Baholash haqidagi hisobot – baholovchining narx haqida o‘z
fikrini tasdiqlash uchun taqdim etadigan hujjati. Hisobot qisqa (bir
betlik) yoki to‘liq (bayon) shaklda tayyorlanishi mumkin. Hisobot,
odatda, quyidagilarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak: a) titul varag‘i;
b) baholanayotgan mulk va u bilan bog‘liq huquqlarning bayoni;
d) baholash narxi; e) baholash muddati; f) ehtimollar va cheklovchi
shartlar; g) to‘plangan axborot va narx qiymati haqida fikr olish uchun
qo‘llanilgan usullar ta’riflangan asosiy qism; h) turli usullar yordamida
olingan natijalarni muvofiqlashtirish; i) ilovalar, fotosuratlar va boshqa
ma’lumotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |