K.D.Ushinskiy bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish asoschisi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiy (1824-1870) rus burjua- demokratik pedagogikasi, xususan, maktabgacha pedagogikaning asoschisi hisoblanadi. U bolalarni maktabgacha tarbiyalash naza- riyasi va amaliyoti masalalarini boshlang‘ich ta’lim muammosi bilan bog‘lagan.
Ushinskiy pedagogika tizimining asosiy yetakchi g‘oyasi xalqona tarbiya g‘oyasi hisoblanadi, bunda u har bir xalqning u yashaydigan va mehnat qiladigan tarixiy, tabiiy shart-
sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xosligini tushunadi. Ushinskiy ona tili - xalqonalikning eng yaxshi ifodasi deb tan olgan hamda ta’lim va tarbiya ishida ona tili asosiy o‘rinni egallashi lozim, deb hisoblagan. Ona tilining bola ruhiy kuchlarini har tomonlama rivojlantirish, til mohiyati va uning vujudga kelishining bosh manbai ekanligi haqidagi ta’limot K.D.Ushinskiy pedagogik ta’limotida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi hamda uning metodik tizimini tushunish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
K.D.Ushinskiy ona tilini birlamchi o‘qitishning uchta asosiy maqsadlarini shakllantirgan:
So‘z imkoniyatlarini rivojlantirish;
Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllari- dan foydalanishni o‘rgatish, bolalarni ona tilining boyliklarini egal- lashga jalb qilish.
Til qonunlarini, uning grammatikasini o‘rganish.
Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketma-ket emas, balki bir vaqtning o‘zida erishiladi. 1861-yilda Ushinskiyning «Ona tili» nomli asari chop etildi. Mazkur asar Konstantin Dmitriyevich- ning bolalarga birlamchi savod o‘rgatish va ularni tarbiyalash bilan bog‘liq pedagogik g‘oyalar hamda estetik tamoyillarining o‘ziga xos yakunlari va amaliy ifodasi bo‘ldi. O‘qish kitobining butun mazmuni muayyan tizim bo‘yicha berilgan. «Ona tili» kitobi nafaqat bilimlar qomusi, balki badiiy ensiklopediya ham hisoblanadi. Uning 1-qismi- dan 19 ta ertak, 30 ta topishmoq, 123 ta maqol va matal, 13 ta tez ay- tish, 14 ta qo‘shiq, 14 ta turli shoirlar she’rlari hamda Ushinskiyning o‘zi yozgan 43 ta hikoya joy olgan.
Ushinskiy birinchi bor kitoblarida bolalarni o‘z zamondosh- lari - Tyutchev, Nekrasov, Ogarev, Turgenev asarlari, shuningdek, Karamzin, Lermontov, Krilov asarlari bilan tanishtirdi.
Kitobni tuzish tartibi quyidagicha: u bolaning tabiat, kishilar va jamiyat haqidagi bilimlarini kengaytirgani va chuqurlashtir- gani holda uni tanish narsadan notanish narsalar tomon boshlab boradi.
Ushinskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini tavsiflar ekan, uning ayrim xususiyatlarini, masalan: tovushning tushunarsizligi, lug‘at boyligining yetarli emasligi, o‘zaro bog‘liqlikning yo‘qligini alohida ta’kidlagan. U bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishning turli shakllarini taklif qilgan:
bolalar hayotidan hikoyalar;
bolaga narsalarning xususiyatlarini ko‘rishda, 6 yoshga kelib esa narsalar juftligini bir-biriga taqqoslash, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni topishda yordam beruvchi mashqlar;
suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalarga savollarga ja- vob berish, so‘ngra esa ravon, tushunarli va erkin hikoya qilib ber- ishni o‘rgatadi;
bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy mashqlar.
K.D.Ushinskiyning til va uning bolaning ruhan shakllanishida tut- gan o‘rni haqidagi ta’limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mus- taqil fan sifatida ajratish uchun muhim ahamiyatga egadir.
Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta’limot - meto- dikaning nazariy asoslari ishlab chiqildi; uning har bir odamning rivojlanishida tutgan o‘rni ko‘rsatib berildi, bu esa bolalarni rivoj- lantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi o‘rin tutishini asos- lash imkonini berdi.
Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta’limiga qadar bosh- lanadigan ish sifatida alohida bo‘limga ajratilgan.
Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan ona tili, uning mazmuni va shakllarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida qaralgan. Ushbu murakkab jarayon ustoz tomonidan to‘g‘ri va faol rahbarlik qilishni talab qiladi.
Ona tilini o‘qitish jarayoniga rahbarlik qilishning asosiy qoi- dalari: ona tilini birlamchi o‘qitishning maqsadlari; ularni amalga oshi- rish mazmuni va shakli; nutqni rivojlantirishda ko‘rgazmaviylikning ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab berilgan.
Bola nutqini uning fikrlashi, ma’naviy va estetik his-tuyg‘ulari bilan birgalikda rivojlantirishni ta’minlovchi ish usullari ko‘rsatib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |