D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi«IQTISODIY RESURSLAR YA JAMIYAT EHTIYOJLARI» mavzusida seminar darsining texnologik xaritasi
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Grafikda jadval ma’lumotlari asosida ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig'ini tasvirlang. A tovarning В tovarda ifodalangan muqobil qiymatini hisoblang. В tovarning A tovardagi muqobil qiymati: o'suvchi, pasayuv- chi yoki doimiymi? A tovarning В tovardagi muqobil qiymati- chi? ko'rsating. Agarda muqobil qiymat doimiy bo'lsa, imkoniyat egri chizig'i qanday shaklda bo'Iadi? Jadval va grafikda tasvirlang. T/N Bizning ehtiyojlarimiz olgan axborotlarimizga ko'ra shakllanadi. Ovqatga zarurat har bir odamda kishi oshqozonini kichik sig'imi bilan cheklanadi, lekin qulayliklarga hamda uy-joy, kiyim-kechak, uy sharoiti va uni anjomlar bilan bezashga intilish, aftidan, cheksiz yoki muayyan chegaralarga ega bo'lmasa kerak, deb ta’kidlagan, taniqli faylasuf Gegel. To'rtinchi kichik guruh uchun topshiriq: Jamiyat doimo joriy iste’mol uchun hamda kelajak uchun tovarlar boshqacha aytganimizda, iste’mol mollari va investitsion tovarlar ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqollar o'tkazish, maorif, ta'lim, profilaktik tibbiyot(kasallikni oldini olish uchun chora- tadbirlar)ga qanday miqdorda resurslar sarflashni hal etadi. A,B,C,D mamlakatlar uchun 1995-yili a) rasm va 2005-yili b) rasmda ishlab chiqarish imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Har ikki rasmdagi imkoniyatlar egri chizig‘ini taqqoslang va quyi- dagi savollarga javob bering. Nima sababdan har bir mamlakat imkoniyat egri chizig'i (a rasm), 2005-yili b) rasmdagi darajaga ko‘tarildi? Nima sababdan С va D mamlakatlarda A va В mamlakatlarga qaraganda imkoniyat egri chizig'i yuqori? Joriy iste’mol bu mamlakatlarda 2005-yilda qanday o‘zgargan? Komfort (qulaylik) — umuman tugamaydigan narsa degan, faylasuf Gegel. Qaror qabul qilish uchun turli muqobil variantlar tanlov me- zonlari asosida taqqoslanadi. ; Ilova 3(3.3.) Javoblar: Birinchi kichik guruh uchun topshiriqning javobi: . 1050 dona qizlar ko‘ylagi yoki 1200 dona erkaklar ko‘ylagi. Grafik: x o‘qida qizlar ko'ylagi, и T/N: IN, 2T. Ikkinchi kichik guruh uchun topshiriqning javobi: Bitta qo'shimcha avtomobil ishlab chiqarish xarajatlari 7,6,5,4,3 traktor, qo'shimcha bitta traktor ishlab chiqarish 1/7, 1/6, 1/5, 1/4, 1/3 avtomobilga teng. S 6 7 Istc'mol tovarlari a) rasm b) rasm T/N
Manba: 0‘zR Davlat statistika qo'mitasi ma’lumotlari. Jadvalni keyingi yil ma’lumotlari bilan to'ldiring. Ular asosida qanday xulosalar chiqarish mumkin? Xulosa Amaliy mashg'ulot, jumladan, uning asosiy shakli bo‘lgan seminar darsi talabalarga professional ta’lim berish va tarbiyalash, mustaqil ishlash malakasini o‘stirish, mantiqiy fikrlashga o'rgatish, nutqni o'stirish, tahliliy va tanqidiy fikrlashga o'rgatish, nazariy bilimni amaliyot bilan bog'lash va bilimni nazorat qilish va baholash imkoniyatlari kengligi bilan ta’limning boshqa shakllaridan ajralib turadi. ' Seminar darslarida fan dasturi bo'yicha belgilangan uzviy savollarni muhokama qilinar ekan, iloji boricha har biri uchun alohida metod qo'llagan ma’qul. U barcha talabalar faolligini ta’minlaydi. Buning uchun liar bir darsga o'qituvchi har tomonlama puxta tayyorlanishi dars jarayonida foydalanadigan topshiriqlar, dars o'tishning texnologik xaritasini ishlab chiqishi zarur. Asosiy tayanch tushuncha va atamalar Seminar, seminar turlari, seminar funksiyalari, qisqa muddatli yodda saqlash, uzoq muddatli yodda saqlash, takrorlash, seminar darsiga tayyorgarlik, seminar darsi texnologik xaritasi. Takrorlash va munozara uchun savollar Seminar darsi talabalarning bilim olishida qanday o'rin tutadi? Seminar darsi qanday funksiyalarni bajaradi? Nima sababdan olingan bilimni vaqti-vaqti bilan takrorlab turish lozim? Seminar darsi muvaffaqiyatli o'tishi uchun, sizningcha, nima qilish kerak? Seminar darsi o'tsangiz, qanday maqsadlarni ko'zlagan bo'lar edingiz? Seminar darsini texnologik yondashuv nuqtayi nazaridan loyihasini ishlab chiqa olasizmi? Sizningcha, seminar darsining qanday afzalliklari bor?
bob. DARSLARNI SAVOLLAR VA SUHBAT ASOSIDA OLIB BORISH Biz siz bilan dars o‘tishning asosiy shakllari bo'lmish ma’ruza va seminar mashg'ulotlarini o'tkazishni o'rgandik. Ma’lumki, dars o'tish ma’lum bir metodlar asosiga quriladi. Shuning uchun biz dars o'tishning asosiy metodlaridan xabardor bo'lishimiz, ularni dars jarayonida samarali ravishda qo'llay bilishimiz zarur. Mazkur bobdan boshlab ana shu maqsadni amalga oshiramiz. Metodlarni o'rganishni esa eng ko'hna, shu bilan birga hech qachon eskir- maydigan eng ko‘p qo'llaniladigan maqsadga yo'naltirilgan savollar va suhbat metodini o'rganishdan boshlaymiz. §. Talabalarga maqsadga yo'naltirilgan savollar asosida dars o4ishning tutgan o‘rni Dars o'tishda eng ko‘p qo'llaniladigan metodlardan biri darsni talabalar diqqati, fikrini jamlovchi, qo'yilgan maqsadni amalga oshirishga qaratilgan savollar asosida olib borishdir. Iqticodiy fanlar bo'yicha amaliy, jumladan, seminar darslarida atroflicha suhbat yoki aniq maqsadga yo'naltirilgan savol-javob asosida dars o'tish keng qo'llaniladi. Tahliliy fikrlash savol qo‘yishdan boshlanadi, muammo savollar orqali yechiladi. Shuning uchun dars jarayonida savol orqali talabalarda o'z fikrini asoslash ko'nikmasini hosil qilish katta ahamiyatga ega. O'quv rejasi bo'yicha savol-javoblar yordamida talabalar o'quv jaiayoniga jalb etiladi. Shu yo'l bilan talabalarda fikr-mulohaza yuritish, o'z fikrini izohlashga ishtiyoq uyg'otiladi. Chunki, talabalar bir tomondan savollarga javob berishadi, ikkinchi tomondan esa o'zlari savol berish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Savolni to'g'ri berishning o'zi fikrlay bilishdan dalolat beradi. Shuning uchun darsda faqatgina o'qituvchi emas, balki talabalar ham bir-birlariga savol bilan murojaat qilishlari, ayniqsa, kichik guruhlarga bo'linib dars o'tganda o'zaro fikrlashish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar talaba savol berishni o'rganmasa, o'zining bilimi sayozligi haqida o‘yJab ham ko'rmaydi. Biz savol tuzib, unda o‘z fikrimizni ifodalashimiz tufayli boshqalarni ham o'ylashga, o‘rganishga undaymiz. 0‘qituvchining savoli talabalarni fanni o'rganishda boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Aynan savollar, ularning mohiyati va vaziyatga ko‘ra qo‘llash, talabalarni tahliliy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi mumkin. Bunday metod asosida amaliy dars o‘tganda o'quvchi-talabalar soni 25—30 nafardan oshmagani, ular iloji boricha bir-biriga nisbatan yuzma-yuz o'tirgani ma’qul. Eng maqbul holat «Р» shaklida joylashtirishdir, lekin hamma vaqt ham bunday shaklda dars o‘tkazib bo'lmaydi. Sababi, ko'pincha bunga imkoniyat yo'q. Ko'pgina ilg'or pedagoglarning fikricha, stollami «archa* shaklida joylashtirgan ma’qul. Bunda har bir talaba o'qituvchiga nisbatan yarim burilishda joylashadi. Savol-javob, davra suhbati tarzida dars o'tilganda stollarni yarim doira shaklida joylashtirish mumkin. 0‘quvchi-taIabalarni joylashtirish: O’qituvchi Hamma vaqt ham auditoriya talabga javob beradigan darajada bo‘lmasligi mumkin. U holda imkoniyatga, talabalar joylashishini dars o'tishda qo'llaniladigan metodga ko'ra, ta’minlashga harakat qilinadi. O'qituvchi talabalarda shunday qiziqish uyg'otishi kerakki, uning rahbarligida o'quv materiali butun guruh tomonidan birgalikda o'rganilishi, muhokama qilinishi, ishlab chiqilishi kerak. Dars muvafTaqiyatli o'tishi uchun o'qituvchi tomonidan auditoriyada ijobiy atmosfera yaratilishi muhim ahamiyatga ega. Har bir talaba o'z fikrini, tug'ilgan savollarni bemalol ayta olishi hamda darsda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun faol qatnashishi kerak. O'qituvchi esa savollar yordamida butun guruhga bir xilda ta’sir qilishga, qo'yilgan savollarga, muammolarga hech bo'lmaganda qoniqarli javob olishga harakat qilishi kerak. O'quv rejasi bo'yicha xilma-xil savollar orqali talabalar bilan atroflicha suhbat o'tkazish o'qituvchidan chuqur, maxsus bilim, oxirgi yangiliklar, o'zgarishlardan xabardor bo'lishni talab qiladi. Chunki o'qituvchi talabaning har qanday savoliga javob berishga tayyor bo'lishi kerak. O'qituvchi dars jarayonida nafaqat talaba bilan hamkorlikka tayyor turishi, balki hamkorlik qilishi kerak. Shundagina dars berishdan qo'yilgan maqsadga izchillik bilan er- ishiladi. Maqsad esa quyidagilar: Belgilangan vaqt davomida o'quv materiallarini o'rganish va xotirada saqlab qolish. Bosqichma-bosqich mantiqiy fikr yuritishga o'rganish. O'qishdagi oraliq maqsadlarga erishish (masalan, o'r- tog'ining fikrini tahlil qilib, tanqidiy o'rganish). §. Savollar va ularni dars jarayonida to‘g‘ri qo‘ya bilishning zarurati Ma’lumki, savollarsiz dars o‘tib bo‘lmaydi. Ta’lim jarayonini qanday metodlar asosida tashkil qilishimizdan qat’i nazar, albatta, savollardan foydalanamiz. Aniq yo'naltirilgan savollar asosidagi suhbat o'qituvchining ko'rsatmalari bo'yicha olib boriladi. Suhbatning muvaffaqiyati ko'p jihatdan savollarni to'g'ri qo'yishga bog'liq. Ilgarigi mavzuda ko'rib o'tilgan savollar alohida yoki tizim shaklida qo'yilish, ular oddiy yoki murakkab bo'lishi mumkin. .Savollar qo'yilishi tarzi, mazmuni, maqsadi va boshqa jihatlari bilan farqlanadi. Ularni shartli ravishda quyidagicha tavsiflash mumkin. Axborot xarakteridagi savollar. Qo'yilgan muammo bo'yicha dalillarni, sanalami aniqlashga qaratiladi. Bu guruhga kiradigan savollar ikki xil bo'Iadi: ular ochiq va yopiq savollardir. Ochiq savollar - turli so'roq gaplar orqali ifodalanib, turli-tuman javob berilishi ko'zda tutiladi. Masalan: Siz daromadlarga belgilangan progressiv soliq stavkalariga qanday qaraysiz? Yopiq savollar — bu savollarga javob «ha», «yo'q», «ehtimol to'g'ri» tarzida olinishi mumkin bo'lgan savollar bo'lib, odatda, ular fe’lga «mi» qo‘shimchasi qo‘shilib hosil etiladi. Masalan: Talab egri chizig'ini siljishiga moddaning o'zgarishi ta’sir qiladimi? Yoki yalpi ichki mahsulot hisoblaganda transfert to'lovlarini qo'shamizmi? Muqobil savollar ikki variantda bo'lib, ulardan nisbatan ishonchlirog'i tanlanishi kerak. Berilgan savolni tushunish qiyin bo'lsa, uni boshqacha tushunarliroq variantda beriladi. Tasdiqlovchi yoki mustahkamlovchi savollar vaziyatni aniqlash maqsadida beriladi. Masalan: a) talaba bildirilgan fikriami tushundimi yoki tushunarli bayon qilindimi? Aytilgan - fikrlarga hamma tushundimi? Yoki men aytganlarim tushunarlimi?, tarzida qo'yilishi mumkin. Faraz, tahlil qilishga, undashga qaratilgan savollar ikkila- nishni bartaraf qilishga yordam beradi. Odatda, bu savollar «aytaylik», «faraz qilaylik», «ko‘z o'ngimizga keltiraylik» degan so'zlar bilan boshlanadi. Muloqot o‘ritatish uchun qo'yiladigan savollar auditoriya bilan muloqot o'matishga, keskin vaziyatlami yumshatishga xizmat qiladi. Yo‘llovchi, esga soluvchi yordamchi savollaming mazmuni voqea, hodisaning bajarilishi, ro‘y berishi, ehtimoli yuqori dara- jadaligini ta’kidlaydi. Savol ohangi bilan to‘g‘ri javob berishga un- daydigan savollar bo'lib, talabaga to'g'ri javob berishga yordam- lashadi. So‘zsiz savollar o'qituvchining qarashi, mimikasi, imo- ishorasi bilan beriladi. U auditoriyada talabalar o'rtasida diqqat- e’tibor, jiddiylik tug'diradi. Bu holda o'qituvchining yuzida, imo- ishorasida xayrixohlik ifodasi bo'lmasa, talaba noto'g'ri javob ber- dimmi, degan xayolda esankirab, sarosimaga tushib qolishi mumkin. Savollarni tuzish va uni talabalarga berishdan qo'yilgan maqsadga ko'ra — taxmin, sintez qilingan savollar, sharhlashga doir, qo'llashga doir savollar bo'lishi mumkin. Savollar bilan bir qatorda xohish, istak tug'diruvchi so'zlardan ham foydalanish mumkin. Bunday so'zlar talabalarning bildirayot- gan fikriga, gapirishiga turtki beruvchi yoki qisqa mulohaza, maslahat tarzidagi masalan, «ha», «davom eting», «to'g'ri», «shunday qilib», «to'g'rirog'i», «aniqrog'i» kabilardir. Ko'pincha bunday ta’kidlar keng fikrlash imkonini berib, nisbatan yaxshi natijalaiga erishishga olib keladi. Bunday savol esa, fikr doirasini anchagina cheklaydi va qisqa mulohaza, do'stona ohangda yoki iltimos shaklida ifodalanadi. Ular ko'rsatma tariqasida «asoslab bering», «xulosa chiqaring», «yakun yasang», «xarakterlang» va hokazo tarzida ifodalanadi. 