D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Axborot texnologiyalari —



Download 0,89 Mb.
bet160/214
Sana18.01.2022
Hajmi0,89 Mb.
#385054
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Axborot texnologiyalari — bu odamlarning bilimlarini rivojlanti- radigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlami tashkil et- ish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vosi- talaridir. Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi.

Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulatsiyasi va ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir.

Zamonaviy axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi, iqtisodiy samara berish bilan birga ta’limda yangicha o‘quv metodlarini keng ravishda qo'llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, video magnitofon bilan ta’minlangan auditoriyalarda dars o‘tish borgan sari ommalashib bormoqda. Hatto uni alohida videometod sifatida talqin etilmoqda. Avniqsa, o‘quv jarayoniga kompyuteming kirib kelishi barcha didaktik funksiyalami mu- vafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo‘llash imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik tex- nologiya deb ham atalmoqda. U:

  • o'quvchi talabalarga o'rganayotgan mavzusi, hodisa, jarayon, faoliyat bo'yicha to‘liq, ishonchli axborot berish;

  • o‘quv jarayonida ko‘rgazmalilikning rolini oshirish;

  • talaba, o‘quvchilami xohish, talab, ehtiyojlari, qiziqishlarini qondirish;

  • o'qituvchining o'quvchi, talabalaming bilimini, ko‘nikmalarini sinash bilan bog‘liq texnik * ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o‘rnatish;

  • talaba-o‘quvchilarni o‘zlashtirishi bo‘yicha obyektiv hisobot, to‘Ia va uzluksiz nazoratni tashkil etish imkonini beradi.

Dars jarayonida axborot texnologiyadaridan foydalanishda asosiy o‘rinda multimedia turadi. Multimedia komponentlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturiy vositalarni yaratilishi kom­pyuter texnologiyalarining muhim yutuqlaridan biri bo‘ldi. Mul- timedianing vujudga kelishi amaliyotning talabi, nazariyaning rivojlanigi bilan yuz bergan bo‘lsada, keyingi o‘n yillikdagi keskin ravishda oldinga ketish eng awalo texnikaning va tizimli vosita­larning rivojlanishi bilan bog‘liq. Bu shaxsiy EHMlaming rivoj- lanishi; xotira hajmini keskin ortishi; tezlik va grafik imkoniyat- larning nihoyatda kengayishi; videotexnika, lazer disk, CD-ROM kabilarda erishilgan yutuqlar hamda ularni keng ommaviy ra-





vishda tatbiq etilishi natijasidir. Ayniqsa, ma’lumotlarni tez va
samarali kichraytirish(qisish) metodlarini ishlab chiqish nihoyatda
katta rol o‘ynadi.


Zamonaviy multimedia-shaxsiy kompyuter to‘la «qurollangan»
holda displey-televizor bilan birlashtirilgan stereofonik Hi-Fi uy
kompleksini eslatadi.


Multimedia tasvirdi ma’lumotlar bilan ishlashga qodir bo'lgan
vosita hisoblanadi. U lotincha so'zdan olingan bo‘lib, «ma’Iumot
tashuvchi vosita» degan ma’noni anglatadi.


Multimedia informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari
asosida audio, video, matn, grafika, animatsiya (obyektlarning fa-
zodagi, ekrandagi harakati) jadvallari asosida o‘quv materiallarini
o‘quvchi, talabalarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi
ko‘rinishidir.


Multimedia rivoj-
lanayotgan zamonaviy
axborot texnologi-
yasidir. Uning ajralib
turuvchi belgilariga
quyidagilar kiradi: Ax-
borotning xilma-xil



turlari: an’anaviy: matn, jadvallar, bezaklar, grafiklar, diagramma va boshqalar. Original turlar. nutq, musiqa, videofilmlardan par- chalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalarni bir dasturiy mahsu- lotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya turli qurilmalar yor­damida amalga oshiriladi.


Multimedia vositalari yordamida ishlashning quyidagi afzallik­lari bor:

  • berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoni yaratiladi;

  • ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa yanada ortadi;

  • ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoni yaratiladi;

  • ma’lumotlarni vizuallashtirish imkoniyati yaratiladi.

  • olingan bilimlar nisbatan kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘Iganda amaliyotda qo‘llash imkoniga erishiladi.

Shu bilan biiga uni qo‘llashning ayrim muammolari ham mavjud. Chunonchi, ta’lim uchun zarur bo‘lgan o‘quv material­larini hamda boshqa zaruriy ko‘rsatmalami kompyuter dasturlari tarzida ishlab chiqish;



Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari uchun multimedia ele- mentlarini qo‘llash.

POWER POINT dasturi multimedia tayyorlashda juda katta imkoniyatlarga ega. Ulardan foydalanib, turli mavzularda multemidia tayyorlash va dars jarayonida qo‘llash keng yoyilib bormoqda. Natijada keyingi paytda alohida videometod sifatida pedagoglar tomonidan ajratib ko'rsatilmoqda.

POWER POINT dasturida mavzuni o‘rganish yoki taqdimot materiallarini tayyorlash quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:

  • maqsad qo'yiladi, undan-kelib chiqib g‘oya shakllanadi;

  • g‘oyani asoslash uchun ma’lumotlar yig‘iladi va saralanadi;

  • yig'ilgan ma’lumotlarni ifodalash uchun reja tuziladi;

  • bildirmoqchi boigan fikr matnda ifodalanadi;

  • mavzu, o'rganilayotgan mavzu, muammoga mos, axborotni xotirada saqlanib qolishiga yordam beradigan dizayn tanlash;

  • muvofiq ravishda animatsiya tanlash.

Multimediadan o‘quv jarayonida foydalanishning rivojlanishi turli-tuman multimedia mahsulotlarini, oxir-oqibatda elektron darsliklar paydo bo‘lishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan, ax­borot texnologiyalarini rivojlanishi internet tarmoqlaridan keng foydalanishga yo‘l ochdi. Shu bilan birga, multimedia vositalari- dan keng foydalanishda ayrim obyektiv muammolar ham mav­jud. Ulardan eng asosiysi, zarur kompyuter dasturlarining yet- ishmasligidir.

Qator mavzularni qamrab olgan, real hayotga yaqinlashtirilgan RUSE (AQSh ), MEKOM (Rossiya) va boshqa dasturlar mavjud. Ulardan foyda-lanib, kompyuterlarda ishlash, talabalar o'rtasida konkurslar o‘tkazish mumkin. Lekin hali bizda ana shu dasturlarga o‘xshash iqtisodiyotni o‘rganadigan, qo‘llangan chora-tadbirlarning natijasini qanday bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradigan dasturlar yaratilgani yo‘q.

Undan tashqari, hozircha bizda iqtisodiy fanlardan dars o‘tishda qo'llash mumkin bo'lgan o‘quv videofilmlari juda kam. Lekin ularni talabalar bilan birgalikda yaratish mumkin. Keyingi paytda masofadan o'qitishning borgan sari yoyilib borishi, darslik, qo‘llanma]arning elektron versiyalarini yaratilishi, o‘qitish jara­yonida kompyuterlardan yanada kengroq foydalanishga olib ke­ladi.

Axborot texnologiyalarining, telekommunikatsiyalarni rivojla­nishi o‘quv jarayonida telekonferensiyalarni kuzatish yoki bevosita





muloqot qilish imkoniyatini ham vujudga keltiradi. Telekonferensi- yalarni o‘tkazish uchun quyidagi apparaturalar: terminallar, televezion kameralar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlaridan foydalaniladi. Shuningdek, telekonferensiyalar orqali dolzarb ma- salalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, muhokama uchun istalgan rasmli materiallardan foydalanish, dolzarb masala- larni muhokama qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini kengaytirish, xalqaro ma’lumotlar banklaridagi istalgan axborotdan foydalanish kabi imkoniyatlar yuzaga keladi.

Xulosa



0‘quv jarayonini tashkil etishda texnik vositalar muhim o‘rin tutadi. 0‘quv jarayonida eng ko‘p qoMlaniladigan va eng kam chiqim talab qilinadigan vosita bu doska bo'lib, ishlatish va o'zgartirishlar kiritish osonligi va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Bu jihatdan unga teng keladigani yo'q. Shuning uchun ham doskadan hozirgi paytda ham keng foydalaniladi. Keyingi paytlarda uni ma’lum darajada zamonaviy turlari doska-stend, doska-bloknot va boshqalar ham qo‘llanilmoqda.

Keng qoMlanilayotgan texnik vositaiardan proektor hisobla­nadi. Uning turli modifikatsiyalari mavjud bo‘lib, pedagoglar ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari va didaktik imkoniyatlarini bilishi va ularni hisobga olgan holda dars o‘tish jarayonida qo'llashi zarur.

Hozirgi paytda multimedia va o‘quv, ilmiy-hujjatli filmlarni kompyuter va boshqa texnik qo‘rilmalar yordamida namoyish qi­lish real hayotga yaqinlashtirilgan iqtisodiy o‘yinlar orqali darsni tashkil etish tobora ommalashib bormoqda. POWER POINT das- turi multimedia tayyorlashda juda katta imkoniyatlarga ega. Lekin bizda iqtisodiyotni o‘rganadigan, qo‘llangan chora-tadbirlarning natijasini qanday bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradigan o‘yinlar dasturlarining yo‘qligi imkoniyatlarni chek- laydi.

Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar



Ta’lim vositalari, real vositalar, texnik vositalar, chop etilgan o‘quv materiallari, doska, doska-stend, doska-bloknot, proektor, multimedia.




Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish