60
uzunlik – beshta so‗z, eng katta (maksimal) uzunlik –32-razryadli so‗zlardan o‗n
beshtasi.
Servis turi maydoni (Type of Service) xizmat ko‗rsatishning talab etiladigan
sifat ko‘rsatkichlarini ko‗rsatadi. Imtiyoz esa, har
bir deytagrammaga imtiyoz
kodini berish orqali paketlarni uzatilishida unga ustunliklar beradi.
Versiya
(Version)
4
Sarlovha
uzunligi
(Header
Length)
8
Servis (xizmat)
turi
(Type of
Service)
16
Paketning to‗liq uzunligi
(Total Length)
16
Umumiy identifikator
(Identification)
3
Bayroq
(Flag)
13
Fragmentli siljitish
(Fragment Offset)
8
Yashash vaqti
(TTL - Time To Live)
8
Protokol
turi (Protocol)
16
Sarlovhaning nazorat yig‗indisi
(Header Checksum)
32 Jo‗natuvchining IP-manzili (manzili) (Source Address)
32 Qabul qilib oluvchining IP-manzili (manzili)(Destination Address)
IP ning yordamchi ko‗rsatkichlari
(IP opsiyalari) (Options)
To‗ldiruvchi (Padding)
(qo‗shimcha 32 bitgacha)
Ma‘lumotlar (Data) ...
3.1-rasm. IPv4 paket formati
Bitlar: 12 - D (delay) — kechikish, 13 - T (throughput) — samaradorlik
(o‗tkazish qobiliyati), 14 - R (reliability) — ishonchlilik, S (cost) — narhi.
Paketning to‗liq uzunligi maydoni (Total Length)
deytagrammaning
sarlovha va foydali ish yuki bilan birga, oktet (bayt)lardagi umumiy uzunligini
61
belgilaydi. Paketning to‗liq uzunligi 65535 bayt (2
16
-1=65 535)gacha yetishi
mumkin.
Umumiy
identifikator
maydoni
(Identification)
-
tarmoqlararo
deytagrammalarning fragmentlarini yig‗ish uchun mo‗ljallangan.
Bayroq (Flag) maydoni deytagrammalarni fragmentatsiyalash imkoniyatini
ta‘minlaydi hamda fragmentatsiyadan foydalanishda deytagrammaning so‗nggi
fragmentini identifikatsiyalash imkonini beradi. ―Flaglar‖ maydonining 0 biti
zahirada bo‗lib, 1 esa paketlarni fragmentatsiyasini boshqarish uchun xizmat qiladi
(0 – fragmentatsiyalash
ruxsat etiladi; 1 - ta‘qiqlanadi), 2 biti mazkur fragment
so‗nggisi yoki so‗nggisi emasligini aniqlaydi (0- so‗nggi fragment; 1 – davomini
kutmoq lozim).
Fragmentli siljitish maydoni mazkur fragmentning deytagrammadagi o‗rnini
ko‗rsatadi. Birinchi fragment nolga teng siljishga ega.
Qandaydir sabablar natijasida ushlab (kechiktirib) qolingan paketlarni
tarmoqdan bartaraf etish uchun sarlovhadagi yashash
vaqti maydonida paket
tarmoqda mavjud bo‗lishi lozim bo‗lgan vaqt ko‗rsatiladi. Ushbu vaqt qiymati
paketning tarmoq bo‗ylab qurilmalardan o‗tishi sayin kamayib boradi. U tamom
bo‗lganida, jo‗natuvchi tegishli ICMP-xabar bilan xabardor qilingan holda, paket
yo‗q qilinadi. Bunday chora tarmoqni siklik marshrutlardan va haddan tashqari ish
bilan yuklashdan himoya qiladi.
Protokol turi (Protocol) maydoni foydalaniladigan yuqori sath (ICMP - 1,
IGMP - 2, TCP - 6, UDP - 17) protokolini aniqlaydi.
Sarlovhaning nazorat yig‗indisi maydoni (Header Checksum).
Paketning
manzil qismi buzib ko‗rsatilish ehtimolini kamaytirish va uning natijasi – uning
aynan manzilga yuborilmasligi (va yo‗qolishi)ni oldini olish uchun, sarlovha paketi
2 bayt o‗rin egallaydigan va butun sarlovha bo‗ylab hisoblanadigan tekshirish
ketma-ketligi – nazorat yig‗indisi bilan yuboriladi.
Sarlovhada bo‗lgan IP-manzillar (jo‗natuvchining IP-manzili (Source
Address) qabul qilib oluvchining IP-manzili (Destination Address))
tarmoq
62
ob‘ektlari – so‗nggi ko‗rsatma va marshrutlashtiruvchilarning 32-bitlik
identifikatorlari bo‗lib xizmat qiladi.
IPning yordamchi ko‗rsatkichlari maydoni (IP opsiyalari) (Options) –
qo‗shimcha xizmatlar bor yoki yo‗qligini aniqlaydi. O‗zgaruvchan uzunlikka ega
deytagrammada bo‗lishi yoki bo‗lmasligi mumkin.
To‗ldiruvchi maydon (Padding) sarlovhani 32-razryadli chegaraga
moslashtirish (to‗g‗rilash) uchun qo‗llaniladi.
IP-manzillash asoslari
. IP-manzil o‗nlik sonlarda ifoda etilgan, W.X.Y.Z
shaklida nuqtalar bilan ajratilgan. Unda nuqtalar oktetlarni ajratish uchun
foydalaniladigan (masalan, 10.0.0.1) noyob 4 oktetlik (32-bitlik) kattalikni o‗zida
ifoda etadi. Manzilning 32 biti ikki qismdan iborat:
tarmoq yoki aloqa manzili
(o‗zida manzilning tarmoq qismini ifoda etuvchi) va xost manzili (tarmoq
segmentida xostni identifikatsiyalovchi). Tarmoqlarni ulardagi xostlar soni
bo‗yicha ajratish IP-manzillarni sinflarga ajratish asosida amalga oshiriladi.
IP-manzillarning 5 ta: A, B, C, D va E sinflari mavjud. Faqatgina A, B va C
sinf manzillari noyob sinf sifatida foydalanilishi mumkin. D sinfiga oid manzillar
qurilmalar to‗plamiga murojaat qilish uchun qo‗llanilad. ―E‖ sinfiga oid manzillar
esa tadqiqot olib borish maqsadida zahiralashtirilgan
va hozirgi vaqtda ulardan
foydalanilmaydi. Bundan tashqari barcha sinflardagi bir necha manzillar maxsus
maqsadlar uchun zahiralashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: