D. Q. Usmanova


 Mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlar, ularni rasmiylashtirish va



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/131
Sana01.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#476315
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   131
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

 
8.5. Mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlar, ularni rasmiylashtirish va
foydalanishni nazorat qilish 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishchi va 
xizmatchilarga ish haqi bir oyda kamida bir marta beriladi. Ayrim hollarda 
xodimlarning alohida kategoriyalari uchun O‘zbekiston Hukumati tomonidan ish 
haqi to‘lash bo‘yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin. 
Oyning birinchi yarmiga ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi 
qo‘llaniladi. Birinchi holda hodimga avans berilib oyning ikkinchi yarmiga ish 
haqi to‘lanishda pirovard hisob qilinadi. Jamoa shartnomasini tuzishda avans 
miqdori ish beruvchi bilan kelishib olinadi. Avansning minimal miqdori tabelga 
binoan ishchining ishlagan vaqti bo‘yicha tarif stavkasidan kam bo‘lmasligi kerak. 
Ikkinchi holda korxona rejali avans to‘lashning o‘rniga oyning birinchi yarmi 
bo‘yicha haqiqiy ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) yoki ishlagan vaqti 
bo‘yicha ish haqi hisoblaydi. 
Avanslar oklad yoki tarif stavkasining, soliq chiqarilgandan so‘ng, 40-50 
foizi miqdorida hisoblanadi. Ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishni 
rasmiylashtirish uchun foydalaniladigan hujjat bo‘lib hisoblash qaydnomasi 
hisoblanadi. Quyidagi dastlabki hujjatlar ish haqi hisoblash qaydnomasi va 
hisoblash varaqalarini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi: 
- ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabeli – asosida foydalanilgan vaqt 
yotadigan vaqtbay ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash uchun foydalaniladi 
(bekor turishlar, tungi va ish vaqtidan ortiq ishlagani, vaqtinchalik ish qobiliyatini 
yo‘qotgani va shu kabilar uchun to‘lanadigan haq); 
- ish haqini yig‘ib boruvchi kartochkalar – ishbay ishchilar uchun; 
- barcha turdagi qo‘shimcha haq va vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgani 
bo‘yicha nafaqalar hisoblash buxgalteriya raschyoti; 
- o‘tgan oy bo‘yicha hisoblash qaydnomaslari – soliq ushlanmalar summasini 
hisoblash uchun; 
- ijro varaqalari bo‘yicha ushlab qolish uchun sud organlarining qarorlari; 


241 
- oyning birinchi yarmi uchun avans berish bo‘yicha to‘lov qaydnomalari; 
- rejasiz avanslar berish bo‘yicha kassa-chiqim orderlari va h. k. 
Hisoblash qaydnomasi analitik hisob registri bo‘lib hisoblanadi, chunki u har 
bir tabel nomeri, sexlar, xodimlar kategoriyalari, to‘lov va ushlanmalar turlari 
bo‘yicha tuziladi. To‘lov qaydnomasi quyidagi ko‘rsatkichlardan iborat: 
- to‘lov turlari bo‘yicha hisoblandi – 6710 schyotning kredit oboroti 
bo‘yicha; 
- to‘lov va zachet turlari bo‘yicha ushlandi va zachet qilindi – 6710 
schyotning debet oboroti; 
- qo‘liga tegadigani yoki korxonaning oy oxiriga qarzi – 6710 schyotning 
kredit saldosi. 
Hisoblash qaydnomasining oxirgi ko‘rsatkichi pirovard hisoblashish bo‘yicha 
to‘lov qaydnomasini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 
Korxonaning ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishini rasmiylashtirishda 
bir qancha variantlar qo‘llaniladi: 
- hisoblashish-to‘lov qaydnomaslarini tuzish yo‘li bilan. Bunda ikki registr 
birlashtirilgan: hisoblash va to‘lov qaydnomasi, ya’ni bir vaqtning o‘zida to‘lashga 
tegishli summa hisoblanadi va u beriladi (to‘lanadi); 
- hisoblash qaydnomasini tuzish yo‘li bilan, to‘lash esa to‘lov qaydnomasi 
bilan amalga oshiriladi; 
- har ish oyi uchun (hisoblandi, ushlandi, qo‘liga tegadigani) «Ish haqi 
hisoblash» varaqalarini mashinalarda tuzish yo‘li bilan. Bunga asosan ish haqi 
berish uchun to‘lov qaydnomasi tuziladi. 
Moliyalash manbaidan qat’iy nazar korxonaning mehnat haqi xarajatlari 
tarkibiga mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qilingan barcha xarajatlar, jumladan 
qonun bo‘yicha xodimlarning ishlamagan vaqti uchun hisoblangan o‘rtacha ish 
haqi, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensatsiya to‘lovlari kiradi. 
YUqorida ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qilingan xarajatlarning 
barchasi xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan mahsulot (ish va 
xizmat)lar tannarxiga kiritiladi yoki davr xarajatlariga o‘tkazilib, keyin har oyda 


242 
hisobot davri foydasini kamaytirishga yo‘naltiriladi. Mehnat haqi fondidan 
foydalanish ustidan nazoratni asosan korxona rahbari olib boradi. 
2002-yilning 1-oktabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, 
korxonalar va tashkilotlarning mehnatga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan 
mablag‘larini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Bu o‘z navbatida 
mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan olib boriladigan ichki nazoratni 
kuchaytirishni taqozo etadi. 
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli tarkibida hisobot, haqiqiy 
hisoblangan mehnat haqi fondini hisoblab chiqish va rejali fonddan foydalanish 
ustidan nazorat qilish uchun maxsus registrlar nazarda tutilgan. Bu maqsad uchun 
sanoatda 5-«Hisoblangan ish haqining tarkibi va xodimlar kategoriyalari bo‘yicha 
yig‘ma va ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishlar bo‘yicha yig‘ma» ishlov 
berish jadvalidan foydalaniladi. Bu har oyda hisoblash qaydnomalariga asosan 
tuziladi.
Haqiqatan ham bu jadval 6710-schyotning ma’lumotlarini tahlil qilish, 8, 
10/1 
jurnal-orderlariga, 
7-qaydnomasga 
soliq 
ushlanmalari 
bo‘yicha 
ma’lumotnoma tuzish va oy oxiriga qolgan qoldig‘ini bosh daftar bilan taqqoslash 
imkoniyatini beradi. CHunonchi, 8 - jurnal-orderga yozish uchun ishchi va 
xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliqlar summasi to‘g‘risidagi 
ma’lumotnoma 6410-schyotning kredit ma’lumotlariga asosan tuziladi; 10/1 
jurnal-orderiga yoziladi 6710-schyotning krediti 6520-schyotning debeti bo‘yicha; 
7-qaydnomaga – 4710-schyotning krediti bo‘yicha, 6990-schyotning krediti 
bo‘yicha yoziladi.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish