«O» tovushi bilan tanishtirish.
Vazifalar:
«O» tovushini talaffuz qilishga o‘rgatish
«O» tovushining unli tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish, uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,
«O» tovushli so‘zlar bilan bolalar nutqini boyitish.
Kutilayotgan natijalar:.
«O» tovushining unli tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.
«O» tovushli so‘zlar ayta oladilar.
Kerakli jihozlar:
«O» tovushi bor suratlar, kubik: bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilgan, boshqa tomonlariga unli harflar yopishtirilgan.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarning tovushlar haqidagi bilimini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |