Darsni ko‘ngildagidek o‘tishida ko‘rgazmali materialni qanday namoyish qilish ham katta ahamiyatga ega.
Namoyish qilish jarayonini shunday tashkil qilinishi kerakki:
■S hamma o‘quvchi-talabalar namoyish qilinayotgan obyektni ko'rishlari, iloji boricha faqat ko‘rish emas, sezish organlari bilan his qilishlari kerak;
S obyektning muhim, asosiy tomonlari talabalarda katta taas- surot qoldirishi, maksimum darajada diqqatlarini jalb qilishi kerak;
s o‘rganilayotgan obyektni sifatini mustaqil ravishda o‘lchash imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Real narsalarni namoyish qilish metodi ko‘proq tabiiy, texnika
va texnologiya bilan bog‘liq fanlarni o‘rganishda qo‘l keladi. Ayniqsa, talabalaming o‘zi shu predmetlar, buyumlarni o‘z qollari bilan ushlab ko‘rib, uni xossalarini o‘rganishlari bilish jarayonini I'aol amalga oshishiga yordam beradi.
Iqtisodiy fanlarni o'rganishda ham ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish jarayonini tashkil qilishni boshqarishni o'rganishda, sarf- xarajatlar tarkibini, mahsulot sifati va boshqalarni o‘rganishda katta yordam beradi.
Namoyish qilish metodining o‘ziga xos davomi illyustratsiya hisoblanadi. Namoyish qilishda ko'proq predmetlardan foy- dalaniladi. Illyustratsiya predmet, jarayon hodisalarni simvollar yordamida ifoda qilish bo‘lib, odatda, u plakatlar, karta, portret, fotografiya, rasm, chizma, grafik va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Illyustratsiyaning o‘ziga xos turi adabiyot, kinofilm qah- ramonlari bo‘lib, ularning obrazlari eslatilganda xotirada ularni jonlantirilishidir.
Illyustratsiya materiallarini oldindan tayyorlanadi, lekin zarur paytida ko‘rsatiladi. Hozirgi paytda ulardan tarqatma material sifatida foydalanish keng qo‘llanilmoqda.
Illyustratsiyaning samaraliligi ko‘p jihatdan uni qanday tarzda qo‘llashga bog‘liq. Ko‘rgazmali qurollar va ularni namoyish qilishni rejalashtirganda uni mavzuni o‘rganishda qanday rol o‘ynashi va didaktik vazifasini yaxshilab o‘ylash kerak. Chunki haddan tasbqari ko‘rgazmali materiallar ko‘pligi, talabalarni mavzuni o‘rganishdan chalg‘itadi. Illyustratsiya materiallari oldindan tayyorlanadi, lekin zarur paytda ko‘rsatiladi.
Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday tarzda, qanday maqsadda foydalanish o‘qituvchiga bog‘liq.
0‘qituvchi ko‘rgazmali quro! tanlar ekan, albatta, awalo, dars ma’ruzami yoki seminar darsimi - hisobga oladi. Ikkinchidan, mavzu orqali o‘qituvchi talabalar oldiga qanday vazifa qo‘ymoqchi, maqsadi nima, muhokama qilinayotgan muammoni yechishda ko‘rgazmali qurol qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib, tanlasHi kerak.
Masalan, jadval raqamlaridan ma’ruzada biron ilmiy taxmin (gipoteza)ni, ilgari surilayotgan fikrni tasdiqlash maqsadida foy- dalanilsa, seminar darsida masala yoki mashq bajarganda foydalanish mumkin. Bunda ham ko‘rgazmali qurollardan foydalanish darajasi o‘qituvchining mohirligi, fantaziyasiga bog‘liq.
O'qituvchi tarqatma materiallar tayyorlayotganda, ma’lum qoi- dalarga rioya qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |