D. R. Babayeva


Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish



Download 0,9 Mb.
bet37/140
Sana14.08.2021
Hajmi0,9 Mb.
#147876
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish. Bola hayoti kattalarning hayoti va faoliyatiga qo‘shilib ketgan. Lekin shun- ga qaramasdan, ayni paytda bola ularga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos insoniy vositalarining birontasiga ham ega emas. Bu esa rivojlanishning ushbu bosqichidagi asosiy irsiy (genetik) vazifani, ya’ni kichkintoylarda kattalar bilan muloqot qilish- ning metod va vositalarini shakllantirish vazifasini belgilab beradi. Emotsional-vositasiz muloqot ushbu yoshdagi asosiy faoliyat turi hisoblanadi.

Bolani ajratib qo‘yish, kattalar bilan emotsional aloqalarning kam- ligi bola hayotining birinchi oylaridan boshlaboq uning yetarli dara- jada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin. 17

Go‘daklik yoshida bolaning ayniqsa kattalar bilan muloqoti jadal rivojlanadi, dastlabki mehr qo‘yish shakllanadi, ijtimoiy kutish- lar vujudga keladi (bola kattalardan muayyan hayotiy vaziyatlarga mos keluvchi harakatlarni kutadi), bola bilan kattalar o‘rtasidagi sherikchilikning ilk ko‘rinishlari shakllana boshlaydi. Bola o‘zining qo‘lidan hali hech narsa kelmasa-da, biroq kattalarning harakatlarini boshqarishni o‘rganadi. Bu hol unda nutqning hali mavjud emasligi- dan qat’i nazar, ro‘y beradi. Uning ixtiyorida faqat ovoz munosabat- lari va imo-ishoralargina mavjud.

Dastlabki so‘zlar emotsional ifodaliligi, vaziyatga mosligi va kommunikativ yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Bunday nutq avtonom yoki vaziyatga oid nutq deb ataladi, u faqat bola atrofi- dagi muhit bilan yaxshi tanish bo‘lgan yaqinlarigagina tushunarli- dir. So‘zni dastlabki tushunish muayyan vaziyatni qabul qilish bilan uyg‘unlashgandir. Ilk so‘zlar muayyan narsalarga taalluqli bo‘lib, umumlashtiruvchi xususiyatga ega emas (soat deganda faqat de- vorda osilib turadigan soatlar tushuniladi). So‘z bola xulqining umumiy ko‘rinishidan joy oladi va u imo-ishora, qo‘l harakatlari, qarash-nigohlar, ifodali vositalar bilan birgalikda bir so‘zli fikrni bildirishga olib keladi («Xayr», «Ber», «Ol»).

Ilk so‘zlarning paydo bo‘lishi bolani rivojlantirishning ijtimoiy vaziyati o‘zgarganidan dalolat beradi. Endi bolaning o‘zi o‘z istak- xohishlarini ma’lum qilishi mumkin, kattalar esa og‘zaki ko‘rsatmalar yordamida uning xulq-atvorini yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Bolaning bu yoshda o‘zini-o‘zi anglab yetishini unga nisbatan kat­talarning munosabati in’ikosi deyish mumkin. O‘ziga nisbatan ijobiy munosabat - shaxsning normal rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. O‘ziga nisbatan salbiy munosabat esa - bolaning ilk yoshda kattalar bilan emotsional-ijobiy muloqoti kam bo‘lganligi natijasidir.

Bola bilan muloqot u bilan hamkorlik asosiga qurilishi lozim. Doimo kattalarning biron narsani majburlashlari bolada faol tadqiq etish va bilishga intilishni emas, balki sustlik, faqat atrof-muhitga moslashish istagini shakllantiradi.

  1. Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri. Ilk yosh (1-3 yosh). Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda bola rivojla- nishiga oid ijtimoiy vaziyat sezilarli darajada o‘zgaradi. O‘z yaqinlari bo‘lmish kattalar bilan birgalikda bolaning muloqot doirasiga birin- chi navbatda kichkintoyning diqqat-e’tibor va g‘amxo‘rlikka bo‘lgan ehtiyojini qondirishi lozim bo‘lgan boshqa kattalar (maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari, tarbiyachi yordamchisi) ham kirib kela boshlaydilar. Bunday sharoitda ilk yoshdagi bolalarda kattalar bilan narsalar, o‘yinchoqlar va ular bilan bajarilishi lozim bo‘lgan harakat- lar xususida muloqot qilishga ehtiyoj oshadi.

Bu yoshdagi bolada kattalar bilan emotsional va amaliy aloqalar o‘rnatish qobiliyati rivojlanadi, bu unga yangi hayotiy shart-sha- roitlarga moslashishga: so‘zlar, iltimoslami baholovchi fikrlami va boshqa kishilarning emotsional munosabatlarini to‘g‘ri qabul qilishga yordam beradi.

Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga kelishi bilan uning «bola - katta yoshli odam» munosabatlar tizimidagi emotsional alo- qalariga «bola - tengdoshlar» munosabati ham qo‘shiladi.

Bola hayotining uchinchi yilida kichkintoylar bir-birlariga faol taqlid qila boshlaydilar, o‘zlarini ko‘rsatishga intiladilar va shu bi­lan birga o‘ziga nisbatan munosabatni his qila boshlaydilar, dastlabki nutqiy dialoglar paydo bo‘ladi.

Ilk yoshdagi bolalarda bolalar jamiyati endigina shakllana bosh- laydi. Ular bo‘sh vaqtlarining ko‘p qismini bir-birlariga yaqin turgani holda asosan yolg‘iz o‘yinlarda o‘tkazadilar. Bolalar tashabbusi bi­lan vujudga keladigan o‘yin jamiyatlari - diadalar (ikkitadan bo‘lib o‘ynash) barqaror emas.

Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi emotsional jihatdan yorqin bo‘yoq- larga bo‘yalgan bo‘lib, u yaxshi bola bo‘lish, kattalarning talablariga ja- vob berish, ularning ma’qullashlariga erishishga intilish bilan bog‘liqdir.

Bola hayotining o‘zga yili nihoyasida bolalar o‘zlariga nisbatan umumiy baholarni beradi: «yaxshi», «katta» va boshq.

Uch yoshga kelib «men» tizimi vujudga keladi. U bolaning o‘z ismi orqali («men Yulduzxonman», «men Kamronbekman») o‘zining qaysi jinsga mansubligi haqidagi tasavvurlarini (o‘g‘il bola, qiz bola), ma’qullash, tan olishlariga («men yaxshiman») va mustaqillikka ehti­yojini («men o‘zim») o‘z ichiga oladi.

Maktabgacha ta’lim muassasasida moslashish davrining yaxshi o‘tishi uchun tarbiyachi guruhda bolalar uchun emotsional jihat- dan qulay muhitni ta’minlashi zarur. Katta yoshli odam o‘z hissi- yotlarini ochiq va ishonib ifoda qilar ekan, u bu bilan bolani yax­shi ko‘rishini va uning uchun qayg‘urishini, uning tashvishlariga sherik bo‘lishga tayyor ekanligini tushunishga undaydi. Bolaning ham ijobiy (quvonch, zavq-shavq va boshq.), ham salbiy (qo‘rquv, tashvish, arazlash va boshq.) his-tuyg‘ularini erkin ifoda qilishiga ko‘maklashadi.

Ijtimoiy xulq-atvor va muloqotning axloqiy negizi bolaning emot- sional sohasi orqali shakllanadi.

Tabiiy ravishda vujudga keladigan va ataylab yaratiladigan, kat­ta yoshli odam bolaning yordami, g‘amxo‘rligi va diqqat-e’tiboriga muhtoj bo‘ladigan turli vaziyatlardan foydalanish zarur. Bunday vaziyatlarda katta yoshli odam o‘z his-tuyg‘ularini samimiy ravishda namoyon qiladi, bolaga ham ijobiy, ham salbiy emotsiyalarni ifoda- lash yo‘llarini ko‘rsatib beradi.

Uyushtirilgan birgalikdagi harakatlarda pedagog har bir bolaga erishilgan muvaffaqiyatlardan xursand bo‘lish, zavqlanish imko- nini beradi, bolaning har bir mustaqil sa’y-harakatlarini qo‘llab- quvvatlaydi va rag‘batlantiradi, bola qiynalib qolsa unga sez- dirmasdan yordam beradi, ayni paytda unga salbiy baho berishdan o‘zini tiyadi.

Salbiy baholar bolaning boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabat- lariga ta’sir qiladi va bu hol guruhda emotsional jihatdan noqulay muhitni yuzaga keltirishi mumkin.

Tarbiyachi doimo boshqa bolalar oldida bolaning har qanday yax­shi harakatlariga ijobiy baho berib borishi darkor.

Katta yoshli odam bolada o‘ziga nisbatan qiziqish, birgalikdagi faoliyatda, o‘yinlarda ishtirok etish istagini hosil qilishi zarur. Ushbu maqsadda u sevimli ertaklar, badiiy adabiyotlar, she’rlardan olingan holatlarni o‘yin vaziyatlariga qo‘shadi.

Bolalar bilan bunday mazmunli muloqotda ular bilan tarbiyachi o‘rtasida ishonchga asoslangan munosabatlar shakllana boshlaydi va bolalarda unga taqlid qilish istagi vujudga keladi.

Uch yoshga kelib bola ijtimoiy rivojlanishning quyidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi:

  • vaziyatli-amaliy muloqot va kattalar bilan oddiy hamkorlikni egallay boshlaydi;

  • kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga muhtojlik;

  • tengdoshlar bilan nutqiy muloqot emotsional-amaliy muloqot shakliga ega;

  • eng oddiy shaklda tashabbuskorlik, mustaqillikkni namoyish qila boshlaydi;

  • o‘z imkoniyatlariga ishona boshlaydi.

Uch yoshli bolalardagi markaziy yangilik - «MEN» tizimining paydo bo‘lganligidir, u o‘z navbatida bolada o‘zi harakat qilishga ehtiyojni, irodali xulq-atvor elementlarinii vujudga keltiradi. «MEN» tizimining shakllanganligi o‘ziga-o‘zi baho berish va u bilan bog‘liq kattalar talablariga mos bo‘lishga intilish paydo bo‘ladi.

1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg‘ulotlarni didaktik o‘yinlar, ermak o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari shaklida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular nafaqat ko‘ngilochar tusga, balki albatta ta’lim tusiga ega bo‘lishi lozim.


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish