D. R. Babayeva



Download 0,9 Mb.
bet94/140
Sana14.08.2021
Hajmi0,9 Mb.
#147876
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

Reja:

  1. Bolalar nutqini o‘stirish bo'yicha ishlarni rejalashtirsh.

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning maz-

muni va metodlari.

Tayanch tushunchalar: sharqona turmush, shaxs-oila-mahalla, rivojlantirish, texnoligiya, vazifa, axloqiy tarbiya, tarbiya mazmuni, tarbiya metodi.

  1. Bolalar nutqini o‘stirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirsh. Bo-

lani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo‘lgan kattalar bilan mulo- qoti tufayli insoniyatning ko‘p asrlik tajribasini o‘zlashtirish asosida- gina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi - til orqaligina berish mumkin. Bolalarga ona tilini o‘rgatish va ular nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha tar­biya muassasasidagi ta’lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin tutadi. Ushbu ishning maqsadi quyidagilardan iborat: - bolalarga nutqiy mu- loqotning muhim shakli - og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga mu- vofiq holda egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o‘rgatish. Nutqni tushunish. Bolaga eng oddiy, uning o‘ziga tanish bo‘lgan maishiy vaziyatlar, jarayonlar va o‘yin vaziyat- larini ochib beruvchi oson tushuniladigan so‘zlar va oddiy iboralar zaxirasini kengaytirish.

Uch oylikdan boshlab talaffuz jihatidan boy bo‘lgan asarlardan foydalanish tavsiya etiladi. 3 oylikdan boshlab 6 oylikkacha ovoz xirgoyisiga ega bo‘lgan - xalq cholg‘u asboblariga taqlid qilinadi- gan («taka-tum-bak», «dili-bom, tili-bom» va boshq.) asarlar foy- dali. Ular bolaning ovoz imkoniyatlarini rivojlantiradi. Bolada chuldirash paydo bo‘lishi bilan (5-6 oy) chuldirashga ohangdosh bo‘lgan, bir necha marta takrorlanadigan va ovoz bilan ifodalanadi- gan bo‘g‘inlardan iborat bo‘lgan his-hayajonli qisqa iboralar va ay-

tishuvlardan foydalangan ma’qul. 9 oylikdan boshlab bolaga tanish bo‘lgan, u «o‘rgangan» vaziyatlarga tayangan holda nutqiy taqlid va ovoz ifodaliligini rivojlantirish muhimdir. 12 oylikdan boshlab kichkintoyda kichik folklor janri asarlari elementlari (bekinmachoq va h.) asosida nutqiy muloqotga kirishishga, jaranglayotgan matnga mos ravishda harakatlar bajarishga undash lozim. Bola hayotining ikkinchi yili. Bola bilan nutqiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va uning lug‘atini boyitish, o‘z harakatlarini so‘zlar bilan birgalikda amalga oshirish, kichkintoyni tarbiyachi (kattalar)topshirig‘iga ko‘ra ayrim oddiy topshiriqlarni (o‘yinchoqni, etiklarni, paltoni keltirish; qizil o‘yinchoqlarini ko‘rsatish) bajarishga undash, buyumlar, kiyim- boshlar, idish-tovoqlar, sabzavotlar va mevalarning nomlari hamda ular bilan amalga oshiriladigan harakatlar haqidagi savollarga javob berish uchun barcha vaziyatlardan foydalanish lozim.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash- ning mazmuni va metodlari. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umum insoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga tayyor- lashdan iborat.

Bolada kattalar bilan muloqot jarayonida axloqiy xulq-atvor- ning dastlabki tajribalari shakllanadi. Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj - muhim ijtimoiy ehtiyoj bo‘lib, katta yoshli kishi bu ijtimoiy ehtiyojni qondiruvchi manba hisoblanadi. Axloqiy his-tuyg‘ular va odatlarni tarbiyalash shunday zaruriy asos hisoblanadiki, usiz bola shaxsining murakkabroq xususiyatlarini, ma’naviy kamolotni ta’minlash, mam- lakatning ijtimoiy hayot hodisalari hadidagi tasavvurlarni va ularga ijobiy munosabatni shakllantirib bo‘lmaydi.

Maktabgacha bolalikning dastlabki bosqichlarida tarkib toptirilgan insonparvarlik asoslari uning ijtimoiy yo‘nalganligi bolalarda asta- sekin shaxsning jamoatchilik belgilari: xulq-atvor odatlari, munosabat- lari va tasavvurlarini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Avvalo bolalar muassasasida jamoaning katta yoshli a’zolari o‘rtasida to‘g‘ri o‘zaro munosabat uslubini vujudga keltirish kerak.

O‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik, ishga muhabbat, mamlakatning si- yosiy va mehnat hayotida ishtirok etish - bularning barchasi zarur uslubni ta’minlashi lozim. Pedagogik jamoa va ota-onalar jamoala- rining to‘g‘ri munosabatlari uslubi ham muhim ahamiyatga ega. Bu uslub esa bolalar bog‘chasining ota-onalar bilan muntazam ish olib borishi, oila tarbiyasi tajribalarini o‘rganish natijasida tarkib topadi.

Kattalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yuksak darajasi - muvaffaqiyatli axloqiy tarbiyaning majburiy shartidir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmu- ni va metodlari bu yoshdagi bolalarning xususiyatlariga mos kelishi va u eng yaqin vaqtdagi axloqiy rivojlanish jarayonini ko‘zda tuti- shi kerak. Masalan, agar 4 yoshli bolalar o‘z tengdoshlariga asosan tarbiyachining maslahati, ko‘rsatmasi ta’sirida baholi-qudrat yordam ko‘rsatsalar, 5 yoshga to‘layotganda bunday yordamni o‘z xohishla- riga ko‘ra ko‘rsatishlari lozim.

Oilaga xos bo‘lgan muhabbat, o‘zaro e’tibor, g‘amxo‘rlik muhiti bola his-tuyg‘usini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Oilada qaror toptiriladigan ijtimoiy his-tuyg‘ular bolaning kichik yoshdan boshlab to‘g‘ri axloqiy rivojlanishining muhim asosi hisoblanadi.

«Salomatlik va xayrixohlikni tarbiyalashning chinakkam maktabi - bu oiladir; Otaga, onaga, buvaga, buviga, aka-ukalariga, opa-singillariga munosabat insoniylikning sinovi hisoblanadi»,- degan allomalarimiz.

Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining muhim vazifasi - ota-onalarga bola shaxsini shakllantirishda ularning alohida rol o‘ynashlarini tushuntirishi, zarur pedagogik bilim va ko‘nikmalarni egallashlarida ularga yaqindan yordam berishdan iborat. Bolalar­ning ma’naviy kamolotini ta’minlashda mahallaning o‘rni ham kat- tadir. Mahalla, avvalo, sog‘lom ijtimoiy muhitdir. Bu yerda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori o‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartib- ga solib turadi. Mahalla ijtimoiy kelib chiqishi, millati, mijozi turli xil bo‘lgan va oilalarni tashkil qilgan odamlardan iborat. Mana shu oilalarning boshlarini biriktirish, ularni ma’naviy va moddiy-jis- moniy jihatdan mustahkamlash, yoshlarni tarbiyalash kabi muhim vazifalar ham mahallada amalga oshadi. Oilalarni bir jamoaga, ij- timoiy guruhga, muassasaga, aynan mahalla birlashtiradi. Ularda ahillik, hamjihatlik, hamkorlik, hamdardlik, his-tuyg‘ularini shakl- lantiradi, kamol toptiradi.

Har bir fuqaroning hayotida «Shaxs-oila-mahalla» uchligi katta ahamiyat kasb etadi. Bu sharqona turmush tarzimizning o‘ziga xos tizimidir va eng muhimi, insonning jamiyat hayotiga singib, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisiga aylanishida muhim vositadir.

Insonning oilada shakllangan imon-e’tiqodi, odobi, oriyati, vij- doni, tafakkuri mahalla muhitida yanada yuksalib xalq manfaatlari, o‘zaro inoqlik va hamkorlik his-tuyg‘ulari bilan uyg‘unlashib, jami- yatda sog‘lom munosabatlarning shakllanishiga olib keladi.


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish