D. R. Babayeva


«Mustaqillik maydoni - tinchlik ramzi» nomli surat asosida hikoya tuzish



Download 0,9 Mb.
bet116/140
Sana14.08.2021
Hajmi0,9 Mb.
#147876
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

«Mustaqillik maydoni - tinchlik ramzi» nomli surat asosida hikoya tuzish:

Maqsad: Bolalarni surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, surat- dagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab tuzishga o‘rgatish, suh- bat paytida faol ishtirok etishga undash, suratda aks ettirilgan voqealami izchil bayon qilish, mavzu bo‘yicha berilgan savollarga tushunib, qisqa va to‘liq javob berish, o‘rtoqlarining berayotgan javoblariga e’tibor be- rish malakasini takomillashtirish. Suhbat davomida bolalar qalbida Mil- liy Armiyaga nisbatan muhabbat, milliy g‘urur hissini tarbiyalash.

Vazifalar:

  • «Mustaqillik bayrami», «Mustaqillik maydoni» mavzularida lug‘atni faollashtirish.

  • Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirish- ga va umumlashtirishga, ularni ifodalash uchun aniq so‘zlarni tanlashga o‘rgatish.

  • Bog‘lanishli nutq-hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish.

  • Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.

Kutilayotgan natijalar:

  • Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rganadilar.

  • Grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlashga intiladi.

Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan interfaol usullar:

  • Aqliy hujum

  • Qisqa hikoya

  • Savol- javob

  • Tetiklashtiruvchi mashqlar

Kerakli jihozlar:

«Mustaqillik maydoni- tinchlik ramzi» surati.

Mashg‘ulotning borishi. Surat ilib qo‘yiladi va mazmuni bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.

- Bolalar, Vatanimizda har yili 1-sentabr kuni mustaqillik bayra­mi nishonlanadi. Bayram kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalqimizni bayram bilan tabriklaydilar. So‘ng maydonda tomosha bo‘ladi. Bolalar, bayramingiz muborak bo‘lsin! Hozir biz «Musta­qillik maydoni - tinchlik ramzi» nomli suratni ko‘rib, surat bo‘yicha hikoya tuzishni o‘rganamiz. Suratga diqqat bilan qarang.

  • Suratda kimlar tasvirlangan?

  • Bolalar qiyofasida qanday holat ifodalangan?

  • Bayram tantanasida siz ham ishtirok etdingizmi?

  • Bayramda nimalarni ko‘rdingiz?

  • Mustaqillik maydonida qanday inshootlarni ko‘ryapsiz? («Baxtiyor ona» haykali, favvoralar, ark, laylaklar)

  • Laylaklar qanday ma’noni ifodalaydi? (Tinchlik ramzini)

Jismoniy daqiqa

4 ta joyga doira chiziladi, har bir doiraga bittadan faslning belgisi chiziladi, o‘rtada bolalar turadi. Tarbiyachi «Kuz» desa, bolalar kuz belgisi bor doiraga, «Yoz» desa yoz belgisi bor doira ichiga kirib tu- radilar. O‘yin shu tarzda davom etadi.

Tarbiyachi jismoniy daqiqadan so‘ng: kelinglar, endi surat asosida hikoya tuzamiz (5-6 ta bola hikoyalari tinglanadi).

Mashg‘ulot yakunida tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtiradi: bolalar, biz Vatanimizda har yili 1-sentabr kuni mustaqillik bayrami bo‘lishi, bayram kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalqimizni bayram bilan tabriklashi, so‘ng maydonda tomoshalar bo‘lishi haqida suhbatlashib oldik. Surat orqali Mustaqillik maydoni haqida tushun- chaga ega bo‘ldik. Hammangiz bayramni qanday o‘tkazganingizni ga- pirib berdingiz. Bayram hammangizga quvonch olib kelganidan men xursandman. Doimo shunday xursand bo‘lib yuring.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  • Mustaqillik bayrami qachon nishonlanadi?

  • Mustaqillik maydonida qanday inshootlar bor ekan?

  • Laylaklar qanday ma’noni ifodalaydi?

  • Kimning hikoyasi sizga yoqdi?


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish