D. R. Babayeva


An’anaviy o‘qitish modeli



Download 0,9 Mb.
bet133/140
Sana14.08.2021
Hajmi0,9 Mb.
#147876
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

An’anaviy o‘qitish modeli

Interfaol o‘qitish metodi

Afzalliklari

Kamchiliklari

Afzalliklari

Kamchiliklari

O‘qitishning

tizimliligi

Mashg‘ulotlarning bir qolipliligi,bir

xilligi

O‘qitish mazmunini yaxshi ‘zlashtirishga olib kelishi

Ko‘p vaqt talab etilishi

O‘quv materiallarini tartibli izchil berilishi

Mashg‘ulot jarayonida faqat dastlabki yo‘nalish beriladi, keyingi darajalar uy vazifasiga beriladi.

O‘z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi

Bolalarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi

28 Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun modullar T-2012 y ikkinchi nashr 126 b.






Ommaviy o‘qitishda resurslaming oqilona xarajati

Ishtirokchilarning sustligi va mustaqillikning yo‘qligi

Tushunchalarni amaliyotga qo‘llash uchun sharoit yaratish

Juda murakkab mazmundagi material

o‘rganilganda ham tarbiyachi rolining past bo‘lishi

Tarbiyachi shaxsining doimiy emotsional ta’siri

Ishtirokchilar o‘zaro muloqotdan ajratiladi, nutqiy faoliyat sust

O‘qitish

metodlarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi




Tashkiliy puxtalik

Sust qayta bog‘lanish

Mativatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi




Ma’lum

ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq tushunchalarni o‘rgatishda foydalidir

O‘rta me’yorda yondashuv

O‘tilgan

materialning esda yaxshi saqlab qolinishi




Pedagog tomonidan o‘qitish jarayoni va o‘qitish muhitining yuqori darajada nazorat qilinishi

Bola sust ishtirokchi bo‘lib qoladi

Muloqotga kirishish ko‘nikmasi takomillashadi




Vaqtdan unumli foydalanish

Bolada mativatsiya vujudga kelmaydi

O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi




Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi

Bola pedagog bilan o‘zaro munosabatga kira olmaydi

Mustaqil fikrlaydigan bola shakllanadi







Eslab qolish darajasi hamma bolada bir xil bo‘lmaganligi sababli guruh bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lishi mumkun

Mavzuning mazmunini o‘zlashtiradi, tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi







Mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoit yaratilmaydi

Muammoni yechish ko‘nikmalarining shakillanishi










Interfaol («inter»- bu o‘zaro, «akt»- harakat qilmoq)- o‘zaro ha- rakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha aytganda, o‘qitishning interfaol uslubiyotlari - bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil qila bilishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilinadilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalami tushunish va fikrlash imkoni- yatiga ega bo‘ladilar. Interfaol mashg‘ulotlarda tarbiyachining o‘rni qisman tinglovchilarning faoliyatini dars maqsadlariga yo‘naltirishga olib keladi. Bu uslublarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat peda- gog va tinglovchilar birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshi- riladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyat- larga ega bo‘lib, ularga:

  • pedagoglarning jarayonga bo‘lgan qiziqishlarining doimiyli- gini ta’minlashi;

  • mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;

  • pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari kiradi.

Mana shunday vazifalarni amalga oshirishda yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalar juda qo‘l kelishini tadqiqotchi- lar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan ko‘pgina pedagogik tajribalarning natijalari tasdiqlamoqda.

Bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni maktabgacha bo‘lgan davr- da har tomonlama yetuk, barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining mavzuidir. U mak­tabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bo- lalarni maktabda o‘qishga tayyorlashni ta’minlab, ijtimoiy maktab­gacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifala- rini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim tizimida uning ajralmas qismi bo‘lib shakllandi.

Maktabgacha ta’lim-tarbiyaning nazariyasi va amaliyoti maktab­gacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan bog‘lab olib borish- ning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga egaligiga asoslanadi.

Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim vositalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiyajarayoniga tatbiq etishjadal rivojlanayapti. MTM- lari ta’lim-tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi ishlab chi- qilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multime­dia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan tashqari, har bir MTM tarbiyachilarining o‘zlari tayyorlashi mumkin bo‘lgan dasturli va rolli multimedia vositalarini qo‘llash mumkin.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalaniladigan multime­diali ta’lim vositalarini ikki turga bo‘lish mumkin:

  1. Monitor ekranida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bilim berishga mo‘ljal- langan vositalar.

  2. Ko‘rgazmali qurol.

Odamzod har daqiqa sezgi a’zolari orqali axborot yig‘ib fikr qilish va hayotiy muammolarni hal qilish choralarini o‘ylab topib amalga oshi- rish bilan kun ko‘radi. Insonlar qayerda bo‘lmasinlar, bugungi kun zamon talabiga mos ravishda malakasini oshirib, yangi ma’lumotlar bilan bilim bazasini yangilab borishi kerakligini taqozo etmoqda.

O‘rganilayotgan muammoning ilmiy amaliy ahamiyati shundan iboratki, maktabgacha yoshdagi bolalarni mashg‘ulotlar jarayoniga qiziqishlarini oshirish va mavzuni mustaqil o‘zlashtirish samarador- ligini va ahamiyatini shakllantirish.

Informatika fanini o‘qitishda multimedia tizimi haqida tushincha berish, multimedia vositalaridan foydalanib bilim olishning ahami­yati, uning yaxshi taraflarini aytib o‘tish lozim.28

Multimediali o‘rgatuvchi dasturlar matn, grafika, video, tovush va animatsiyalarni o‘zida tutadi. ya’ni kompyuterga yozilgan max- sus dasturni ishga tushiradi. Bu dasturlar asosan fanning nazariy bo‘limidan, amaliy mashg‘ulotlari va nazoratlardan iborat bo‘lishi mumkin. Bunday dasturlar orqali olingan bilim xotirada ko‘p vaqt saqlanadi va kerak bo‘lganda amalda qo‘llanish imkonini beradi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasiga asoslangan kompyuterli ta’limning asosiy maqsadlaridan birinchisi bolalami maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Shuning uchun mashg‘ulot shakli, mazmuni, o‘tkazish metodikasi va baholash mezoni- ni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, ba’zi MTMlarda kampyuterlar bilan ta’minlangan bo‘lsa-da, ulardan ta’lim-tarbiya ja- rayonida foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun, MTM sharoitida kompyuterdan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yuqori- da ta’kidlanganidek, mashg‘ulot mobaynida multimedia texnologiyasi- dan foydalanganda u yoki bu materialni o‘rganishda vaqtni tejash hiso- biga ta’lim mazmuni chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi.

Maktabgacha ta’lim muassalarida an’anaviy usulda ta’lim-tarbiya berishning shakli, mazmuni va metodi ko‘pgina adabiyotlarda bayon etilgan. Jumladan, ushbu masalada P.Yusupovaning «Maktabgacha ta’lim pedagogikasi» da keng yoritib berilgan. PYusupova ta’lim shakli to‘g‘risida shunday yozadi: «Ta’lim shakli deganda, ta’lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tu- shuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o‘tkaziladi»29.

Adabiyotlarda, MTM ta’lim metodlari bo‘yicha ham qator fikrlar bildirilgan. Metod - ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning maqsad- li ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq faoliyatlarning izchil usullar tizimidir.

  1. Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyalarini tatbiq etish. Maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish, asosan uch tomonlama amalga oshiriladi.

  1. Kompyuter va uning dasturlari yordamida didaktik vositalar tay- yorlanadi hamda Internet va masofali ta’lim ashyolaridan foy- dalaniladi.

  2. Kompyuter ishtirokida bevosita dialog metodi asosida bolalar- ga yangi material o‘rgatiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 6-7 yoshli bola kattalar kabi kompyuterda ishlashga qodir emas.

Shuning uchun, MTMlarda yangi materialni o‘rganishda be- vosita dialog metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu holda kompyuter didaktik vosita manbai rolini o‘ynaydi.

  1. Bilvosita dialog - virtual axborot muhitida kompyuter bilan dialog asosida multimedia texnologiyasi amalga oshiriladi. Bunda material bolalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, o‘tilgan material mustaqil takrorlanadi, mashqlar mustaqil bajariladi, multimediali kompyuter o‘yinlari mustaqil amalga oshiriladi va bola mashqlarni, komyuter qo‘ygan vazifalarni, o‘yinlarni takror-takror bajarib, qo‘yilgan mashg‘ulot maqsadiga erisha oladi. Bu holda multimedia texnologiyasidan foydalanganda kompyuter ta’lim manbai rolini o‘ynaydi. Maktabga tayyor- lov guruhlarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiya­sidan foydalanishning asosiy va yetakchi shakli mashg‘ulotdir. Mashg‘ulotlar «Bolajon» dasturi asosida, belgilangan rejalar asosida olib boriladi. Yangi mashg‘ulotlarni o‘rgatishga qa- ratilgan, tekshiruvchi - sinovchi, majmuaviy «sayohat» yoki «ekskursiya» va «kompyuterli o‘yin» shakllariga bo‘linadi.

Mashg‘ulotning o‘yin shakli.

Tarbiyachi-pedagog bolalarni kompyuter ro‘parasiga joylashtiradi.

Kompyuter xotirasiga joylashtirilgan materiallarni monitor ekraniga chiqaradi. Bolalarning diqqati ekranga chiqqan materialga qaratiladi. Tarbiyachi va bolalar o‘rtasida dialog (savol-javob) boshlanadi. Bolalar tarbiyachi (pedagog) bergan topshiriqni mustaqil bajaradi. O‘rganilgan material mustahkamlanadi. Bolalarning mashg‘ulot davomida olgan bi­limi baholanadi. O‘rganilgan material bo‘yicha uyga topshiriq beriladi.

Mashg‘ulot mazmuni. Multimedia texnologiyasidan foydalanib o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kompyuter texnologiyasiga asos- lanadi. Shuning uchun, multimedia texnologiyasiga asoslangan mashg‘ulotlarni kompyuter mashg‘uloti, deb ham atash mumkin. Kompyuterli mashg‘ulotlarning aksariyati birlashgan mashg‘ulotlar shaklida o‘tkaziladi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchi- larning kompyuter oldida 15 daqiqadan ortiq o‘tirishi mumkin emas- ligi e’tiborga olinishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan Davlat talablari»da ham bolaning kompyuterda shug‘ullanishi 15-20 daqiqa etib belgilangan. 15 daqiqaga rejalashtirilgan material o‘tib bo‘lingach, 15-20 daqiqali oraliq bosqichi o‘tkaziladi.

Ushbu oraliq bosqichida tarbiyalanuvchilarning toliqishini hisob- ga olib, kompyutersiz amalga oshiriladigan mashg‘ulot o‘tkaziladi. Kompyutersiz o‘tkaziladigan ushbu oraliq mashg‘ulotlarda, mav- zuga tegishli og‘zaki savol-javoblar, topishmoqlar, turli mazmunda- gi o‘yinlar, amaliy tadbirlar (masalan, qaychi bilan harflar qirqish, qog‘ozda yozishga o‘rgatish) o‘tkaziladi. Shuningdek, she’r, ashula aytiladi va jismoniy mashqlar bajariladi. Jumladan, ko‘z toliqishi­ni bartaraf etuvchi ko‘z gimnastikasi - bir necha daqiqa davomida ko‘zni ochib yumish, xonaning burchaklariga navbatma-navbat na­zar tashlash kiradi. Oraliq bosqichdan so‘ng yana 15 daqiqali asosiy mashg‘ulot davom ettiriladi.

Yangi bilim berishda bevosita dialog metodidan foydalanishni maktabga tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlari (6-7), ularning fikrlash darajalari va boshqa xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Bevosita dialog metodidan foydalanilgan holda kompyuter di- daktik vositalar manbai rolini o‘ynaydi.

Virtual axborot muhitida kompyuter bilan (bilvosita) dialog meto- dining algortmi:

  1. Kompyuter bola (tarbiyalanuvchi)ga - topshiriq, savol, mashq- ni bajarish yoki o‘yinni bajarishni buyuradi.

  2. Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi.

  3. Kompyuter topshiriq bajarilishining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bildiradi.

  4. Noto‘g‘ri bo‘lsa, takroriy bajartiradi.

  5. Kompyuter bolaning bilimini baholaydi.

Kompyuterda ishlovchi bola mashqlarni va kompyuter qo‘ygan vazifalarni, o‘yinlarni takror-takror bajarib, maqsadiga erisha oladi, chunki kompyuter - «bag‘ri keng» va «toqatli, sabrlidir». Bola xato qilgan taqdirda ham xatoni o‘zi tuzatgunga qadar hech kim unga tan- beh bermaydi. Ammo bolalar kompyuterda mustaqil ishlagan hol- larda ham ularning harakatlari doimo tarbiyachi nazoratida bo‘ladi.

Bevosita dialog asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotda 15 daqiqa uzluk- siz monitor ekraniga qaragan va bolalar kompyuterdan uzoqroq «si- chqoncha» va klaviatura kabellarining uzunligi masofasida joylash- gan holda bolalaming 95 foizi 15-20 daqiqadan so‘ng toliqishlari yo‘qolganini bildirdilar. Multimediali kompyuter texnologiyasining ta’lim-tarbiya berish metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyi- dagi ikki jihatiga e’tibor berish kerak:

  1. agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm bo‘lib qoladi.

  2. agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida uni tahlil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, ta’lim jarayonini aks ettirib, multimedia texnologiyasiga aylanadi.

Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo‘lsa, mashg‘ulot frontal ravishda, bitta bo‘lsa, undan navbatma-nav- bat foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Bunday holda taklif etilgan birinchi tarbiyalanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan savolga to‘g‘ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so‘raladi. Agar MTM- larda proyektor va ekran (yoki elektron doska) bo‘lsa, tarbiyachi mashg‘ulotni «kompyuter-elektron doska» usulidan foydalanib olib boradi.

15-20 daqiqali ikkinchi bosqichdan so‘ng, uchinchi bosqichda birinchi bosqichda kompyuterdan foydalanib, o‘rganilgan material - lar savol-javob asosida mustahkamlanadi va tarbiyalanuvchilarning bilimlari baholanadi. Mashg‘ulot oxirida uyga vazifa beriladi. Tar­biyalanuvchilarga uyga beriladigan topshiriqlar kundalik turmushda uchraydigan masalalardan bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Mashg‘ulotning texnologik xaritasi. Maktabga tayyorlov guruhla- rida mashg‘ulotlar garchi dars shaklida o‘tkazilmasa-da, tarbiyachi u yoki bu mavzu materiali bo‘yicha o‘ziga mashg‘ulotning texnologik xaritasini tuzib olishi kerak. Xaritada mashg‘ulot mavzusi, maqsadi va vazifalari, mashg‘ulot mazmuni, mashg‘ulotni amalga oshirish texnologiyasi, kutiladigan natijalar, kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak





Multimediya vositalarini MTMdagi mashg‘ulotlarda qo‘llash



Mutaxassislaming fikricha, insonning eshitish a’zolariga nisbatan ko‘rish a’zolari yordamida qabul qilingan ma’lumotni besh marota- ba ko‘p eslab qolish mumkin. Sababi - eshitish a’zolariga nisbatan ko‘rish a’zolaridan olinayotgan ma’lumotlar qayta kodlashtirilmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri xotiraga o‘tadi va saqlanadi.30 Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablarida maktabga tayyorlov guruhi bolalarini savod chiqarishga tayyorlash, elementar matematik bilim berish va atrof-olamni o‘rganish, ta’lim o‘yinlari yo‘nalishlari bo‘yicha, quyidagilar qayd etilgan: nutq o‘stirish bo‘yicha nutq-tovush madaniyatini shakllantirish, ijodiy hikoya qi- lish, nutqning garmmatik tuzilishini shakllantirish, lug‘atni boyi- tishni jadallashtirish, matematika bo‘yicha son-sanoq, miqdor, shakl- lar, fazoviy tasavvurlar, vaqt haqida tasavvur hosil qilish. Ta’limiy o‘yinlar bo‘yicha rangni top (ranglarni to‘g‘ri ajratish), shaklini top (doira kvadrat, uchburchak va boshqa shakllar), halqalarning shakli va ranglari bo‘yicha o‘yinlar, tabiat bilan tanishtirish bo‘yicha gul- zorga ekskursiya, paxta dalasiga sayohat, kabutar singari qushlami kuzatish, ularning xususiyatlari va farqi, havo va uning xossalari bi­lan tanishtrish, suv va uning xususiyatlari bilan tanishtirish kiradi.

Tarbiyalanuvchilarning bilimini baholash mezoni. Baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishilgan da- rajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.

Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining bilimlarini aniqlash, beshta: ya’ni o‘quv maqsadlariga asoslanganlik, haqiqiylik, haqqo- niylik, ishonchlilik va qulaylik kabi tamoyillariga asoslanadi. MTM tarbiyachisi bolalarning bilimini baholash jarayonida baholash tamo- yillarini hisobga olishi shart. Multmediali kompterli ta’limda bo­lalarning yoshi, rivojlanish darajasi va psixologiyasini hisobga olib, o‘tilgan materiallarni baholashda uchta test savoli qo‘yiladi. Bu yosh- dagi bolalarga beshta savol qiyin bo‘lishi mumkin. Buni hisobga ol- gan holda testga uchta savol quyib, uch balli tizimda baholanadi.

Tarbiyalanuvchilar bilim darajalarini aniqlash mezonini quyidagi- cha: o‘rganiladigan material turiga qarab 3 tadan 5 tagacha turli va- riantdagi dasturli o‘yin, taqdimot, slayd, yozuv, rasm, sxema, mashqlar va chizmalar savol tariqasida kompyuter xotirasiga kiritiladi. Tarbi- yalanuvchilarga to‘g‘ri javobni aniqlash topshiriladi va ularning bilim darajalari test sinovi yoki kompyuter xotirasiga kiritilgan mashg‘ulot mavzusiga oid amaliy topshiriqlarni bajarish orqali aniqlanadi.

Agar tarbiyalanuvchi kompyuterda berilgan variantdagi uchta topshiriqdan barchasini to‘g‘ri bajarsa, u holda unga «a’lo» bahoni ifodalaydigan 3 ball qo‘yiladi. Agar berilgan variantdagi ikkita top- shiriqni to‘g‘ri bajarsa, u holda «yaxshi» bahoni ifodalaydigan 2 ball qo‘yiladi. Agar berilgan variantdan bitta topshiriqni to‘g‘ri bajarsa, u holda tarbiyalanuvchiga «qoniqarli» bahoni ifodalaydigan 1 ball qo‘yiladi. Agar variantdagi topshiriqni to‘g‘ri bajara olmasa, u hol­da hech qanday balla qo‘yilmaydi. Bunday hollarda tarbiyachi tar- biyalanuvchi bilan qo‘shimcha shug‘ullanib, uning bilim darajasini aniqlash uchun qayta testga qo‘yish kerak.

Mashg‘ulotlarda bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan quyidagi interfaol usullardan foydalanilgan:

  • Suhbat

  • Ko‘rgazmalilik

  • Tushuntirish

  • Ko‘rsatish

  • Kichik guruhlarda ishlash (3-4 bola bilan)

  • Savol-javob

  • Rag‘batlantirish

  • Amaliy ish

  • Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin.

Bu usullar mashg‘ulotlarda almashinib kelgan holda qo‘llanilgan.

Metodik qo‘llanmadan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbi- yachilari, ota-onalar, pedagogika institutlari va kollej talabalari ijodiy yondashgan holda foydalanishlari mumkin.


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish