D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasiXarajatlar smetasi (ming so'm)
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
(Loyihaning bu qismi-xarajatlar hisoblashni buxgalteriya hisobi va audit darslarida o'rganiladi). Namunaviy loyihamiz kafedraning ilmiy ishlarida qatnashishni ko'zlagan iqtidorli talabalar uchun mo‘ljallangan. Darsda esa nisbatan uning oddiy, sodda varianti o'tilayotgan mavzu yoki shu mavzu bo'yicha mavjud muammolar yuqoridagi jadvalda berilgan tartib asosida tayyorlanadi. Lekin barcha talabalar turli tashkilot, fondlar o'tkazayotgan tanlovlarda qatnashish uchun ilmiy tadqiqot loyihasi tuzishni o'rganishni faqat ijobiy baholash mumkin. Talabalar bu metod yordamida biznes-reja tuzishni o'rganadilar. Barcha metodlar kabi bu metodning ham afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Ko'pincha bosqichma-boqich amalga oshirish mo'ljallangan metodlar texnologiya tarzida ham ifodalanadi. Bunday yondashish ham mumkin, bu har bir o'qituvchining qaysi nuqtayi nazardan yondashishiga bog'liq. Tadqiqot metodiga xos afzal- liklar, kamchiliklar bu metodga ham xos. Biz uni awal ko'rib chiqqanmiz. Xulosa Loyihalash metodi — o'rganilishi lozim bo'lgan mavzu, muammo, masalani aniqlab, uni yechish uchun kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish, qo'yilgan maqsadni va uni bajarish qanday natijaga olib kelishini loyihada aks ettirish hamda uni amalga oshirishni o'rgatadigan metod. Metodni qo'llash asosida dars o'tganda loyihalash obyektining maqsadini aniqlash, mazmunini ifodalash muhim ahamiyatga ega. Bu metod asosida biznes reja tuzish, texnologik xarita ishlab chiqish, turli loyihalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish ko'nik- masi hosil bo'Iadi. Bu metod mas’uliyatni his qilishga o'rgatadi. Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar Loyihalash metodi, loyihalash bosqichlari, loyihalash obyekti, loyihalash maqsadi, loyihalash vazifasi, namunaviy loyiha, tadqiqot loyihasi, loyiha taqdimoti, loyihani baholash mezonlari. Takrorlash va munozara uchun savollar Iqtisod fanlarini o‘rganishda loyihalash metodi qanday o‘rin tutadi? Sizningcha, bu metodni qanday mavzu yoki savollarni o'rganishda qo‘llagan ma’qul? Loyihalash metodining asosiy bosqichlarini aytib bera olasizmi? Boshqa hech qaysi metod o'quvchi, talabalarda bu metodga o'xshab mas’uliyatni his qilishni shakllantirmaydi, tarbiyalamaydi, degan fikrga qo'shilasizmi? Siz loyiha taqdimotida nimalarga ahamiyat bergan bo‘lardingiz? Loyiha uchun berilgan baholash mezonlari sizni qoniqtiradimi, yana nimalarni qo'shish mumkin? Siz o'zingiz qanday muammoni tanlagan bo‘lardingiz? Loyihani amalga oshirish uchun zarur mablag' miqdorini hisoblab chiqib, asoslab bera olasizmi?
Dars o‘tish jarayonida qo'llaniladigan metodlar turli-tuman bo'lib, ularning har biri talabalarni bilim olish, axborot ustida ishlash, fanni o'rganishga yo'naltiradi. Biz awalgi boblarda o'rgangan metodlarimizga o'xshab dars o'tishda keng qo'llaniladigan tahliliy va ijodiy fikr yuritishga, o'z fikrini himoya qilishga o'rgatadigan qator metodlar borki, ularni mazkur bobda ko'rib chiqamiz. l-§. O'quv va ilmiy adabiyotlar ustida mustaqil ishlashni o'rgatuvchi metodlar . _ _ O'quvchi, talabalarni o'qitishda Kitob ustida mustaqil ishlash qo'llaniladigan eng muhim metodlardan biri kitob ustida ishlash- dir. Bu metodning afzalligi shundaki, u kitobxonga o'quv ax- borotini uning o'ziga xos sur’atda va qulay vaqtda olishini ta’minlaydi. O'quv adabiyotlari bilan ishlash metodlariga xos funksiyalarni barchasini bajaradi. Kitob ustida mustaqil ishlashning maqsadi uning tarkibi bilan tanishib chiqish, tezda qarab chiqish, alohida boblami yoki para- graflarni sinchiklab o'qish, berilgan materialni o'rganish, alohida bob yoki butun kitobga referat yozish, ayrim qoidalarni yodlash va boshqa usullar tarzida bo'lishi mumkin. Shuning uchun bu metodning qo'yilgan maqsaddan kelib chiqib, turli modifikatsiyalarda qo'llash mumkin. Kitob ustida ishlash o'quvchi, talaba uchun murakkab va qiyin metod sanaladi. Juda ko'p o'quvchi, talabalar o'qishni bilganlari holda kitob bilan ishlashni yetarli darajada bilmay yoki o'qiganlarining ma’nosiga to'liq yetmagan holda bitiradilar. Bunga sabab nima? Nima sababdan o'quvchilar ham, talabalar ham o'quv adabiyotlari bilan ishlashni qiyin ko'rishadi? Bir guruh metodistlar (Beck va boshqalar, 1993) tadqiqot o'tkazib, buning ikki asosiy sababini aniqlashdi:
Ikkinchidan, kitobxon noaniq yozilgan matnga, tushunmagan so‘zga duch kelgach, tipik holatda o'zini passiv tutadi, ya’ni eng osoni kitobni yopib qo‘ya qoladi. Uchinchidan, o'quvchi, talabalar ko'pincha bir adabiyotdan zarur axborotni barchasini olishni ko'zlashadi. Shuning uchun amerikalik pedagoglar tomonidan o'quvchi, ta- labalarni kitob ustida ishlashlarini faollashtirish maqsadida «mual- Iifdan so'rang» metodi ishlab chiqilgan. Bu metodni qo'llab darsni boshlashdan oldin o'qituvchi buyuk faylasuflardan Suqrotning yozma nutq haqidagi shikoyatini boshqacha tarzda ifodalab, yozilgan matn doimo tushunarli bo'lavermaydi. Uni tushunmagani uchun o'quvchi aybli emas. Odatda, gapirayotgan kishining nutqida tushunilmagan gapni, so'zni so'zlovchiga savol berib, uni kengroq tushuntirib berishini so'raymiz. Yozma matn, ya’ni kitob ma’nosi tushunarli bo'lmasa, uni tushuntirib berishlarini so'rash mumkin emas. Faqat bunda uni kursdoshlari tushuntirib berishi yoki o'zi harakat qilishi mumkin, deya tushuntiradi. Buning uchun o'qituvchi talabadan matnda nima yozilganini tushunishni ana shu metod yordamida o'rganishi mumkinligini ko'rsatadi. Bu o'rganilayotgan fan bo'yicha darslik, o'quv qo'llanmasi yoki gazeta, jumallarda chop etilgan bevosita o'rganilayotgan mavzuga taalluqli iqtisodiy maqolalar bo'lishi mumkin. Bunda o'qituvchi talabalarga mavzu bo'yicha o'quv adabiyoti- dan paragraf yoki biron parchani o'qishni taklif etadi. So'ngra o'qituvchi talabalarga: Aytinglarchi, muallif bu yerda nima haqida gapirayapti? degan savolni beradi. Talabalar javob bergach, o'qituvchi gap nima haqida ketayotganligiga yakun yasaydi. Hamda aniqroq, tushunarliroq bo'lishi uchun siz bu fikrni qanday ifodalagan bo'lardingiz? degan savol bilan murojaat qiladi. Bu metodni boshqacha variantda, dars o'tishni uch bosqichga bo'lib quyidagicha qo'llash mumkin: Dastlab, o'qituvchi talabalarga kitob yoki ilmiy maqolani o'qib chiqib, tushunmagan jumla, fikrni alohida ajratib daftarga yozishni topshiradi. So'ngra, ikkinchi bosqichda muallif nima haqida fikr yuritayot- gani, u nima demoqchi ekani muhokama qilinadi.
To‘rtinchi bosqichda, talabalar yozgan javoblar o'zaro tekshiri- ladi va muhokama qilinadi. Muhokama individual yoki kichik guruhlar bo'yicha olib borilishi mumkin. Asosiy maqsad, yozilgan fikr tanqid qilingan muallifnikiga qaraganda tushunarliroqmi yoki ak- sinchaligini aniqlash. Talabalar o'z flkrlarini bildirgach, ularni solishtirib, 0‘qituvchi o‘zi yakun yasaydi. Ana shu parchani tushunish uchun awaldan nimalami o‘qigan bo'lishi, nimalami bilish kerak? va hokazo. Topshiriqni bajarilishiga qarab talabalarga ball beriladi Bunday usulni qo‘llash talabalarni 0‘qishni faol o'rganishga undaydi. Undan tashqari talabalarni o‘z flkrlarini asoslashga, materialni taqdim qilishni o'rgatadi. «Muallifdan so‘rang» usuli bo'yicha talabalar o'zlari yangi matn bilan ishlab, yozishni 0‘rganishadi. Ushbu usulni modifikatsiyasi darsda 4iigan Inavfu va bir necha o‘quv adabiyotida berilgan shu menmg kasbim» mavzu bo'yicha matnni o‘qib chiqib, so- lishtirish ham mumkin-ki, u talabalarga mavzuni o'zlashtirishga, mustaqil fikr yuritish va bilimini mustahkamlashga katta yordam beradi. Ko'pincha, o'quvchi-talabalar kollejni, oliy o‘quv o‘quv yurtini bitirib, ishga tushganda ustozlar hayron bo'lishadi, nahot shu nar- salarni bilmaydi, o‘quv yurtini bitirib keldi-ku, u yerda bu nar- salami o'qitgan, o‘rgatgan bo'lishi kerak edi, deb. Psixologlaming fikricha, buning asosiy sababi, eng awalo, har bir kishi o'qishdan aniq maqsad qo‘ymas ekan, ko'zlagan natijaga erishib bo'lmaydi. Agar aniq maqsad qo‘yilmasa, bilimli mutaxassis emas, o‘qiganini to'tiqushdek takrorlovchi, bilganini real hayotda qanday qo'llashni bilmaydigan bitiruvchilar tayyorlanadi. 0‘quvchi, talabalar kitob yoki maqola o‘qir. ekan, unga olgan bilimi yoki undagi berilgan axborotdan joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat topshirishda yoki ball to’plashda qanday foy- dalansam bo'Iadi, degan nuqtayi nazardan qaraydi. Kasb egasi bilimi jihatidan undan ustun bo'lmasada, mutaxassisligi bo'yicha qoiiga kitob tushsa, eng awalo, undan ish jarayonida qanday foydalanish mumkinligiga e’tibor qaratadi. Akademik va amaliy bilimning asosiy farqi ham ana shunda. Shuning uchun ham hozirda o'quv yurtlarini bitiruvchilami egallayotgan kasblari bo'yicha amaliyot bilan bog'lashga alohida
Uni har bir talaba o'z daftariga chizib oladi. Doskaga yoki qog'oz plakatga (qog'oz doskaga) butun gumh uchun chizamiz. Bunda savol qo'yilib, guruhda juftlik yoki kichik guruhlar, yoki individual tarzda muhokama qilish mumkin. Bunda «aqliy hujum»ni qo'llash yaxshi natija beradi. Aytaylik, «Yalpi talab va yalpi taklif» mavzusi bo'yicha seminar darsida ana shu metodni qo'llamoqchisiz.
Download 1,26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |