Ikki yoqlama yozuv
Xo'jalik yuritish jarayonida yuz bergan muomalalarni hisobva- raqda aks ettirishning muhim xususiyati shundaki, muomalada aks etgan summa bir vaqtning o'zida kamida ikkita hisobvaraqda aks ettiriladi. Ikki yoqlama yozuv har bir xo'jalik muomalasi natijasida yuzaga keladigan -bodisani o'zaro bog'laydi. Aynan ikki yoqlama yozuv hisob-kitob ishlari to‘g‘ri bajarilayotgani yoki hisoblashda xato qilinganligini aniqlash imkonini beradi.
Buxgalteriya balansi
U xo'jalik mablag'lari va manbalarini ma’lum bir sanaga bo'lgan holatini aks ettirish metodi hisoblanadi. Balans, ya’ni xo'jalik mablag'lari harakatini aks ettirishning bunday tartibi ularning barcha yig'indisini o'zaro bogiangan holda bir butun tarzda ko'rish imkonini beradi. Korxona faoliyatini tahlil qilishni yengil- lashtiradi.
Hisobot
Ma’lum davrga bo'lgan xo'jalik faoliyati jarayonida sodir bo'ladigan voqyea ko'p sonli muammolarni kuzatish imkonini beribgina qolmay, ilmiy asoslangan boshqaruv yechimlarini ishlab chiqarish uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan ma’lumotlarni iqtisodiy jihatdan umumlashtirish imkonini beradi.
Xo'jalik yuritish jarayonida yuz bergan muomalalarni iqtisodiy mazmuniga ko'ra umumlashtirish, guruhlashtirish, ular o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni ta’minlovchi, aks ettiruvchi shakllar yig'indisi tarzida ifodalanadi, ya’ni hisobot tayyorlanadi. U xo'jalik faoliyati yakunini, natijasini ko'rsatadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi fani boshqa iqtisodiy fanlardan birinchi navbatda o‘z predmeti va uni o‘rganish metodlari bilan katta farq qiladi. Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan metodlar- ning ko'pchiligi, jumladan, hujjatlashtirish, ikki yoqlama yozuv- provodka berish va boshqalarni undan boshqa hech qaysi fanda o‘rganilmaydi.
Buxgalteriya hisobi iqtisodiyotning barcha bo'limlari, so- halarini zarur axborot bilan ta’minlaydi. Buning uchun xo'jalik subyektlari miqyosida faoliyat yuritish jarayonlarida yuz b .radigan barcha aloqalar, muomalalar uzluksiz ravishda kuzatiladi va ras- miylashtiriladi.
Buxgalteriya hisobini xo'jalik faoliyatidagi muomalalarni aks cttiruvchi hujjatlarsiz, hisob-kitoblarsiz o'rganib bo'lmaydi. O'quvchi-talaba hujjatlar bilan shaxsan ishlashi, o‘zi ularni belgilangan qoidalar asosida yuritishi zarur. Shu bilan birga, qabul qilingan qoidalar asosida hisob-kitob qilishi, hisobot olib borishni bilishi kerak. Demak, dars o'tishda aynan ana shu maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladigan metodlarni tanlash zarur. Bu jihatdan tarqatma material tayyorlash va ularni dars jarayonida qo'llash muhim ahamiyatga ega. Yuritiladigan hujjatlami to'ldirish qoidalarini o'quvchi-talabaning o'zi belgilangan tartib asosida huijatlarni to'ldirmay turib o'rgana olmaydi. Hisob-kitob yuritish haqida ham shunday deyish mumkin. Uning eng samarali yo'li masala- mashqlar yechish bo'lib, fanni masala mashq yechmay o'rganib bo'lmaydi.
Shuning uchun mavzularni o'rganayotganda mos ravishda masala va mashqlar yechib, javobini guruhda muhokama qilgan ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |