1 Test (ing. Test -■ sinov, namuna, tadqiqot),
297
kelgan munosabatlar hech qanday rol o‘ynamaydi va talaba bilimini baholashga ta’sir etmaydi.
Nazorat ishi yoki referatda o'qituvchi talabaning ayrim xa- tolaridan ko‘z yumib, uning bilimini yuqori baholashi yoki aksincha, o'zining subyektiv talablarini qo'ygan holda past baholashi mumkin. Testlar bunday xatolikdan xoli.
Testning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransua Talmon (1822-1911) ishlab chiqqan. Test terminini birinchi marta 1890 yili amerika psixologi Jeyms Kettell (1860—1944) tomonidan insonni psixologik jihatdan o'rganishda qo'llangan.
Testlarni qo'llash jarayoni kengaygan sari ularning turlari ham ko'paya boshladi. Testologiya tarixida V.A.Makkol birinchi bo'lib testlarning pedagogik va aqliy rivojlanish darajasini aniqlaydigan (intellektual) guruhlarga ajratdi.
Hozirda testlar psixologiya, pedagogika, fiziologiya, meditsina va boshqa sohalarda keng qo'llaniladi. Ta’limda odatda asosan psixologik va pedagogik testlardan foydaianiladi.
Testlar qanday maqsadga qaratilganiga ko'ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Maqsadga erishuv testlari (bilimni o'lchash, sinash, baholashga qaratilgan).
Aqliy testlar (zehn, aql-idrok, aql-zakovat, iste’dodni aniqlashga yo'naltirilgan).
Ijodiy testlar (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshi- ruvchi).
Mezoniy mo'ljal testlari (o'quv yoki kasbiy bilimlar va top- shiriqlarni qaysi ko'nikma, malaka, xatti-harakat tizimi orqali o'lchash mumkinligiga qaratilgan).
Shaxsga oid testlar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlami o'lchashga aloqador).
Proeksiyaviy testlar (tashqi ta’sirsiz shaxs o'z-o'zini oshkor qilishga mo'ljallangan) va boshqalar.
Biz testni tadqiq qilishga mavzuni o'rganish va o'quvchi, talabalar bilimini sinash va baholash nuqtayi nazaridan yondashamiz.
Fanni o'rganishda va bilim darajasini sinash va baholashda keng qo'llaniladigan testlar axbcrotni psixologik jihatdan o'zlashtirish darajasiga ko'ra to'rt guruhga bo'linadi: a) axborotni esda saqlash, xotirada qayta tiklashga qaratilgan testlar; b) reproduktiv tafakkur, ya’ni o'zlashtirilgan bilimlar asosida ma’lum bir ishni (tipik) mustaqil bajarishni talab qiluvchi testlar; d) produktiv tafakkur, ya’ni o'rganilgan bilimni qo'IIashga yo'naltirilgan testlar;
tadqiqiy-ijodiy fikrlashni talab qiluvchi testlarga bo'linadi.
Test topshiriqlarining mazmuni va javob berish jarayonidagi imkoniyatga ko'ra: ochiq, yopiq va boshqalarga ajratish mumkin. Ochiq test topshiriqlari kishiga o'z xohishiga ko'ra javob berish imkonini yaratadi. Odatda unda asosiy so'z, tayanch ibora tushirib qoldirilgan bo'Iadi.
Yopiq testda esa aksincha, javoblar mavjud. Bunda test sharti savol yoki vazifa bo'lib, uning javoblaridan bittasi to'g'ri qolganlari to'g'ri javobga o'xshashroq bo'Iadi.
Uni yopiq test deyilishiga sabab uning javoblari mavjud, o'quvchi-talaba ana shu keltirilgan javoblardan o'zicha to'g'ri deb bilganini tanlashi kerak. Berilgan javoblar ikkitadan beshtagacha bo'lishi mumkinki, javoblari soniga qarab, testlarga to'g'ri javob topish imkoniyati ham o'zgarib boradi.. Hozirgi paytda bir necha javobli yopiq testlar keng qo'llaniladi.
Test topshiriqlarini murakkablik darajasini dunyoda eng ko'p tarqalgan Blum taksonomiyasi asosida tayyorlash mumkin. Bunda testlar «bilish», «tushunish», «qo'llash» bosqichlariga xos uncha murakkab bo'lmagan hamda «tahlil», «sintez», «baholash bosqichlariga xos murakab testlardan iborat bo'lishi mumkin.
Obyektiv testlar. Testlami obyektiv deyilishiga sabab, unga to'g'ri javob bor, uni subyektiv jihatdan baholashni istisno qiladi.
Undagi savollar ko'pincha dalillar, aniq axborotlami yodga tushirishga qaratilgan. Obyektiv test savollari Blum taksonomi- yasining ikkinchi bosqichidagi fikrlash doirasiga to'g'ri keladi. Ular fikrlashni yuqori darajada baholashga imkon bermaydi, lekin ularni fikrlashning yuqori bosqichiga to'g'ri keladigan qilib tuzish mumkin. Ular tatbiq qilish, tahlil qilish darajasiga mos keladigan mu- rakkablikda bo'lishi mumkin, lekin bunday savol tuzish qiyin.
Test savollari tuzishda, amerikalik pedagoglaming ko'rsatishicha o'qituvchi quyidagilarga ahamiyat berishi lozim:
Ko'zlangan maqsadga ko'ra, savolni aniq qo'yish kerak.
Testda faqat bitta javob to'g'ri bo'lishi kerak.
Javoblarni bir-biriga o'xshash bo'lishi va haqiqatga yaqin bo'lgani ma’qul.
Testda iloji boricha inkor etuvchi fe’l va boshqalardan foy- dalanmaslikka harakat qilish lozim (Masalan, yuqoridagi ko'rsatmalardan nima imkon bermaydi? va hokazo ...).
Yuqorida ko'rsatilganlarning hammasi (yoki yuqorida korsatilganlardan hech biri) kabi ta’riflarni iloji boricha ish- latmaslik zarur.
Bir necha komponentlar (aytaylik, A va S) ni mujassam- lashtirgan javoblarni iloji boricha kam ishlatish, ishlatganda, test kimlar uchun tuzilayotganiga ahamiyat berish maqsadga muvofiq;
To‘g‘ri javob doimo bir joyda (doimo A yoki doimo B) bo'lishi kerak emas;
Savollar va javoblar grammatik jihatdan o'zaro mos, muvofiq bo'lishi kerak.
Test tuzayotganda awal qanday maqsad qo'ymoqchisiz, ya’ni o'quvchi, talaba shu mavzuda nimalarni bilishi zarurligidan kelib
chiqib, savol yoki topshiriq tanlaymiz.
Aytaylik, o'rganayotgan mavzuimiz buxgalterya hisobi bo'yicha talaba birinchi navbatda hujjatlashtirish tushunchasi nimani bildiradi? Aniq tushunchaga ega bo'lishi kerak. Demak, mavzu bo'yicha test tuzar ekanmiz, test orqali talabadan ana shu savolga javob kutamiz. Shuning uchun test savolini «Hujjatdashti- rish deb nimaga aytiladi?» deb qo'ysak bo'Iadi. Bunda biz mavzuni o'rganishi oqibatida talaba bilishi lozim bo'lgan tushunchani, ya’ni maqsadni test savoliga aylantirdik.
Navbatdagi bosqich, unga to'g'ri javob topish. O'qituvchi test tuzar ekan, awaldvn tanish, javoblari unga ayon masala bo'lishi yoki yangi, o'rganilishi zarur masala bo'lishi mumkin. Har ikki holda ham aniq, asoslangan, to'g'ri javob topish uchun zarur ada- biyotlarni o'rganishi, ular asosida uning to'g'riligiga qanoat hosil qilgach, javobni yozishi kerak.
To'g'ri javobimiz, xo'jalik yurituvchi subyektlarning barcha muomalalarini yoppasiga va uzluksiz hujjatlar majmuasida aks etti- rishdir. Ayrim o'quv adabiyotlarida hujjatlashtirish barcha xo'jalik muomalalariga tuziladigan hujjatlar majmuasi deb yozilgan. Lekin hujjatlashtirish bu jarayon bo'lgani uchun bizningcha oldingi javob ikkinchisiga qaraganda hujjatlashtirishning mohiyatini to'laroq aks ettiradi. Shuning uchun uni to'g'ri javo sifatida qabul qilamiz. U holda testimiz ikkinchi bosqichda quyidagicha ifodalanadi:
Hujjatdashtirish deb nimaga aytiladi?
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning barcha muomalalarini yoppasiga va uzluksiz ravishda hujjatlar majmuasida aks ettirishdir.
Navbatda hujjatlashtirishni ifodalaydigan, lekin uning mazmunini to'la aks ettirmaydigan, o'xshash, lekin noto'g'ri javoblarni yozib chiqamiz.
Ular quyidagicha bo'lsin.
В. Mahsulotni omborga qabul qilish uchun dalolatnoma.
Mahsulotni ombordan olish uchun talabnoma.
Zarur shakllami to'ldirishdir.
Birinchi testimizning javoblari tayyor. Faqat to'g'ri javobni qaysi harf orqali ifodalashni aniqlasak bo'ldi. Uni biz oldingi testda qaysi harfda to'g'ri javob berilganiga qaraymiz. Birinchi testda xoh- lagan harfimizga qo'yishimiz mumkin. Aytaylik, biz to'g'ri javobni В harfida berishga qaror qildik. U holda testimiz quyidagi ko'rinishda bo'Iadi:
Hujjatdashtirish deb nimaga aytiladi?
Mahsulotni omborga qabul qilish uchun dalolatnoma.
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning barcha muomalalarini yoppasiga va uzluksiz ravishda hujjatlar majmuasida aks ettirishdir.
Mahsulotni ombordan olish uchun talabnoma.
Zarur shakllarni to'ldirishdir.
Testimiz tayyor. Javob: B.
Boshqa maqsad, vazifalami ham, mavzu bo'yicha o'quvchi, talaba bilishi lozim bo'lgan tushuncha va muomalalarni shu tarzda test savollari va javoblarida aks ettiramiz.
Yopiq testlardan tashqari ochiq test toashiriqlari tayyorlanadi va qo'llaniladi. Ochiq test topshiriqlari kishiga o'z xohishiga ko'ra javob berish imkoniyatini yaratadi. Ochiq testlar odatda, bitta asosiy so'z (yoki so'zlar) tushirib qoldirilgan jumla bo'lib, javob taklif etilmagan bo'Iadi.
Ochiq test tuzish uchun u yoki bu savolni, tushunchani mohiyatini ifodalovchi, javobi o'zida gap tuzib, uning sifati yoki asosiy ma’nosini ifodalovchi so'zni tushirib qoldiramiz.
Yopiq testimiz misolida ochiq test tuzishni ko'rib chiqamiz.
Misol: Birinchi bosqichda gap tuzamiz:
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning barcha muomalalarini yoppasiga va uzluksiz ravishda hujjatlar majmuasida aks ettirish huj[jat- lashtirish deyiladi.
Ikkinchi boqichda uni ochiq testga aylantiramiz:
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning barcha muomalalarini yoppasiga va uzluksiz ravishda aks ettirish hujjatlashtirish deyiladi.
Testimiz tayyor. Javob: hujjatlar majmuasida. Shunday tarzda davom ettirishimiz mumkin. Lekin hozirgi paytda ochiq testga qaraganda yopiq testlar qulay bo'lgani uchn ko'proq ulardan foydaianiladi.
Bu ish osonginaga o‘xshab ko‘rinadi. Lekin haqiqatda u katta mehnat talab qiladi.
Testlaming afcallik tomonlari va kamchiliklari. Obyektiv testlar- ning afzalligi ulami ko‘p savollarni qamrab olishidir. Shu tufayli barcha mavzular bo‘yicha talabalar bilimini tekshirish imkonini beradi. Bilim olish, tushunish uchun samarali uslub juda qoi keladi.
Talabalar bilimini baholashda test muhim o>rin tutadi. Bun- dan tashqari test boshqa, usullar: masala yechish, referat yozish yoki savolga og‘zaki yoki yozma javob yozish kabilardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:
Testlar talabalar bilimini nazorat qilishning obyektiv usuli hisoblanadi. Sababi unda 0‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida vujudga kelgan munosabatlar hech qanday rol o'ynamaydi va talaba bilimini baholashga ta’sir etmaydi.
Nazorat ishi yoki referatda 0‘qituvchi talabaning ayrim xato- laridan ko‘z yumib, uning bilimini yuqori baholashi yoki aksincha, o'zining subyektiv talablarini qo‘ygan holda past baholashi mumkin. Testlar bunday xatolikdan xoli.
Testlami faqat yakuniy nazoratda qo‘llash shart emas. Ularni mavzuni boshlashdan awal ham, joriy nazorat, oraliq nazoratda ham qo'llash mumkin. .
Testlar talabalar bilimini butun dastur bo'yicha, shuningdek, tor tanlash doirasida alohida ahamiyatga ega yoki an’anaviy o'zlashtirish qiyin tushuncha haqida mavzular bo'yicha nazorat qilish, baholash imkonini beradi.
Testlar talabalar bilimini tez tekshirish imkonini beradi. Chunki butun guruhni bilimini tekshirish uchun juda kam vaqt talab qiladi. Bu, ayniqsa, oraliq testlar o'tkazish uchun qulay, chunki test javoblariga ko'ra o'qituvchi dastur bo'yicha o'z ishini, dars o'tiladigan savollarni ko'rib chiqadi, kelgusida dars o'tishda qaysi savollarga ahamiyat berishni mo'ljallaydi.
Test tuzish ko'p vaqt va mehnat, sinchkovlik, sabr-toqatni talab qiladi.
Shu bilan birga, mehnatni osonlashtiradigan kompyuter dasturlari — TESTER, RESUJTER mavjud. Birinchi dastur ko'proq test tuzishni osonlashtirishga qaratilgan bo'lsa, ikkinchisi test o'tkazish va natijalarini tezda hisob-kitob qilish, statistik ma’lumotlar olishga qaratilgan.
Testlarni asosiy kamchiliklaridan biri qo'yilgan savollarni tor doirada qamrab olishidir. Diqqat asosan testda berilgan javoblar doirasida cheklanib qolishi, qo'yilgan savollarni tor doirada
qamrab olishdir. Ikkinchi muhim kamchiligi tavakkal qilib javob topish hamda o'quvchi -talabaning o‘z fikrini bildirish imkoni yo‘qligi. Talabalardan esa keng tasawurga ega bo‘lish talab qilinadi.
Testlami o‘qish va talabalar bilimini baholashning usuli sifatida qo'llashning muhim tomoni hamda murakkabligi shun- daki, aynan nima sababdan shu javob to‘g‘riligini asoslab berish lozim. Bunda javoblarni obyektiv, tushunarli, mantiqan to‘g‘ri izohlanishiga ahamiyat berish kerak. Test o‘tkazilgach, guruhda javoblarni muhokama qilish muhim ahamiyatga ega.
Buni quyidagi test misollarida ko'rib chiqaylik.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kompyuterda ishlash uchun dastur tuzuvchilarning ish haqi darajasi, belgilanadi:
dastur tuzish malakasiga ega, mavjud ish haqiga rozi, mutaxassislik bo'yicha ishlashga tayyor xizmatchilar miqdori bilan;
dastur tuzuvchi mutaxassislarga talab asosida;
dastur tuzuvchi mutaxassislarga talab va taklif asosida;
mehnat kodeksi va boshqa mehnat bo'yicha qabul qilingan qonunlar asosida.
Javob muhokamasi:
Bu testda to'g'ri javob — D.
Xizmatchilar bozoridagi vaziyatni talab va taklif egri chizig'i yordamida ko'rsatish mumkin. Vertikal (ordinata) o'qiga dastur tuzuvchilarni ish haqi, gorizontal o'qiga xizmat ko'rsatuvchilar miqdori (bu yerda o'lchov birlik odam-soat yoki dastur tuzuvchilar soni bo'lishi mumkin)ni joylashtiramiz.
Q Dasturchilar miqdori
Grafikdan ko'rinib turibdiki, dastur tuzuvchining ish haqi darajasi (R) faqat dastur tuzuvchi talabiga yoki taklifiga emas,
aksincha, talab va takliflarning o‘zaro ta’siri ostida ma’lum bir ish haqi darajasida belgilanadi. Demak, A va В javoblar noto‘g‘ri. Savolda ish haqining o‘rtacha darajasi haqida gap keta- yapti. Qabul qilingan qonunlar u yoki bu mutaxassislik bo'yicha ish haqi darajasiga ta’sir qilishi mumkin, lekin ish haqi darajasini belgilamaydi.
Shunday qilib, E javob ham noto‘g‘ri. Dastur tuzuv- chilarning o'rtacha ish haqi darajasi talab va taklif muvozanatiga bog'liq ekan. Agarda talab ko'p, taklif oz bo'lsa ish haqi darajasi muvozanati nuqtasi yuqorida, ya’ni ish haqi yuqori. Agarda taklif ko'p, talab oz bo'lsa, ish haqi muvozanati nuqtasi pastda, ya’ni ish haqi ham past bo'Iadi. Demak, to'g'ri javob — D.
Testlarni faqat yakuniy nazoratda qo'llash shart emas. Ularni mavzuni boshlashdan awal ham, joriy nazorat, oraliq nazoratda ham qo'llash mumkin.
Testlar talabalar bilimini butun dastur bo'yicha, shuningdek, tor tanlash doirasida alohida ahamiyatga ega yoki an’anaviy o'zlashtirish qiyin tushuncha haqida mavzular bo'yicha nazorat qilish, baholash imkonini beradi.
Testlar talabalar bilimini tez tekshirish imkonini beradi. Chunki, butun guruhni bilimini tekshirish uchun juda kam vaqt talab qiladi. Bu, ayniqsa,-oraliq testlar o'tkazish uchun qulay, chunki test javoblariga ko'ra o'qituvchi dastur bo'yicha o'z ishini, dars o'tiladigan savollarni ko'rib chiqadi, kelgusida dars o'tishda qaysi savollarga ahamiyat berishni mo'ljallaydi.
Amerikalik mutaxassis Benjamin Blum bilim olish, o'rganish- ning bosqichli modelini ishlab chiqib, uni olti bosqichga bo'lganini ko'rib chiqqan edik. U bilish, tushunish, tatbiq etish, tahlil qilish, sintez (umumiy xulosa chiqarish), baholashdan iborat edi.
Testlar murakkabligiga ko'ra, ana shu bosqichlarning qaysi darajasiga to'g'ri kelishi bilan farqlanadi. Bunda testlarni taxminan uch guruhga ajratish mumkin:
Blum taksanomiyasining birinchi va ikkinchi «bilish va tushunish» bosqichlariga mos keladigan nisbatan uncha murakkab bo'lmagan testlar.
Taksanomiyaning ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi va beshinchi «tushunish, qo'llash, tahlil qilish va sintez qilish» bosqichlariga to'g'ri keladigan o'rtacha murakkab testlar.
Ko'proq beshinchi va oltinchi «sintez—umumiy xulosa chiqarish va baholash» ga to'g'ri keladigan murakkab testlardan iborat.
Ana shu testlarni javobiga ko‘ra, talaba, guruh predmetni qanday o'zlashtirgani, bilimi qay darajada ekanligini aniqlash mumkin.
0‘qituvchi testlarni murakkabligi darajasiga ko'ra, javoblar uchun vaqtni har bir test uchun 1 daqiqa yoki undan ko'proq bel- gilashi mumkin. Talabalar testlarga javob berar ekanlar, ularga quyi- dagilami uqtirish lozim:
Kuzatishlar ko'rsatadiki, ko'pincha birinchi intuitiv javob to'g'ri bo'Iadi.
Testni har kimning o'zi yechgani ma’qul.
Talabalarning bilim olishi va ulami-olgan bilimini baholashning
usuli sifatida testlarni qo'llashning muhim tomoni, nima sababdan shu javob to'g'riligini asoslab berishdir. Bunda javob obyektiv, tu- shunarli, mantiqan to'g'ri izohlanishiga ahamiyat berish kerak.
6-§. Iqtisodiy fanlardan esse yozish va esse uchun savollar tuzish
Ma’lumki, oliy o'quv yurtini bitirgan mutaxassis berilgan topshiriqni bajarganligi, qilingan ishlar va erishilgan natija, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf qilish yo'llari bo'yicha yozma hi- sobot bera olishi kerak. Shuningdek, xizmat xati, raport, hisobot, turli muassasa, tashkilotlar o'rtasida yozishmalar, firma, korxona va boshqalar bilan shartnoma kabilarni yozishni bilishi kerak.
Talabalar bo'lg'usi mutaxassis sifatida o'z flkrlarini bayon qilishni, yozma ravishda ifodalashni ham o'iganishlari kerak. Ayniqsa, iqtisodiy sohada yozma hisobot, turli-tuman tashkilotlar, firma, korxonalar bilan biznes bo'yicha sheriklar o'rtasida turli- tuman yozishmalar, xatlar, bildirishnomalar, xizmat yuzasidan alo- qalarga tegishli takliflar, tavsiyalar va boshqa yozma hujuatlarni tayyorlashga, yozma ishlami bajarishga to'g'ri keladi. Buning uchun esa ularda ko'nikma hosil qilish kerak. Bu ko'nikma talabalarning yozma ish yozishlari orqali hosil qilinadi. Tez-tez yozma ish yozish ularning fikrlashini o'zgartiradi, ularni kurs ishi, yakuniy nazorat ishi, bitiruv malakaviy ishi, turli yozishmalar, dissertatsiya yozishga tayyorlaydi. Yozma ish ijodiy fikrlashga o'rgatadi. Uning muallifi o'zining qarashini, fikrini asoslashga o'rganadi.
Afsuski, ko'pincha og'zaki ravishda o'z fikrini bemalol o'rtoqlashadigan kishilar yozma ravishda bayon qilishga kelganda juda qiynalishadi. Ana shunday holni kamaytirishning muhim usuli bu talabalarni yozma ish bajarishlaridir.
Talabalarni tez-tez yozma ish yozishlari ularning fikrlash ko'nikmalarini tubdan o'zgartiradi. Ularni kurs ishi, hisobot, bitiruv
malakaviy ishi, qolaversa, dissertatsiya ishlarini yozishga tayyorlaydi.
Yozma nutq fikrni har tomonlama o'ylash, aniq ifodalashga, har bir so‘zni o‘mida ishlatishga o'rgatadi.
Yozma ishni o'rganilayotgan mavzu bo'yicha boshlash kerak. Belgilangan vaqt 10—15 daqiqa. Dastlab, o'quvchi-talabalar xayol- lariga shu mavzu bo'yicha nima kelsa, shuni yozishadi. Buning uchun ularni koyimaslik kerak.
O'qituvchi yozma ishlarni yig'ib olib talabalarning intellektual darajasi, mavzuni o'zlashtirishlarini aniqlaydi.
Dars o'tishning yangi uslublari orasida esse yozish ham o'ziga xos o'rin egallab borayapti. U, ayniqsa, yakuniy nazorat ishi yozish uchun tajriba to'plashda qo'l keladi.
Esse (fransuzcha — ESSAI - tajriba, xomaki reja) — mual- lifning individual pozitsiyasini alohida ajratib ko'rsatish orqali erkin, ko'pincha, paradoksal bayon qilishga yo'naltirilgan fal- safiy-estetik, adabiy-tanqidiy, badiiy-publitsistik adabiyot.
Nobel mukofoti laureati V. V. Leontevning «Экономические эссе теории исследования, факты и политика» kitobi nashrdan chiqqach, iqtisodiy mavzularda ham esse yozishga e’tibor berila boshlandi.
Bu usuldan keyingi paytlarda, talabalarni iqtisodiy fikr yuritishga o'rgatish va bilimini baholashda keng qo'llanilmoqda.
Asoslangan esse. Bunday esse qo'yilgan savolga asoslangan javob mavjud bo'lgan yozma ishdir. Muallif muayyan pozitsiyaga ega, u o'z nuqtayi nazarini ishonchli dalillar bilan asoslaydi va uni himoya qiladi, o'z pozitsiyasini quwatlash uchun bir qator dalil- larni taqdim etadi. Maqsad muallif o'zi bildirgan fikrga boshqalarni ham ishontirish, qo'llab-quwatlashga undashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |