127
barcha haqlar unga tegishli bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obektga ega
bo‘lish bilan bog‘liq barcha tavakkallikni o‘z zimmasiga olishni bildiradi. Ushbu
iqtisodiy foydani olishning etarlicha yuqori ehtimoli korxonaning aktiv bilan
bog‘liq iqtisodiy foyda ko‘rishi va o‘z zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi
bo‘yicha aniqlikni taqazo etadi. Bunday aniqlik odatda iqtisodiy foyda va
tavakkalchilik butunlay korxonaga o‘tgandagina mavjud bo‘ladi. Ungacha
aktivni
sotib olish operatsiyasi odatda muayyan yo‘qotishlarsiz bekor qilinishi mumkin,
shuning uchun aktiv etirof etilmaydi. Asosiy vositalarni etirof egishning ikkinchi
sharti, odatda, buxgalteriya hisobi amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki
aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan almashtirish operatsiyasi
natijasida uning
qiymati aniqlanadi. SHu bilan birga, agar aktiv xo‘jalik subektining o‘z kuchi bilan
vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli baholash tashqi taraflar bilan materiallar,
ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani barpo etish jarayonidagi boshqa sarflar
asosida amalga oshirilishi mumkin.
5-BHMSning 4-bandida quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy
akgivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan:
a) bir yildan ko‘proq xizmat muddati;
b) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik
baravari miqdoridan ko‘proq qiymatlagi predmetlar, bir donasi uchun.
Korxona rahbari hisobot yilida asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi
uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilash huquqiga ega.
Asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam
miqdorini belgilashda xo‘jalik subekti rahbari sohaning xususiyatlariga, korxona
ko‘lami hamda korxonaning xo‘jalik operatsiyalari xususiyatiga asoslanishi
mumkin.
SHu 5-BHMSda xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar quyidagilar
asosiy vositalar tarkibiga kiritilmasligi belgilab qo‘yilgan: a) maxsus asbob va
qurilmalar; b) maxsus va sanitar kiyim, maxsus poyabzal; va yotar joy buyumlari;
v) kanselariya buyumlari; d)
oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona sochiq-
dasturxonlari;) qurilish bo‘yicha sarflar qurishmontaj ishlari qiymatiga
128
kiritiladigan vaqtinchalik moslama va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan
kam bo‘lgan almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari.
SHuni qayd etish kerakki, bozor iqtisodi sharoitidagi
buxgalteriya hisobida
markazlashgan rejali iqtisodiyot shart sharoitidan farqli o‘laroq, asosiy
vositalarning yangi obektlari paydo bo‘ladi va hisobga olinadi. Ularga qonun
hujjatlariga muvofiq korxonaga mulk sifatida beriladigan er uchastkasi ham kiradi.
YUqorida ko‘rsatilgan BHMSning 5-bandiga muvofiq asosiy vositalarning
yagona buxgalteriya hisobi inventar obektdir. Malum mustaqil vazifalarni bajarish
uchun mo‘ljallangan barcha moslamalar va ashyolar yoki alohida konstruktiv
jihozlangan uskunalari bo‘lgan
obekt inventar obekti, deb etirof etiladi. Masalan,
ishlab chiqarish binosini ishga tushirishda unga, odatda, yong‘indan saqlash,
ventilyasion va isitish tizimlari biriktiriladi. Buxgalter hisobida bunday qurilmalar
bino bilan birga bir inventar obekt sifatida qaraladi. Ammo asosiy binoga
biriktirilgan passajir yoki yuk liftlari, sovutgich kameralari,
sanoat pechlari,
odatda, alohida inventar obektlar sifatida qaraladi. Ma’lum ishni bajarishga
mo‘ljallangan va o‘zida bir butunlikni ifodalovchi konstruktiv birikkan
predmetlarning alohida kompleksi ham o‘z navbatida invetar obekti bo‘lishi
mumkin. Konstruktiv birikkan predmetlar kompleksi deganda kompleksga
kiruvchi har bir predmet mustaqil emas, balki faqat o‘z
vazifasini kompleks
tarkibida bajarishi natijasida umumiy moslama va xususiyatga ega bo‘lgan bitta
yoki turli vazifaga ega bo‘lgan bitta yoki bir necha predmet tushuniladi. Biroq bitta
asosiy vositaning turli foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil obekti
bo‘lsa, har bir bunday obekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar obekti
sifatida etirof etiladi. YUqorida keltirilgan misolga qaytsak, faraz qilaylik, foydali
xizmat muddati 40 yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish binosiga ega bo‘lgan
korxonada foydali xizmat muddati etkazib beruvchi tomonidan kafolatlangan va 25
yilni tashkil etadigan zamonaviy yong‘indan saqlash tizimi montaj qilindi. Mazkur
holatda binoning yong‘indan saqlash tizimi asosiy vositalarning alohida inventar
obekti sifatida hisobga olinishi kerak.