Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalari hamkorligida bolalarni tarbiyalash. Bugungi kunda farzandlarining ehtiyoj va intilish- lari asosida yuksak darajada ta’lim-tarbiya berayotgan oilalar juda ko‘p.
Bola har qadamda, har daqiqada kattalardan ta’sirlanadi, o‘rganadi, eshitgan ko‘rganlarini takrorlaydilar. Ota-onalaridan muloqotga kirish madaniyatini o‘rganadilar, bu narga keyinchalik ularning hayoti mazmuni- ni begilaydi. Ota-onalar bolalariga nutq madaniyatiga muvofiq nimani qanday gapirish mumkin, nimani aytmaslik kerakligini yaxshi biladilar.
Nutq madaniyati inson ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Nutq madaniyati bu avvalo fikrlash madaniyatidir.
Ota-onalar avvalambor bolalarining nutq madaniyatini nazorat qilib borishlari, bolalari nutqiga jiddiy e’tibor berishlari, muloqotda nutq etiket qoidalariga rioya qilishlari, bola nutqini takomillashtirish- ni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlari kerak.
Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jami- yat taraqqiyotining rivoji esa uning bag‘rida mavjud bo‘lgan oilalar- ning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik dara- jasiga bevosita bog‘liqdir.
Oila bola uchun eng muhim tarbiyaviy muhit bo‘lib, bu muhitda shaxs kamolotida eng muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi.
Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlabgina qolmasdan, ota-onalarda o‘ziga xos faollikni ham yu- zaga keltiradi. Oilada qaror topgan sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishishlari uchun be- qiyos ahamiyatga egadir.
Ota-onalar o‘z ijtimoiy burchini bajarar ekanlar, farzandlarning mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash, turli ko‘rinishdagi munosabatlarini me’yorlarga og‘ishmay rioya etish, sog‘lom turmush tarzini yaratish, ko‘zda tutiladi.
Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog‘lom, ma’naviy barkamol, ijtimoiy mehnat hamda oilaviy hayotga tayyor, nutq madaniyati shakl- langan, so‘zga boy shaxsni o‘sib ulg‘aytirib beradi. Ota-onalar bolalarining yetuk, barkamol va sog‘lom o‘sishlarida ularning kundalik hayotiy rejimiga amal qilishlari nihoyatda muhimdir.
Oilada uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovor- dir. Odob-axloq mavzusida uyushtirilgan muloqotlar farzandlarning til vositalarini mustaqil tarzda qo‘llashlariga erishish zarurligini ko‘rsatadi. Bunday oilaviy suhbatlar farzandlarning kundalik faoli- yatida, sayru sayohatlarda samarali natija berishi shubhasizdir.
Hozirgi zamon talablariga muvofiq oilada bolalar ona tilini, adabiy talaffuz me’yorlariga binoan barcha tovush va so‘zlarni aniq va tiniq talaffuz etib, so‘z boyligini rivojlantirmog‘i lozim. Bolalar shaxsini shakllantirish, nutqini rivojlantirish borasida yo‘l qo‘yiladigan kam- chiliklar hali-hanuz oilalarda yetarli darajada emas. Ota-onalaming bolalarga beparvoliklari, so‘zlashganda nutq madaniyatiga ahamiyat bermasliklari oilada bola nutqining buzilishiga olib kelmoqda.
Oilada bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan o‘yinlarda, sayrlarda yuqori darajada shakllanadi. Bolalarning nutq madaniyatini shakllantirishda oiladagi katta-kichik- lar, tengdoshlari bilan qilinadigan muomalalari ko‘proq rol o‘ynaydi.
Farzandlarning o‘z harakatlari va xulqini boshqara bilishi diqqat, fikr va xotira sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Oila va oilada bola tarbiyasi doimo dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan va bundan buyon ham shunday bo‘lib qoladi. Tarbiya ishi qanchalik erta boshlansa, hosil ham shuncha erta ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun ota-onalar va ta’lim muassasalari tarbiyachilari hamda pedagoglarning vazifasi yosh avlodni aqlan yetuk, jismonan sog‘lom, axloqan pok, barkamol inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Sog‘lom bola avvalo sog‘lom va mustahkam oilada dunyoga kelishi, muqaddas dargohda o‘sib, ulg‘ayib, tarbiyalanib voyaga yetishi hammaga ma’lum. Oilada farzand tarbiyasida qo‘yilgan har bir xato va kamchilik insonning kelajagiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi va aksincha to‘g‘ri va sog‘lom bola tarbiyasi kelajak poydevori bo‘lib xizmat qiladi.
Bola tarbiyasi bilan shug‘ullangan oilalarning bolalari ta’lim muas- sasasida o‘z imkoniyatlarini mashg‘ulot jarayonida qiynalmasdan ko‘rsata oladilar. Oila va ta’lim muassasaslarining uzluksizligi bolani nafaqat jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantiradi, balki uni ma’naviy shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oila va ta’lim muassasalari to- monidan bolalarga berilayotgan ta’lim-tarbiya, pandu nasihatlari ha- qiqat yo‘lida xizmat qilishga da’vat etishidan iborat bo‘lishi lozimdir.
Oila va maktabgacha ta’lim muassasalarining eng dolzarb vazifalari- dan biri sog‘lom bola tarbiyasi ekan, demak, maktabgacha ta’lim muas- sasalarida hozirgi zamon talablariga mos ravishda, har tomonlama mu- kammal tarzda singdirilgan bilim, tarbiya yosh go‘dak qalbida, ongida muhrlanib qoladi. Bolalarni jismonan barkamol etib tarbiyalash, yetuk, yuqori axloqli shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qismlari, ya’ni aqliy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya va nafosat tarbiyasiga xos bo‘lsa, oilada ota-onalarimizning zimmasida sog‘lom nasl, sog‘lom bola tarbiyasi mas’uliyati, bolalami sharqona uslubda tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni kundalik hayotga tatbiq etish, yoshlar qalbida Vatan- ga muhabbat ruhida tarbiyalash, imonu e’tiqod, insofu diyonat haqida ma’lumotlarni to‘liq bilish bilan birga bolalardagi mehr oqibat, kattalarga bo‘lgan hurmat kabi xislatlarni shakllantirish vazifalari turibdi.
Ota-onalar bilan treninglar o‘tkazish usullari. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun treninglar, munozaralar, test- lar, topshiriqlar, savol nomalar, interfaol metodlar vaqti- vaqti bilan o‘tkazilib turilsa, ayniqsa, maktab yoshidagi 6-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalarning ishtirokida olib boriladigan har bir mashg‘ulotlar farzandlarining nimaga qodir ekan- ligini anglab olishlariga yaqindan yordam beradi va bolalarni mak- tabga tayyorlashda oila a’zolarining mas’uliyati oshardi.
Ta’lim muassasalarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan har bir munozaralar bolalarni maktabning ilk bosqichiga qadam qo‘yishlarini silliqlik bilan o‘tishida yordam beradi hamda sog‘lom bola va mustahkam sog‘lom muhit sharoitini yaratishga imkon beradi.
Treninglar maktabgacha ta’lim muassasa uslubchisi, maktabgacha tayyorlov guruh tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari, boshlang‘ich sinif o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilishi bola rivojlanishida to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Ota-onalarga: «Sizning bolangiz yaqinda yetti yoshga to‘ladi. Uning hayotida yangi tartibli, rejaga asoslangan ta’lim boshlanib, u bolangizni har tomonlama sog‘lom, tetik, mustaqil shaxs sifatida voyaga yetishida zamin yaratish bosqichlariga aylanadi» deb muro- jaat etiladi. Maktab ostonasiga birinchi qadamini qo‘yar ekan sizning bolangiz hayotida o‘chmas, esda qoluvchi damlar boshlanadi, deb savol- nomalar tarqatiladi va yozma ravishda javob berilishini iltimos qilinadi.
Sizning bolangizda maktabda o‘qishga moyillik bormi?
Sizningcha bola maktabga tayyorgarlikni oiladan oladimi?
Maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishi uchun nima zarur?
Jismoniy sog‘lom bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor qaratilishi
lozim?
Shaxsan sizning bolangiz maktabgacha ta’lim muassasasidan
so‘ng maktab sharoitiga moslashishi uchun nimalarga e’tibor qaratar edingiz?
Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab ta’limi o‘rtasidagi
farqlami bolangiz ongiga singdira olasizmi?
Maktab hayotidagi qonun-qoidalarni bilishi va unga amal qil-
ishiga yordam bera olasizmi?
Maktabgacha ta’lim muassasalaridan qanday talab va istak- laringiz bor?
kabi savollarga javoblar olingandan so‘ng munozarani olib borish uchun ota-onalarga topshiriqlar beriladi:
ota-onalarning maktab bo‘sag‘asidagi tashvishlari qay darajada ekanligini aniqlash,
maktabga bolalarni har tomonlama tayyorlash uchun ota-ona- larni qiziqtirgan kitoblarning mavjudligi,
bolani sog‘lom muhitda tengdoshlari bilan o‘rtoqlashishga ko‘maklashishi.
o‘qish va sanashni bilish darajalarini aniqlashga yordam berish.
bolalarni intizomli, tartibli, chidamli va mustaqil fikirlashga undash.
Ota-onalar topshiriqlar yuzasidan o‘zaro munozara qilganlari- dan so‘ng ularning fikr va mulohazalarini tinglash hamda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ularni sog‘lomligiga katta e’tibor qaratish, jismonan va aqlan rivojlantirish mas’uliyatini yuklash, muassasalar bilan hamkorlikda ish olib borish vazifalarini bajarishdan iboratligi tushuntiriladi hamda ta’limning keyingi turi - boshlang‘ich sinflarda muvaffaqiyatli ta’lim olishga yo‘naltiriladi. Xususan, mustahkam oilada sog‘lom bola tarbiyasi bolalarni ma’rifatli, ishbilarmon, tadbirkor, bugungi bozor iqtisodi- yoti sharoitiga o‘tishning ma’naviy-axloqiy asoslarini to‘g‘ri tushuna oladigan, halol, to‘g‘ri, birovlar haqqiga xiyonat qilmaydigan, xayr- ehson, saxovat va muruvvat kabi fazilatlarning asl ma’nosini yaxshi anglaydigan jamiyat a’zosi qilib tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalari va ota-ona avvalo, o‘zi, qolaversa, farzandlarini ham o‘rgatib bormog‘i, har biri o‘z mas’uliyatini anglab yetmog‘i, ota- ona va tarbiyachi farzand tarbiyasida mohirona bo‘lishi bugungi kun talablaridan biri hisoblanadi.
Ota-onalarga topshiriq.
Muloqotni, munozarani vujudga keltirish uchun ota-onalarga ko‘p uchraydigan jumlalarni tavsiya qilish mumkin. Ularni o‘qib ko‘ring va ular bolalarga qanday ta’sir etishini izohlab bering.
«Maktabga borsang, o‘shanda ko‘rasan.»
«Bilasanmi, sen a’lochi bo‘lsang biz seni juda yaxshi ko‘ramiz.»
«Sen shunday o‘qiki, sen uchun biz qizarmaylik.»
Natijasi:
Bu jumlalarning hammasi bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchni, maktabga borishga xohishini so‘ndiradi.
Boshqacha qilib aytganda, ota-onalarning o‘z-o‘zlariga bergan ba- hosi bolasiga berilgan bahodan ustun bo‘ladi. Shuni esda tutingki, bo- lalarni o‘zi bajara olmaydigan topshiriqlar bilan band qilib qo‘ymang. Bu ularni yolg‘on gapirishiga olib keladi. «Agar diktantda xato qil- sang ko‘rasan» kabi. Bu jazolashga taqlid hisoblanadi. Jazolangan bolada ota-onasiga nisbatan dushmanlik paydo bo‘lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |