XII bob. «AQLIY HUJUM* VA «SASE STUDY(KEYS)» METODI ASOSIDA DARS O'TISH
Bozor iqtisodiyotiga noaniqlik, o'zgaruvchanlik xos. U turli vaziyatlarni tezda baholashr taqqoslash va qaror qabul qilishni talab qiladi. Demak, o'quvchi-talabalarda ana shunday ko'nikma hosil qilish zarur. Bu jihatdan dars o‘tish metodlari orasida «aqliy hu- jum» va keys metodining oldiga tushadigani yo‘q. Navbatdagi bob ana shu metodlarni qo'llashni o'rganishga bag'ishlangan.
/
§. Iqtisodiy fanlarni o'rganishda «aqliy hujum» metodini qo'llash va uning boshqa uslublardan farqi
«Aqliy hujum» uslubida qo'yilgan savol, muammo, masalani butun guruh bilan birgalikda muhokama qilinadi («Aqliy hujum» breynstorming — ing. — brain-miya, storming-hujum, bo'ron, qat- tiq hayajon). U talabalarni o'quv jarayonida mashg'ulotlar faol qatnashishlarini, turli g'oyalarni topish va bayon qilish chog'ida bosh- qalami ham fikrini jalb qilish, o'z flkrlarini aytishga yo'naltiruvchi metoddir. Bu metodni qo'llaganda, qo'yilgan g'oya, savol barchani o'ziga jalb qiladi.
Bu metodda ma’lum muammo bo'yicha har bir talabaning fikr-mulohazasi tinglanib, ular asosida ma’lum bir yechim tanla- nadi. Uslub bo'yicha dars o'tishni quyidagi sxema orqali ko'rsatish mumkin.
Bu metod asosida savol muhokamasini ikki, uch xil usulda o'tkazish mumkin. Har bir usul ikki yoki uch bosqichdan iborat bo'Iadi.
Birinchi usul. Darsning birinchi bosqichida guruh ikkiga ajratiladi. Talabalar qo'yilgan muammo yoki savol bo'yicha o'z fikr- mulohazalarini navbatma-navbat qisqacha bayon qiladi. Bunda har bir talaba masalaga o'z nuqtayi nazaridan yondashishga harakat qilishi kerak.
Ikkinchi bosqichda bitta guruhning talabalari ikkinchi guruh vakilining bildirgan fikriga o'z munosabatlarini bildirishadi, ya’ni opponentlik qilishadi. Ikkinchi guruh bildirilgan barcha fikrlarni to'playdi.
Uchinchi bosqichda bildirilgan fikrlar saralanadi va maqbul, samarali yechim tanlanadi. Har ikki guruhning natijasi to'g'ri deb topilgan javoblar asosida taqqoslanadi va ball beriladi.
Dars o'tishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
Muammo, muhokama qilinadigan masala yoki munozarali savol aniq, hammaga tushunarli bo'lishi zarur. Iloji bo'lsa, uni doskaga yoki vatman qog'ozga yozib qo'yish kerak.
O'qituvchi talabalarga «Aqliy hujum» yoki «Aqliy shturm» asosida dars o'tkazishning tartibini tushuntirib berishi kerak. Bunda:
har bir talaba o'z fikri, g'oyasini aniq, qisqa ifodalashi zarurligi, buning uchun 20-30 soniya vaqt berilishi;
boshqalar bildirgan fikr, g'oya, tavsiya, takliflarni takrorlamaslik;
birinchi bosqichda munozaraga kirishmaslik, faqat qo'yilgan muammoga nisbatan o'z fikrini aytish;
birinchi bosqichda auditoiyada bildirilgan fikr asoslab beril- maydi, tanqid qilinmaydi;
fikr bildirilayotgan paytda so'zlovchining gapi bo'linmaydi;
bildirilayotgan fikr, g'oya muhimligi jihatidan bir-biriga nisbatan teng deb olinadi.
Sababi, birinchidan, iloji boricha ko'proq fikr, g‘oya, taklif, tavsiyalarni to‘plash. Ikkinchidan, hammani o'z fikrini ochiq bildirishni ta’rninlash. Uchinchidan, vaqtni tejash.
0‘qituvchi o‘quv jarayonida tashabbusni shunday qo‘lga olishi, darsni tashkil qilishi kerakki, har bir talaba mavzuga daxldor darajada fikr aytishi zarur.
Ikkinchi bosqichda bildirilgan fikrlar, g‘oyalar, takliflar sara- lanib, guruhlarga ajratilib, muhokama qilinadi. Tahlil asosida ular ichidan eng maqbul, samarali yechim tanlanadi.
Ikkinchi usul. Birinchi bosqichda qo'yilgan muammo, masala „ bo'yicha har bir talaba o‘z fikrini bildiradi. U qisqa, tushunarli bo'lishi kerak. Talabalar bildirgan fikrni o'qituvchi yoki talaba yozib borishi, yoki 2—3 daqiqa vaqt belgilanib, har bir talaba o'z fikrini yozib berishi mumkin.
Ikkinchi bosqichda bildirilgan fikr va g‘oyalar saralanadi. Birgalikda muhokama qilinadi. Yechim tanlanib, qaror qabul qilinadi. Talabalarning ishtiroki va bildirgan fikrining originalligi, to‘g‘riligi va boshqa jihatlariga ko‘ra ball beriladi.
Masalan, «Agrar munosabatlari mavzusini o‘tayotganda agrar sektorning muammolarini muhokamasi shu usul bo'yicha o'tish mumkin. Bular respublikamiz uchun eng dolzarb muammolar- dandir. Chunki, YalMni 26 foizi, valuta tushumining salmoqli agrar sektorga to'g‘ri keladi. Aholining 40 foizdan ortig'i qishloq xo‘jaligida band bo'lib, 65 foizi qishloqlarda yashaydi.
Dars mavzusi; Agrar sektorning uzoq muddatli muammolarini qanday yechish mumkin?
Bu muammoli savolni muhokama qilish uchun awalo talabalarning diqqatini agrar sektordagi uzoq va qisqa muddatli muammolarning farqini ajratishga qaratishimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |