D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


XI bob. MASALA, MASHQ, TESTLAR, ESSE YOZISH VA ULARDAN IQTISODIYOTNI O'RGANISHDA FOYDALANISH



Download 1,26 Mb.
bet113/218
Sana15.12.2022
Hajmi1,26 Mb.
#886336
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

XI bob. MASALA, MASHQ, TESTLAR, ESSE YOZISH VA ULARDAN IQTISODIYOTNI O'RGANISHDA FOYDALANISH


Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda shunday metodlar borki, bu fanlarning xususiyatidan kelib chiqib ularsiz fanni o'rganib bo‘lmaydi. Bu masala va mashqlar yechish metodidir. Undan tashqari o‘ziga xos mashq sifatida test yechish va esse yozish ham bu fanlarning xususiyatiga mos tushadi. Mazkur bobda ana shu me­todlarni qo'llashni o‘rganamiz.


  1. §. Iqtisodiy fanlarni o'rganishda masala-mashqlardan foydalanish metodining tutgan o‘rni

Iqtisodiy fanlarning boshqa fanlardan ajralib turadigan tomoni ham shundaki, u faktlar, ma’lumotlar, raqamlar bilan ish ko‘radi. Iqtisodchidan ana shu faktlar, raqamlar, ma’lumotlar bilan ishlay bilish, qo'ygan maqsadiga ko‘ra ular asosida hisob-kitob, mate- matik amallar, kuzatishlarni amalga oshirish, ularning dinamikasi- o‘zgarishi asosida xulosalar chiqarish, qaror qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo'Iish talab qilinadi.
Bu o‘z navbatida iqtisodiy fanlarni chuqur o'rganish, imkon qadar real voqelikka yaqin tajribalar o'tkazish, nazariy qonun- qoidalarni sinab ko'rishni zarur qilib qo'yadi. Bu jihatdan iqtisodiy fanlarni o'rganishda masala va mashqlardan foydalanishga teng ke- ladigani yo'q.
Shuning uchun ham iqtisodiy fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni o'rganishda markaziy o'rinni masala, mashq yechish egallaydi. Sababi:
Birinchidan, masala, mashq yechish fanni o'rganishning bosh maqsadi — olingan bilimni amaliyotda qo'llash imkonini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, masala, mashq yechish orqali talabalarning bilim olishdagi faolligi ortadi.
Uchinchidan, masala fikrlashni o'rgatadi.
Shuning uchun ham masala so'ziga faqat hisob-kitob asosida topshiriqni bajarish, javobini aniqlash emas, balki fikr yuritish




obyekti sifatida qaralishi bejiz emas. Aytaylik, yechimini kutayotgan masalalar, hal qilinishi zarur masalalar va hokazo.

Masala yordamida fanni o‘rganganda aniq raqamlar, dalillar, hujjatlar asosida tahlil qilish imkoniyati keng. Undan tashqari modellashtiruvchi o'yin, kichik guruhlarga bo'Iish, konkurs o'tkazish va boshqa metodlar asosida dars o'tishda ham masala- mashqlardan keng foydalanish imkoniyati katta.
Talabalarda malaka, ko'nikma hosil qilishda alohida o'rin tutadigan metodlardan biri bu mashq hisoblanadi. Bu metodning samaraliligi,-eng awalo, mashqlarni amaliyot bilan bog'kngan- ligidir. Mashq qilish deganda o'zi o'rganish, malaka hosil qilish uchun qilinadigan ish, tayyorgarlik mashg'uloti va uni takror va takror bajarishni tushunamiz. Mashq — inson oldiga qo'ygan maqsadni amalga oshirish, ijobiy natijaga ega bo'Iish uchun qilin­gan mashaqqatli mehnat hamdir.
Mashq qilish «Takrorlash — bilimning onasidir» naqlini ifodalaydi. Mashq qilmay o'quv va amaliy ko'nikma va malakaga ega bo'lib bo'lmaydi.
Mashqlarni ularni bajarishdan quyilgan maqsadga ko'ra: max­sus, awal bajarilganlarini yodga tushiruvchi, o'qish, o'rganish jarayonini faollashtiruvchi mashqlarga bo'Iish mumkin.
Mashqlarni bajarishga ko'ra esa: amaliy, og'zaki va yozma mashqlarga bo'Iish mumkin.
Iqtisodiy fanlardagi mashqlar talabalarni mushohada qilish, xulosa chiqarishga o'rgatish bilan birga kam vaqt sarflanishi, ayrim masalalarda ikkilanib turgan talabalarni to'g'ri javob topishga o'rgatadi.
Ayrim fanlar borki, ularni masala-mashq yechmay o'rganib bo'lmaydi. Shunday deganda, odatda, biz tezda matematika, fizika, ximiya kabi fanlarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Iqtisodiy fanlarni ham bu jihatdan ana shu fanlar qatoriga kiritish mumkin.
Masala va mashqlar hisob-kitob qilishni taqozo qiladi. Bu esa o'quvchi, talabalarda aniq miqdorlar, raqamlar yordamida qonun va kategoriyalarni tushunishni osonlashtiradi.
Chunki, iqtisodiyotni nazariy jihatdan o'rganishda ko'pincha ilmiy abstraksiyadan foydaianiladi. Ko'pchilik o'quvchi-talabalar ilmiy abstraksiya metodini tezda tushunaverishmaydi. Matematik ifodalar orqali iqtisodiy hodisalarni o'zaro bog'lanishini tushunish esa oson.
Masada-mashqlarni mustaqil yechar ekansiz, unga sarflagan intellektual energiyangiz va vaqtingizga achinmaysiz. Chunki, ular


iqtisodiyotni chuqur o'rganishga katta yordam beradi.


Masala, mashq yechish jarayonida talabalarning qabul qilingan qonunlar, me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalarni qay darajada bilishlarini ham aniqlash mumkin. Ulardan munozara, debatlar metodini qo'llashda ham keng foydalansa bo'Iadi.
Masala-mashqlar talabalar bilimini sinashda ham eng qulay metod.
Masala mashqlardan fanni o'rganish uchun tarqatma material tayyorlashda keng foydalanish mumkin. Ulardan darsda foydalanish

  • turli interaktiv metodlarni qo'llab dars o'tishni tashkil etishda foy­dalanish imkoniyati nihoyatda katta.

Masala, mashqlardan foydalanib, darsni tanlov o'tkazish shak­lida tashkil etish mumkin. Bunda teng kuchli masala-mashqlar tay­yorlanib, kichik guruhlarga juftlik yoki individual tarzda yechishga qarab darsda qo'yilgan maqsad amalga oshiriladi.
Masala, mashqlarning murakkabligi jihatidan tabaqalash- tirgan holda tuzilib, talabalarning salohiyatiga ko'ra beriladi. Natijada murakkab masalani yecholmay hafsalasi soviydigan ta­labalarni ham darsga, o'rganilayotgan mavzuga diqqatini qaratish mumkin. '
Xullas, masala, mashqlar, bir tomondan sinalgan, qadimiy dars o‘tish uslubi bo‘Isa, ikkinchi tomondan, imkoniyatlari nihoyatda ko‘p!igi tufayli eskirmaydigan, doimo zamonaviy, uchinchidan, uni­versal, barcha iqtisodiy fanlarni o‘rganishda qo'llash mumkin bo‘Igan metoddir.
Iqtisodiy fanlarni o'rganishda bu metod, shubhasiz, nihoyatda katta ustunliklarga ega, ya’ni:
Masala-mashqlardan foydalanish amaliyot yo'nalishiga ega bo'lgani uchun mavzuni o'rganish va talabalar bilimini na­zorat qilishning samarali usuli hisoblanadi. Ayniqsa, talabalar­ning bilimini nazorat qilishda imkoniyati katta.
Masala, mashq mavzusi uchun har qanday vaziyatni tanlash mumkin. Masala, mashqlar talabalar bilimini butun dastur bo'yicha nazorat qilish, shu bilan birga, asosiy yoki qiyin kategoriyalar yoki mavzularni tushunishga qaratilgan bo'lishi mumkin.
Masalalarning muntazam yechib turilishi, mashq bajarish hamda uni muhokama qilish, talabalarning olgan bilimini uzluksiz nazorat qilish, tushunmagan kategoriyalarni tushunib olish imkoniyatini beradi.
O'qituvchi masala, mashq tuzar ekan, birinchi navbatda, aniq maqsad qo'yishi, ikkinchidan, undan kelib chiqib, qanday




ma’lumot berilishini puxta o'ylashi, uchinchidan bajariladigan ish- larni, topshiriqlarni maqsadga ko‘ra tushunarli tarzda qo'yishi za-



  1. Download 1,26 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish