganganmiz,
Fanni o'rganishda aniq mo'ljallangan savol, test, esse yozish, kontseptual, semantic jadval metodlarini ham keng qo'llash kerak. Umuman, fanni o'qitishda barcha ko'rib chiqqan metodlarimizni qo'llasa bo'ladi. Faqat ularni fanga, o'tiladigan mavzularga moslashtirish lozim. Lekin ular orasida fanni xususiyatlariga mos tushadiganlari, ko'proq samara beradiganlari, talabalarni o'zlari buxgalteriya operatsiyalarini bajarib, hujjatlarda aks ettirilishini talab qiladigan metodlardir.
§. O'qitish metodlarini buxgalteriya fanidan dars o'tishga moslashtirish (kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish misolida)
Mavzu bo'yicha dars o'tishda qo'llaniladigan metodlar talabalarni mazkur mavzuni chuqur o'zlashtirishlariga qaratilgan bo'lishi kerak. Dars o'tishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan qator in- teraktiv metodlar mavjud.
Aktiv
|
Passiv
|
Mablag'lar turi va ularning joyla- nishi
|
Summa
|
Mablag'lar manbai va ularning tayin- lanishi
|
Summa
|
Asosiy vositalar
|
500.000
|
Ustav kapitali
|
750.000
|
Xom ashyo mate- riallari
|
200.000
|
Foyda
|
10.000
|
Kassa
|
50.000
|
Bank kreditlari
|
140.000
|
Hisob-kitob
schoti
|
250.000
|
Mol yetkazib beruvchilar va pudrat- chilar bilan hisob-
|
100.000
|
|
|
lashishlar
|
|
|
Jami:
|
1000000
|
Jami:
|
1000000
|
Do'stlaringiz bilan baham: |