0‘qituvchi doimo o‘z oldiga qanday savol berish kerak yoki qanday qilib to‘g‘ri savol bersam bo'Iadi, degan masalani qo‘yadi. Masalani quyidagicha hal qilish mumkin: Savolni barcha talabalarga berish, butun auditoriya oldiga qo‘yish kerak. Hamma talabalar o‘ylab ko'rsin. Ma’lum pauzadan so‘ng aniq bir talaba javob berishga chiqishi mumkin. Auditoriyaga xos savollar talabalarning bilim darajasi, darsga tayyorgarligi kabilarni hisobga olgan holda berilishi kerak. Bunda guruhdagi talabalarning individual xususiyatlarini ham hisobga olish kerak. Nisbatan bo‘sh talabalarga uncha murakkab bo‘lmagan savollar berish, so‘ngra bilimi kuchli talabalarga murakkab savollar berib borish kerak. Natijada oddiydan murakkab tomon borilaveradi. Dastlab, ixtiyoriy javob bermoqchi bo‘lganlarga diqqat qaratish kerak, so'ngra bosiq, o‘z ishtiyoqi bilan javob bermaydigan talabalarni javob berishga jalb qilish, haddan tashqari faol talabalarni birmuncha tiyib turish kerak. Darrov javob berishlariga urinmaslik, balki bir necha javob berishni xohlovchilarni aniqlab, bir necha talaba javob berishi mumkinligini his qilgach so‘ray boshlash lozim. Muhim va murakkab savollar tashlanganda ko'proq pauza saqlab, talabalarni tayyorgarlik darajasini ko'zdan kechirish zarur. Aniq maqsadga qaratilgan savol berish kerak. Ma’lum nar- salar haqida savol berish zerikarlidir. Talabalar fikr yuritishini zarur yo‘nalishga solib, unchalik kerak bo'lmagan masalalarga e’tibor berish, atrofda aylanish, chetga chiqishdan qochish kerak. Haddan tashqari uzun savollar darsni maqsadidan chetga chiqib ketishga olib kelsa, haddan tashqari qisqa savol esa, «fikr yuritish» uchun kam «joy» qoldiradi. Tushundingizmi, degan savol ko‘pincha javobsiz qoladi, Shuning uchun yaxshisi aniq nazorat shaklida savol bergan ma’qul. Bitta so‘roq gapdagi bir necha savollar talabalarni chalkashtiradi. Shuning uchun savolni oddiy, tushunarli qilib tuzish kerak. Savollarni xotirjam tarzda berish kerak. Chunki, bunday savol tushunishni osonlashtiradi. Savoldan keyin fikr yuritish, javobni shakllantirish uchun ma’lum muddat qoldirish kerak. Har doim savol bilan javob berish o'rtasidagi muddat savol beruvchiga ham, javob beruvchiga ham nisbatan uzoq davom etganga o‘xshab ko‘rinadi. Shuning uchun shoshilmaslik kerak. Auditoriyadagi samimiy muhit unga talabalarni darsga faol qatnashishlariga yordam beradi va darsni muvafifaqqiyatli o‘tishini ta’minlaydi. Vaqti- vaqti bilan 0‘qituvchi o'zining savol qo'yish texnikasi, mazmunini tekshirib turishi kerak. Guruhni juftlik yoki kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tganda av- val savolga javob o‘ylanishi va muhokama qilinishi kerak. So‘ngra auditoriyada muhokama qilish boshlanadi. 0‘qituvchi bildirilgan fikrni asoslash yoki mustahkamlash uchun qo‘shimcha savollar beradi: «Nima sababdan?», «Siz shu fikrga qo‘shilasizmi?», «Misol keltiring-chi?», «O'rtog'ingiz bildirgan fikr to‘g‘rimi?», «0‘zingizning xulosangizni ayting-chi?» tarzdagi savollar bilan kichik guruhlarni bir-birlariga murojaat qilishga yo'naltiriladi. 0‘z fikrini bayon qilayotgan talabaga: «aytingchi, siz yoki gu- ruhingiz berilgan savolga ana shunday javob berishiga nima sababdan qaror qildingiz?», deb murojaat qilib, javobni eshitgach, auditoriyaga «boshqalar ham shu fikrdami, uni noto‘g‘ri deb hisob- lovchilar, marhamat o‘z fikringizni bildiring» deb, talabalar fikrini aniqlash mumkin. Agar to‘g‘ri javob yagona bo‘lmasa, 0‘qituvchi «qani, o‘ylab ko‘ringlar-chi, yana qanday muqobil javoblar bo'lishi mumkin?» degan savolni tashlashi mumkin. Download 0,89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |