Aniq muammoli vaziyatni vujudga keltirib, uni tablil qilish asosida qanday qaror chiqariladi?
Bu savolga yagona to'g'ri javob yo'q. Chunki, muammoga har bir kishi o'zicha yondashadi. Lekin ba’zi bir tavsiyalami berish mumkin.
Vaziyat haqida to'liq tasawurga ega bo'Iish uchun eng av- valo, axborot to'planib, ularni sinchiklab o'rganib chiqiladi. Axborotni o'rganish jarayonida uni tahlil qilishga urinmaslik kerak.
Yig'ilgan axborotni qayta ko'zdan kechirib, muhim ahamiyatga ega deb topganlaringizni alohida ajrating.
Vaziyatni tavsiflashga harakat qiling. Uning mohiyati nimada? Asosiy muammo nima? Qaysi biri ikkinchi darajali, aniqlang. Asosiy muammo va undan kelib chiqqan qanday muammolar borligini yozib qo'ying.
Hamma dalillar, faktlarni hisobga oling. Shunday qilinsa, axborotlar, ma’lumotlar bog'liqligini aniqlash oson bo'Iadi.
Tavsiya etilgan yechimlarni to'g'riligini aniqlash me- zonlarini ishlab chiqing.
Muqobil variantlami topishga harakat qiling. Ulardan qaysi biri mezonlar bo'yicha qaror qabul qilish uchun ko'proq to'g'ri keladi, tanlang.
Amaliy tadbirlar ro'yxatini ishlab chiqing. Ko'pincha, qabul qilingan qaror asosida erishilgan natijalar zarur. Amaliy chora- tadbirlar ko'rilmagani tufayli muvaffaqiyatga olib kelmaydi.
Bu usulda ma’lum muammo bo'yicha har bir talabaning o'z fikr-mulohazasi tinglanib ma’lum bir yechim tanlanadi. Vaziyatni ifodalovchi masalalar real axborot asosida tayyorlanadi. Mavjud faktlar bir qadar o'zgartirilishi yoki nomi boshqacha atalishi mumkin. Odatda, mavjud muammoli vaziyat qisqacha ta’riflanadi. Qo'shimcha axborotlar esa keng muhokama qilish oson bo'lishini zarurligini hisobga olgan holda beriladi.
Real hayotda o'zi duch kelgandagi vaziyatga qaraganda o'qish jarayonidagi yaratilgan muammoli vaziyat, ya’ni ana shunday vaziyat ifodalangan topshiriqda berilgan muammolar bo'yicha axborotlar kam bo'lishi mumkin. Lekin bu muhokama jarayonida qo'shimcha axborotlar olib bo'lmaydi degani emas. Qaror qabul qilish uchun axborot yetarli bo'lmasa, uni to'ldirish mumkin.
Undan tashqari shunday muammoli vaziyatdan awal qanday qilib chiqib ketilgani, qanday chora-tadbir ko'rilganini aytib, uni ham muhokama qilish mumkin. Lekin bu degani, yana aynan ana shu yechim qabul qilinadi degani emas. Undan tashqari u yechim yaxshi yoki yomon ekanligini albatta, muhokama qilish shart emas.
Eng asosiy muhokama qilinadigan savollar bu «nima? nima sababdan? qanday? va hokazolami muhokama qilishdir.
Vaziyatni baholab, unga har bir o'quvchi-talaba o'zi mustaqil ravishda munozorada qatnashib, o'zi yechimini topib qaror qabul qilishi lozim.
Lekin doimo yodda tutish kerakki, real hayotda qaror qabul qilish muhim ahamiyatga ega bo'lgan faktlar, dalillar, raqamlarni unchalik ahamiyatga ega bo'lmaganlaridan ajratish muhim ahamiyatga ega.
O'quvchi talabalarni ishlab chiqarish amaliyoti ham" ularga vaziyatni o'rganish asosida qaror qabul qilishga o'rgata olmaydi. Aynan mana shu metod bu borada katta yordam beradi. Bu usulda ma’lum muammo bo'yicha har bir talabaning o'z fikr-mulohazasi tinglanib ma’lum bir yechim tanlanadi. Uslub bo'yicha dars o'tishni mantiqiy izchillikda yuqoridagi sxema orqali ko'rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |