D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi



Download 0,89 Mb.
bet109/214
Sana18.01.2022
Hajmi0,89 Mb.
#385054
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Topshiriq mazmuni

To‘g‘ri

javob

Noto'g'ri

javob

1-koman- da to'pla­gan ball

2-koman- da to'pla­gan ball

Birinchi topshiriq: 1 -savolga javob:

  1. savolga javob:

  2. savolga javob: Jami ball













Ikkinchi topshiriq: Test yechish:













Uchinchi topshiriq:

Asar bo'yicha sahna- lashtirilgan ko'rinish tayyor­lash

Jami ball

1.

2.

3.

4.

5.










To'rtinchi topshiriq: test tuzish: testga javob berish: Jami ball













Hammasi:














Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishini baholash mezonlari:

MEZONLAR

Maksimal

ball

1. Tanlangan muammoning dolzarbligi

1

2. Tanlangan muammoning asar mazmuniga mosligi

1

3. Ko'rinishda asar mazmunining ifodalanishi

1

4. Tanlangan mummoning yoritilishi

1

5. Talabalarning o'z rollarini o'ynash mahorati

1


Xuddi shunday tarzda Prezidentimizning «Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi, 0‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarini o'rganish bo'yicha modellashti­ruvchi o'yin tayyorlab (ssenariysini yozib) o'tkazish mumkin.

«MATBUOT KONFERENSIYASI* oUkazish

Bu metod asosida dars o'tish uchun guruhni «muxbirlar» va «mas’ul xodimlar(davlat, fan arboblari)»ga bo‘linadi yoki uchga





«muxbirlar» «mas'ul xodimlar» ularni savoli va javoblarini ba- holovchi «ekspert guruh»larga bo‘lish mumkin. Barcha talabalarga mavzuni atroflicha o'rganish, matbuotda e’lon qilingan yangi qan­day qonun yoki farmonlarga ahamiyat berib, darsga tayyorlanib kelish vazifasi topshiriladi. Amaliy mashg'ulot(seminar)da guruh ta- labalari uchga bo'linadi:


  1. «Muxbirlar».

  2. «Davlat» va «fan arboblari», «mas’ul xodimlar».

  3. Ekspertlar guruhi.

«Muxbirlar» guruhiga mavzuni chuqur o'rganib, real hayotda ular bo'yicha qanday muammolar borligini aniqlab, shular asosida savol tayyorlab kelish topshiriladi. Savol tariqasida o'zlari tayyor­lagan eng yaxshilarini berishlari lozimligi, chunki ekspertlar eng yaxshi savolni tanlab, ko'rsatishlari uqtiriladi.

Ikkinchi, «davlat, fan arboblari», «mas’ul xodimlar» guruhi ham darsga muxbirlardan kam bo'lmagan darajada tayyorlanib kelishlari lozim. Ekspertlar eng yaxshi javobni ham alohida ko'rsatishlari ta’kidlanadi.

Uchinchi, «ekspertlar» guruhi darsga nihoyatda puxta tayyor- lanishlari zarur. Chunki, ular (3 yoki 5 kishi) «muxbir»laming savollari va unga javoblarni baholashadi. Ularni savol va javoblarni naqadar to'g'ri baholaganlari guruh talabalari o'rtasida muhokama qilinadi. Har bir to'g'ri savol va to'g'ri javob 1 ball, noto'g'ri savol va javob 0 ball bilan baholanadi. Ekspertlar baholash jadvali yor­damida har bir talabaning individual va guruh balini e’lon qilishadi. O'qituvchi darsni borishini kuzatib, «ekspert»lar faoliyatiga tala­balar o'z flkrlarini bildirgach, ularni baholaydi. G'olib jamoani e’lon qiladi. Darsga yakun yasaydi (VII bob, 5-§ga qarang).

Iqtisodiy tushuncha, ka- Mavzu bo'yicha tushuncha kategoriya- tegoriyalami o'rganishni larni o'rganishni musobaqa-o'yin tarzida o‘yin tarzida tashkil etish amaliy mashg'ulot, seminar darslarida

qo'llagan ma’qul. Bunda doskaga mavzu bo'yicha o'quvchi-talabalar bilishi shart bo'lgan qonun, kategoriya, tushunchalar turli yo'nalishda, lekin o'qisa bo'ladigan tarzda yozib chiqiladi. Masalan, mavzu bo'yicha xarajatlar, ularning mazmuni, tarkibini o'rganishimiz kerak, deylik. U holda doskadagi yozuvimiz quyidagicha bo'lishi mumkin:



(/

**Ь/у

*araj*flar

л 3 ^ ^ л, ^ 4*.,

% 1 ^ 4 *•> ^ 'V


A S -? cv

^ ^ J? i<|lisodiv xarajatlar ^ %

% /в\ S. / w,h4'



*
c I; * /

2-u rtucha \ur.4j;

O'qituvchi guruhni ikkiga bo‘ladi. Har bir komanda o'zi uchun nom tanlaydi. Uni o'rganilayotgan mavzu bilan bog‘lanishi va ohangdorligi, ma’nrsiga qarab hamda komandani nomini nima sa­babdan aynan shu nom bilan ataganlari sababini gapirib berishiga qarab ham komandalarga ball beriladi.


O'qituvchi o'yinni shartini tushuntiradi. Har bir komandadan bittadan talabani doskaga taklif qiladi. Doskada yozilgan tushun- chalarning mazmunini o'qituvchi aytadi. Masalan, o'qituvchi «Miqdori ishlab chiqarish hajmiga bog'liq xar^jatlar» desin.

Talabalar doskada yozilgan ana shu tushunchani, ya’ni «o‘zgaruvchi xarajatlar» degan yozuvni tezda topib, ustidan chizib chiqishi kerak. Chizgan komanda bir ball oladi, topolmay qolgani 0 ball. So'ngra navbatdagi talabalar taklif qilinadi. Shunday qilib, doskada yozilgan so'zlar tugaguncha talabalar doskaga chiqib, tu- shunchalarni mazmuniga ko'ra chizib chiqadilar. Talabalarga ball beriladi. G'olib komanda a’zolari rag'batlantiriladi.

Darsni bunday tashkil etish talabalarni faolligini oshiradi, mavzuni o'rganishga qiziqish ortadi. Berilgan uy vazifalarini tay­yorlab kelish, mustaqil ishlash bo'yicha mas'uliyati ortadi. Asosiy tu- shunchalaming mohiyatini anglash, yodda saqlashga harakat qiladi.


5-§. Metodning afzalliklari va kamchiliklari


Modellashtiruvchi amaliy o'yin — bu bilim olish, o'rganishning kompleks varianti hisoblanadi. Chunki o'yin mobaynida turli usullardan foydaianiladi. O'yinning muvaffaqiyati bevosita uning bilimdonlik bilan tanlanishi, bajarishiga, talabalarni o'z rollarini ma’nosini tushunib yetishiga bog'liq.


Bu metodning afzalligi shundaki, talaba masalaning mohiyatiga qarashini, awalgi nuqtayi nazarini o'zgartirish imkoniga ega. Mo­dellashtiruvchi o'yin motivatsiya nuqtayi nazaridan ham foydali. Talabalar ko'pincha bunday o'yindan qanoat hosil qilib, yangi o'rganganlarini o'rtoqlashadilar. Darsga faol qatnashadilar.





Talabalar bir qarorga kelishni eksperiment qilishlari va uni oqi- batini (minimal xatar bilan) kuzatishlari mumkin. Modellashtiruv­chi o'yin yordamida talabalarni real hayot voqeliklari bilan ta- nishtirish ustunlikka ega. Bunda qo'yilgan savollarga javob topish va real muammolarni yechish uchun talabalarning shaxsan o‘zlari qatnashadilar, real hayotning nazariy modeli bilan tanishadilar. Masalan, bozorda muvozanat narxi qanday o‘rnatiladi, tanlov qan­day amalga oshadi va hokazo.


Modellashtirilgan o‘yin metodi o‘qituvchiga dars berishning usullarini o'zgartirishga katta imkoniyat beradi.

Har qanday metod kabi bu uslubda ham qator kamchiliklar bor. Auditoriyada real jarayonlarni soddalashtirishga to'g'ri keladi. U bir tomondan yetarli darajada sodda, ikkinchi tomondan yetarli darajada real hayotga yaqin bo'lishi, real jarayonlarni ifodalashi, buni hisobiga qimmatli tajriba o'rgatuvchi bo'lishi kerak. Model­lashtiruvchi o'yin o'qituvchidan sinchkovlik bilan puxta tayyorgar­lik ko'rishni talab qiladi. Darslikka tayangan holda dars o'tish o'qituvchidan nisbatan kam vaqt, kamroq kuch, diqqat talab qiladi. Ammo, hamma darsni modellashtiruvchi o'yin o'tkazish bilan olib borib bo'lmaydi. Ko'pincha, modellashtirish bilim olishning kulmi- natsiyasi bo'lib, fanning ba’zi bir asosiy, ularni o'rganish bosh- qalariga yo'l ochib beradigan kategoriyalari, qonunlarini o'rganishda qo'llaniladi.

Modellashtiruvchi o'yindan foydalanishdagi muhim chekla­nish — bu aniq o'qituvchining xarakteri, uslubiga bog'liq. Ko'pchilik o'qituvchilar an'anaviy uslublar asosida dars o'tishga o'rganib qo-lishgan, shuning uchun ularga shu uslublar samaraliroq tuyuladi.

Modellashtirish talabalarni faolligini oshiradi. Bu yaxshi, lekin talabalarning o'yinga qiziqib ketishlari oqibatida ba’zi bir nomaqbiil holatlar yuz berishi mumkin. Ya’ni rolga berilib ketib, ayrim tala­balarni aldash yoki qoidani buzish hisobiga g'olib bo'lishga harakat qilishi mumkin. Shuning uchun o'qituvchi vaqti-vaqti bilan tala­balarga modellashtiruvchi o'yinning maqsadi bilim olish, tajribaga ega bo'Iish ekanini eslatib turishi kerak.

Bu uslubni qo'llash bilan bog'liq yana bir muammo vaqt ma­salasidir. U ko'p vaqt talab qiladi. Shuning uchun ko'p o'qituvchilar vaqtni qizg'anib, bu uslubdan juda kam foydalani- shadi. Agar o'qituvchi o'tilgan materialni mustahkamlash, talaba- ning bilimini puxta bo'lishini ko'zlasa, vaqtning bir muncha or- tiqcha sarflanishi o'zini oqlaydi.

Umuman olganda, metodning kamchiliklaridan afzallik to-





monlari ko‘proq. Dars jarayonida barcha mavzularda qo‘llashning iloji yo'q, buning hojati ham yo'q. Lekin muhokama qilinayotgan savolga mos mavzularda o'yinlar tayyorlash zarur.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish