D. Q. Usmanova


 Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/131
Sana01.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#476315
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

 
14.2. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan 
usullari 
Xo‘jalik yurituvchi subekt boshqaruv hisobining tizimini tashkil qilayotganda 
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarni umumiy schyotlar 
rejasidan ajratishni taqozo qiladi. Demak, boshqaruv hisobini yuritish uchun ayrim 
schyotlarning rejasini tuzish yoki umumiy rejadan tegishli schyotlarni ajratib olish 
lozim. O‘zbekistonda ikkinchi usul, ya’ni tegishli schyotlarni schyotlar rejasidan 


351 
ajratib olish orqali boshqaruv hisobi yuritilyapti. Boshqaruv hisobi schyotlarini 
ajratib olgan holda yuritish natijasida: 
a) boshqaruv tarkiblarini axborotlar bilan ta’minlashni yaxshilashga olib 
kelmoqda; 
b) ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi to‘g‘risidagi tijorat sirini saqlashga 
yordam bermoqda; 
v) ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning rentabellik darajasini sir 
saqlashga yordam bermoqda. 
Boshqaruv hisobini tashkil qilishning turlari va uning moliyaviy hisob bilan 
o‘zaro aloqasi, ya’ni mustaqil (avtonom), integrallashgan buxgalteriya hisobi 
usullari iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur o‘rganilmoqda va amaliyotda 
qo‘llashga taklif qilinmoqda. 
Buxgalteriya hisobining mustaqil (avtonom) variantida moliyaviy va 
boshqaruv hisob tizimi yopiq hisoblanadi. Moliyaviy hisobni yuritadigan 
buxgalteriyada xarajatlar iqtisodiy elementlari bo‘yicha guruhlashtirilsa, boshqaruv 
hisobida esa kalkulatsiya moddalari bo‘yicha turkumlashtiriladi. Ushbu ishlab 
chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun mustaqil schyotlarning kodi tanlab 
olinadi. Ular ekran-schyotlar, tranzit yoki oyna schyotlar deb ham yuritiladi. 
CHunki sarflangan xarajatlar ushbu schyotlarda o‘zlarining aksini ko‘radilar. 
Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriya esa ushbu xarajatlarning sodir bo‘lgan 
joylarini aks ettirmaydi va tayyor mahsulotlar bo‘yicha sarflangan umumiy 
xarajatlarnigina aks ettirgan axborotlarni beradi. SHuning uchun ham moliyaviy 
hisobda faqatgina sarflarning umumiy miqdorini olish mumkin. 
Boshqaruv hisobi esa ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini bo‘laklarga ajratadi, 
ya’ni sarflangan tovar-moddiy zaxiralari, mehnat sarflari, asosiy vositalarning 
eskirishi, ijara to‘lovlari, yonilg‘i, suv, energiya sarflari qaerlarga sarflanganiga 
qarab ayrim olingan holda ko‘rsatiladi. 
SHu bilan bir qatorda mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan 
daromadlar turlari bo‘yicha moliyaviy hisobda ham, boshqaruv hisobida ham 
ko‘rsatiladi. 


352 
SHunday qilib, moliyaviy hisob olingan umumiy daromad va sarflangan 
umumiy xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘adi. Ushbu ma’lumotlarga 
asoslangan holda manfaatdor shaxslar kalkulatsiya qilish sirlariga chuqur kirib 
bormay soliqlarning to‘g‘ri hisoblanganligini tekshirishi mumkin. Ushbu holat 
faqatgina bozor iqtisodiyotiga mos kelmaydigan davlatlarning hozirgi faoliyatiga 
to‘g‘ri kelmaydi. CHunki amaliyotda ko‘pchilik holatlarda soliq organlari xo‘jalik 
yurituvchi subektning xarajatlarining turlari, kalkulatsiya qilish usullarining 
qo‘llanishini mahsulotni tannarxdan past bahoda sotish natijasida soliq summasini 
kamaytirish holatlarining oldini olish va jazolash maqsadida chuqur va har 
tomonlama tekshiradilar. 
Boshqaruv hisobida qo‘llanilayotgan ayrim schyotda xo‘jalik yurituvchi 
subektning ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha ikkita moliyaviy natija aniqlanadi- 
marjinal daromad va foyda summasi. Agarda ishlab chiqarish jarayonidagi hamma 
xarajatlar o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘lsa u vaqtda marjinal daromad va foydaning 
summasi bir xil bo‘lib qoladi, umuman olganda amaliyotda mahsulotni sotishdan 
olingan daromadning summasidan o‘zgaruvchan xarajatlar chegirilib marjinal 
daromadning summasi aniqlanadi va ushbu marjinal daromad summasidan ishlab 
chiqarishning ustama xarajatlari chegirilsa qolgan summa foyda hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobda 9900 schyotda daromad va xarajatlar yig‘ilib balansda aks 
ettiriladigan foyda summasi shakllantiriladi. Ushbu foyda asosiy ishlab chiqarish 
faoliyati, muomalaviy, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda hodisalarning natijasi 
bo‘yicha olinishi mumkin. Ushbu tartibni tushunishni osonlashtirish uchun ayrim 
cheklanishlarga yo‘l qo‘yiladi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subekt faqat asosiy ishlab 
chiqarish faoliyatini amalga oshiradi va muomalaviy faoliyatlari, moliyaviy 
faoliyatlari yo‘q deb faraz qilinadi. 
Moliyaviy buxgalteriyada hisobot davrining oxirida foyda qo‘yidagi tartibda 
hisoblab chiqiladi: 

tovar-moddiy 
zaxiralarning 
qiymati 
faqatgina 
yilning 
oxirida 
inventarizatsiya natijalaridan keyin boshqaruv hisobining ma’lumotlariga muvofiq 
qayd qilinadi. 


353 
- moliyaviy natija esa hisoblangan daromad summasiga yilning oxirida TMQ 
qoldiq summasining ko‘payishiga qo‘shilib ushbu olingan ko‘rsatkichdan 
sarflangan umumiy xarajatlarning chegirilishi natijasida aniqlanadi. 
Hisobning integrallashgan tizimida esa schyot-ekranlar qo‘llanilmaydi, balki 
buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Natijada boshqaruv hisobida 
qo‘llanilayotgan schyotlarning qoldiq summasi moliyaviy hisobda qo‘llanilayotgan 
ushbu schyotlarga taalluqlidir. Subektning faoliyati bo‘yicha sarflarni aniqlash 
uchun moliyaviy hisobda faqatgina ushbu schyotlarning qoldig‘i aks ettiriladi va 
ularning muomalalari va jamlangan aylanma summalari boshqaruv hisobining 
schyotlarida yoritiladi. 
Misol: 2800 -"Tayyor mahsulotlar" schyotlarining guruhida faqatgina 
boshqaruv hisobining ushbu schyotidan berilgan ma’lumotga asosan tegishli 
mahsulotlarning qoldig‘i ko‘rsatiladi, ushbu qoldiqni topishgacha bo‘lgan hamma 
muomalalar, tayyor mahsulotlarni qabul qilish, chiqarish muomalalari, ularning 
umumiy summalari boshqaruv hisobining ushbu schyotida qayd qilib boriladi. 
Boshqa jarayonlar- tugallanmagan ishlab chiqarishning qoldiq summasi, TMZ 
qoldiq summasi, moliyaviy natijalarning ko‘rsatkichlari ham shu tartibda 
moliyaviy va boshqaruv hisoblarida yoritiladi. Tegishli ma’lumotlarni bir tizimdan 
ikkinchi tizimga o‘tkazish ayrim olgan schyotlar (masalan, 4100 yoki 6100) orqali 
amalga oshirilib hisobot davrining ohirida ushbu schyotlar yopiladi va ularda 
qoldiq bo‘lmaydi. 
Boshqaruv hisobi tizimini yaratishdagi asosiy omil bu ushbu ma’lumotlarning 
samaradorligidir. CHunki asosiy maqsad shu hisobning ma’lumotlariga tayangan 
holda qabul qilingan qarorlarning natijasidan iqtisodiy naf olishdir. SHuning uchun 
ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish uchun ketgan xarajatlarni uning 
ma’lumotlariga asosan qabul qilingan qarorlardan ko‘rilgan iqtisodiy naflar 
qoplasa va ulardan ortiqcha bo‘lsagina ushbu tizim tashkil qilinadi. 
Ushbu holatda shuni ham etiborga olish lozimki, tegishli qarorlardan olingan 
naflar darhol ko‘zga tashlansa ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish sarflarini 
qoplash uzoq vaqt davom qilishi mumkin. SHuning uchun boshqaruv hisobining 


354 
iqtisodiy samardorligi uni qo‘llash doirasiga va ma’lumotlarni yig‘ish va ularga 
ishlov berishni avtomatlashtirish darajasiga bog‘liq. Amaliyotda mamlakatimizda 
buxgalteriya hisobi tasdiqlangan umumiy schyotlarning rejasiga asosan 
(integrallashgan) yuritiladi. 
Moliyaviy va boshqaruv hisobining integrallashgan tizimini yaratish eng 
avvalo tasdiqlangan schyotlarning rejasiga asoslangan holda schyotlar rejasini 
ishlab chiqish va hisob siyosatiga kiritishdir.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish