To‘rtinchidan, biznes barqarorligining jamiyatdagi barqarorlik
uchun alohida ahamiyatini hisobga olgan holda nafaqat biznes
aylanishi mexanizmini tartibga solishda, balki biznesning bozor
narxini shakllantirishda hamda uni baholashni amalga oshirishda
ham davlatning ishtiroki zarur.
Baholash ishlarini o‘tkazishdan davlat tuzilmalaridan tortib
to xususiy shaxslargacha manfaatdordirlar. Bular nazorat-taftish
organlari, boshqaruv tuzilmalari, kredit tashkilotlari, sug‘urta
kompaniyalari, soliq organlari va boshqa tashkilotlar, xususiy biznes
egalari, sarmoyadorlar va h.k. Baholash ishlarini o‘tkazishdan
manfaatdor bo‘lgan tomonlar o‘zlarining iqtisodiy manfaatlarini
amalga oshirishga intilgan holda baholash maqsadini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |