Hisob yuritishdagi xatolar:
Hisob yuritilmaslik — odatda korxona quyi bo'limi yoki faoliyatining qaysidir bir turi bo'yicha buxgalteriyada tegishli hisob olib borilmasligi bilan ifodalanadi.
Tasodifiy xatolar:
nihoyatda kam uchraydigan arifmetik xatolar, chunki, buxatolarni, odatda, buxalterning o‘zi aniqlaydi;
xo'jalik faoliyatining qaysidir bir holatini hisobga olishda hisobning to'g'ri usulini qo'llab, noto'g'ri o'tkazma berish;
takrorlanadigan xatolar.
Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalarini bilmaslik bilan bog'liq xatolar. Ulardan eng ko'p uchraydiganlari:
Ustav kapitalini noto'g'ri hisobga olish;
foydadan soliq va yig'imlarni to‘lash uchun foydalaniladigan hisobvaraqlar o'miga foydalar va zararlar hisobvaraqlaridan foydalanish;
sotib olinadigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, asbob- uskuna va xo'jalik jihozlari, materiallar, tovarlar va boshqa aktivlarni hisobvaraqlar rejasi bilan ko'zda tutilgandan boshqa hisobvaraqlarga kirim qilish.
Soliq qonunchiligini bilmaslik bilan bog'liq bo'lgan xatolar: belgilangan me’yorlar miqdoridan yuqori bo'lgan xizmat safari bo'yicha xarajatlar, shaxsiy avtotransportdan foydalanganligi uchun badal haqi, reklama, o'qitish, vakillik xarajatlari, bank kreditlari bo'yicha hisoblangan foizlarni xarajatlarga belgilangan me’yorlar miqdorida o'tkazish o'miga toUiq o'tkazish. Ushbu turdagi xato- larni bevosita bo'lak hisobotlarni tekshirib yoki me’yorlangan xarajatlar va ularni tannarxga kiritish bo'yicha tegishli hisob-kitoblarni talab qilib va tekshirib aniqlash mumkin.
SoUqlar va majburiy to'lovlarni noto‘g‘ri hisoblash: ko‘pchilik hollarda bu bandlik jamg'armasiga toiovlar, reklama uchun soliq, hamkorlik faoliyati shartnomalariga asosan olingan mablag'lar bo'yicha qo‘shilgan qiymat solig‘iga taalluqlidir.
Bundan tashqari, har bir mavzuni o'rganish jarayonida ham o‘qituvchi eng ko‘p sodir etiladigan xato va kamchiliklaiga e’tibor berishi kerak. Masalan, «Ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar»da:
dastlabki kirim hujjatlarining yo'qligi yoki ular belgilangan tartiblaiga rioya qilmagan holda rasmiylashtirilishi;
xarajatlarning ayrim turlari mahsulot tannarxiga noto'g'ri o'tkazilishi;
tugatilmagan ishlab chiqarish qoldiqlari noto'g'ri baholanishi;
xarajatlar hisob davrlari bo'yicha noto'g'ri ajratilishi;
xarajatlarni hisobga olish va taqsimlash bo'yicha usul va uslublar hisob siyosatida aks ettirilgan uslublarga nomuvofiqligi;
ayrim turlardagi xarajatlar asossiz hole’’, tannarxga kiritilishini ko'rsatish mumkin.
Yoki «Moliyaviy natijalarni shakllantirish va foydadan foydalanish» bo'yicha xo'jalik operatsiyalarini auditorlik tekshiruvida odatda, yo'l qo'yiladigan xatolar ko'pincha quyidagilardan iborat bo'ladi:
moliyaviy xarajatlar tarkibiga soliq va boshqa nazorat qiluvchi idoralar tomonidan qo'llangan jarima summalarini kiritish;
boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyat bo'yicha daromadlar va xarajatlarni aks ettirilishida hisobvaraqlar noto'g'ri korrespondentlanishi;
foydadan qonunchilikda ko'zda tutilmagan maksadlar uchun foydalanish.
Audit fanini o'rganishda markazda auditor shaxsi turar ekan, demak, aynan ana shu auditorlik mutaxassisligini egallamoqchi bo'lgan o‘quvchi-talabalarning aqiini charxlaydigan metodlarni qo‘llash zarur. Mavzuni o'rganish uchun tayyorlangan masala va mashqlar, turli topshiriqlar mazmunida ana shu xatolar yashiringan bo'lishi va ular talabalar tomonidan aniqlanishi ko'zda tutilgan bo'lishi zarur. Bu jihatdan hujjatlashtirish, hisob-kitobni to'g'ri yo'lga qo'yilganini yoki xatolami aniqlashni o'rgatadigan metodlar fanni o'rganishda muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi tomonidan ataylab kamchiliklar bilan to‘ldirilgan hujjat yoki hisob-kitobni xa- tosini topishga qaratilgan topshiriqlar tayyorlab, darsda qo41ash alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday topshiriqlarni boshqa metod-
lar bilan birgalikda qo'llasa bo'ladi. Ayniqsa, modellashtiruvchi o'yinlar tashkil qilib, dars jarayonida qo'llash mumkin. Ana shunday topshiriqlar asosida darsni kichik guruhlarga bo'lib o'tish mumkin.
«Auditorlik xulosasi* yozish Aulitor uchun audit natijalarini
tanlovi metodini qo'llash torlik hisoboti tayyorlash va
xulosasi yozishni bilish ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun «Auditorlik xulosasi» yozish bo'yicha tanlov metodini qo'llagan ma’qul. Metodni qo'llab dars o'tish uchun kichik guruhlarga o'qituvchi- korxonani tekshirib, tayyorlangan auditorlik hisobotini tarqatadi.
Hisobotni o'qib, uning asosida auditorlik xulosasi yozishni taklif qiladi. Auditorlik xulosasi ijobiy yoki salbiy bo'lishi, auditor auditorlik xulosasini yozishdan bosh tortishi mumkin. Ana shularni talabalar yodiga solib, auditorlik hisobotini sinchiklab o'qib chiqish, so'ngra kichik guruhda muhokama qilib, auditorlik xulosasi yozish kerakligi uqtiriladi.
Buning uchun 40 minut vaqt beriladi. Amalga oshirilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo'yicha auditor auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tayyorlashi lozim. Boshqa turdagi auditorlik xizmatlari ko'rsatilganda ham auditorlik hisoboti tayyorlanishi mumkin.
Aytaylik, «Audit», «Debet», «Kredit», «Ekspert» kichik gu- ruhdari tuzildi. «Audit», «Debet», «Kredit» kichik guruhlari belgilangan vaqt mobaynida xulosa yozib, taqdimot tayyorlaydilar.
«Ekspert» kichik guruhi hisobotlami o'qib, yozilgan auditorlik xulosalarini tahlil qilib, baholaydilar.
Ular O'zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solish me’yorlarining elementi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Ad- liya vazirligida 2001-yil 10-martda 1016-son bilan ro'yxatga olingan Auditorlik faoliyatining milliy andozalari (70-AFMA) «Moliyaviy hisobot to'grisida auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi» hisoblanishi, andozaning maqsadi - amalga oshirilgan auditorlik tekshiruvi natijalariga ko'ra auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tayyodashga oid yagona tartibni o'rnatishdan iborat ekanligiga e’tibor qaratishlari kerak. Shuning uchun «Ekspert» kichik guruhi auditorlik xulosalarini baholashda ana shu andozaga asoslanishlari zarur. Auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning haqqoniyligi (to'g'riligi) va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining amaldagi qonunchilikka muvofiqligi to'g'risidagi auditorlik tashkilotining fikrini yozma ravishda
ifodalagan va xo'jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo'lgan hujjat. Auditorlik xulosasi qabul qilingan qoida asosida yozilishi unda:
Auditorlik xulosasi buyurtmachining barcha kerakli bo'lgan rekvizitlari ko‘rsatilgan va auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlangan holda auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yo‘Uanishi lozim.
Auditorlik xulosasining kirish qismi auditorlik tashkilotining quyidagi rekvizitlaridan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |