Moliyaviy resurslar jamiyat tomonidan ishlab chiqarishga, uning rivojlanishi uchun ajratilgan pul mablag'laridan iborat. Uning manbalari qimmatbaho qog‘ozlar, soliqlar, pul jamg'armalari, davlat zayomlari kabilardir.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika inqilobi sharoitida xo‘jalik yuri- tuvchi subyektlar axborotlar va resurslarsiz «qo‘l-oyoqsiz» bo‘lib qoladi. Axborot resurslari turli-tuman, bo'lib, uning muayyan asosiy qismini kompyuter texnikasi yordamida avtomatlashtirilgan boshqa- rishni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ma’lumotlar tashkil qiladi.
Har bir resurs, undan ishlab chiqarishda foydalangandagina samara beradi. Resurs keltiradigan natijaning o‘z chegarasi bor. Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma’lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo'lmaydi. Masalan, yaxshi natijaga erishish uchun har qancha harakat qilingan taqdirda ham 1 tonna rudadan - 1 tonna metall olib bo'lmaydi. Mavjud resurslar- dan ma’lum miqdor va turdagi mahsulot ishlab chiqarish mumkin.
Zarur resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyat- larini ham cheklanishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish imkoniyati deganda nimani tushunamiz? Ishlab chiqarish imkoniyati deb, mavjud iqtisodiy resurslardan to‘la foydalanish evaziga eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarish tushuniladi.
Har bir xo'jalik, korxona, firma, tarmoq, mamlakat o'zining ana shunday chegarasiga ega. Resurslardan foydalanish darajasiga qaragan korxonalarning tovarlar bo'yicha ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi ham turlicha bo'lishi mumkin.
Ehtiyojlar doimo kengayib borishi, resurslarning esa cheklanganligi sababli zaruratni to'la qondirish uchun kerakli miqdorda tovar ishlab chiqarishning imkoni yo'q. Shuning uchun har bir ki- shidan tortib jamiyat miqyosigacha cheklanganlik muammosiga duch kelinadi. Cheklanganlik esa har qadamda bizni izlanishga, tanlashga majbur qiladi.
Oila budjetining cheklanganligi turmush uchun nimani xarid qilishni, resurslarning cheklanganligi qaysi ashyolarni sotib olish va qanday tovar (xizmat)larni ishlab chiqarishni, davlat budjetining cheklanganligi mablag'larining qaysi maqsadlar uchun ishlatishni tanlashni zarur qilib qo'yadi. Masalan, talaba o'z vaqtini dars tayyorlashga yoki dam olishga sarflashi mumkin. Dehqon o'z yeriga piyoz yoki deylik, kartoshka ekishi mumkin. Tadbirkor o'z puliga yangi asbob-uskuna yoki xomashyo sotib olishi mumkin. Viloyat budjetidan mablag'ni yangi maktabga yoki ko'prik qurishga sarf- lash mumkin va hokazo.
Mahsulot
|
|
Sluqo
|
Dil ish
|
ab chiqarish
|
turlari
|
A
|
В
|
S
|
D
|
ye
|
G
|
Guruch (ming tonna) «X»
|
0
|
10
|
20
|
30
|
40
|
50
|
Avtomobil (ming dona) «Y»
|
25
|
20
|
15
|
10
|
5
|
0
|
Ko‘rinib turibdiki, agarda, guruch yetishtirmay, faqat avtomobil ishlab chiqarsak, u 25 mingta, faqat guruch yetishtirsak 50 ming tonnaga teng bo‘lar ekan. Birinchisini ishlab chiqarishni ko'paytirish, albatta ikkinchisini kaniayishiga olib keladi.
Jadval ma’lumotlari asosida grafik chizsak, u quyidagi ko‘rinishda (a rasm) bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |