Me’yoriy xarajatlar –
bir qator chegaralanish sharoitlaridan kelib chiqqan
holda va subektning kelgusidagi faoliyatiga yo‘naltiradigan xarajatlarning ilmiy
asoslangan darajasi.
Me’yorlashtirilgan umumiy mehnat sarflari –
hisobot davri mobaynida
ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoridan va birlik tayyor mahsulotga
to‘g‘ri keladigan me’yorlashtirilgan mehnat sarflaridan kelib chiqqan holda
aniqlanadigan ko‘rsatkich.
Moliyaviy budjet –
kapital quyilmalar budjetini, pul mablag‘lari budjetini va
bashorat qilinadigan balansni o‘zida mujassamlashtirgan bosh budjetning bir
qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |