D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova


 KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARINING



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/111
Sana30.12.2021
Hajmi0,77 Mb.
#94418
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   111
Bog'liq
kochmas mulkni baholash

9.3. KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARINING 
XUSUSIYATLARI VA BELGILARI
Iqtisodiyot nuqtayi nazaridan ko‘chmas mulk obyektiga manfaat 
va daromad manbayi sifatida qarash mumkin. 
Manfaat tushunchasiga iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi 
talabini qoniqtira oladigan (farovonlik darajasini oshira oladigan) 
har bir iste’molchi tanlovi obyekti deb qaraladi. Predmetlar bilan 
birgalikda harakatlar ham manfaat sifatida xizmat qilishi mumkin 
(bu holda, ko‘chmas mulk obyektlari va ko‘chmas mulk bozorida 
ko‘rsatiladigan xizmatlar tushuniladi). Shuni ta’kidlash lozimki, 
bunda moddiy va nomoddiy xarakterga ega manfaatlar orasida hech 
qanday farqlar ajratilmaydi.
Ko‘chmas mulk obyektlarining mohiyatini aniqlovchi ko‘r-
satkichlar umumiy va ma’lum obyektga tegishli bo‘lgan turlarga 
bo‘linadi. Masalan, yer qishloq joylarda insonlarning yashashlarini 


141
va millatning ijtimoiy-hududiy rivojlanishini ta’minlovchi manfaat 
bo‘lib xizmat qiladi. Daromad manbayi bo‘lgan yer – qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosi, mustaqil murakkab (qurilgan 
binolar, inshootlar va h.k.lar bilan iqtisodiy aloqada) investitsiyalash 
obyekti, milliy boylikning bir qismi, soliqqa tortish obyekti, tabiat 
boyliklari manbayi (ko‘chmas mulk obyektlari orasida yagona) 
hisoblanadi. Ko‘chmas mulkning turar joy obyektlari daromadning 
to‘g‘ri va egri manbayi sifatida qaralishi mumkin. Oldi-sotdi 
obyekti sifatida turar joy daromadning to‘g‘ridan to‘g‘ri manbayi 
bo‘lib hisoblanadi, turar joy qurilishi esa: qurilish materiallari 
sanoati, loyihalash faoliyati, infratuzilma obyektlari qurilishi, savdo 
korxonalari, yo‘llar qurilishi, shahar transportlarining rivojlanishiga 
ilhomlantiruvchi va ko‘maklashuvchi egri daromadlar manbayidir.
Ko‘chmas mulkka daromad manbayi sifatida qarashdan 
oldin, turli tashkilotlar uchun biznes sohasidagi ko‘chmas mulk 
obyektlarining ahamiyatini va rolini aniqlab olish lozim.
Aktivlarining va kasbiy faoliyatlarining asosini ko‘chmas 
mulk obyektlari tashkil qiluvchi qurilish korxonalarning biznesi – 
mohiyatan yer uchastkalarini sotib olish, turar va noturar joy 
obyektlarini qurish, keyinchalik ko‘chmas mulk bozorida bir necha 
bor qimmat narxlarda sotish orqali o‘z investitsion loyihalarni 
amalga oshirish hisoblanadi.
Bunday kompaniyalarning tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib 
chiqish, ko‘p hollarda, mulk majmuyining qayta tashkil qilinishi, 
mulkning qayta taqsimlanishi, investitsiyaviy loyihalarning amalga 
oshirilishi, shuningdek, yangi ishlab chiqarishlar va alohida 
biznes yo‘nalishlarning rivojlanishi bilan birga kuzatiladi. Bundan 
tashqari, bunday  tashkilotlarda  ko‘chmas  mulk  operatsiyalari 
qo‘shimcha  biznes tariqasida ham ahamiyatga molik bo‘lishi 
mumkin, misol uchun, norentabel aktivlarning sotilishi yoki 
foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk obyektlari (ishlab chiqarish 
maydonlari, ma’muriy binolar, yer uchastkalari)ning ijaraga 
berilishini keltirish mumkin.


142
Ijtimoiy talab
Iqtisodiy talab

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish